Bundan roppa-rosa uç yil avval “Jahon” Axborot Agentligi Alişer Navoiyning öttiz ğazali Fransiyaning Brest şahridagi “Géorama” naşriyoti tomonidan “Alişer Navoiy. Gazels” nomi bilan fransuz tilida naşr etilganligi haqida xabar tarqatdi. Bu xabar butun özbek matbuotida aks-sado berdi. Köp ötmasdan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” haftaligining 2008-yil 16-may kungi 20-sonida “Asliyatning nozik qirralari” nomli maqola bosildi. Filologiya fanlari doktori, professor B.Mamedov va aspirant G.Rahimovalar imzolagan mazkur maqolada bu kitob “Fransuz şeʼriyati muxlislari uçun öziga xos sovğa böldi”, deb eʼtirof etildi. Ayrim ijobiy fikrlardan söng, tanqidçilarimiz biz “yöl qöygan kamçilik va yangilişişlar”ni sanaşga (tahlil qilişga emas!) ötib ketadilar. Yanglişiş va kamçiliklar sifatida qofiya va vaznni saqlamaganligimizni taʼkidlaydilar: «… Alişer Navoiy ğazallarini bevosita asliyatdan tarjima qiliş jarayonida şeʼrlarning şakliga kamroq eʼtibor qaratganlari bois, qofiya va vaznni saqlaşga erişolmaganlar». Gap albatta tarjimonlar haqida borayapti. Fikrimizça, bunday xulosa çiqarişdan avval tanqidçilarimiz özlariga “Aruz vaznini fransuz tilida qayta tiklaş mumkinmi?” degan savolni berib körişlari joiz edi va javob ijobiy böladigan holda çiqargan hukmlarini misollar bilan isbotlab bersalar nur ustiga nur bölurdi. Afsuski, maqola mualliflari bu yöldan bormaydilar. Çunki bu savolning javobini masalaga çuqur ilmiy yondaşmay hamda yetarliça vaqt sarflab qilingan tahlillarsiz berib bölmaydi. ”Şeʼriy asar tarjimoni uçun hamma vaqt jiddiy qiyinçilik tuğdiruvçi narsa vazn muammosidir” deb yozgan edilar “Tarjimon mahorati” kitobining mualliflari. (Qarang: “Tarjimon mahorati”, Ğ. Salomov va boşqalar, Toşkent, “Fan” naşriyoti,1979-yil,38-bet).Endi qofiya masalasiga keladigan bölsak, şuni alohida taʼkidlaşni istar edikki, özbek tilidagi qofiyadoş sözlarni fransuz tiliga ögirganda yana qofiyadoş sözlar yuzaga kelişi mumkinligini öylaşning öziyoq fikrning jiddiy emasligini isbotlab turadi.Tasavvur qilaylikki, bunga erişildi ham. Ammo qofiyani saqlaş uçungina topilgan söz maʼnoga yoruğlik beriş örniga uni xiralatib qöysa, bu “qoş qöyaman deb köz çiqariş”ga öxşab qolmasmikin? Şu örinda yana bir munozarali masala, bu maqola mualliflarining “… qofiya va vaznni saqlaşga erişolmaganlar” deb qatʼiy hukm çiqarişlaridir. Biz bu fikrga mutlaqo qöşilmaymiz. Çunki biz öz oldimizga bunday qatʼiy vazifani qöyganimiz yöq. Bizning boş maqsadimiz Navoiyning söziga xiyonat qilib qöymaslik va ğazallarning ruhi va mazmunini fransuz kitobxoniga töla yetkazib beriş edi. Şuning uçun ham baʼzi örinlarda misralarni ikkiga bölib, “vaznni” yengillaştirişga, tarjimalarimizni bugungi fransuz kitobxonlari örganib qolgan şakl va ohangga solişga harakat qildik. Fransuz öquvçilari bilan bevosita muloqot qiliş imkoniyatidan kelib çiqib, ularning fikrlarini örgandik va tutgan yölimiz töğriligiga amin böldik.Qolaversa badiiy tarjima ham ijodning bir turi, tarjimon esa ijodkor ekanligini unutib qöymaslik ham kerak. Keyingi “kamçilik”ni ham muşohada qilib köraylik. Maqola mualliflari bu örinda bizning tarjimalarimizga qançalik masʼuliyatsizlik bilan qaraganliklarini özlari foş qilib qöyganlar. Ular şunday yozadilar: «Fransuz tilidagi mazkur töplamning ahamiyatini taʼkidlagan holda, tarjimonlar tomonidan yöl qöyilgan ayrim kamçiliklarni ham kuzatiş mumkin. Xususan, allegorik “may” obrazi “aroq ” (lʼeau de vie) deb, Navoiy asarlari tili “Çiğatoy tili” deb berilgan». Endi esa “aroq” şaklida notöğri, yaʼni lʼeau de vie körinişida tarjima qilingan deb daʼvo qilinayotgan “allegorik “may” obrazi”ni axtarib köraylik. Bu fikrning naqadar örinsizligini isbotlaş uçun quyidagi uç baytga murojaat qilamiz:
Dardi holimga ul ikki laʼli xandondur davo,
Kim ölar, Iso damiyu obi hayvondur davo.
Ne davo Iso damin fahm ayla, ne hayvon suyin,
Hajr jonin olğan elga vasli jonondur davo.
Tarjimada:
Ce sourire est remède à ma triste langueur:
À celui qui se meurt, le souffle de Jésus
Ainsi que lʼeau-de-vie viennent à son secours.
Ressents comme jouvance
Le souffle de Jésus ainsi que lʼeau-de-vie
À ceux que la rupture a privé de leur âme,
Lʼunion à son amour devient nécessité.
Yana bir bayt:
Şimib yutsam gahi hayvon suyidek zavqdin körgaç,
Taraşşux bodadin gul yafroği gul yangliğ dudoğinda.
Tarjimada:
Et si je consommais comme de lʼeau-de-vie,
Le vin qui forme perles aux pétales des lèvres.
(Barça taʼkidlar bizniki-M.E.)
Maʼlumki, biz taʼkidlayotgan uşbu iboralar Alişer Navoiy ğazallarida köp uçraydi va “hayot suvi, tiriklik suvi” maʼnosini beradi. (Qarang:Navoiy asarlari luğati, Toşkent,1972-yil,475-bet). Uşbu maʼnoni biz sözma-söz quyidagiça tarjima qilganmiz:
Lʼeau – suv, de – ning (qaratqiçlik belgisi), vie – hayot.
Tarjimada bu iborani aynan “lʼeau de vie” şaklida bergan bölsak-da, naşriyot uni “lʼeau-de-vie” körinişida çiziqçalar bilan yangliş çop etgan va fransuz tilidagi iboraga öxşab qolgan. Asli bu ibora fransuz tiliga XIV asrda lotin tilidan kirib kelgan (aqua vitæ-tirik suv, tiriklik suvi maʼnosida) va aynan biz istagan maʼnoni anglatgan. (Qarang: Le nouveau Petit Robert, Paris, 2009,elektron naşr).Bizga maʼlum bölişiça, katolik çerkovlaridagi muqaddas suv ham lʼeau de vie deb yuritilgan. Bu iboraning mast qiluvçi içimlik maʼnosi esa köçma maʼnoda qöllanilib, luğatlarda şu körinişda turğun birikma sifatida qolib ketgan. Lekin masalaning açinarli tomoni şundaki,biz birinçi misolni keltirgan ğazal asli yetti baytdan iborat bölib, unda biron marta ham “may” sözi uçramasligi tanqidçilarimizning xayoliga ham kelmaydi! (Qarang: Alişer Navoiy. Topmadim. Ğazallar, Toşkent, 1988-yil, 10-bet). Ikkinçi misolimiz esa töqqiz baytli ğazaldan olingan bölib, (Qarang: Alişer Navoiy.Qaro közim. Ğazallar,Toşkent, 1988-yil, 27-bet) unda bir martagina “boda” (may) sözi qöllangan va u tarjimada öz maʼnosida, yaʼni le vin şaklida, “hayvon suyi” esa lʼeau de vie şaklida ögirilgan.Tanqidçilarning yuqoridagi xulosalarini qanday izohlaş mumkin?! Demak, ular “aroq” sözini qayerda, qaysi ğazalda işlatilganligini izlab ham körmay, kimningdir fikrini çetdan olib, maqolalariga kiritibdilar-da? Afsuski, biz tanqidçilarning fransuz tilini qaçon, qayerda örganganliklaridan bexabarmiz. Agar örgangan bölsalar, qay darajada örganganliklari bayon etilgan fikrlaridan körinib turibdiki, mazkur holda “Izohning hojati yöq”, deb qöyaqolamiz. Açinarlisi, munaqqidlar hatto öz fikrlarining asoslimi-yöqmi ekanligini öylab ham körmaganlar. Ularning yuqorida keltirilgan xulosalari özbek va fransuz tilidagi matnlarni qiyosiy örganmasdan, tahlil qilmasdan çiqarilganligi kundek ravşan bölib turibdi. Eng yomoni esa, bizning tarjimamizdan bexabar öquvçilarga matbuotda notöğri, assossiz, ilm ahliga xos bölmagan yolğon maʼlumotlarni beradilar. Ilm kişilarining öz sözlariga bu qadar masʼuliyatsizlarça yondaşişlari açinarli holdir. Undan ham yomoni, bizning tarjimamiz haqida adabiyot muxlislarida notöğri fikr uyğotişdir. Özingiz öylab köring, “aroq” bilan “may”ning farqiga bormaydigan tarjimon Navoiy ğazallarining tarjimasiga qöl urişi maʼnaviy jinoyat emasmi, axir?!
Endi, çiğatoy tiliga kelsak, bu yerda uşbu atamadan qörqişning hojati yöq, deb öylaymiz.Tarixdan yurtimizning Çiğatoy ulusi tarkibida bölganligi va şu hududda isteʼmolda bölgan tilning ölka nomi bilan atalişi tabiiy hol edi. Çiğatoyning özi möğul bölgani bilan heç kim çiğatoy tili atamasi ostida möğul tilini tuşunmaydi. Qolaversa, öşa davrdagi “özbek” atamasi bugungi kunga nisbatan ança tor maʼnoda qöllanganligi köpçilikka yaxşi maʼlum. Şu nuqtayi nazardan yondaşganda mazkur atamani bemalol turkiy tilning maʼnodoş sözi sifatida işlatiş mumkin. Fikrimizni dalillaş uçun eng obröli naşrimiz “Özbekiston Milliy Ensiklopediyasi”ning 10-tom, 266-sahifasiga murojaat qilamiz: “…Ayrim ilmiy manbalarda “çiğatoy tili” deb ham ataladi, ammo Eski özbek tilining Çiğatoyga, möğullarga heç qanday aloqasi yöq, buning ustiga öşa davr yozuvçi va şoirlari öz tillarini turkiy (til) deb nomlaganlar”.
Yana bir munozarali örin Imodiddin Nasimiy xususida. Tanqidçilarimiz maqolalarining söngida şunday fikr yuritadilar: “Tarjimonlar Navoiydan oldingi özbek adabiyotinig eng yirik namoyandasi sifatida Imodiddin Nasimiyning nomini tilga olganlarki, bu haqiqatga zid”. Afsuski, bu örinda ham munaqqidlarga fransuz tilidagi matnning mağzini çaqa olmaganliklari pand bergan. Avvalo, kiriş sözida Imodiddin Nasimiy “özbek adabiyotining eng yirik namoyandasi” ekanligi haqida bir oğiz bölsin, söz yöq. U yerda Navoiyning xizmati tufayli özbek şeʼriyati ölka madaniyatida muhim örin egallagani taʼkidlanib, Navoiy qilgan iş, yaʼni turkiy tilini şeʼriyat tili darajasiga kötariş Navoiydan avvalgi ayrim şoirlar, xususan, Imodiddin Nasimiy tomonidan ham amalga oşirilgani aytilmoqda.(Qarang: ÖzME, 6-tom, 273-bet). Ölka haqida gap ketganda esa bu atamani keng maʼnoda tuşuniş, yaʼni turkiyzabon ölkalarni qamrab olgan hudud nazarda tutilayotganligini hisobga oliş kerak edi.
Tarjimalarimizga fikr bildirilgan “Navoiy ğazallari fransuz tilida” nomli ikkinçi maqola esa birinçisidan qariyb ikki yil keyin “Jahon adabiyoti” jurnalining 2010-yilgi 2-sonida A. Köçiboyev imzosi bilan eʼlon qilindi. Ammo, fransuz tilini biladigan kişining tabiatini xira qiladigan hodisa, bu maqolaning fransuz tilida misollar yozilgan butun boşli gaplar imlo xatolari bilan töla ekanligi heç kimni xijolatga solmaydi! Bu balki tahririyatning muallifga bölgan işonçining oqibati bölsa, ajab emas.Tan olib aytiş kerakki, maqolaning kiriş va xulosa qismlarida muallif bizning tarjimalarimiz haqida juda ijobiy fikrlarni taʼkidlab aytadi. Bularga “Navoiy ğazallarini bevosita farang tiliga ögiriş anʼanasini” boşlab berganimiz va ular “tarjima amaliyotiga, yaʼni şeʼriy tarjima nazariyasini boyitişga munosib hissa bölib qöşilgani”, “ğazallardagi fikr, ğoya asliyat darajasiga mos keladigan fransuz tilining ifodali vositalari bilan ögirilgan”i haqidagi fikrlarni misol qilib keltirişimiz mumkin. Keyingi fikrlar esa “aruzdagi öziga xosliklar, şuningdek radifga eʼtibor berilmaganligi”, “şakl va mazmun birligi” xususida umumiy sözlar bölib, muallif bu örinlarda özi tomonidan bironta yeçimni muqobil misol sifatida keltirmaydi. Faqat bir örinda şunga uriniş bölib, şunda ham A. Köçiboyev fransuz tilida mavjud bölmagan tomber de surprise, tomber fol de surprise singari fransuz tilida yöq iboralarni tuzadiki, bu fransuz tili mutaxassisi uçun, yumşoq qilib aytganda, obrö keltirmaydigan holdir.Tanqidçi taklif qilayotgan uşbu iboralar Hazrat Navoiyning quyidagi baytlariga daxldordir:
Ul pari paykarkim, hayron bölmiş insu jon anga
Kimki hayroni emas, men telbayu hayron anga.
(Qarang: Alişer Navoiy. Topmadim. Ğazallar, Toşkent, 1988-yil, 34-bet).
Bizning tarjimamizda bu bayt quyidagiça berilgan:
Sa beaute feerique
A surpris bien des hommes aussi bien que des djinns
Et qui nʼest pas surpris me surprend follement.
Tanqidçimiz tutgan yöldan borib, qayta özbekçalaştirib körsak, quyidagiça maʼno çiqadi:
Uning parilarça gözalligi
Odamlarni ham, jinlarni ham birdek hayron qoldiradi
Hayron qolmagan kişi meni telbalarça hayron qoldiradi.
Körinib turibdiki, bu baytda “hayratdan yiqilmoq” iborasi bilan fransuz tiliga ögirişning heç hojati yöq.Şuningdek, A.Köçiboyev birinçi maqola mualliflaridan farqli ölaroq, qofiya yöqliginii isbotlaş uçun har holda birgina bölsada misol keltiradi: “asliyatda “jon anga-hayron anga” radifli qofiyalar orqali berilgan ohangdorlik tarjimada öz aksini topmay qolgan” deb yozadi-yu, “insu jon” inson va jin maʼnosida birikib kelayotganiga eʼtibor qilmaydi va “jon” sözini alohida olib, “hayron” söziga qofiyalanadi deb hisoblaydi! Alohida olingan “jon” sözi fransuz tiliga “ame” deb ögirilsa, “hayron” sözi “surpris” deb tarjima qilinadi. Endi şu ikki sözni qofiyaga solib köring-çi! Agar, maqola muallifi biz “insu jon”ni “des hommes et des djinns”, deb ğazaldagi öz maʼnosida berganimizni anglaganida edi, bizdan qofiyani talab qilmagan bölardi. Şaklni saqlaş haqidagi “tavsiyalarga” kelsak, şuni alohida taʼkidlaş lozimki, özbek va fransuz tillari turli oilaga mansubligi tufayli, gap tuzilişi bu ikki tilda keskin farq qilişini eʼtiborga oliş lozim.Oddiy misol keltiraylik: fransuz tilida söz tartibi qatʼiy bölib, gapda avval ega, keyin kesim va ulardan keyin gapning ikkinçi darajali bölaklari keladi. Özbek tilida gapning tuzilişi hammaga maʼlum, ega gapning boşida kelsa, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinçi darajali bölaklar şu ikkala boş bölakning örtasida joylaşadi. Şu va şu kabi farqlar ham tarjima jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Mana şu sababdan özbek tilida qofiyalangan sözlar fransuz tilidagi tarjimada, ular qaysi söz turkumiga tegişliligiga qarab, bir-birlaridan “uzoqlaşib” ketişlari mumkin. Ularni esa “zörlab” bir-birlariga” yaqinlaştiriş” örniga matndagi boşqa sözlardan qofiya izlaş örinliroq bölar, balki.
Yana bir gap: A.Köçiboyev öz maqolasida, biron- bir fransuz kitobxonining fikriga ega bölmagan holda, bildirgan fikrlarini “buni fransuzlar tuşunmaydilar” deb takrorlaydi. Bu esa bizni hayratga soladi. Nahotki tanqidçimiz bizning adabiy şerigimiz ona tili fransuz tili bölgan kişi ekanligini hisobga olmagan bölsalar?! Örni kelganda şuni aytişimiz kerakki, biz Jan-Jak Gate janoblarini hamkorlikka çorlaşdan avval uni yetarliça sinovdan ötkazganmiz. Va örtamizda jonli fikr almaşiş, hatto yetarliça bahslaşuvlar ham bölib ötgani ayni haqiqatdir. Xullas, biz ön yildan ziyod bir-birimizni bilişimiz tufayli Jan-Jak Gatening şarq şeʼriyatini teran his qilişiga töla işonç hosil qilganmiz. U bizning işonçimizni töla oqlay oldi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, biz Navoiyning har bir söziga çuqur masʼuliyat bilan yondaşdik va Sözga xiyonat qilmaslikka harakat qildik. Işonçimiz komilkim, bir kun kelib tarjimalarimiz har ikki tilni yaxşi biladigan, Hazratning ijodini mehr qöyib örgangan nuktadon olimlarimiz tomonidan xolisona baholanadi.
Biz amalga oşirgan tarjimalar ilk tajriba bölgani, ğazallarni fransuz tiliga ögirişda bizga qöllanma bölişi mumkin böladigan ilmiy tadqiqotlar amalga oşirilmaganligi, suyanib iş körişimiz mumkin bölgan manbalarning yöqligi sababli, biz öz yölimizni özimiz oçib olişimizga töğri keldi. Umidimiz borkim, endi bu yöldan ötadiganlarga asqotişi mumkin bölgan, kiçik bölsada, tajriba töplandi.Va, bir kun kelib, ilmli, öz kuçiga işongan yoşlarimizdan kimdir çiqib, bizning tarjimalarimizni öqib, “Men bundanda gözal tarjima qila olaman!” deb hayqirsa, bizning yutuğimiz şu böladi.
Darvoqe, yana bir istiholamiz bor, u ham bölsa, kimgadir bizning sözlarimiz öz tarjimalari haqida yuqori fikrga ega bir manman kişining fikri bölib tuyulmasa deymiz. Kasbimiz taqozosi bilan har yili örtaça uç yuz, baʼzan beş yuz fransuz bilan muloqotda bölamiz. Ularga albatta tarjimalarimizni öqib beramiz, Navoiy bilan taniştiramiz, ularning fikri bilan qiziqamiz.Endi yuqoridagi kişilarning örtaça sonini bizning iş stajimizga, yaʼni ön tört yilga köpaytirsangiz, bizda tarjimalarimiz haqida yetarliça fikrlar borligiga işonç hosil qilasiz, degan umidda qolamiz. Sönggi fikr: Yaqinda elektron manzilimizga biz tufayli Hazrat Navoiyni kaşf etgan bir fransuz oilasi yöllagan qisqagina xatga eʼtibor bering: “Kitobingni sotib olib, öqib çiqdim. Qanday isteʼdod!!!” Ha, biz niyatimizga yetdik: Navoiy ijodi fransuzlarni hayratga solayapti. Bu hayratning umri uzoq bölişga işonamiz!
Murodxon ERGAŞEV
2011/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


