3 daqiqada öqiladi

199 marta körilgan

Şunçaki yozişga haqqimiz yöq

Javlon Jovliyev

Bolalikda bir kun kelib kitob çiqarişni öylamaganman. Bu qandaydir boşqaça, sirli va oğir “iş” bölib tuyilardi. Şu sabab orzu ham qilmaganman. Yozar va faqat uni özim öqirdim. Şu paytgaça boşqa birov ilk “toy-toy”larim bilan taniş emas. Yozişning özi katta baxt, kuç va kayfiyat berardi. Sirli daftarni birov topib olmasin, deb qalin jun gilam, kigizlar tagiga bekitar, söng özim ham topolmay yurardim. Köproq xatimning xunukligimas, işoralarimning birovga maʼlum bölib qolişi meni çöçitardi. Bu qörquv sevgani yölini yillab poylab, unga duç kelganda toş qotib qoluvçi ösmir harakati kabi tuşuniksiz, qolibsiz tuyğu edi. Şuning uçun böyalgan qoğozlarimni hatto yaqinlarim ham körmagan…

Mana, bir paytlar “sirli va katta iş” deb bilganim – kitobim çiqdi. Isteʼdodli döstlarim qatorida meniki ham bor… Hozirça heç qanday katta özgarişni tuyganimça yöq, ammo bir narsa bor – Erişiş tuyğusi! Insonga xos keçinma … Eriş… sen yaqinlaringni olib ketayotgan kema qirğoqqa yetib borişiga, sahroning vodiyga ulanişi, hijronning intihosi visolga tutaşişiga umid va işonç boğlaş kabi munis va oniy lahzalarda hayoting uçun juda zarur bölgan tuyğudir… Şu tuyğu otamsiz huvillab qolgan uyning kitob sandiğini-da boyitdi. Muhimi, bu sandiq enam uçun heç kimga işonmaydigan sehrli qutiga aylangani.

Zulxumor Orifjonova

Kutganlarimiz hamişa qadrli böladi. “Birinçi kitobim”ning qadri ham har bir yoş ijodkor uçun özgaça… Çindan ilk maşqlar töplamingni kimningdir qölida körsang, sevinasan. Аyniqsa, bu eʼtibor Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan, ustozlar tavsiyasi bilan berilgan bölsa.

Ijodkor uçun kuz har doim baxtiyorliklar olib kelgan, çunki ijodning eng qaynoq pallasi şu faslda. Bu yil esa qölimizga ilk kitobla­rimizni oldik, özimiz uçun qoralaganlarimiz, tuyğularimizdan yaralgan yoziqlar kitob holida naşr etildi. Zominda har yili yangi buloqlar köz oçişi bejizmas. Bugun ilk töplamlari çop etilganlar, öşa köz oçgan buloqlar orasida ekanligimiz quvontiradi bizni.

Har bir davrda adabiyotga yangi ruh bilan kirib keladigan yangi avlod kutilgan. Ijodni anglaydigan, çin sözning masʼuliyati bor bu yerda. “Birinçi kitob” bizni ana şu yölgaça kuzatib qöydi. Endi şunçaki yozişga bizning haqqimiz yöqligini yaxşiroq his qilamiz.

Balki hozir yozganlarimiz ijod olamining kaftini töldirmas, ammo ortimizda işonç borligidan, bizni suyaydigan adabiyot borligidan qölimizdagi qalamni qattiqroq tutgimiz keladi.

Başorat Otajonova

“Birinçi kitobim” loyihasi nizomiga köra, dastlab mualliflarning yoşi 30 gaça deb belgilangandi. Biroq bu yildan e’tiboran 35 yoşgaça özgartirildi. Bu biz kabi 30dan ötgan ijodkorlarga yaxşi imkoniyat böldi. Ayrim tengdoşlarim, hali maşqlarim “pişmagan” deb, ba’zilar harakat qilmay kitoblari çiqmay qolib ketadi. Töğrisi, men şe’rlarni jamlab, kitob qilişga hafsala qilmagan edim. Hafsala qilganimda esa mablağ sarflagim kelmadi. “Birinçi kitobim” loyihasiga topşiray desam, yoş masalasi oldimda köndalang edi. Xullas, rizqimiz qöşilgan ekan, kitob bu yil dunyo yuzini kördi.
Kitob çiqqaç undagi ayrim şe’rlarni öqib, bunday qilib töğrilasam bölar ekan, degan öy keçyapti xayolimdan. Kelasi kitob tayyorlanayotganida bu borada puxtaroq bölaman. “Birinçi kitob” bahonasida barçamizda tajriba ham töplandi.

Şavkat Döstmuhammad

Kitobdan miriqib ssenariy öqiyotgan odamni kam körganman. (Pyesa bundan mustasno) Ssenariyni adabiyot emas, loyiha ham deyişadi. Аmmo çin dildan umid qilamanki, texnologiyadan bezor bölgan avlod yoppasiga kitobga “taşlangan” mahalda bugungi kun kinosiga, multfilmiga xiz­mat qilgan ssenariylar, teatrlarda talaş bölgan pesalar loyiha deb qaralib kitob holida kam çop etilganiga afsus qilinadi. Nima bölganda ham, “Birinçi kitobim” turkumida naşr etilgan dramatik asarlar bu yölda qilingan eng katta işlardan biri bölib qolişiga işonaman.
Qolaversa, teatr sanʼatida faol tomoşabin degan tuşunça bor. Uning oddiy tomoşabindan farqi – pyesa bilan avvaldan taniş böladi u. Demak, bu kitoblar eng kamida faol tomoşabinni şakllantiradi. Saviyasiz asarlarni siqib çiqa­rişga faol tomoşabinninggina qurbi yetadi.
Demak, bu borada ham xayrli işga boş qöşilganini anglaş mumkin.
Аlbatta, taşkilotçilar va öz hissasini ayamagan ustozlarga minnatdorlik bildiraman.
Epik teatr asosçisi Bertold Brext “Köz taşlaş köriş degani emas”, degan edi. Öquv­çilarni bu kitoblarga qaysidir maʼnoda “köz taşlaşga”, teatrga esa çin maʼnoda “körişga” taklif qilamiz…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)