248 marta körilgan

Quşlarga halovat baxş etdi jonim

Quşlarga halovat baxş etdi jonim

MUSOFIR

 

Ey jon!

Bu köhna çang bosgan,

zaxkaş dökonda,

Attor rastasining bir çetidagi,

namxuş va körimsiz,

yotib bir yonda,

kasod bölgan mato kabisan, ey jon…

 

Ey jon!

Dar badar uloqqan,

bir darviş misol,

va olam zahmatin öylamagança,

özingdan, özgadan keçgança oson,

Öziga talpingan bir quşsan, ey jon…

 

Ey jon!

Gohida iymonda,

goho ğaflatda,

goho zulumatda manzil-bamanzil,

goho devonalik,

goho fikratda,

nafsingga juhd qilib borasan, ey jon…

 

Ey jon!

Ey musofir jon!

Tuğilmoklik – haqdir,

Ölmoqlik-da – haq.

Dunyo bir vafosiz yor kabi bejon.

Topganlaring – haqdir,

yöqotmoğing – haq,

yöqotib topganing ne böldi, ey jon…

 

 

 

SÖNGGI KUN

 

Ming yilki şoxlarim gurladi yaşnab,

ming yilki, uzandim bulutlar tomon.

Ne-ne sovuqlarga doş berdim yaşab,

Ne-ne talafotdan qolgandim omon.

 

Ming yil-ki ildizim yerning qaʼriga,

tobora çuqurroq sançildi tabiiy.

Har yili sarğarib kuzak bağriga,

xazonrez barglarni tökdim asabiy.

 

Gulladim, soyalar soldim ham quyuq.

quşlarga halovat baxş etdi jonim.

Ming bor kallaklanib, yiğladim kuyub,

Ammo pastlamadi betoqat orim.

 

Ming yilki saraton çillasidagi,

olovrang havoni simirdim qaqşab.

Bir epkin saboning jilvasidagi,

bokira hislardan çayqaldim yaşnab.

 

Ming yilki serhosil quvvatim berib,

asalday şirali mevalar tugdim.

Ming yilki mardona kökragim kerib,

Dunyoda eng yolğiz daraxtday turdim.

 

Ming yilki ildizim, tanam bağrini,

ğalvirday kemirdi örlagan qurtlar.

Ming yilki pöstloğim qaqroq yağrini,

simobiy şiralar ilvirab sirlar…

 

Bir qattiq şamoldan yiqildim uvlab.

Mozorimga döndi gullagan joyim.

Meni yiqitmadi şamollar guvlab,

Yiqitdi içimda örlagan xoin!!!

Orifjon KOMIL

1985-yili tuğilgan.

Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.