Alvido, ustoz!

0
118
marta ko‘rilgan.

Bugun, 2016 yil 31 may kuni O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, “Yoshlik” jurnalining BIRINCHI BOSH MUHARRIRI, qadrli ustozimiz Erkin Vohidovni so‘nggi yo‘lga kuzatdik. U kishi nafaqat ijodda, balki hayotda ham chinakam ibrat maktabi, yoshlarning g‘amxo‘r murabbiyi edi. Erkin Vohidov umrining oxiriga qadar jo‘shqin ijodi, ijtimoiy faolligi bilan ijod ahliga o‘rnak bo‘ldi. Ustoz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashkil etgan tadbirlarda ham izchil qatnashib, davralarga fayz, ko‘ngillarga yorug‘lik ulashdi, yoshlarning “Birinchi kitobim” ruknida bosilgan ilk kitoblariga iliq va samimiy munosabatlarini bildirdi.

Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.