11 daqiqada öqiladi

317 marta körilgan

Şarqiroq Öriklisoy ertaklari

Har köngil bir daryo, oqmoq istasa,

Har dilda bir çöğ bor, yoqmoq istasa,

Istasa, şeʼr otliq çaqmoq istasa,

Xuş kördik, xuş kördik, Zomin yoşlari”

Mahmud TOIR

Osuda tun oğuşida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy mazmundagi jurnallarni maroq bilan mutolaa qilib ötirgandim. Nogoh “Yoşlik” jurnali (6/2017) sahifalaridan yurtimizning orombaxş göşalaridan biri bölmiş sölim Öriklisoyda Respublika yoş ijodkorlarning Zomin seminari qayta tiklanayotgani haqidagi xuşxabarni öqib, quvonçdan boşim osmonga yetdi. Beixtiyor qalbimga quyilib kelgan hissiyotlar va lazzatli xotiralar sururidan şirin-şirin entikib qöydim.

Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyevning adabiyotimiz va ijodkorlarga körsatayotgan eʼtibori hamda mehri dilimda yana bir bor şukronalik tuyğularini mavjlantirib yubordi. Muhtaşam Zomin seminari mamlakatimiz adabiy hayotida ulkan hodisa; yoşlik va nafosat, şeʼriyat va rangin tuyğular bayramidir.

Barçamizga maʼlum, uşbu qutluğ adabiyot anjumani aynan Birinçi Prezidentimiz saʼy-harakatlari bilan ilk marta 1997-yil iyul oyi boşlarida Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi yam-yaşil arçazorlarga burkangan orombaxş Öriklisoy maskanida taşkil etilgan edi. Xayrli maqsadlarni közlab qizğin faoliyat boşlagan anjuman asnosida har yili yangi isteʼdodlar kaşf etilmoqda, adabiyotga yangi nafaslar kirib kelmoqda; ular yurtimizdagi nufuzli maʼnaviyat dargohlarida, ilm-maʼrifat va madaniyat maskanlarida jöşqin faoliyat olib bormoqda.

“Bu gözal vohada tuğilib kamolga yetgan ulkan madaniyat namoyandalari haqida söz yuritganda, eng avvalo, XX asr özbek şeʼriyatining atoqli vakili, nodir isteʼdod sohibi bölgan şoir, dramaturg, tarjimon, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjonning ölmas nomi beixtiyor hammamizning yodimizga keladi, − deb yozadi muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobida. – Ona yurtimiz haqida, Özbekiston haqida Hamid Olimjondek “Çappar urib gullagan boğin, Öpar edim Vatan tuproğin”, deya yonib kuylaş kamdan-kam şoirga nasib etgan.”

Şuningdek, adabiyotimiz xazinasiga salmoqli hissa qöşgan Şarof Raşidov, Nazir Safarov, Oqiljon Husanov kabi zabardast adiblar ham şu gözal vohada dunyoga kelgan.

Tuyqus men özimni noyob xazina topib olganday his etdim va “Yoşlik” jurnali sahifalarida yoritilgan Zomin anjumani bilan boğliq turfa taassurot, xotira, munosabat va maqolalarni kamoli zavq-şavq hissiyotlari bilan mutolaa qildim; fusunkor Zomin tabiati möjizalari aks etgan manzarali suratlarni tomoşa qilib, ruhiyatim samoviy halovat his etdi; banogoh köz öngimda hayotim kitobiga zarhal harflar bilan bitilgan şukuhli Zomin kunlari gavdalana boşladi.

Darvoqe, yigirma yil muqaddam edi…

Yam-yaşil arçalarga burkangan purviqor Zomin toğlari; quyoş toğlar ortidan kötarilib, zarrin yoğdularini mehr-la tarata boşlagan latif palladagi Takali çöqqi; barkaşdek oyning kumuş yoğdularidan nafosatga çulğangan safoli tun tarovatlari; qoyalardagi adil arçalar tepasida jimir-jimir miltirayotgan kahkaşon yulduzlar fusuni; toşdan toşga urilib, jöşib oqayotgan şarqiroq Öriklisoy suvlari…

Çin, “bunda bulbul kitob öqiydi”…

“Bulbullarning hayot va yoşlik naşidasidan zavqqa tölib, “çah-çah” aylab kitob öqişlari-yu şeʼr aytişlarini biz jannatmonand şu göşada öz közimiz bilan kördik, − deb öz taassurotlarini şarhi dil etadi Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid. – Yoş yuraklarga Zominsoyning toşqin mavjlari bilan tölqinlanib kirguvçi, Öriklisoyning tonggi sabolari bilan şaydo köngillarni jonbaxş nasimlarga töldirguvçi betimsol va betakror bu toğu toşlarning har giyoh, har maysasidan Vatan isi anqiydi…”

Kamina ham jöşqinruh Zomin seminarida iştirok etiş baxtiga muşarraf bölgan ijodkorlardan biriman. Men u paytlarda Farğona viloyat bosmaxonasida musahhih bölib işlardim. Taqdir taqozosi ekan, viloyat yozuvçilar uyuşmasi raisi, atoqli şoira va adiba Matluba Dehqonovaning tavsiyasi bilan nufuzli seminarda iştirok etiş şarafiga noil bölgadim.

1998-yil, avgust… Hayotimdagi unutilmas kunlar, betakror lahzalar yodi bir umr şirin tuşdek xotiram közgusiga muhrlanib qoldi.

Jannatmonand Zomin toğlari mamlakatimizning turli viloyatlaridan taşrif buyurgan oltmiş nafarga yaqin yoş ijodkorni öz bağriga çorladi. Öriklisoyda ğir-ğir esayotgan mayin şabada köngilga jöşqin ruh baxş etar edi.

Seminarning oçiliş marosimida Prezidentimiz (u vaqtlarda Jizzax viloyati hokimi edilar) hamda otaşqalb şoir Abdulla Oripovning yurtimiz maʼnaviyati va adabiyotimiz istiqboli haqida aytgan ilhombaxş sözlaridan ruhiyatimiz toğdek yuksaldi. Ayniqsa, Şavkat Mirziyoyevning yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşga, maʼnaviy kamoliga qaratgan yuksak eʼtibori, yoruğ kelajagiga bildirgan işonç sözlaridan boşimiz osmonga yetdi.

Öz navbatida, yuragida jöşqin yoşlik şijoati, közlarida ijod zavqi porlayotgan navqiron yoşlarga söz berildi. Ustoz şoir Abdulla Oripov kelajak orzulari va ijod zavqi porlayotgan isteʼdod sohibasi Guljamol Asqarovaga söz berdi, u ijodidan gözal şeʼrlar öqib, tahsinlarga sazovor böldi.

Tadbirdan söng anjuman nazm, nasr, dramaturgiya, adabiy tanqid, bolalar adabiyoti, tarjima va badiiy publitsistika şöbalarida qizğin faoliyat boşladi. Yoş şoirlar Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Şarifa Salimova, Muhammad Yusuf, Abduvali Qutbiddin, Umida Abduazimova, Şarofat Botirova kabi ustoz şoirlardan mahorat darslarini tinglab, qimmatli fikrlaridan bahramand bölişdi, ustozlar eʼtirofidan köngillari toğday ösdi. Kamina iştirok etgan nasr, adabiy tanqid va badiiy publitsistika birlaşgan şöbalarida yoş ijodkorlar Pirimqul Qodirov, Murod Abdullayev, Safter Nagayev, Rahimjon Otayev (Otauli), Abulqosim Mamarasulov, Sobir Önar kabi ustoz adiblar, zukko adabiyotşunoslar qölida mahorat saboqlarini tinglab, qimmatli maslahatlar, yöl-yöriqlar olib, könglimiz toğday kötarildi.

Bu ertaknamo maʼvo bağrida jöşqin kayfiyatda ötayotgan seminar mundarijasiga fayzli davralardagi adabiy gurunglar, oqşomgi gözal muşoiralar, Vatan işqi bilan yonayotgan yuraklardan otilib çiqayotgan musaffo tuyğular favvorasi beqiyos zebu oroyiş baxş etar edi; yurt mehridan rang olgan şeʼrlar ezgulik, mehr-muhabbat, vafo-sadoqat tuyğularini sohir ohanglarda tarannum etardi. Öriklisoyda yangrayotgan dilbar şeʼrlar, dilrabo ğazallarni göyo qorli toğlar, anbar böyli gul-giyohlar, xuşilhom bulbullar, qumrilar, kabutarlar tinglardi!

Latofatli Zomin tabiatining yurak torlarini çertuvçi anvoyi gul-çeçaklari, toğrayhon va jambillari, zangor arçalarning ifor islari naqadar xuşböy, diltortar edi! Yuragi kabutar misoli kökka parvoz etmoqqa oşiqayotgan yoş ijodkorlar bundagi köz qamaştiruvçi nafosatni savqi tabiiy hislar bilan vasf eta boşladi. Bu nafis aşʼorlarda serviqor Zomintoğ möjizalari, şildir-şildir Öriklisoy kuylari, xuşhol quşlar xonişi, gul-giyohlar tarovati, ona Vatan işqi, uluğ ajdodlar siymosi jöşib kuylanardi. Oqşomgi nafis muşoiralardan köngillar masrur…

Hamon keçagidek köz oldimda. Mana, yuragida uluğ ajdodlaridan tuygan samoviy faxr-iftixor tuyğulari, ona-Vatanga buyuk muhabbat tuyğulari mavjga kelgan yoş Şuhrat Oripov davraga çiqib, sohir bitiklarini qalbi tölqinlanib öqiy boşladi:

“Men qadoq qöllaringga yuragimni tutarman,

Har bir qariç yeringni közlarimga surtarman,

Erkingni bir umrga dildan kuylab ötarman,

Muqaddas sajdagohim, dunyoim, borim, elim,

Şavkatim-şonim özing, nomusu orim, elim!”

Ilkis Şuhratjonning közlarida yoş qalqdi…

Çuqur vatanparvarlik ruhi, yurtga sadoqat tuyğulari samimiy porlab turgan misralarni tinglab, barçaning dilida muborak hissiyotlar junbuşga keldi. Olqişlar, qarsaklar uzoq davom etdi. Şeʼr ruhidan qalbi taʼsirlangan Abdulla Oripovday buyuk ustoz-da Şuhratjonni bağriga bosib, samimiy qutlab qöydi.

Şunday davom etardi nafis muşoiralar. Elga söz aytmoq iştiyoqida yonayotgan olovqalb yoşlar navbatma-navbat davraga çiqar, şeʼr-ğazallar öqişar, şukuhli lahzalar şavqi xotiralarga bir-bir naqşlanib borardi. Ozoda Bekmurodova, Guljamol Asqarova, Muxtasar Tojimamatova, Qahhorjon Yölçiyev, Burhon Şermuhammad kabi yoşlar gözal şeʼrlar, dilbar ğazallar öqirdi, şarqiroq Öriklisoy yoşlik beğuborligini kuylab, ohista şildirar edi.

Uşbu seminarga yanada çiroy, mazmun baxş etgan bir jihat xususida alohida töxtalmoq kerak.

Oqşomgi muşoiralardan birida zavqi jöşgan Abduvali Qutbiddin, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo kabi maşhur şoirlar samimiy, döstona ruhda musobaqa uyuştirişdi. Ular navbatma-navbat öz ijodlaridan gözal şeʼrlar öqişar, davrada qarsaklar yangrar, biri-biridan özaman derdi quvnoq şoirlar. Köngillarga zavq, davraga körku latofat bağişlagan uç ustoz-şoir muşoirasi poyon bilmasdi. Pirovard uluğ ustoz Abdulla Oripov ohista örnidan turib:

− Sizlarga kattakon rahmat, − deya lutf qildi yuzida samimiy tabassum ifodalari jilva qilib. – Rosti, hammamiz mazza qildik, töğrimi, yoşlar? Men hakam sifatida musobaqani durang deb eʼlon qilaman. Agar könmasanglar, uçalangiz ham ğolibsiz, ana!

Davrada yana qarsak ovozlari yangradi. Barçaning yuzida samimiy tabassum jilva qildi. Uç ustoz-şoir ham mamnun tabassum qilib, bir-birlariga ğolibona qöl berişdi.

Nasr namoyandalari davrasidagi ijodiy muloqotlar, qizğin adabiy gurunglar ham teran mazmun kasb etardi. Yoş nasr ahlining seminarga taqdim etgan ijod namunalari atrofliça körib çiqildi; yutuq va kamçiliklar yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalar aytib ötildi. Xususan, isteʼdodli yoş yozuvçi Jahongir Xolmirzayevning ijod namunalari köpçilikda katta qiziqiş uyğotdi. Ot örnini toy bosar deganlaridek, Jahongirning hikoyalari ham otasi, maşhur adib Şukur Xolmirzayevga xos yorqin uslubda bitilgan edi. Jahongir keyinçalik ham talay pişiq-puxta hikoya, esse, badial va qissalar bitdi. Lekin, afsuski, beşafqat ölim bu isteʼdod sohibini barçamizni qayğuga solib, oramizdan bevaqt olib ketdi…

Kamina bir vaqt “Farğona kitob olami” dökonida yangi adabiyotlarni közdan keçirayotib, birdan quvonib ketdim: “Sönggi romantik”. Jahongirning kitobi! Qissalar, hikoyalar va badialarni öz içida mujassam etgan, yoşlarimizning bugungi hayoti, maʼnaviyati, orzu va intilişlari yorqin tasvir etilgan uşbu kitob Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyida çop etilibdi. Ilohim, Jahongirning ruhi şod bölsin.

Seminarning uçinçi, sarhisob kuni madaniy dam oliş soatlarida ustozlar hamrohligida Zomin şarşarasini tomoşa qildik. Zavqi yanada jöşgan yoş ijodkorlar dilkuşo tabiat lavhalarini taʼrif-tavsiflab, gözal şeʼrlar yozişdi, taassurot, keçinma, badialar bitişdi.

Nihoyat, barçamiz kutgan hayajonli lahzalar keldi. Şöbalarda maşğulot olib borgan ustozlar yoşlar ijodi yuzasidan öz fikr-mulohazalarini aytişdi. Ğoliblar nomi eʼlon qilinib, olqişlar yangradi. Barça yoş ijodkorlarga esdalik sovğalari ulaşildi.

Zomin anjumani unutilmas taassurotlarga boy böldi. Xayrlaşuv onlari yetgaç, yuraklarda sof, samimiy hislar junbuşga keldi. Iştirokçi yoşlarning yuzlarida minnatdorlik va xurramlik yoşlari balqdi. Şundayki, heç kim bu ertaknamo maʼvoni hargiz tark etgisi kelmas, dilbar tabiat quçoğida bahra olib, uzoq vaqt qolib ketgisi kelardi.

Şuurdagi taassurotlar kamalakdek serjilo, qalbdagi şukronalik tuyğulari jahon-jahon: biz, katta adabiyot ostonasiga kirib kelayotgan yoş ijodkorlar Zomin seminaridan sözga munosabat, ijod masʼuliyati, insoniylik, bağrikenglik va mehr-sadoqat saboqlarini ham örganib qaytdik; ustozlar eʼtibori va yurt mehrini yanada çuqur his etdik. Mehridaryo ustozlar bilan hamsuhbat bölib, qimmatli maslahatlarini oliş baxtiga muşarraf böldik. Bu raviş yetuk ustoz şoir va adiblar bilan ijodiy muloqotlar dunyoqaraşlarimiz ufqini kengaytirib, beqiyos maʼnaviy ozuqa berdi, ijod imkoniyatlarimizni oçib yubordi.

Ne saodatki, adabiyot olamiga porloq orzular bilan kirib kelayotgan yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaşda Zomin saboqlari öziga xos ijodiy maktab vazifasini bajarib kelmoqda.

Ne tongki, yurt ravnaqi, maʼnaviyati, navqiron avlod kamoloti yölida Davlat miqyosida yuksak eʼtibor bilan taşkil etilgan muhtaşam Zomin anjumanining nufuzi nihoyatda baland, uluğvor. Modomiki, ezgu va qutluğ maqsadlar yölida ulkan faoliyat boşlagan Zomin seminari juda köp isteʼdodlarni kaşf etib kelmoqda. Ular bugun adabiyotimizda öz ovozi, öz soziga ega ijodkor. Bu örinda Uyğun Röziyev, Nodir Jonuzoq, Şodmonqul Salom, Adiba Umirova, Behzod Fazliddin, Oydinniso, Oygul Asilbek qizi, Dilrabo Mingboyeva, Umid Ali kabi köplab iqtidor egalarini samimiy eʼtirof etmoq kerak.

Darhaqiqat, mazkur seminar iştirokçilari orasidan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan ijodkorlar yetişib çiqmoqda.

Kamina birga iştirok etgan seminardoş yoşlardan Guljamol Asqarova, Ozoda Bekmurodova hamda Muxtasar Tojimamatova kabi isteʼdodlar bugungi kunda elga taniqli şoira bölib yetişdilar. Isteʼdodli şoir, Farğona davlat universiteti özbek filologiyasi adabiyot kafedrasi öqituvçisi Qahhorjon Yölçiyev uzoq yillik samarali ilmiy izlanişlari natijasida filologiya fanlari böyiça falsafa doktori unvoniga erişdi; şoir, filologiya fanlari nomzodi Masʼudjon Sulaymonov hozir Özbekiston Milliy axborot agentligining Farğona viloyati böyiça maxsus muxbiri, “Maʼnaviyat” gazetasi boş muharriri lavozimida qizğin faoliyat olib bormoqda.

Men yana xotiram közgularida bir umr şirin tuşdek muhrlanib qolgan Zomin anjumanida yoşlarga ijod sirlaridan saboq bergan ustozlar ijodini ham matbuot sahifalaridan muntazam kuzatib boraman.

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, iqtidorli şoira Şarifa Salimovaning “Şarq yulduzi”(8/2016) sahifalarida eʼlon qilingan “Tömaris” dostonini kamoli mamnuniyat tuyğulari bilan, takror-takror mutolaa qildim. Modomiki, qadim ajdodlarimiz massagetlar yurtiga yovuz maqsadlarda bostirib kirgan Eron şohi Kir II (Kayxisrav) boşçiligidagi bosqinçi qöşinlarga qarşi Vatan ozodligi va erk yölida mardona kuraşgan malika Tömaris matonatidan butun dunyo hanuz hayratda; hatto Herodot va Dante kabi jahoniy uluğ siymolar öz asarlarida qahramon momomiz matonatini mardona kuylaganki, bundan qalbimizda faxr-iftixor tuyğulari yanada yuksaladi. Tömarisning suvratiyu siyrati köz oldimizda uluğvor qiyofada gavdalanadi:

“Hamon ketayotir ot çoptirib ul,

Massaget tuğini kötargança şan.

Axir, bitta nomi ona Tömaris,

Yana bitta nomi ona va Vatan!”

Atoqli adib va adabiyotşunos ustoz Otaulining “Şarq yulduzi” jurnali sahifalarida eʼlon qilingan “Qissalardan hissalar” essesini ham katta qiziqiş bilan mutolaa qildim va dilimda muallifga çuqur taşakkur izhor etdim.

Çindan ham, “mustamlaka tuzumning turfa tazyiq va taqiqlariga qaramay, köhna tariximizga qayta jon ato etişga butun umrini bağişlagan” Mirkarim Osimning xalqimiz maʼnaviyati, tafakkur taraqqiyoti va adabiyotimiz ravnaqiga qöşgan hissasi beqiyos, ulkan. Zahmatkaş adib Otauli Mirkarim Osim asarlarini sinçiklab örganib, zukko adabiyotşunos nazari bilan çuqur tadqiq etibdi va mohiyatan durdona esse bitibdi. Binobarin, taqrizçi, filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev haqqoniy taʼkidlaganidek, “Biz asarlarni munaqqid-kitobxon bilan qayta mutolaa qilamiz, avvalgi öqişda eʼtibor bermagan nuqtalarga diqqatni töplaymiz va oxir-oqibatda har bir asar zamiridagi badiiy haqiqatni topiş yölida talqinçi bilan barobar “işlaymiz”.

Mazkur essening yana bir egiz nomi “Mirkarim Osim kitoblari mutolaasi yoxud qissaxonlik” deb ataladiki, bundan muallifning ğoyaviy maqsadlari tölaqonli anglaşilib turadi.

Muxtasar aytganda, zakiy munaqqid-kitobxon Otauli uluğ tarixnavis yozuvçi Mirkarim Osim qalamiga mansub jami oltita qissani diqqat bilan mutolaa qilib, yuksak tarbiyaviy ahamiyati va estetik mohiyatini teran muşohada kuçi bilan tölaqonli oçib bergan.

Zomin seminari – yoş ijodkorlarni tarbiyalab voyaga yetkazadigan isteʼdod maktabi. Közda tutilgan ezgu niyat – yoş avlodning buyuk ajdodlarimizga munosib yuksak maʼnaviyatli insonlar bölib kamol topişi; yoş ijodkorlarga adabiyot, el-yurt, Vatan oldidagi burç va vazifalarini mohiyatan çuqur anglatiş. Ona tabiat va nabotot dunyosiga mehr-muhabbat tuyğularini yuksaltiriş.

Işonçimiz mutlaqki, anʼanaviy Zomin seminaridan kelajakda yana köplab adabiyot va maʼnaviyatning çinakam fidoyilari yetişib çiqadi.

Oqiljon Ğofurov

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)