Xalqimizning sevimli şoiri Usmon Azimning “Daşt haqida ballada”sini birinçi marta qaçon öqiganimni eslay olmayman. Biroq, şunisi ayonki, balladani öqiganimdan u meniki bölib qolgan. Yöq-yöq, bunday emas – men şu balladaning asiriga aylanganman, desam töğri böladi. Şeʼrdagi dardning samimiyligi, pafosning umumiyligi bilan boğlab tuşunişga harakat qilganman. Ammo u baribir balandroq, viqorliroq kelaveradi. Va böğzini kuydirib tilga otilib çiqadi: “Toğlar kiçraydi. Pasaydi osmon. / Yaşab bölmaydi-ku, axir engaşib…”
Quv oğochga til bitdi
Talabalikning ilk yili edi. Yangi yil arafasida qişloqqa borganimda bobom bilan qilgan gurungim heç yodimdan çiqmaydi.
Boboni körgani bordim. Momom qarşi oldi: – Bova, Ortiqning uli kepti, – dedi. Yo, Xudo, men şu çol-kampirning nabirasiman. Ular bölsa, avval otamning ismini aytib söng menga ötadi.
– Kel, – deb sandalning bir kunjagidan joy körsatdi bobom.
– Ha, körinmay ketding, qayerda yuribsan?
– Öqiyapman, bova.
– Qayerda, Taşkandami?
– Ha, Toşkentda…
– Hosilot bölasanmi?
– Yöq.
– Mudir bölasanmi?
– Yöq.
– Bölmasa, Taşkanda nima qilyapsan?
– Filologiyada öqiyapman.
– U nimasi?
Olifta talaba jöngina qilib, filolog – özbek tili va adabiyoti öqituvçisi böladi, deb aytgisi kelmaydi.
– Filologiyada köp şoirlar öqigan – dedim.
– Ha, şoirlarning ham maktabi bormikan?! Hali şeʼr ham yozasanmi?
– Yöq.
– Unda, hosilotlikkami, mudirlikkami öqiyvermabsanda…
Gurungimiz şu köyi borayotganida radiodan xalq baxşisi: “Mulla törğay tong-saharda sayraydi, / Enajon, vay ena, ena-yay…”, deb bözlab qoldi. Bobom közini çirt yumib, öng qölini havolantirdi. Momom yugurib borib, yarim quloç quv oğoç – dömbira tutqazdi. Şomurod Toğayev: “Bilmaganim, bildirding, / Poyezlarga mindirding…”, deb davom etti. Bobomning qölidagi quv oğoçga til bitdi – keng dalalardan kökka kaptarlar gurkirab uçdi; daralardan dupurlab tulporlar çopdi…
Söz tamshangan keçalar
Köplab teng-töşlar talabalikni ortda qoldirib, tahririyatlarda iş boşladik. Öy-taşvişi – adabiyot, sanʼat, tarix… Törtta “dadarvoqi” yiğilsa, yurt taqdiri uning ertangi kuni, millatning tutumlari, uluğ ajdodlarning jasorati, zamondoşlarning badiiy ifodasi haqida bahs qiladi – falsafa söqib tong ottiradi. Biroq hammasining çöntagida şamol öynaydi. Orasiga biror moliyaçi qöşilib qolsa, albatta, uning aytar gapi tayin: otangni kördim – ahmadi foriğ, onangni kördim – tovoni yoriq…
Ammo bunday suhbatlar talabalar şaharçasidagi yo bölğusi olimlar yotoqxonalarida emas (u maskanlarning eşigi allaqaçon tambalangan), şaharning eng çekkasida Dehqonqulning yuziday ayançli tusga kirgan ijara uylarda “HavOçun”, “Ramaq”, “Qaytiş” – oltin köprik deb tonggaça söz tamşanamiz. Uluğlarning yozganidan latifa töqib, bir-birimizga “sen qaçon gullaysan” deb oramizdan prozaik izlaymiz. Qani u topila qolsa, birov-birovimizga: “Ey, “Maymun yetaklagan odam”, “Anoyining jaydari olmasi”, “Bir toyçoqning xuni” böldimi? – desak, boşqasi – “Onamning yurti”da “Qişda bodom gulladi”, “Kak-ku”, dedi. Ana şu zamonlarda yolğiz boş har yoriqqa siğardi. Ulğayiş faslida yelkadoşlar gardaniga olaxurjin tuşdi, birov oldin-birov ketin rözğorli böldi. Birdaniga munğayib qoldik, desam mubolağa bölmas.
Sababi oddiy edi: kim oilali bölsa, şu ijaraga uy oladi. Endi yolğiz boş emas, unga işonib, köngil berib, izmiga kirgan ayol – bölğusi onalar bor. Izlagan imkon topar ekan, ijodkor döstlarimiz buning uddasidan çiqişdi. Ayrim yoş oilalar köplaşib bitta ijara uy olib yaşaşdi. Biri, Qarşidan kelgan, ikkinçisi, Jizzaxdan. Tabiiyki, köpinça ijodkor oilalarda er termizlik bölsa, ayol namanganlik; yoki er samarqandlik bölsa, ayol nukuslik bölib çiqadi.
Könglini qaçon adabiyotga boy berib qöyganini bilmagan dadarvoqilar keçalari Çambil yurtida Göröğli sulton hukmronligida Ahmad sardorning özidan ketganidan, “Zarbulmasal”da Gunaşbonuning mahriga neça vayrona aytganidan bahs qilişar, kelinlar xorazmça çoy damlasa, dasturxonga farğonaça oş tortilardi. Bunday maskanlar katta şaharning gavjum xonadonlari qatoriga kirib, ijara uylarda qator-qator farzandlar dunyoga keldi.
Dunyoga jar solib, yaqinlariga quvonç ulaşib tuğilgan bolalar göyo tomoq qirib yötalişdan çöçiydigandek, ota-onalari şu yurt, şu tuproq desa öpkasi tölib nafas olişsa-da, katta şaharning kiçik daftarlariga nomi qayd etilmaganini – propiskasizligini ular ham sezadigandek tuyulardi.
Ana şuday kunlarning birida yozuvçi döstimizni bir oyda uç bora, yana birini bir haftada ikki bora şaharning u çekkasidan bu çekkasiga, bu çekkasidan narigi çekkasiga köçirdik. Yana birining köç-köroni yuk maşinasida qolgani esdan çiqmaydigan bölgandi.
Voqea budir:
Yozuvçi oşnamiz ijara uyni almaşlaydigan bölib, rosa ön-ön beş kun uy izladi, topdi. Maʼqul kelganki, köçib ötadigan bölib, köron kötarişga yana dadarvoqilarni çaqirgan. Ular bölsa: “Özbekistonda xizmat körsatgan köçiruvçi” deb hazil qilişadi. Ijodkor uçun bu juda aççiq gap. Yuk bahonasida aytilgan nisba-da, aslida uluğlardan matn köçirasan, matn köçirmasang, mazmun köçirasan, mazmun köçirmasang ruhni köçirasan – baribir köçirasan, degan iddoa ham yöq emasdi-da!
Xullas, köçiruvçilar bir yoş rözğorni maşinaga yuklab manzilga borsak, bizdan ildamroq boşqa birov kelib joylaşib olibdi. Dodingni kimga aytasan!
Boşdan ötgani budir:
Şaharning çekkasidagi mahallalarning birida katta oila yaşaydigan xonadonning bolaxonasida er-xotin yaşaymiz. Ayolim talaba, özim gazetada işlayman. Haftada ikki marta çiqadigan naşrning kunda-şundagi navbatçisiman. Tun yarmida bolaxonaga kirib boraman. Bu manzilga kelganimga endigina ikki haftalar bölgan çoği, nimadir kerak bölib, mahalla dökoniga çiqdim. Dökondor qiziqsinib sörab qoldi: – Uka, qayerda turasiz? – Yon köçadagi ikkinçi kök darvozali uyda. – ……. opaqinikidami? – Ha. – U joyni kim tavsiya qildi? – Heç kim, mahallaga kelib ijaraga qöyadiganlar bormi, deb sörab yurgandim. Töğri kelib qoldi.
Dökondor boşini menga tomon çözib asta şuvirladi: “Öğillarini bilasizmi? Yaqinda çiqdi”.
Hayron bölib sörayman:
“Qayerdan çiqdi?”
“Ignaga ötirib qogan-de…”
Boşimdan muzday suv qöyilgandek böldi. Har kim öz ehtiyotini qilgani yaxşi. Nima qilişga hayronman. Köçişdan boşqa çora yöq. Zavjamizga dardimni yorolmayman. Keçalari tipratikanning ustida yotganday yotaman. Közga uyqu kelmaydi. Qiş eşik qoqib turibdi, ammo yana köçiş kerak…
Nomdor naşriyot muharririning
boşidan keçirgani
Tengdoşlardan biri maşhur naşriyotda muharrir bölib işlardi. Ikki yoş farzandi oğir dardga çalinib, moyanasi dori-darmondan ortmay qoldi. Bu örtada, tabiiyki, ijara haqqini ham öz vaqtida berolmagan. Döst-yorlar qarab turişmadi, ammo qöldan berganga çumçuq töyarmidi?!
Qisqasi, bolaga bu yoruğ olam torlik qildi. Döstimizning aytişiça, qişloğiga borib farzandini tuproqqa qöyib kelgani ketganida biroz qolib ketadi. Şaharga qaytganida ne köz bilan körsinki, u yaşagan xonadonga boşqa birov köçib kiribdi.
Öziga öxşagan qönimçilardan yuk-yobinini söraydi.
“Biz körmadik. Kelganimizda xonadon böş edi”.
Uy sohibiga telefon qiladi:
“Uç oydan buyon pulni bermaysan. Sani qoçib ketibdi, deb kvartirani boşqaga berdim”.
“Köç-köronim qani?”
“Makalaturang bilan sassiq töşagingni boşimga uramanmi? Çiqindiga çiqarib taşlagandim”.
“Beşik qani?”
“Beşigingni ham çiqardim!”
“Öldiraman…”
Gazeta muxbirining boşidan keçirgani
Jöramiz yoşlar gazetasi muxbiri edi. Farzandli böldi. Bolasi dard bilan tuğildi. Muştdek çaqaloq tuğuruqxonadan kasalxonaga olib ötildi. Şifoxonaga, dori-darmonga yuguradi-tinmaydi. Holidan xabar topgan jöralar döstimizga yordam bermoqçi bölib köngil söradik.
“Nima yordam kerak?”
“Qon kerak?”
Davongirdek-davongirdek uç-tört yigit qon topşirgani bordik. Qonimizni olişmadi. Propiskamiz yöq ekan. Döstimizning peşonasiga farzandi siğmadi – bola uzoq umr körmadi. Buning barçasi, avvalo, Xudodan ekanini hammamiz yaxşi bilamiz, ammo baribir men özimni şu murğak bolaning vafotida aybdor sezaman: “Qon berolmadim!”
Yangi kun
Ilm-fan, adabiyot, sanʼat va matbuot bilan ertangi kuni, hayotini va taqdirini boğliq tasavvur qilgan köplab yigit-qizlar odatda unça-munça muammolarni pisand etmaydi. Aççiq bölsa ham oçiğini aytganda, tişining kirini sörib, tuproqdan taşqarida, deb yuraverişadi. Bu holat kimlarningdir nigohida açiniş, kimningdir miyiğida kulgi uyğotsa-da, ular mağrur va öktam odimlayveradi. Negaki, sizni – töpori va asov, muloyim va jasoratli, oqköngil va tanti, yoruğ niyatli va orzumand şu xalqni yaxşi köradi. Yolğiz aybi bölsa – şu, yana bilmadim.
Buni yaxşi bilgan Yurt egasi – Prezident Şavkat Mirziyoyev faoliyatining dastlabki kunlarida mamlakatdagi muhim masalalar qatorida ilm-fan, adabiyot, sanʼat ahlining ijtimoiy muammolarini yengillatiş, faoliyatni isloh qiliş, vazifalarining samaradorligini oşiriş uçun bir neça qarorlar, farmonlar qabul qildi. Bungaça akademiklar, yoşlar, ijodkor-ziyolilar bilan suhbatlaşdi. Poytaxtimizda köp qavatli uylar quriş işlariga kirişilgan kezlardan buyon ziyolilarni vatanli qiliş rejasini takror-takror aytib kelyapti.
Ayni şu yumuşlarning amaldagi ifodasiga guvoh bölib turibmiz. Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimida ilmiy izlanişlar olib borayotgan, Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan adabiyotga kirib kelayotgan köplab tengdoşlarim uy-joyli bölyapti. Ular qatorida men ham Vatanda vatanli böldim.
Yashasin yomğirlar!
Yangi uyga köçib kelyapmiz. Yölda öğlim savol berib qoldi:
– Ota endi köçmaymizmi?
Mendan avval közlari porlab ayolim javob berdi:
– Bolam, biz ham uyli böldik. Endi köçmaymiz.
Uyga kirganimda bildimki, mening köçirib yuradigan ikki-uç sandiq kitobim va farzandlarimdan boşqa heç narsam yöq ekan. Ertasi kuni otam keldi. Kutib oldim, belboğiga tugib yurgan pensiyasiga sovğa-salomlar olibdi. U kişining ortidan uyga kiryapman. Yelkalari titraydi. Bobosiga peşvoz çiqqan nabiralari otamning bağriga özlarini otişdi.
– Bobo, yiğlayapsizmi?
– Yöq. Taşqarida yomğir yoğyapti…
Men ham özimni tutolmayman; lablarimga tiş bosib zörğa turibman. Iç-içimdan aytaman, takorlayman: yaşasin yomğirlar – yaşasin yomğirlar!
Otam qölini oçib, uluğ kişilarning haqiga uzoq duo qildi. Söngra tayinladi. Duo bilan el kökarar, yomğir bilan yer. Doimo duo qilişni kanda qilma! Quloğimga mayin sadolar keladi. Bu öşa quv oğoçning quvnoq nağmalari, dömbiraning sadolari edi.
Bu ohangni xöjalikda agronom va ferma mudirini dunyoda eng katta odam deb bilgan rahmatli bobom çalardi.
Adabiyot qalbimni qaçon zabt etganini hamon bilmayman: “Jönadim balandroq osmonlar tomon …”
Nurilla Çori
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


