6 daqiqada öqiladi

546 marta körilgan

Men va yigirma beş oppoq kabutar

Men va yigirma beş oppoq kabutar

Oppoq kabutarlar qanotlarini keng yozib moviy osmon böylab parvoz etişmoqda. Ota-onamning eslaşlariça, men dunyoga kelişimdan avval samoda faqatgina qora qarğalar kezgan ekan. Men ularning nima deb qağillaganlarini kitoblardan öqidim, bobolarimdan eşitdim, badiiy filmlarda kördim. Ular bir-birlariga tinmay: “Maʼrifatini, tilini yöqotsak, millat bizniki böladi”, deya qağillaşganini anglay oldim, xolos. Öşa qarğalarni körmaganimga, yurakni titroqqa soluvçi ovozlarini eşitmaganimga Yaratganga şukronalar aytaman.

Onamning aytişlariga qaraganda, meni ilk bora beşikka belaganlarida bir dona oq kabutar avval deraza rafiga, söngra beşigimga kelib qöngan ekan. Keyin ular ikkita bölibdi. Aqlimni taniy boşlaganimda oppoq kabutarlar uçta edi. Ular men bilan quvlaşmaçoq öynar, daraxtga qönib, meni imlab yonlariga çorlar edi. Yoşim ulğaygan sayin Eski şahardagi kiçkina hovlimizdagi kabutarlar köpayib borardi. Maktabga qadam qöyganimda yelkamga qönib olgan yettita oq kabutar menga hamroh edi. Söng­­ra kabutarlarim 12 ta, 17 ta, 19 ta böldi. Bugun esa oldimga yigirma beşta oppoq kabutar kelib, ular bilan birga parvoz etişimni söradi.

Mana, bir vaqtlar qarğalarning dastidan ajdodlarimiz qarolmagan köm-kök, beğubor, keng osmonga kötarildik. Ha, biz kötarildik: men va yigirma beşta oppoq kabutar. Yuqorida – ovçilar öqidan, qarğayu quzğunlar hamlasidan xavotir olmay parvoz etiş naqadar zavqli. Dastlab közimiz bir ayolga tuşdi. Boşlari egik, ğam şu qadar ado qilgan ediki, közlarida yoş ham quribdi. U ona edi. U Vatan edi. Ammo qarğalar uning farzandlarini bir zamonlar öz yemiga aylantirgan edi. Şu sababdan ona motamsaro edi. Söngra u bizga butun onalar nomidan uruş haqida, Vatan deya urgan yurak­lardan oqqan qonlar haqida, Vatan tuproğida tökilgan yoşlar haqida va öşa yoşlardan çanqoğini bosgan qarğalar haqida gapirib berdi. Suhbatimiz tugagaç, farzandlariga tilagani kabi bizlarga ham oq yöl tiladi.

Biz yana samoga kötarilib parvoz eta boşladik, gözallik­larga mahliyo bölgança uzoq uçdik. Söngra çanqoğimizni bosiş uçun Amudaryo labiga qöndik. Daryo bilan xayrlaşgaç, Xivaga borib qöndik. Sayyohlarga mezbonlik qilayotgan obidalarning bir vaqtlar göyoki dol bölgan qaddi alifdek turardi. Bu obidalar salobat-la özlariga mehr bilan tikilgan nigohlarni kuzatar, hayratdan urayotgan yurak zarblarni eşitardi. Bu yurt tuproği Xorazmiy, Zamaxşariy, Beruniy, Pahlavon Mahmud kabi mutafakkirlarning izlarini endi bexavotir asray olardi.

Söngra bizga quloçini yozib turgan Buxoroyi şarif osmonida parvoz qildik. Men va yigirma beşta oppoq kabutar Minorayi Kalonga qöndik. Bu azim şaharni ham bir vaqtlar qarğalar makon qilgan edi. Endi Buxoro boğlarida tovuslar xirom aylab kezib yuribdi. Ular oldinlari körsatişdan qörqqan, ming xil rangda tovlanadigan patlarini erkin oçib kişilarga zavq bağişlardi. Quvonganimizdan Çor Minor oralarida öq ovozidan xavfsiramasdan bir-birimizni quvlay boşladik.

Bir vaqtlar odamlar orzulari uçun otilgandi. Endi esa ularning buyuk orzulari uçun uylar qurib berilmoqda. Tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino, hadislar durini tuzgan Al Buxoriylarni mening ajdodim deya ayta olmagan bu yurt farzandlari bugun ularning obod qilingan qadamjolarini ziyorat qilişmoqda. Bir paytlar qarğalar şovqini dastidan namozlar öqilmagan, Qurʼon tilovat qilinmagan edi. Endi esa piru badavlat otaxonlar masjidlarda yurtimizga tinçlik, dasturxonimizga xayru baraka, Yurtboşimizning ezgu işlariga rivoj tilab duolar qilişmoqda.

Bunday özgarişlarni körgaç, biz yigirma beşta oq kabutar yanada balandroq parvoz etib, Samarqandga yöl oldik. Parvoz etar ekanmiz, bir vaqtlar Buyuk Ipak yöli bölgan bu yöllarning zamonaviy trassalarga aylanganini, tuyalar karvonlari örnini bosgan avtokarvonlarni kördik.

Şu zaylda suhbatu hayratlar ila Samarqand­­ga kelganimizni sezmay qolibmiz. Bu vaqtda tun öz körpasini töşagan bölib, özgaça şukuh baxş etayotgandi. Bu tunning bağrida yulduzlar porlardi. Mirzo Uluğbek bobomiz nigohlariga guvoh bu yulduzlar ajdodlarimizning miltillab turgan köz yoşlariga, sevinç közyoşlariga aylangan edi. Ana şu yulduzlar yoruği ostida Samarqandning çiroyi­­ga maftun bölib tomoşa qilib yurganimizda beixtiyor vujudimiz qandaydir ohang taʼsirida tebrana boşladi. Ohanrabodek öziga tortayotgan bu kuy yangrayotgan joyga qönganimizni sezmay ham qolibmiz. Keyin bilsak, “Şarq taronalari” festivalining ustidan çiqib qolgan ekanmiz. Bir vaqtlar faqatgina qağillaşlar yangragan zamonda Şarq xalqlari öz tarixlari bilan, ajdodlari bilan maqtanişga ojiz edilar. Hozir esa öz sanʼatlari orqali bir-birlari bilan suhbat qurişmoqda, baralla kuylaşmoqda. Söngra men va yigirma beşta oppoq kabutar yana parvozga şaylandik.

Yuqoriga kötarilar ekanmiz, ozod Vatanimizning havosidan töyib-töyib nafas olar, qanotlarimizni keng yozib erkin parvoz etardik. Bulutlarga Alpomişu Göröğlilari, Barçinoyu Yunus pari, Misqol parilari, Hasanxonu Avazxonlari, Tömarisu Şiroqlari haqidagi dostonlarini aytib tugatolmayotgan toğlardan uçib ötdik. Endi bu mağrur toğlarning bağridan insonlarning qonidan suğorilgan lolalar emas, odamlarning bir-biriga, Vataniga muhabbatidan rang olgan lolalar unib çiqqan edi. Şamol ham tinmay ozodlikni kuylab, özini har tarafga urar, endi Özbekiston mustaqil yurtligini butun dunyoga jar solişni istardi. U xursandligidan özbek qizlarining soçlarini silab erkalar, söngra daraxtlarning oldiga borib, şukronalar aytib yaşil barglaridan tasbeh ögirardi.

Mana, biz yigirma beşta oq kabutar poytaxtimiz – Toşkent osmonidamiz. Bir-biridan gözal binolar. Ularning biri ötmişimiz yukini orqalagan Özbekiston tarixi muzeyi, yana biri Milliy teatr binosi, beqiyos uluğvorlik aks etib turgani esa Anjumanlar saroyi edi. Şunda biroz pastlab bir binoning boşiga qönib atrof­­ni kuzata boşladik. Bu bino zamonaviy öquv qurollari bilan taʼminlangan, yurtimizdagi ön mingga yaqin maktablarning biri edi. Şu payt qönğiroq çalindi-yu, portfel orqalagan kelajak vakillari çiqib kela boşladi va ularni kutib turgan ota-onalarining bağriga otilişdi. Ularning içida mitti yuragi içiga siğmay bir qizça “Ona, Vatan” sözlarini öqiy olgani uçun ustozidan maqtovlar eşitganini jajji qölçalari bilan taʼkidlab, ğururlanayotgandi. Biz amin edikki, mustaqil zaminimizda qad kötargan ana şunday maktab­lardan oila quçoğiga ketayotgan bolalardan biri Özbekiston bayroğini çizib, yana biri mustaqillik haqida şeʼr aytib, boşqa biri Vatan töğrisida qöşiq kuylab, yana biri Özbekiston xaritasini böyab aʼlo baho olganidan faxr-iftixor tuyğusi bilan maqtanişardi. Könglimiz quvonçga tölib, yana osmonga kötarildik. Parvoz etar ekanmiz, savlat tökib turgan universitetlarda bölajak Navoiylar, Beruniylar, Zamaxşariylar, Boburlar, Xorazmiylaru Farğoniylar tahsil olayotganiga işonçimiz komil edi. Şu vaqt men ana şu yigirma beşta oq kabutarning orasida Çölpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat kabi ajdodlarimizning uşalgan orzulari ham parvoz etayotganiga astoydil işondim.

Keyin yana birdaniga hur va ozod yurtimiz osmoniga kötarildik. Şunda yigirma beş yil davomida poytaxtimizda yuz bergan barça özgarişlar va bunyodkorlik­lar köz öngimizda namoyon böldi. Mana, mustaqilligiga yigirma beş yil tölayotgan mustaqil Özbekistonim, ha, bu mening Vatanim! Ana u yerda esa mustaqil yurt bayroği mağrur hilpiramoqda.

Iftixor va ğurur tuyğulari közimiz qaʼriga çökib, yuragimiz tubiga singiyotgan edi. Söngra asta-sekin pastlay boşladik. Yigirma beşta oppoq kabutar meni örtalariga olib xonamgaça kuzatib qöyişdi. Ular saflari yana bittaga ortganida albatta yonimga qaytişni vaʼda qilib, moviy osmon bağriga singib ketdi. Yigirma beşta oppoq kabutar, men sizlar bilan birgaman, men sizlarning biringizman! Biz hali ellikta, yuzta bölamiz! Asrlar ötadi, biz parvoz etganda yurtimiz osmoni oppoq kabutarlarga tölib ketadi!

Bibi Robia Saidova

1991-yili tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti magistranti. 2014-yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan “Birinçi kitobim” loyihasida “Parvoz” nomli hikoyalar töplami naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)