Yoz seryoğin kelgan bahordan ulgi oldimi, muqaddimasi goh yomğirli, goh bulutli, goh şamolli kunlarga aylandi. Qizilqumning bahorini köriş iştiyoqimiz bor edi-yu, nasiba ekan, ijodiy safarimiz iyun ostonasida boşlandi. Tulporni suğordik, egar-jabduğini mustahkam qöndirib, kun peşindan oğa beşovlon yölga tuşdik. Nigohimizga qöngan tasvirdan gurungni jonlantirib, dilimizni quvnatib, iştiyoqimizni siylab, “hayyo-huyt” deb boraverdik. Yöl böyining ajib manzarasi dilni ravşan etar, goh iliq havo közga uyqu ilitadi. Yozda kunduzning feʼli kengayadi, qoş qorayib, kun botganda Navoiy şahriga kirib bordik… Şahar çetidagi mehmonxonada qönim topib, tong ottirdik.
Hali könglimizda közi yorimagan safar taassurotlarining hayajoni kallayi saharlab kiprikdan uyquni uçirdi. Mehmonxona torgina köçada joylaşgan, hovlida dilni yayratib sayr qilaman desang, boşing qöşnining devoriga sançiladi. Yölxaltani qöltiqlab, oftobpanada soyalab turgandik, yonimizga mikroavtobus kelib töxtadi. Filmlardagi reportyorlar kabi böyniga fotoapparat osib olgan bir taniş çehra ulov eşigini surib oçdida, yerga hatladi. “Ey, Azamat-ku…”, dedim içimdan quvonib. Azamat bilan universitetda oldinma-ketin öqiganmiz. Keyingi kişi “Konçilar hayoti” gazetasi muharriri Nizomiddin Sadriddinov ekan. Zumda maşinaga çiqib oldik, hol-ahvol söraş ğala-ğovurga aylandi. Haydovçi Zokir aka ham köpni körgan, bamaʼni inson ekan, u kişining fazilatlarini safarimiz davomida kaşf etib bordik. Dastlabki manzilimiz Navoiy davlat konçilik instituti böldi…
Bölajak konçilar ziyo maskani
Ijodkorning dilini kitob yayratadi, şu bois kutubxonani xuş köradi. Aslida yoşlikning jilosi ham kitobdir. Buni yaxşi anglagan taʼlim muassasasi jonkuyarlari bizni institutning axborot-kutubxona markazi tomon boşladi. Zamonaviy markazning barça zallari talabalar bilan gavjum: kimdir saboq bilan ovvora, kimdir kitob, kimdir gazeta-jurnal varaqlagan… Elektron kutubxona zalida talabalar yanada bisyor. Peşayvonda örnatilgan sensorli ulkan tablodan dunyoning yetakçi oliy öquv yurtlarining axborot-kutubxona markazlari bilan boğlaniş, zarur adabiyotlarning elektron şaklini köçirib oliş mumkin. Ana, zamonani qarang! Oliy taʼlim dargohining murabbiylar kengaşi raisi Risolat opa Islomova, Axborot körsatiş bölimi boşliği Muhabbat Toşeva muassasada yaratilgan şaroitlar haqida tölqinlanib gapirar, ularning közlarida iftixor nur bölib porlaydi.
Baʼzan haftalab, oylab taşkil etilgan tadbirlarda samimiy ruhni sezmaysiz, baʼzan şu dam, şu nafasda boşlangan keça nafis majlisga aylanadi. Kutubxonaning katta zalida tuyqusdan boşlangan şeʼriyat keçasi çinakam adabiy tadbirga yöl oçdi. Institut qoşida “Parvoz” talabalar teatr studiyasi aʼzosi Bektoş Qodirov, “Yoş ijodkor” klubi aʼzosi Dilşod Muhammadovning çiqişlari davraga samimiy ruh berdi. Husniddin Abdurahimovning qöşiqlari biroz bölsa-da dilni huzurlantirdi. Adabiyotga, sanʼatga oşuftalik bor qalblarda hayotga iştiyoq, yurtga muhabbat ortadi. Bölajak konçilar diyorimizning toğu qirlari, sahroyu kengliklaridan maʼdan qidiradi, qazib oladi, elga tortiq etadi. Konçilar toşu tuproq bilan sirlaşadi, dillaşadi. Aslida ular ham ijodkor!
Şu örinda mazkur oliy taʼlim muassasasi haqida: Navoiy davlat konçilik instituti 1995-yili taşkil etilgan bölib, bugungi kunda mazkur ilm dargohida 200 nafardan ortiq professor-öqituvçi talabalarga saboq berib keladi. Ulardan 15 nafari fan doktor va professorlar, 67 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
Taʼlim maskanida konçilik, energo-mexanika, kimyo-metallurgiya kabi uçta fakultet Nukus filialida 3 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
Ilm dargohidagi törtta öquv laboratoriyasi bölib, barçasi eng yangi zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Qolaversa, dunyoning yirik xalqaro kompaniyalari bilan mustahkam hamkorlik yölga qöyilgan.
Şuningdek, Navoiy, Zarafşon şaharlari va va Zafarabod qörğonida joylaşgan yirik işlab çiqariş korxonalarida institutning kafedralari, kafedralar filiallari taşkil etilgan.
Aytgança, institutning mazkur axborot-kutubxona markazi Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimidaga 11 ta kutubxonaning fondini elektron tizim orqali birlaştirib turadi. Mazkur ziyo maskani 550 mingdan ortiq kitobni özida jamlagan. Elektron naşrlarning umumiy soni esa, 100 mingdan oşiq.
Bölajak konçilarga hayratu havasimiz ortib, navbatdagi manzilga otlandik.
Kombinatning
madaniy qiyofasi
“Farhod” madaniyat saroyi. Mazkur inşoot Navoiy kon-metallurgiya kombinatining madaniy qiyofasini aks ettiradi. Gulzorlar, favvoralar öziga xos körk berib, jismu jonni quvvatlantiradi.
Bugungi kunda kombinat tizimida 9 ta madaniyat muassasasi, şuningdek, bolalar ijodiyot uyi faoliyat körsatmoqda. Ularda bir yuz yetmişdan ortiq badiiy havaskorlik jamoalari va tögaraklar işlab turibdi. Şular orasida “Farhod” madaniyat saroyining alohida örni bor. Uşbu madaniyat saroyi özining salobati va içki imkoniyatlari bilan yurtimizdagi boşqa madaniyat maskanlaridan ortiq bölsa ortiqki, aslo kam emas. Mazkur binoga kiraverişda, öng tomonda buyuk bobomiz Alişer Navoiyning betakror “Xamsa” asari qahramonlaridan biri – Farhod qiyofasi tasvirlangan: bilaklari kuç-quvvatga tölgan, közidan öt çaqnab turibdi, qölida toğu toşni bir zarb bilan yorguvçi pahlavon quroli… “Farhod va Şirin”da tasvirlanganidek, Farhod toğ toşlarini yunib, suv çiqarayotgan holatda tasvirlangan. Aslida, kombinat tizimidagi toğ-kon işçilarining har biri bugungi kun farhodlaridir…
Mamlakatning yuragi kabi urib turgan mazkur kombinatning bosib ötgan yöli – öziga xos tarixi bor. U tarix nafaqat xalqimiz, balki jahon ahli, sayyohlar, konçilik mutaxassislari, yoşlar uçun madaniy hordiq, ulkan bilim va saboq bölib xizmat qiladi. Oltin qazib oliş böyiça dunyoning yirik korporatsiyalaridan biri bölgan Navoiy kon-metallurgiya zavodi muzeyi ham “Farhod” saroyida joylaşgan. Madaniy muassasa 2013-yil 6 dekabrda öz faoliyatini boşlagan. Muzeydan qadimgi davrlardan to bugungi kunga qadar kon-metallurgiya tarixi böyiça eksponat, kombinatning mustaqillik yillaridagi yutuqlari aks etgan noyob tarixiy hujjatlar va fotosuratlar, maketlar örin egallagan. Muzey doimiy ekskursiyalar, turli tadbirlar ötkaziladigan gavjum maskanga aylangan. Yoşlarni maʼnaviy-axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida doimiy ravişda yozuvçilar va şoirlar, mehnat faxriylari, davlat mukofoti sovrindorlari bilan uçraşuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy keçalar ötkazib kelinmoqda.
“Farhod” madaniyat saroyining “Baxtli bolalik”, “Şirin”, “Marvarid”, “Sonata” estrada-raqs, “Sado” doiraçilar ansambllari bölib, turli bayram va tantanalarda öz çiqişlari bilan qatnaşib keladi. Bundan taşqari, Zarafşondagi “Oltin vodiy” madaniyat saroyining “Atlas” studiyasi hamda “Afsona” raqs ansambli, Uçquduqdagi “Uçquduq” madaniyati uyining “Yeles” vokal guruhi, “Ritm”, “Sitora” raqs ansambllari, Zafaroboddagi “Yoşlik” madaniyat uyining “Zebo” raqs, “Şok” raqs guruhlari ham turli tanlovlarda qatnaşib, dovruğ topgan. Kombinat madaniyat muassasalari ijodiy jamoalari orasida har yili “Qizilqum sanʼat ğunçalari”, “Qizilqum ovozi”, “Qizilqum ohanglari” tanlovlari ötkazib kelinadi. Barça madaniy tadbirlar kombinatning ijodiy jamoalari tomonidan taşkil etiladi.
Tizimda işçi-xizmatçilarning manfaatlariga eʼtibor qaratiş, ijtimoiy himoyaga muhtojlariga kömak beriş, muammolarini hal etiş kabi xayrli işlar amalga oşirilmoqda. Xodimlar salomatligini mustahkamlaş, zamonaviy tibbiy xizmatdan foydalanişga katta eʼtibor berilgan. Tibbiy-sanitariya bölimi va uning joylardagi beşta bölinmasida işçilar va ularning oila aʼzolariga sifatli tibbiy xizmat körsatilmoqda. Ularda tibbiy xizmat körsatiş uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan.
Bizni ajablantirgani kombinatda maʼnaviy muhit ança yaxşi ekan, ayniqsa, yoşlar örtasida ezgu qadriyat va anʼanalarni çuqur qaror toptiriş, ularning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltiriş maqsadida kitobxonlik madaniyatini oşirişga eʼtibor qaratilayotgani quvonarlidir.
Işçi-xizmatçilar va ularning oila aʼzolari dam olişi hamda soğlom turmuş tarziga amal qilişi uçun barça qulayliklarga ega, eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan “Metallurg”, “Konçi” va “Nurobod” sanatoriy-profilaktoriyalari, “Zarafşon” pansionati, “Tödaköl” dam oliş bazasi faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, 2019-yili Jizzax viloyatining Zomin tumanida 150 öringa möljallangan sanatoriy işga tuşirildi. Bu maskanning bir qismi, yaʼni 50 kişilik örni ijod ahli uçun yil davomida tinimsiz xizmat körsatadi.
Bundan taşqari, Zarafşon şahrida “Neptun” suv havzasi kapital taʼmirlandi, Navoiy şahridagi “Söğdiyona” stadioni rekonstruksiya qilindi, Zafarobod qörğonida “Yangi hayot” sport majmuasi va yopiq suziş havzasi foydalanişga topşirildi. Şuningdek, yoşlarning dam olişi, ehtiyoji, qiziqiş va intilişlari hisobga olinib, Uçquduqda “Kelajak” yoşlar markazi körkam maskani işga tuşirilibdi. Zarafşon va Zarmitanda bolalar akvaparki, Navoiy va Zarafşon şaharlari hamda Zafarobod qörğonida barpo etilgan biri-biridan gözal musiqali favvoralar ham barçaga zavq va huzur bağişlamoqda.
Korxonada işçi-xodimlarning bolalariga alohida ğamxörlik körsatilib, yozgi taʼtil mavsumida şahar taşqarisi va şaharda joylaşgan “Pahlavon”, “Bolajon”, “Sarmiş”, “Söğdiyona”, “Zarafşon” va “Kelajak” kabi 11 ta bolalar soğlomlaştiriş oromgohida har yili ön mingdan ortiq yigit-qizlar miriqib dam oladi.
Kombinat maʼmuriyati va kasaba uyuşmasi Kengaşi kombinat işçi-xodimlari, ularning oila aʼzolari orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga doimiy eʼtibor berib keladi. Kombinat ixtiyorida beşta stadion, beşta basseyn, yelkanli sport bazasi, 80 dan ortiq sport zallari va maydonçalari mavjud. Bizda alohida sport turlariga ixtisoslaşgan jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş klublari rivojlangan, çunonçi: Navoiyda “Söğdiyona”, Zarafşonda “Alpomiş”, Zafarobodda “Yoşlik”, Nurobodda “Mehnat”, Uçquduqda “Loçin”, Marjonbuloq va Zarkent qörğonlarida “Yoşlik” sport majmualari faoliyat körsatmoqda.
Rosti, sizga söylayotganlarimiz xamir uçidan patir. Kombinat faoliyati aks etgan körgazmalarni tomoşa qilib, ado etolmadik. Qiziqarli lavhalar kişini öziga rom etaveradi. Ammo vaqt hakam, safarimiz davomida körişimiz, suhbatlaşişimiz zarur bölgan maskanu majmualar, fidoyi işçi-xizmatçilar bisyor. Köksimizning bir burçagi şoşib turibdi…
Navoiy maşinasozlik zavodi
Işlab çiqariş salohiyati böyiça Markaziy Osiyoda yagona bölgan Navoiy maşinasozlik zavodiga soat 18:00 da yetib bordik. Bizning zavodga borişimiz kunduzgi iş vaqti keçgi iş vaqti bilan almaşayotgan paytga töğri kelib qolgandi. Hamrohimiz Nizomiddin aka zavodning iş tartibi haqida söz oçib qoldi: “Zavod xodimlari 4 smenada işlaydi. Sababi, bu zavod mahsulotlariga katta ehtiyoj bor. Bundan taşqari, ulkan salohiyatga ega zavodning bir soatga işdan töxtaşi ham davlatimiz iqtisodiga sezilarli taʼsir ötkazişi turgan gap”, deya izoh berdi. Zavod içkarisiga kirganimizdan söng Nizomiddin akaning gaplari mubolağadan xoli ekanligiga amin böldik. Zero, zavod çindan ham ulkan edi.
Bizlarga zavod muhandisi Ruslan Tursunov hamrohlik qilib, iş jarayoni bilan taniştira boşladi. Uning aytişiça, bu joyda asosan, kombinat ehtiyojidagi import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariladi. Kombinat metall konstruksiyalari, nostandart uskunalar, turli modifikatsiyali metall kesuvçi stanoklar, ehtiyot qismlar va boşqalar böyiça katta hajmdagi buyurtmalarni bajaradi. Sodda qilib aytganda, zavodda burğulovçi qurilma, yuk maşinalari, kötarma kranlar va boşqa qurilmalarning turli ehtiyot qismlari tayyorlanadi. Yana bu zavodda metallga işlov beruvçi stanoklarning bir neçta modellari, yoğoçga işlov beruvçi stanoklar esa ikki modifikatsiyada çiqariladi. Şuningdek, aniqligi 5 klassgaça bölgan temir çarxpalak (şesterna)lar tayyorlaş böyiça buyurtmalar bajarilmoqda. Zarurat tuğilsa, çiqarilayotgan barça stanoklarning modellari şu joyda taʼmirlanib, ularga servis xizmati ham körsatiladi. Zavod eng sönggi rusumdagi zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan bölib, asosan kompyuterlaşgan uskunalarning aksariyati yoş kadrlar tomonidan boşqariladi.
Asosiy işlab çiqariş bölimlarini közdan keçirib bölganimizdan keyin Rustam Raşidoviç bizni zavodning işçi-xodimlari madaniy hordiq oladigan va sport bilan şuğullanadigan binolar tomonga boşladi.
Qizilqum oralab tört soat
Ertasi kuni tong sahardan Zarafşon şahriga qilinadigan safarga tayyorgarlik köra boşladik. Kelişganimizdek, soat 06:00 yotoqxona taşqarisida bizni “Konçilar hayoti” gazetasi muharriri Nizomiddin aka bilan haydovçi Zokir aka kutib oldi. Şunda Nizomiddin aka, “Konçilar hayotini yaqindan bilişni istasangiz, ularning nonuştasi bilan ham tanişişingiz kerak-da” deya bizlarni kombinatga qaraşli oşxonalarning biriga olib bordi. Nonuştadan söng “qaydasan, Zarafşon!” deya yölga otlandik. Haydovçimiz Zokir akaning aytişiça, Navoiy şahridan Zarafşon şahrigaça 200 km masofa yöl bosişimiz kerak. Örtaça tezlikda yursak 4 soatda manzilga yetib olarkanmiz. Töğrisi, keçagina Toşkentdan Navoiygaça qariyb 500 km masofali yölni bosib kelganimiz uçun, avvaliga, bu galgi safar biroz toliqtirib qöyadiganday tuyuldi. Ustigaustak, şu 4 soatni kimsasiz sahro oralab ötiş zarur – yölda tomoşa qiliş uçun qum barxanlari-yu saksovuldan boşqa heç narsa yöq…
Lekin ilk taassurot aldamçi böladi deganlaridek, biz ham xulosa çiqarişga biroz şoşibmiz. Aniqroği, hamrohimiz Nizomiddin aka haqida unutibmiz. Nizomiddin aka ijodkor, jurnalist odam. Kasbining taqozosi bilan butun kombinatda kirmagan eşigi qolmagan. Eh-he, bu odam ötgan uzoq yillik faoliyati davomida ne-ne rahbarlar bilan, kombinatning kattayu kiçik xodimlari bilan hamsuhbat bölmadi deysiz… Xullas, bu odam Zarafşonga yetib borgunimizça bizlarni zeriktirmadi. Ijodkor emasmi, gapga juda usta ekan. Suhbat payrovi qaysi tarafga burilmasin şu mavzuda soatlab gapirişi mumkin. Biz ham vaqtdan unumli foydalanib, Nizomiddin akadan NKMKning butun faoliyati, tarixi haqida köp narsani bilib oldik. Bundan taşqari, hamrohimiz yölda uçragan kon obyektlari, hudud nomlari va ovullar haqida ham alohida-alohida töxtalib ötdi. Bir söz bilan aytganda, maqsadimizga muvofiq yölda ötkazgan vaqtimiz ham besamar ketmadi. Tuşgaça navqiron Zarafşonga kirib keldik.
Zarafşon – öz bağriga yuz mingga yaqin aholini siğdirgan kattagina şahar. Atigi, ellik yillar muqaddam bu joylarning çölu biyobon bölganiga kişining sira işongisi kelmaydi. Şaharga endigina qadam qöygan odamning xayoliga birinçi kelgan öy ham şu böladi.
Zarafşon şahrining tamal toşi 1965-yilda qöyiladi. Şu yili konçilar uçun bir neçta uy quriladi. Yillar davomida bu posyolka kengayib, 1972-yilda Zarafşonga şahar maqomi beriladi.
Hozirda şahar har qaçongidan-da gullab-yaşnagan. Şaharda aholining emin-erkin, sifatli hayot keçirişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Madaniyat va sport majmualari, köngiloçar boğlar, zamonaviy supermarket va restoranlarni körgan odam kiçikroq şahar uçun bunday haşamdorlik nega kerak ekan degan xayolga ham boradi. Ammo birozdan söng şahar aholisining oylik moddiy daromadi ança yuqori ekanini eslab, bu haşamdorlikning sababini anglaganday bölasiz.
Zarafşonda bizning jamoani Markaziy kon boşqarmasining matbuot markazi xodimlari kutib oldi. Tuşlikdan söng şaharning diqqatga sazovor joylarini aylanib kördik. Söng biz boşqarma faoliyati, xususan, öz mehnati bilan boşqalarga örnak böla olgan rahbar va mutaxassislar, işçi-xodimlar bilan tanişa boşladik. Ular orasida Alişer Hamidov, Isrofil Jalilov, Muso Komilov, Oxunjon Nosirov kabi kombinatning faxri hisoblangan işçi-xodimlar bor edi. Şaharda qilgan asosiy işimiz şu insonlardan intervyu oliş, ular haqida tayyorlanadigan esse va maqolalarga material yiğişdan iborat edi.
Vaqtimiz – tiğiz. Maslahatlaşib, şu kunning özida Uçquduq şahriga jönab, tunni öşa joyda ötkaziş va ertasiga tongdan Uçquduq konçilari hayoti bilan tanişişga qaror qildik.
Dunyoga maşhur Uçquduq
Uçquduqning şon-şuhratini faqatgina oltin va uran konlari bilan boğlaş adolatdan emas. Zero, ötgan asrda butun dunyoni larzaga solgan “Uçquduq” degan nom “Yalla” guruhining şu nomli maşhur qöşiğidan taraladi. Şu bois “Uçquduq” sözini eşitgan har bir odamning xayoliga, avvalo, Farrux Zokirov va “Yalla” guruhi kelsa ajab emas.
Zarafşondan Uçquduqqaça qariyb 100 km masofa bor. Biz bu yölni bir yarim soatdan mölroq vaqtda bosib ötdik. Uzoqdan şahar ramzi bölgan uçta quduq va savdo karvoni monumentlarini körişimiz bilan Uçquduqqa yetib kelganimizni angladik. Bu monumentlar oldidan şunçaki ötib ketib bölmasdi. Şu bois biz bu joyda töxtab, karvon tuyalari bilan suratga tuşişga qaror qildik.
Uçquduqqa kirib kelganimizda qoş qoraygan, şaharning rangin çiroqlari yoqib qöyilgan vaqt edi. Kun böyi kon va zavodlarda mehnat qilib çarçagan konçilar esa hordiq çiqariş uçun şahar böylab oilaviy sayrga çiqişgan. Favvoralar, köngiloçar savdo markazlari qarşisida yiğilgan tumonat odam şöx qöşiqlarga raqsga tuşib, öyin-kulgi bilan band edi. Şöx manzaralar oralab borar ekanmiz, köp yöl yurib horigan tanamizdan çarçoq ariganday böldi.
Şu keça Uçquduqdagi “Konçi” sihatgohida qönim topib, şinam va qulay xonalarda miriqib hordiq çiqardik.
Konçi oilasida
uç egizak dunyoga keldi
Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi aʼzolarining bir-biri bilan bölgan munosabatini körsangiz havasingiz keladi – hamma ahil, bir-birlarining yaxşi-yomon kunlarida doim yelkadoş bölişadi. Kimningdir uyida töy bölsa, hamma xizmatga çopgan, hatto rahbar xodimlargaça töyboşidan xabar olib turadi: nima bor, nima yöq, deganday. Agar qaysidir işçi xizmatçining uyida farzand tuğilsa, albatta, kombinat rahbariyati nomidan sovğa-salom, moddiy va maʼnaviy yordam körsatilarkan.
Uçquduqqa qilgan safarimizning ilk tongida mezbonlar Jahongir Ibragimov ismli 3-Gidrometallurgiya zavodi işçisining uyiga boramiz deb qolişdi. Sababini sörasak, Jahongir bir emas, naq uçta qizli bölibdi. Ismlarini piru badavlat bobo-buvilar Imona, Şukrona va Iroda deb qöyişibdi. Eng qiziği, Jahongir birinçi marta otalik baxtiga erişganda ham juft farzand – egizakli bölgan ekan.
– Şukr, farzandlarimiz soğ-salomat tuğilişdi, – deydi beşta qizaloqning onasi Muborakxon. – Tuğilgan kunidan boşlab kombinat bizdan xabar olib turişdi. Avvalgi egizaklarimiz dunyoga kelganida ham qöllab-quvvatlaşgan edi. Hozir katta farzandlarimiz boğçaga ketgan. Kelişsa, har biri singillari bilan öynab ötirişadi.
Bu oila yaşaydigan uç xonali uyga kirarkanmiz, qandaydir bir fayzni his qildik. Haqiqatan, bola kulgisi yangragan uyda fayzu baraka böladi. Farzandlarni qutlab, qaytar çoğimiz hammamizning dilimizda qizaloqlarning onasiga havas bilan qaradik: yuzu közidan nur yoğiladi, Alloh taoloning beş nafar qiz bilan siylaganini uluğ mukofot bilgan Muborakxon uç beşik orasida hammamizga taşakkurlar aytdi.
Öxşaşi yöq zavod
Ibragimovlar xonadonidan çiqib mezbonlar bilan dunyodagi noyob majmua – 3-Gidrometallurgiya zavodiga yöl oldik. Bu zavod oltin olişdagi noyob texnologik xususiyatlari bilan maşhur ekan. Yaʼni zavodda oltin sulfidli maʼdanlardan bakterial oksidlaş orqali ajratib olinadi. 3-Gidrometallurgiya zavodi jahondagi öziga muqobil sanalgan boşqa korxonalar orasida işlab çiqariş hajmi böyiça eng yirigi hisoblanadi.
Biz borayotgan zavod Uçquduq markazidan yarim soatlik yöl ekan. Qizilqum çöli oralab borarkanmiz yölda birgina joyda çöponlarning ötovi körindi, xolos. Yaʼni zavod kimsasiz çöl bağrida qad rostlagan ekan. Ammo zavodga yaqinlaşib borarkanmiz çölning infratuzilmasi tubda özgara boşladi. Tez orada adoği ufqqa tutaşib körinmay ketgan ulkan zavodga yaqinlaşib qoldik. Bizni zavodning boş muhandisi qarşi olib, zavod böylab qiladigan ekskursiyamizga boşçilik qilişini aytdi. Şundan söng zavod böylab içkarilab boraverdik. Birinçi bölib kondan olib kelingan rudani maydalab beradigan bölim faoliyatini kuzatdik. Bu joyni özimizda tuşunarli bölişi uçun tegirmonxona deb nomladik. Bu yerda aql bovar qilmas kattalikdagi ulkan silindrsimon qurilmalar içida ruda maydalanar ekan. Balandligi tört qavatli uydek keladigan önlab bunday qurilmalar quloqni qomatga keltirib yuboray deydi. Ruda bu joyda undek mayin holatga keltiriladi, söng maxsus suv havzasida tindiriladi, kimyoviy aralaşmalar bilan töyintiriladi. Keyin esa eng qiziği boşlanadi – ruda bakterial oksidlaş jarayoniga olinadi.
Albatta, oltin olişdagi bunday ğaroyib texnologiyaga har qança taʼrif bermaylik, uning iş jarayoni haqida batafsil axborot bermaylik, oddiy öquvçi baribir bakterial oksidlaş texnologiyasi nima ekanini tölaligiça tuşuna olmaydi. Ammo ozroq tasavvur hosil qilişi mumkin. Şuning uçun bu jarayonni juda sodda şaklda, ilmiy uslubdan çekingan holda tuşuntirişga urinib köramiz.
Odatda, “anʼanaviy” uslubda qazib olinadigan oltin mayda zarra körinişida böladi. Bunda oltin zarralari maxsus elakka öxşaş qurilma yordamida tuproq orasidan ajratib olinadi. Lekin ming yillar davomida oltin qazib olinaverganidan bunday ruda konlari zaxirasi ham tugab bormoqda. Ammo boşqa maʼdanlar, minerallar tarkibida hali ham oltin köp. Yana ham soddaroq aytganda, oltin zarrasi boşqa bir metall zarrasining, masalan, misning içida joylaşib qolgan. Bunday oltinni qurilmalar kömagida ajratib olişning heçam imkoni yöq.
Uçquduqdagi zavodda esa sulfidli maʼdanlar içidagi oltin bakteriyalar kömagida ajratib olinadi. Yaʼni öta mayda tirik organizmlar oltinni qoplab olgan mineral panjaralarini “tişlab”, “ğajib” parçalab taşlaydi va tasavvur qiliş qiyin darajada kiçkina bölgan oltin zarrasiga yöl oçib beradi. Bu, xuddi, danak içidagi mağizni oliş kabidir. Boşqaça aytganda, umuman özga bir moddadan oltin hosil qilinadi. Qiziq, zavod muhandislarining bunday tuşuntirişlaridan söng afsonaviy falsafa toşi yodimizga keldi. Qadimda alkimyogarlar ham har qanday moddani oltinga aylantirib beradigan falsafa toşini izlaşgan emasmidi. Afsus, öşanda ular tajriba jarayonida bakteriyalardan foydalanişmagan ekan-da. Şunday qilişganida maqsadlariga allaqaçon yetgan bölar ekanlar.
Ekskursiya yakunida kelganimizni zavod rahbari Qahramon Ğafurov ham eşitgani va biz bilan ikki oğiz suhbat quriş niyatida ekanidan xabar topdik. Şu zahoti ular bilan böladigan suhbat oşiqdik. Qahramon Ğafurov bizga zavod tarixi, hozirda qilinayotgan va istiqboldagi loyihalar haqida quyidagi maʼlumotlarni sözlab berdi:
1995-yili Uçquduqda bunyod etilgan 3-Gidrometallurgiya zavodi mustaqillik yillarida yurtimizda qurilgan eng yirik inşootlardan biri hisoblanadi. Ötgan yillar davomida zavod bir neça marta modernizatsiya qilindi va işlab çiqariş quvvati yildan-yilga oşirib borilmoqda. Jumladan, 2018-yilning sentyabr oyida zavod mutaxassislari izlanişlari natijasida maydalaş sexi tegirmon bloklarining işlab çiqariş quvvatining iş unumdorligi 10 foizga oşdi. Bu, xomaşyoni sutkasiga 20 ming tonnagaça qayta işlaş imkonini berayapti. Şu bois zavodda ötgan yili maʼdanni qayta işlaş yillik quvvati 6,8 million tonnaga yetdi. Ösiş surʼati 2017-yilga nisbatan 102,1 foizni taşkil etdi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 2017–2026-yillar mobaynida qimmatbaho metallarni işlab çiqarişni köpaytirişga qaratilgan dasturlar doirasida 3-Gidrometallurgiya zavodida ham istiqbolli loyiha amalga oşirilmoqda. “Kökpatas” va “Dolugistov” oltin konlari maʼdanlarini qayta işlaş texnologiyasini yanada takomillaştirişga qaratilgan loyiha “Özgeorangmetliti” instituti hamda Germaniyaning “Ingineering dobersek” kompaniyasi hamkorligida işlab çiqildi. Loyiha qiymati 114 million AQŞ dollar bölgan zamonaviy texnologik majmua foydalanişga topşirildi. Yuqori texnologik yeçimlarga ega uşbu majmua “Kökpatas” va “Dolugistov” konlarining oltinga boy maʼdanlarini gidrometallurgiya zavodida qayta işlaş imkoniyatini yanada oşiradi hamda qöşimça 150 ta iş örni yaratiladi.
Bularni eşitib yurtimizning konçilik sohasidagi salohiyati juda katta ekanini, istiqboldagi loyihalar esa olamşumul bölişini tuşunib yetdik. Şundan söng zavodning mehnatkaş va matonatli işçi-xodimlariga kuç-quvvat tilab ortga qaytdik.
Şu kuni biz “Kökpatas” va “Dolugistov” konlarini ham borib kördik. Kun asrga qarab oğa boşlaganida yana Zarafşon tarafga, aniqroği, Muruntov koniga qarab yöl oldik (bu safar haqida “Muruntov hayratlari” nomli maqolada öqiysiz).
Şu bilan Özbekiston faxri, dunyoga maşhur Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qilgan safarimiz yakuniga yetadi.
“Yoşlik” jurnali ijodiy jamoasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

