Sohibqiron bobomizga ehtirom

0
69
marta ko‘rilgan.

Bu yil ulug‘ bobokalonimizning 680 yilligi butun yurtimiz bo‘ylab keng nishonlandi. An’anaga ko‘ra 9 aprel kuni Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludi canasi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, ishtirok etdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali so‘z olib, Amir Temur shaxsi va buyuk xizmatlari qadr topgani, Sohibqiron siymosi O‘zbekiston sha’n-shavkati timsoliga aylangani, bu esa xalqimizni ulug‘ maqsadlarga yo‘llash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Marosimda shoir Sirojiddin Rauf “Sohibqironim” she’rini o‘qidi. “Amir Temur tavalludining 680 yilligiga – 680 ming qadam” shiori ostida Shahrisabzdan Toshkentga qadar piyoda kelgan 65 yoshli havaskor sportchi Abdujabbor Xolboyev Sohibqiron ruhi unga ma’naviy kuch bag‘ishlagani haqida so‘zladi. Yoshlar esa Amir Temur bobomizning ibratli hayoti, adolatparvarlikka yo‘g‘rilgan faoliyati haqida dunyo olimlari tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, yapon va boshqa tillarda o‘qib berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov ishtirok etdi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.