20 daqiqada öqiladi

1 876 marta körilgan

Özi bilan özi gaplaşayotgan odam obraziyoxud Ahmad Aʼzam ijodiga çizgilar

Ahmad Aʼzam

70-yillar adabiy avlodi içida, şubhasiz, yozuvçi Ahmad Aʼzamning öz örni bor. Ahmad Aʼzamning “Masʼul söz”, “Soyasini yöqotgan odam”, “Hali hayot bor…”, “Röyo yoxud Ğulistonga safar” , “Özi uylanmagan sovçi” (roman), “Til nomusi” kabi önlab badiiy, ilmiy va publitsistik kitoblari çop etilgan. Tabiiyki, bu asarlarning har biri hozirgi özbek adabiyotining nodir asarlari xazinasidan örin olgan. Çunki Ahmad Aʼzam öz asarlarida sözni asrab-avaylab işlatgan, xalq tili gözalliklarini mahorat bilan qöllagan, şu­ningdek, özbek xalqining ijtimoiy va maʼnaviy-axloqiy hayotini haqqoniy, teran, nihoyatda nuktadonlik bilan yoritgan bilimdon, betakror yozuvçilarimizdan biri hisoblanadi.

Adibning adabiy jamoatçilik orasida şov-şuv­larga sabab bölgan “Röyo yoxud Ğulistonga safar” romani hamda “Asqartoğ tomonlarda”, “Hali hayot bor…” qissalari, “Oyning gardişi”, “Soyasini yöqotgan odam”, “Qatağon”, “Gözallik qirralari”, “Mastirjamiyat” hikoyalari,“Tugmaçagul”, “Gul kötarib ketayotgan erkak”, “Özim bilan özim”, “Odamoviga uçyoqlama qaraş”, “Vatan haqida yozişga kuçim yetmagan şeʼrim” kabi novellalarini sanaş mumkin. Muallifning önlab badiiy asarlarida börtib közga taşlanadigan original badiiy ifoda, qahramonning özini özi tahlil qilişi, özini özi taftiş etişi, qahramonning nafaqat atrofga, jamiyatga tanqidiy-kinoyaviy munosabatda bölişi, qahramon xayolida illyuziya yaratiş, mozaika asosiga syujet qurişi, ramz va metaforalarga öçlik kitobxonni huşyor torttiradi. Bugungi modern özbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Nazar Eşonqul Ahmad Aʼzam ijodi haqida şunday yozadi: “Bu novellalarda biz özbek nasrida nisbatan yangi qahramon – jamiyatda, hayotda öz örnini anglayotgan, anglaş orqali uyğonayotgan fikr, uyğonayotgan özlikni, uyğonayotgan “men”ni anglatuvçi qahramon paydo böldi. Bu novellalarda “men”dan boşqa qahramon yöq: ijobiy ham, salbiy ham, jabrlovçi ham, jabrlanuv­çi ham, ezuvçi ham, eziluvçi ham, hukmga mustahiq ham, hukm etuvçi ham ana şu “men”ning özi, yaʼni özi bilan özi gaplaşayotgan odam. Ahmad Aʼzam bu obrazi bilan özi mansub avlodning butun boşli konsepsiyasini ifodalab berganga öxşaydi”. Bizning eʼtiborimizni “özi bilan özi gaplaşayotgan odam obrazi” degan gap jalb etdi.

Darhaqiqat, yozuvçining “Asqartoğ tomonlarda” qissasi, “Tugmaçagul”, “Oyning gardişi”, “Qatağon”, “Özim bilan özim”, “Vatan haqida yozişga kuçim yetmagan şeʼr” kabi qator hikoya va novellalarida boş qahramonning özi bilan özi gaplaşayotganiga guvoh bölamiz. Ahmad Aʼzam qahramonlari öz hayotini va atrofdagilarning hayoti, faoliyatini tahlil etadi, ularga tanqidiy-kinoyaviy munosabatda böladi. Yozuvçi özi bilan özi gaplaşayotgan, özi bilan özi kuraşayotgan, fikrlayotgan, muhokama-mulohaza yuritayotgan kişilar ruhiyatidagi ziddiyatni körsatib beriş orqali çuqur psixologik tahlilga erişadi.

Ahmad Aʼzam hikoyalari orasida “Oyning gardişi” hikoyasi, ayniqsa, özining lirik keçinmali talqini, qişloq odamlarining oddiy va sodda hayotini kitobsevar bola tilidan musaffo, bolalarça til bilan bayon etib berişi bilan öquvçini hayratlantiradi. Muallif asarlarida oddiy özbekona xalqona til yayrab-yaşnab turadi. Qahramonlar ham nihoyatda oddiy, sodda, töpori. “Oyning gardişi” hikoyasi avtobiografik xarakterga ega. Şuning uçun ham hikoya tili nihoyatda samimiy va jozibador çiqqan. Hikoyada qari ota, kenja öğil, amaki, Mamat meş kabi obrazlar iştirok etadi. Hikoyada garçand olim bölişni orzu qilib şaharda qolib ketgan katta öğil bilan kitobsevar kenja öğil obrazlari ikki odam sifatida yoritilgan bölsa-da, bu ikki obraz umumiy holda birlaşib, Ahmad Aʼzamning özi ekani haqidagi fikr xayolimizda aylanaveradi. Katta öğil olim bölişni istaydi. Ota öğlining ilmiy iş qilaman deb, yigirma yillik umrini kitob, ilm orqasidan quvib yurişni istamaydi. Ota uçun öğlining qişloqqa qaytib kelib, mol-hol qilib, yonida suyançiq böliş katta farzand sifatidagi burçidir. Qaysar öğil esa professor böliş orzusida. Kenja öğil otaning dardi-holini, akasi va otasi örtasidagi kelişmovçiliklar, mojarolarga guvoh bölib turadi. Iç-içida katta bölsa oltmişga kirgan otasining ulkan suyançiği bölişni orzu qiladi. Akasining xatolarini takrorlamaslikni diliga tugib qöyadi. Hikoyadagi badiiy vaqt va makon nihoyatda aniq çizilgan. Ota namozşom vaqtida amakinikiga ketadi. Kenja öğil otasini olib keliş uçun eşakka minib, amakining uyi­ga qarab yölga otlanadi. Şom vaqti, çang-tözonli yöllar, ayniqsa, qabriston yonidan öta turib, yoş bolaning ötakasi yorilay deydi. Ammo bolaning gözal, yoqimli ovun­çoği bor. Bu osmondagi gardişli oymomo. Hikoyada Bola va Oymomo, Gardişli oymomo­ning oppoq qöy qamalgan qöraga öxşatilişi singari ramzlar, obrazlar hikoyaga özgaça lirik kayfiyat baxş etgan. Bola­ning oymomoga mahliyo bölib boqişi, uning xayoliy gap-sözlari, muloqoti, kelajakdagi orzulari,manzilga yetib boriş uçun butun kuçini, ğayratini töplab, yolğizoyoq yölda mardonavor ketişi barça-barçasi xalq ertaklari uslubini ham eslatib yuboradi. Hatto yarim yölda eşak hurkib ketib, bola eşakdan yiqilib tuşadi. Qörquv, tahlika bola ruhiyatini ezadi. Ammo yoş bölişiga qaramasdan, undagi zakolik, aqllilik ustun keladi.

Bola eson-omon manzilga yetib borib, otasi bilan eşakka mingaşib uyiga qaytib keladi. Qay­tib kelgaç, bola tuş köradi. Hikoyada bolaning oy bilan boğliq tuşi quyidagiça beriladi: “…U oq qöyga minib olib, közlarini qamaştirayotgan gardiş devorning eşigini axtaradi. Oq qöy esa tixirliik qilib yurmaydi, bir joyda qotib turaveradi. Pastda otasi qölini ipaxsa qilib qiçqiradi: “Miyang xatomi sening! Nega oyga minib olding? Yana yiqilib tuşib boşimga balo orttirma. Seni kötarib döxtirma-döxtir çopib yurmayin. Yaxşilikça tuş, deyapman, bölmasa, olmaga oyoğingdan osaman”. Otasining yonida Orziqul bobo qotib-qotib kuladi: “Ana xolos! Bizni pulisirotdan ötkazib qöyadigan qöyni minib olibsiz-ku! Muallimingizga borib aytmasammi”. Mamat meş eşagidan tuşmay otasiga taskin beradi: “Qöying, indamang, bolaning özi xohlab tuşmasa, majbur qilib bölmaydi. Köp öqigan-da. Öqimasa oyga çiqarmidi”. U hadeb yaraqlayotgan gardiş devorning eşigini axtaradi, devor esa uning közlarini qamaştiradi., eşigi esa körinmaydi. Oq qöy ham tixirlik qilib joyidan siljimaydi. U qöyni xalaçöp bilan uradi, qöyning junlari oyoğiga öralaşib qoladi. Birdan dimoğiga açqimtil uriladi-yu, uçib ketadi. Otasi esa negadir muloyim ovozda gapirib qoladi: “Ha, nodon bola-ya, yana chiroqni öçirmabdi…”

Nazarimizda, hikoyada markaziy öringa qöyilgan Bola va Oy obrazlari mana şu yuqoridagi parçada özining kulminatsion nuqtasiga çiqadi. Bola tuşida oq qöyni minib olib, qöradan çiqib ketiş uçun urinadi. Lekin eşik topolmaydi, oyning oydin yoruği, uning közlarini qamaştiradi. Bizningça, hikoyada oy va qötonlagan oy, bola va oq qöy obrazlari timsolli ramzlarga aylanadi. Yaʼni, qörğonlangan oy – biqiq muhit ramzi. Oyning gardişi – jamiyatdagi çegaralangan anʼanaviy milliy qadriyatlar ramzi, gardiş – çeklanganlik, çegaralanganlik ramzi, oyning qötonlaşi – bir xil hayot, ijtimoiy tuzumga, anʼanaviy milliy qadriyatlarga öralişib qolgan özbek xalqining hayotiga ramziy işoralardir. Oq qöyga minib olib, yöl topa olmayotgan bola – özbek xalqining anʼanaviy milliy qadriyatlari bilan töqnaşib, özi istaganidek katta yölga çiqa olmayotgan odam ramzi. Xususan, bu Katta öğil bilan ota ziddiyatida körinadi. Ota milliy anʼanaviy oilaviy qadriyatlardan voz keçişni xohlamaydi. Katta öğil esa tor muhitni yorib çiqib, (mol boqib yurişdan köra muhimroq, ilm örganişni) ziyoli bölişni orzu qiladi. Kiçkina kitobsevar nazdida ham katta aka otaga qarşi çiqib, töğri iş qilmayapti. Yozuvçi hikoyada kim haq, kim nohaq? Otami? Katta öğilmi? Bu savolga javobni oçiq qoldiradi. Şuning uçun hikoyani öqigan kitobxonlar öz-özidan ikki guruhga bölinişi mumkin. Ammo hikoyani öqib, mulohaza qilib, ota yoki öğilning tarafdoriga aylaniş kerak emas. Aksinça, “Oyning gardişi” hikoyasi orqali Ahmad Aʼzam nima demoqçi? Şu masalaga diqqat qaratiş kerakdek, nazari­mizda. Bizningça, yuqorida aytganimizdek, hikoyada ota va öğil ziddiyati, xususan, qahramon qalbidagi dramatizm, içki muhokamalar, ong oqimi tasvirlari kinoyaviy badiiy modusli asar yaratilişiga zamin bölgan. Ahmad Aʼzam “Oyning gardişi” hikoyasi orqali özbek xalqining qörğonlangan muhitda qotib qolib ketmaslik kerak, yöl izlaş kerak, degan jiddiy ijtimoiy muammoni örtaga taşlayotgandek. Kezi kelganda, aytiş örinli Ahmad Aʼzamning öziga xos kinoyasi, salaflari Abdulla Qodiriy va Abdulla Qahhor, yoki zamondoş-tengdoşlari Erkin Aʼzam, Mu­rod Muhammadöst kinoyasidan farq qiladi. Deylik, Ahmad Aʼzam kinoyasi tabiatan masxara-mazax, mubalağador xarakterga ega emas. Yozuvçining öziga xos kinoyasi Abdulla Qahhorning körsatkiç barmoği bilan nuqib-nuqib körsatuvçi kinoya va satirasidan ham tubdan farq qiladi. Yoki Erkin Aʼzam kinoyasidek mazaxlovçi, sarkazm darajasiga ham çiqib ketmaydi. Nazarimizda, Ahmad Aʼzam kinoyaning örta tembrini juda yaxşi topa olgan. Ahmad Aʼzam voqealar va qahramonlar nigohini kinoyaviy munosabatga hozirlar ekan, unda börttirib-qabartirib tasvirlaş yöq. Öz holiça, tabiiy, hayotiy badiiy maromni yozuvçi yaxşi tutib körsatişga intiladi.

Şuningdek, Ahmad Aʼzam asarlarida Samarqandning Ğazira qişloğida yaşovçi odamlar hayoti keng, har xil rakurslardan turib yoritiladi. Aynan qişloq nomlari tilga olinmagan bölsa-da, bu qişloq yozuvçi tuğilib ösgan Ğazira, Samarqand ekanligini anglab turasiz.

Ahmad Aʼzamning “Soyasini yöqotgan odam” hikoyasi qahramoni ham “Özi bilan özi gaplaşuvçi” qahramonlardan biri. Hikoya qahramoni soyasini yöqotib qöyadi. U soyasiz odamga aylanadi. Mazkur hikoyada Ahmad Aʼzam boşqa hikoya va novellala­rida, hatto qissalarida ham şu paytgaça qöllanmagan kinoyaning yangi badiiy formasini qöllaydi. Yaʼni bu novellada romantik kinoyaviy modus qöllanilgan. Aslida jism borki, uning soyasi bor. Ammo Ahmad Aʼzamning qahramoni soyasini yöqotib qöyadi. Bu beixtiyor Gogolda burnini yöqotib qöyib, rosa uyoq­dan-buyoqqa çopgan Janobni esga solib yuboradi. Romantik kinoyaviy asar yozişni unça-munça yozuvçi eplay olmaydi. Çunki yozuvçi badiiy töqimasi orqali dunyoga kelgan voqea va qahramon tiynatida qandaydir bir romantik tasvirmi, romantik detalmi bölişi şart. Öşa badiiy töqimaga kitobxon çippa-çin işonişi kerak. Aslida bu hayotda röy berişi mumkin bölmagan hodisa böladi. Misol uçun, yuqorida eslaganimiz Gogolning “Burun” nomli kinoyaviy romantik asaridagi kabi. Gogolning qahramoni ertalab uyğonib, qarasa, burni yöq. Burni egasidan arazlab qoçib ketibdi. Qiziqarli voqealar aynan şu tugundan boşlanadi. Janob burnini izlab telbalarça chopadi. Bu ölgur burun odam yuzining qoq örtasida joylaşgan bölsa. Tasavvur qilib köring, qanday qilib, burunsiz odamlarga köriniş mumkin? Asarni öqişga tutinar ekansiz, Gogolning özi töqib çiqar­gan romantik kinoyaviy voqealariga qiziqib, qahramon bilan qöşilişib, uning burnini izlay boşlaysiz. Bu, albatta, adabiyotning, yozuvçining yetuk badiiy mahoratidan darak beradi. Ana endi Ahmad Aʼzamning soyasini yöqotib qöygan qahramoniga qaytamiz. Yozuvçi hikoyada soyasini yöqotib qöygan qahramon sarguzaştlarini erinmasdan, batafsil hikoya qiladi. Uning bu nuqsoni butun boşli taşkilotni, işxonani oyoqqa turğizadi.

Oldiniga qahramonning özi bu mudhiş voqeani anglamay yuraveradi. Nihoyat, işxonadagi hamkasbi Barot bir kuni tuşlikka çiqişganida uni bu mudhiş falokatdan xabardor qiladi: “Tuşda Barot ikkovimiz birga tuşlikka çiqdik. Menga bir narsa bölganini şu Barot bilib qoldi. U uç yilça oldin köçadan hamyon topib olgan. Sakkiz yuz qirq yetti söm. Şundan beri yerga tikilib yurişni odat qilgan.

Işxonamizning soyasidan çiqib, sal yurganimizdan keyin mening gaplarimga ha-hu deb yerga qarab ketayotgan Barot bir töxtadi-da, dabdurstdan: “I-ye, sening soyang qani! Qiziğ-u!”, deb qoldi. Avvaliga Barotning gapini töğri tuşunmadim. “şu hazilmi”, demoqçi bölib, beixtiyor yerga qarasam, mendan yerga soya tuşmayapti! Tuyqusdan kallamga bir narsa kelmadi. Lekin, mana soya, mendan tuşgan soya yöq! Oftob tomon bölsa kerak degan ilinjda osmonga qarab, keyin soya tuşadigan joyni möljal qilsam, oppoq! Oftob mendan töppa-töğri ötib, yerga tuşyapti, örtada men yöq!..”. Yozuvçi badiiy dallilaşni ham unutmaydi. Xususan, nima uçun aynan Barot döstining soyasi yöqolib qolganligini birinçi bölib körib qoldi, buni muallif izohlab ketadi.

Ana şundan keyin qahramon hayotidagi butun özgarişlar va sarguzaştlar boşlanadi. Hikoya qahramoni boşiga tuşgan bu körgulikning katta ğalva ekanini anglab, oldiniga xayolida bölajak voqealarni jonlantiradi. Umuman olganda, noreal voqelikni qahramon ongida reallaştiriş Ahmad Aʼzamning öziga xos uslubi sanaladi. Xuddi şunday tasviriy ifoda “Oyning gardişi”da ham kuzatiladi. Bola va ota xayolida keçgan voqelik öz-özi bilan suhbati (içki dialogizm) şunday badiiy tasviriy ifodalardan biri. Ammo bunday tasvirlar xayoliy badiiy voqelik ölaroq hikoyalarda ifodalangan. Tan olib aytiş kerak, Ahmad Aʼzam xayoliy voqealarni, qahramonning öz özi bilan suhbatini, içki dialogizmni juda öxşatib yozadi. Muallif sözlarni, jumlalarni, hayotiy tafsiliy detallarni, bir-biriga zanjirday ulanib ketgan hissiyotlar va kayfiyatlarni aniq-tiniq ifodalovçi obrazli tasvirlarni juda örnida topib yozadi.

“Soyasini yöqotgan odam”da ham hikoya qahramoni bölajak voqealarni xayol qiladi. Yaʼni soyasi yöqolib qolganligi uçun uni boşliq xonasiga çaqiradi, voqealarning siyosiy tus olib ketmasligi uçun majlisda uning masalasi körilişini maʼlum qiladi. Mirqosim aka, partkom Ğulom aka uning ğarb adabiyotini köp öqigani uçun, uning idealogiyasi buzilib, soyasi yöqolib qolganini isbot qilişga harakat qilişadi. Qahramonning xayolida keçgan voqelik, kun kelib reallaşadi. Kutilmaganda, Soyasini yöqotgan odam barçaning diqqat-eʼtiborini tortib, hatto kazo-kazo amaldorlar ham kelib, uning soyasi yöqligini tomoşa qilib ketişadi. Bir kuni katta bir amaldor uning soyasi yöqligiga işonç hosil qilgaç, huşidan ketib, uni qandaydir şaytoniy işlarga daxldor odam deb öylaydi. Uning ustida tajribalar, tekşiruvlar boşlanadi. Xöş, nima böpti? Ahmad Aʼzam nimaga mana şunday aqlga, tasavvurga siğmaydigan voqeani, holatni kitobxonga badiiy voqea sifatida, badiiy obraz sifatida taqdim etmoqda? Yozuvçi tasavvurga siğmaydigan illyuziya yaratiş orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga kinoyaviy tanqidiy nigoh taşlaydi. Deylik, byurokratizm, öz vaqtini, umrini behuda işlarga sarf etayotgan kişilar ustidan kuladi. Demak, hikoyada öz-özidan kinoyaning ikki turi muallif kinoyasi hamda qahramon kinoyasi ajralib çiqadi. Hikoyada işxonadagilar Soyasini yöqotgan odam holatiga siyosiy tus berişadi. Mana muammo qayerda? Ahmoqona mulohaza, ahmoqona fikrlaş, ahmoqona siyosat, ahmoqona ijtimoiy tuzim, ijtimoiy munosabatlar ustidan Ahmad Aʼzamning aqlli va ayyorona kulgisi barq urib turibdi.

Hozirgi özbek nasrida romantik kinoyaviy asarga namuna keltiramiz desak, faqat ikkita asarni körsata olamiz. Biri tahlilga tortganimiz “Soyasini yöqotgan odam” hikoyasi bölsa, ikkinçisi Nurilla Raufxonning “Pufak” hikoyasidir. Hozirça biz boşqa birorta muallif asarini romantik kinoyaviy asar guruhiga kirita olmaymiz.

Erkin Aʼzam, Murod Muhammad Döst kabi adib­larimizning yuzlab tadqiqotçilari bor. Bu yozuvçilar bu jihatdan baxti kulgan. Ammo Ahmad Aʼzam­ning tadqiqotçilarini xayoli­mizga keltirsak, bitta qölimizdagi beşta barmoğimizni bukib sanolmaymiz. Ular juda ozçilikni taşkil etadi. Albatta, bu degani Ahmad Aʼzam baxti kulmagan, tuşunarsiz, zerikarli yozuvçi degani ham emas. Şunçaki, Ahmad Aʼzam­ning köp sonli tadqiqotçilari hozirça yöq. Komil işonç bilan ayta olamizki, bu oz sonli ahmad aʼzamşunoslar kun kelib köpçilikni taşkil qiladi.

Ahmad Aʼzam özbek novellistikasida ham öziga xos adabiy maktab yaratgan yozuvçi. Adibning önlab novellalari şunday mulohaza yuritişimizga asos beradi. Jumladan, “Tugmaçagul” novellasini olaylik. Mazkur novella ham “men” tilidan hikoya etiladi. Novella qahramoni Habibaga bölgan ilk muhabbati va bu sevgi tarixini, hissiy-keçinmali sarguzaştlarini bir boşdan li­rik-romantik kayfiyatda hikoya qilib beradi. Töğri, dunyo ada­biyotida muhabbat mavzusida kimlar, nimalar yozmadi, deysiz? Lekin Ahmad Aʼzam ilk muhabbat haqida özigaça yaratilgan asarlardan farqli ravişda özgaça, original novella yoza oldi. Novelladagi köplab hisssiy-keçinmali voqealar talqini yozuvçining şaxsiy tarjimayi holi bilan tutaşib ketadi. Novella qahramoni sevgan qizi Habibani “Tugmaçagul” deb ataydi. Aslida, u tugmaçagulni umrida körmagan. Lekin nimagadir bolaligida Habibaning yiğlaganini körib, yomğirda qolgan tugmaçagulga öxşatadi. Novellada bugun bilan ötmiş uçraşadi. 10-15 yil Habibaning işqida kuyib kul bölgan yigit hurpayib, qalin kiyimlarga burkanib olgan Habibani körib, kapalagi uçib ketadi. Ötmişdagi Habiba nozikkina edi. Bugundagi Habiba esa paxmoq ayiqdek katta. Sakkizta bolaning onasi, maktab direktori, rözğor, işxona taşvişlariga kömilib qolgan katta xotin. Roviy hikoyaçi bugunning Habibasini körib, butun boşli hayotini, işq tarixini birma-bir hikoya qilişga tuşadi. Novella nihoyatda maroq bilan öqiladi. Yigitning muhabbat deb atalgan sirli tuyğu tufayli kuyib-yo­nişlari, hayotidagi eng oğir kunlarda ham uning nomini, siyratini bir zum bölsa-da, xayolidan ketkazmay, mudom eslaşi romantik ruh bilan hikoya etiladi. Novelladagi taʼsirçan badiiy ifoda nihoyatda yuqumli. Haqiqatan ham bu novellani quruq kesak singari öqib bölmaydi. “Tugmaçagul”ni zavqlanib, kulib, kuyib, yiğlab, hatto özingizning ilk muhabbat tarixingizni eslab, qiynalib şavq bilan öqiysiz. Novellada Bugun bilan Ötmiş uçraşib, bir obrazning ikki qiyofasi qarşilantiriladi. Roviy qahramon bugun körib turgan Habiba bilan ötmişdagi Habibani soliştirib, bugungi Habibaga kinoyaviy nigoh bilan nazar taşlaydi. Novella yakunida roviy qahramon özi ilk bor köz oçib körgan maʼsuma, nozikkina, yiğloqi, tugmaçagul – Habiba yodi bilan qoladi. Bugungi Habiba unga begona ekanini tan oladi. Novella mana şunday yakunlovçi sözlar bilan tugallanadi: “Ha, u tugmaçagul edi. Hozir… e-e, gulxayrini bilasiz-a? Suvsiz uvat-adirlarda ösib yotadi. Çiroyli gullaydi, gulbarglarning tagida tugmaça-tugmaça qatlangan uruği yetiladi, olib köylakka ham qadasa böladigandek. Albatta, tugmalikka yaramaydi, avaylab uşlamasangiz. Kirt etib sinadi. Gulxayri­ning guli katta-katta oq, qirmizi, gulgun oçilib közni quvontiradi. Orasida doim zarğaldoq sayraydi, u ham şuning oşiği, töyini şunda qilsa çiqar, içi quşlar bozori-da. Lekin kesib dastalab, gultuvakka solib bölmaydi. Tanasi uzun, butuniça sertuk, tuki qölga kirib qiçitadi. Gulxayri erkin, xohlagan joyidan çiqib, öziça gullab turadigan yovvoyi guli-da. Lekin gullari nihoyatda körkli, ayniqsa uzoqroqdan qarasangiz.

Avzöidan bu havo bir yoğin olib keladi.

Ötgan ulovlarning epkinida xazon çaqiryapti.

Bu xotinni yana neça yillar körmay ketaman, Xudo hammaning ham rahmini yegan bölsin.

He-ye, bilmaysiz-da, u Habiba qanday bölgan!.. ”.

Ahmad Aʼzam asarlarida özbek xalqining salkam ellik yillik hayoti, ijtimoiy-maişiy turmuşi aks etgan. “Qatağon yili” hikoyasida 80-yillar voqeligi, yaʼni paxta yakkahokimligi siyosatining dahşatlari nihoyatda tiniq aks ettirilgan. “Tiqin” hikoyasida esa 90-yillar boşidagi qimmatçilik, yöqçilik, uzun navbat kabi ijtimoiy muammolar örtaga taşlanadi. Ahmad Aʼzam bir asar işloviga uzoq muddat vaqt ajratadi. Masalan, “Tiqin” hikoyasi tagiga “1993-2007-yillar” sanasi qöyilgan. Demak, yozuvçi bir hikoya ustida salkam ön beş yil işlabdi. U yerini öçirib, bu yeriga qöşib, ançagina tahrirlar, özgartirişlar qilingani maʼlum böladi. Muallifning juda köpçilik asarlari mana şunday uzoq yillik ijodiy mehnat samarasi. Ahmad Aʼzam har bir asar ustida 10-15 yillab işlaganini köriş mumkin. Haqiqiy maʼnoda Ahmad Aʼzamni Abdulla Qahhorning şogirdi deyiş mumkin. Mana “Soya­sini yöqotgan odam” hikoyasi tagiga “1986-2000” yillar sanasi qöyilgan.Yozuvçi bu hikoya ustida ham roppa-rosa ön tört yil zahmat çekibdi. Bular oddiy raqamlar emas. Ular yozuvçining ijodiy laboratoriyasini tasavvur va talqin etiş uçun aniq ilmiy faktlar beruvçi maʼlumotlardir.

Adabiy jamoatçilik orasida Ahmad Aʼzamning “Asqartoğ tomonlarda” qissasi nihoyatda maşhur böldi. Qissa baʼzi tadqiqotçilarimizning dissertatsion işlarida tahlilga tortilgan. Şunga qaramasdan, har bir tadqiqotçi qissadan öziga yaraşa va özi­ning qariçiga yaraşa fikr topib aytaveradi. Mazkur qissa uslubi köp jihatdan Erkin Aʼzamning “Javob”, “Otoyining tuğilgan yili” qissalari bilan yaqinlaşadi. Ammo har safar takror-takror urğulab körsatayotganimizdek, Ahmad Aʼzam hayotiy voqelikni badiiy haqiqatga aylantirişda Erkin Aʼzam, Murod Muhammad Döst, Xayriddin Sultonlarni takrorlamagan holda özgaça uslub, yangi yönilgan qalam tiği bilan yozadi. Qissa haqiqatan ham ravon öqiladi. Vaholanki, qissada ötmiş bilan bugunning voqealari aralaş-qura­laş holda yozilgan bölsa-da. Qissada jamiyatda yomon, yi­ringli yaradek urçib-köpayib ketgan taniş-bilişçilik, poraxörlik, soxta kadr tayyorlaş kabi bir qator korrupsion işlar tanqid ostiga olinadi. Qissa qahramoni Maxdi Aşrapov, şu jirkanç, iflos, biqiq muhitda, jamiyatda tozalik va halollik ramzi sifatida asar markazida turadi. Asarda Maxdi Aşrapoviç taʼlim olgan institut, söngra dars berib yurgan fakultetdagi köpdan-köp işlar tahlil çiğiriğidan ötkaziladi. Şu institutda dars berayotgan öqituvçilar haqiqatan ham loyiqmi şu lavozimga? Yoki şu yerda taʼlim olayotgan talabalar haqiqatan ham loyiqmi şu dargohda tahsil olişga? Mana şu kabi jiddiy muammolar qissada badiiy tahlil qilinadi. Qissada baxşiçilikka ançayin qobiliyati bor Şodi akaning hayoti, uning baxtsizligi ança teran oçib beriladi. Ammo Şodi akaning hayotini uçta nigoh uç xil talqin qiladi. Demak, Ahmad Aʼzam asarlarida kinoyaviy pozitsiya köpyoq­lama xarakterga ega. Deylik, qissa qahramoni Maxdi Aşrapov Şodi akaning hayotini açinib sözlab beradi. Jöra­sining, kursdoşining fojiaviy ha­yoti uning xotirasida çuqur iz qoldirgan. Şodi aka kimdandir homilador bölib qolgan qişloqdoşi, raisning qiziga uylanadi. Hatto öziniki bölmagan qizni öziniki sifatida qabul qiladi. Atrofdagilarga uning xotiniga bölmağur böhtonlar qilinganini taʼkidlab, özining, xotinining hayoti haqida gap tarqatadi. Göyoki, u döstlari va xotini oldida qahramonlik körsatadi. Ammo raisning qizi “xaloskor va qahramon” qiyofasidagi erni qabul qila olmaydi. Ularning oilasi doimiy ravişda janjal içida keçadi. Oxiri Şodi aka oğir dard bilan vafot etadi. Buni eşitganlar uni tinmay janjallaşaverib, xotini öldirdi, deyişadi. Rassom yigit Isrofil esa Şodining “xalos­kor va qahramonona hayoti”ni “ğalati xudbin şaxs” deb taʼriflaydi. Maxdining rafiqasi Ofiyat esa baxtsiz Şodining sarguzaştlari va fojiasini eşitişni ham istamaydi. Şodi akadan ijirğanadi.

Rassom Isrofil aytganidek, Şodi aka homilador qizga uylanib, unga yaxşilik qilmadi. Aslida, uning hayotidagi eng katta xatoni har kuni, har soatda eslatiş uçun tavqi laʼnatli guvoh sifatida uning peşonasida xaloskor er rolini ijro etib, ayolga azob beradi. Bu talqinda ayol jabrlanuvçi, erkak jabrlovçi rolini bajaradi. Ikkinçi bir talqinda ayol beşafqat, yaxşilikni bilmaydigan salbiy tip. Erkak esa köngli toza, ayolga haqiqatan ham kömak berişni istagan xaloskor odam. Uçinçi talqinda, erkakning ayolga özini “xaloskor, unga uyla­nib qahramonlik körsatişi” artistizm deb baholanişi mumkin. Şodi aka artistlik qilişda hayotini, özining şaxsiy hayotini ham izdan çiqarib yubordi, deyiş mumkin. Hayot bilan, birovning şaxsiy his-tuyğulari bilan öynaşiş aslo mumkin emas. Öynaşgan ğolib bölmaydi, unday odamni muqarrar mağlubiyat kutadi. Deylik, bunga Şodi akaning hayotini misol keltirişimiz mumkin. Qissadagi Şodi aka haqidagi örinlarni sinçiklab közdan keçirsak, uning dali-ğuli, artist xarakteri oçiladi. Qolaversa, u juda kambağal oilada tuğilgan. Raisning qiziga uylangaç esa hayoti tubdan özgaradi. Uy-joy, hamma muammolar hal böladi. Xullas, qissada Şodi akaga nisbatan kinoyaviy pozitsiyaning serqirraligini kuzatiş mumkin. Yozuvçi esa ularning heç birini qöllab-quvvatlamaydi. Xolis turib tasvirlaydi, xolos. Muhokama-mulohaza qilişni kitobxonning öziga qoldiradi.

Ahmad Aʼzamning “Asqartoğ tomonlarda” hamda Erkin Aʼzamning “Javob” qissasida kiçkina odam falsafasini köriş mumkin. Töğri, Maxdi Aşrapov Nuriddin Elçiyev singari juda kiçkina odam emas. Maxdi Aşrapov jamiyatda öz örniga ega. Oldiniga talaba, söngra domla, fan nomzodi, dotsent lavozimlarida işlagan. Ammo har ikki qahramon ruhiyatida öz hayotidanmi, işidanmi qoniqmaslik bor. Qandaydir boşqaçaroq hayotni, boşqaçaroq jamiyatni, boşqaçaroq muhitni soğiniş hissi bor. Qisqasi, har ikki qahramon ruhiyatida böliniş bor. Mavjud jamiyatga, özi yaşayotgan muhitga isyon, norozilik kayfiyati bor. Masalan, “Asqartoğ tomonlarda” qissasi Maxdi Aşrapovning quyidagi içki dialogizmiga eʼtibor qaratamiz: “Yö-öq, turmuşimdan könglim tölmay, hayotdan noroziligim yo işlarim yurişmay, şu yaşayotgan joyimda noroziligimdan emas, nimadanligini özim ham bilmayman, tuşuntirişim qiyin, ammo mudom namlarnidir qömsayman, allaqayoqlarga ketgim, öşa yoqlarda özimga ham nomaʼlum işlarni qilgim, bu işlardan könglim tölib, kökragimni mundoq bemalol kötarib yurgim kelaveradi, lekin heç qayoqqa ketmayman, biron narsa töğanoq bölganidan, ketolmasligimdan emas, özim, özim ketmayman, eh-h, ketsammi, a, deyman, közimni yumib, öşa borar joyimdagi ajoyib hayotni, özim amalga oşiradigan ajoyib işlarni xayol qilaman, hozir şundoq örnimdan turaman-da, köçaga çiqib, ötayotgan biron maşinaga qöl kötaraman, deb çoğlanaman, xayolimni biri biridan baland, şirin orzularga töldirib entikaman, ammo uçişga şaylangan qanotlarimni yelkamga mahkam jipslab, örnimdan qözğalmay ötiraveraman – bir turtki, bir harakat yetişmaydi, ketay-ketay deganimda içim huvullab, böm-böş bölib qolaman”. Demak, Maxdi Aşrapov jurʼatsiz odam ekan degan xulosaga kelamiz. Kattaroq işlar qilişga qodir şaxs emas. U institut tuşib qolib vaziyatdan qanday çiqib ketişni ham bilmaydi. Dösti Tangirning sovğalarini oladi. Iç-içida qimmatbaho uy-jihozlarining pulini tölaşni, qaytarişini öylaydi. Ammo Tangir qamalib ketganida, unga açinmaydi ham. Qahramon öz turmuşini taftiş etib köradi, uzoq-uzoq yurtlarga ketib, tomoşa qilib, köp pullarga ega bölib qaytişni, kiçkina bir hovliçami sotib olişni orzu qiladi. Ammo heç qayerga ketolmaydi. Demak, Maxdi Aşrapov ham mavjud jamiyatdan norozi bölsa-da, amalda uni yaxşilaşga harakat qilmaydi. Demak, tabiatan u kiçkina odam. U kiçkina odamligiça qoladi. Isrofil köp jihatdan erkin odam. Könglidagi özi yoqqan işni qila oladi. Şu jihatdan u Maxdi Aşrapovdan ustunroq obrazdek, nazarimizda.

Nazarimizda, Ahmad Aʼzam boşqa tengdoşlari singari öz asarlarida ruhi ikkiga bölingan şaxs fojiasini teran badiiy talqin etib berişga öz hissasini qöşgan jiddiy ijodkorlardan biri. Muallifning qay bir asarini qölimizga olmaylik, ular çuqur öylaşga, muhokama qilişga, yangi bir talqinlar topişga yöl oçadi.

Agar mahoratli adib Ahmad Aʼzam hayot bölganida, bu yil qutluğ 70 yoşni qarşilagan bölar edi. Afsuski, takrorlanmas yozuvçi va ajoyib inson Ahmad Aʼzam bugun oramizda yöq. Ammo uning badiiy durdonalari kitobxonlar va tadqiqot­çilar nazaridan çetda qolgani yöq. Muallif asarlarining tilsimlarini oçişga yoş tadqiqotçilar bel boğlaşgan. Ahmad Aʼzam turmuş örtoği Faroğat Kamolovaning xotirlaşiça, umrining sönggi nafasigaça yozdi, bir zum bölsa-da, yozişdan töxtamadi, tanasida oğriqlar bezovta qilganida ham u yozişdan töxtamadi. Yoziş, ijod qiliş uni hayotga qaytardi, unga kuç berib turdi. Bejizga yozuvçi mana bu jumlalarni bitmagan: “Köp işni qilib kördim, turli yumuşga qöl urdim. Lekin heç biri yozişga, yoziş beradigan maşaqqatli zavqqa teng kelmaydi…”

Xulosa şuki, Ahmad Aʼzam yaratgan badiiy asarlar zavq bilan öqiladi va zavq bilan tahlil etiladi. Muallifning ikkinçi mangu umri heç qaçon zavol topmasin. Yaşaşda davom etsin.

Marhabo Qöçqorova,

filologiya fanlari nomzodi, ÖzR FA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)