11 daqiqada öqiladi

254 marta körilgan

Satrlarga siğmagan siyrat

Satrlarga siğmagan siyrat

Qarşimdagi örta böy, kiçik jussa, keng peşonali kişini körib, oçiği, sarosimada qoldim: men izlagan inson çindan ham şu odammi?! Işongim kelmaydi. Özbekiston Qahramoni, senator, tibbiyot fanlari doktori, professor Xolidjon Komilov bilan uçraşuvga şaylangan çoğda butkul boşqaça xayolda edim. Köz öngimda sersavlat, sersalobat, baland kursida yastanib ötirgan, tevaragida neça-neça şogirdlar, xodimlar girdikapalak, boqişlari, sözlaşlari kibrli bir kişi jonlangan edi. Ammo… röparamda oppoq qalpoği ostidan muloyimgina boqib turgan şifokor tasavvurlarimni butkul tözğitib yubordi.

– Xolidjon Mahamadjonoviç, men… – deya rasmiy, ohanjama ohangda özimni taniştirib, murod-maqsadimni aytarkanman, qoğoz-qalamimni namoyişkorona şaylab qöydim.

– Iltimos, – dedi domla andak çimrilib, – aka-ukalarday gaplaşaylik.

– Ha, albatta… – deb çaynaldim soxta sipogarçiligim u kişiga xuş kelmaganini anglab.

Şu orada xodimalardan biri oldimizga çoy, qand-qurs keltirib qöydi. Domlaga allaqanday hujjatni uzatib imzo çektirib ham oldi.

– Ukajon, uzr, – deb qoldi bir mahal Xolidjon aka qimtinib, – siz kirib kelgan payt bir bemorni qarayotgan edim. Şu iş çala qoldi-da… Agar qarşi bölmasangiz, şu körikni oxiriga yetkazib qöysam… Harholda, uzoqdan meni atay izlab kelgan kasal, ularni kuttirib qöyiş insofdan emas, keyin ikkimiz bafurja suhbatlaşamiz.

– Bemalol, domla, bemalol.

– Ungaça siz çoydan höplab, jamoa­miz faoliyati bilan tanişib turing, – dedi Xolidjon aka yaltiroq jildli qalin albomni oldimga qöyib.

Albomni şoşilmay varaqlaşga tuşdim. Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutining oftalmologiya kafedrasi xodimlari, dars jarayonlari, amaliy maşğulotlar, haşarlar aks etgan tasvirlarga töla ekan. Mana, domlaning surati! Muhtaram Prezidentimiz qölidan “Oltin yulduz” nişonini olayotgan payt. Quvonçli, unutilmas lahzalar muhrlangan!

Albom varaqlab oradan ança vaqt ötib ketganini bilmay qolibman. Xolidjon akadan hanuz darak yöq. Betoqatlana boşladim. Bir payt öşa qand-qurs keltirgan xodima eşikdan yana möralab qoldi.

– Keçirasiz, kamçiliklar yöqmi?

– Kamçiliklar bor-da, domla qanilar? – dedim.

– U kişi hali kasallarni qarayapti.

– Domlaning birlamçi vazifasi malaka oşiriş öquv işlarini taşkil qiliş, dars ötiş-ku, – dedim ajablanib, – bemorlarga qaraş masʼuliyati yöq u kişida, şunday emasmi?

Xodima kulimsirab boş çayqadi.

– Ustozimiz oldida aslo bunday deya körmang. Şifokor iş paytida ham, dam oliş paytida ham, uyida, töy-haşamda bölsa ham şifokorligiça qoladi, odamlarni davolaşga hamişa burçli, deb u kişi bizga har kuni uqtiradilar.

– Iltimos, men kutib qolganimni yana bir marta eslatib qöying.

– Yaxşi, harakat qilaman.

Xodima boş irğagan köyi eşikni yopdi. Birozdan söng Xolidjon aka şoşqin-toşqin kirib keldi.

– Uzr, mehmon… uşlanib qoldim.

Men u kişiga sinçkov köz taşlarkanman, professor bemorlarga qaraşga berilib ketib meni biroz unutganini, hoynahoy, xodima kutib qolganimni aytganidan keyingina yonimga oşiqqanini payqadim.

Xolidjon aka iş stoliga ötirarkan:

– Endi bemalol söroqqa tutavering, – dedi kulimsirab.

Men professor Xolidjon Komilov uzoq yillardan beri boşqarib kelayotgan oftalmologiya kafedrasi tarixi haqida uzundan-uzoq savol berişga çoğlandim. Şu payt stol ustidagi şahar telefoni tuyqus jiringlab qoldi. Xolidjon Mahamadjonoviç menga aybdorona köz taşlab, uzr söradi-da, göşakni kötardi.

Men yon-atrofimga qiziqiş bilan köz taşladim. Oçiği, bu yer uç nafar fan doktoriga, öttizdan ziyod fan nomzodiga ustozlik qilgan olimning, maşhur şifokorning iş kabinetidan köra aʼloçi, intizomli öquvçining darsxonasiga öxşaydi. Eni uç, böyi tört quloçça keladigan şinamgina hujra. Örtada bir juft oddiygina iş stoli, stullar. Stol ustida har xil hujjatnamo qoğozlar, yozuv-çizuv anjomlari sariştalab qöyilgan. Devor yonida möjazgina oynavand javon. Javon içida turli-tuman kitoblar, darsliklar, qöllanmalar közga taşlanadi.

Xolidjon Mahamadjonoviç kim bilandir jiddiy bir tarzda sözlaşib bölgaç, göşakni örniga qöydi. Yuz-közlari töla tabassum, mamnuniyat, quvonç!

– Bizni tabrik­laşingiz mumkin, ukajon, ötgan hafta bir bemorning közlarini operatsiya qilgandik, bugun vraçlar boğlovlarini yeçibdi, natija biz kutgandan ham aʼlo!

– Tabriklayman, domla, – dedim u kişining hayratu hayajonidan hayratlanib.

Ajab! Salkam yarim asrdan beri köz kasalliklari bilan maşğul, har kuni, har hafta, har oy neça-neça bemorlarni körikdan ötkazib, neça-neça jarrohlik amaliyotiga qöl uradigan oftalmologiya ilmi allomasini yana yöqotib qöydim. Ayni paytda qarşimda göyo endigina klinika eşigidan hatlab ötgan, biror kasalning köziga ilk bor malham tomizgan va bu işini olamşumul sanab çeksiz hayratu hayajonga çulğangan navnihol talaba turardi!

– Öta murakkab, öta nozik operatsiyani amalga oşirgan ekansiz-da, – dedim özimça sinçkovlik körsatib.

Hanuz bolalarça quvnab turgan Xolidjon aka menga savolçan köz taşladi.

– Nima uçun bunday fikrga keldi­ngiz?

– Çeksiz hayajonu quvonçingizni körib…

– Birinçidan, bizning sohada murakkab, nozik bölmagan operatsiyaning özi yöq. Qolaversa, men bemorga oddiy bir dori içirayotganda ham hayajonlanaman, quvonaman.

“Burç, masʼuliyat hissi bor odamlargina xuddi şunday böladi!” degan öy nogoh xayolimda ötdi. Xuddi şu çaqin zarbidan haligi sodda, ğör talaba timsoli tumanday tarqab, köz oldimda yana uluğvor, fidokor, öz kasbining bilimdoni, minglab kişilarni köz kasalligidan xalos qilib, qaroğiga nur baxş etgan, kamtar, öz-öziga talabçan şifokor Xolidjon Komilov butun insoniy xislatlari bilan yana namoyon böldi.

Biz ança paytgaça suhbatlaşib ötirdik. Bolalikning, talabalikning beğubor, bepoyon dunyosiga borib keldik. Şifokorning sermaşaqqat, ammo şarafli hayot yöliga nazar taşladik.

***

Xolidjon, hoynahoy, otasiga tortdi. Otasi Mahamadjon aka maşhur köz kasalliklari şifokori edi. Ötgan asrning oltmişinçi yillarida Toşkent davlat meditsina institutida tahsilni boşlagan Xolidjon ajoyib kunlarning birida padari buzrukvoriga öz ahdini aytdi: “Men ham sizday köz şifokori bölaman”.

Mahamadjon aka kulimsirab boş çayqadi: “Mendek emas, öğlim, mendan ham zör vraç böling. Lekin faqat orzu bilan iş bitmaydi-da… ”.

Xolidjonning qarori qatʼiy edi. Endigina institutning ikkinçi bosqiçida öqiyotgan talaba ertasi kuni özi istagan kafedraga kirib bordi: “Köz kasallik­lari böyiça tögarakka qatnaşmoqçi edim, – dedi qimtinib, – darslardan söng bölimlarda iş örgansam…”.

Mutasaddi rahbar istehzoli kuldi: “Birinçidan, bu yerda unaqa tögarak yöq. Ikkinçidan, sening qanaqa sohada mutaxassis bölişing törtinçi kursda maʼlum böladi…”

Sovuqqon munosabat Xolidjonning hafsalasini pir qildi. Mutasaddi rahbarning noxolis, nopisand gaplaridan “Öv, köp hovliqmagin, sandan baribir köz şifokori çiqmaydi”, degan maʼnoni uqdi.

Yoş talabaning ruhi tuşib, köngli xijil tortdi. Ikkinçi jahon uruşining ne bir talotöplarini körgan, harbiy şifokor sifatida jang­gohlarda qatnaşgan Mahamadjon aka öğlidagi noxuş kayfiyatni payqab, bir kuni uni qarşisiga ötqazdi: “Bolam, hayotda hal bölmaydigan muammoning özi yöq. Har qanday baland çöqqini ham zabt etiş mumkin. Buning uçun insonga aql va iroda zarur, – deya nasihat qildi Mahamadjon aka, – uruş payti baʼzan ayrim marralarni tik hujumga ötib, bir hamlada qölga kiritişga urinişlar köp bölardi, ammo talofatdan boşqa narsaga erişilmagan. Şunday kezlar salohiyatli sarkardalar yangi rejalar işlab çiqişardi. Unga köra, öşa marra yo qurşovga olinar yoki duşman kutmagan tarafdan zarba berilardi. Oqibatda, közlangan hudud nisbatan yengil, kam talofatlar evaziga qölga kiritilgan. Bu bilan nima demoqçiman? Aytmoqçimanki, hayot ham jang maydoniga öxşaydi. Köpgina masalalar oson va jön körinsa-da, uni tik hujumga ötib, bir hamlada hal qilib bölmaydi. Aql va irodani işga soliş zarur. Muammoning qulay va zaif joyini aniqlab, öşa yerdan yeçim topiş mumkin. Eng muhimi, tuşkunlikka çap beriş, noumid bölmaslik kerak…”.

Otasining bu ögitlari Xolidjonga bir umrlik dasturil­amal böldi, hisob. Oftalmologiya kafedrasidan öksib qaytgaç, köp ötmay, orzusini amalga oşirişga boşqa bir yöl topildi. Talaba Xolidjon Komilovning tirişqoqligini, tib ilmiga çanqoqligini kuzatib yurgan asab kasalliklari kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Nabi Majidov yoş yigitni öz yönalişiga qiziqtirib qöydi.

“Köz kasallik­lari ham asosan asab tolalari bilan boğliq. Masalaning aynan şu jihatini örgansam-çi?!” degan öy Xolidjonning xayolidan yalt etib ötdi. Bu fikrni ustoziga, otasiga aytdi. Ular talabaning nuqtayi nazarini qöllab-quvvatlaşdi. Natijada Xolidjon Komilov boş miya va köriş aʼzolarini boğlab turadigan asab tizimi muammolari masalasida jiddiy şuğullana boşladi. Aynan şu mavzu keyinçalik uning nomzodlik, doktorlik ilmiy işlariga ham asos böldi. Yoş şifokor yönalişni ğoyat oqilona, teran tuşunça bilan tanlagan edi! Otasining öşa ögitlari böyiça taʼriflaganda, zabt etilişi zarur bölgan marraning boşqa tarafiga aylanib ötib, heç kutilmagan hujum bilan uni işğol qildi! Navqiron iqtidor egasi, Toşkent davlat meditsina institutining oltinçi bosqiç talabasi Xolidjon Komilov nufuzli bir anjumanda özi örganayotgan yönaliş böyiça maʼruza qilib, sohaning yetuk mutaxassislari eʼtiborini qozondi, olqişlarga kömilib ketdi. Hatto, bir paytlar uni eşigidan noumid qaytargan mutasaddi rahbar ham Xolidjonning zakovatiga tan berdi. Ammo keyinçalik bu iqtidorli talaba oftalmologiya kafedrasida işga qolişni sörab kelganida, institut rahbariyati uning iltimosini rad etdi. Noiloj, oliy taʼlimni aʼlo baholar bilan tugallagan Xolidjon Komilov Respublika köz kasalliklari şifoxonasida vraç ordinator sifatida iş boşladi. Şu barobarida Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutida tadqiqotçi maqomida öz ilmiy izlanişlarini davom ettirdi. Oradan yillar ötdi. Nihoyat Xolidjon Komilov tibbiyot fanlari nomzodi darajasiga erişib, neyrooftalmologiya sohasining respublikadagi ilk mutaxassislaridan biri böldi. Albatta, biz bu keçmişlarni quruqqina, sipogina satrlarda silliqqina, qisqagina bayon etib ötayapmiz. Ammo bu ilmiy-amaliy faoliyat zamirida qançadan-qança maşaqqatlar, neça-neça uyqusiz tunlar, iztirobu taşviş­lar yotgani Yaratganning öziga, şuningdek, qahramonimizga ayon.

– Men bir umr yangilikka, hurfikrlilikka intilib yaşadim, – deydi Xolidjon Mahamadjonoviç, – busiz meditsina sohasini rivojlantiriş muşkul. Ammo ilgari surilayotgan ilğor usullarni hamma ham teran tuşunib, qöllab-quvvatlayvermaydi. Eskiça qoliplarga örnaşib olgan köpgina mutaxassislar jon-jahdi bilan qarşilik qilişadi. Şu yöl bilan özlarining omonat obrölarini saqlab qolmoqçi bölişadi. Xuddi şunday kuraşlarda faqat aql va irodaga tayanganman. Otam nasihat qilganday, muammo-maşaqqatlarni kutilmagan tarafdan yeçişga urindim.

Darhaqiqat, şunday. Tibbiyot fanlari doktori, professor Xolidjon Komilov qi­­yinçiliklarni sabot-matonat bilan yengib, öz izlanişlarini davom ettirdi, öz ilmiy ğoyalarini nazariy-amaliy yeçimlar bilan dadil himoya qilib,  katta doiralarda isbotlab berdi. Şu örinda taʼkidlaş joizki, istiqlol şarofatidan olimning mehnat faoliyati gurkirab ösdi. Bu yillarda barça sohalar kabi tibbiyot yönalişida ham olib borilgan tub islohotlar, muhtaram Prezidentimizning, hukumatimizning xalq sihat-salomatligiga körsatayotgan eʼtibori, ğamxörliklari öz samarasini berdi. Yurtimizga dunyo tibbiyotining eng ilğor, eng zamonaviy anʼanalari kirib keldi. Professor Xolidjon Komilov ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, kompyuter texnologiyalarini köz kasalliklarini aniqlaş, davolaş tizimiga keng joriy qilib, yuksak natijalarga erişdi. Xususan, klinik oftalmologiya, neyrooftalmologiya, köz mikroxirurgiyasi kabi sohalar rivojiga beqiyos hissa qöşdi. Bugungi kunda aynan Xolidjon akaning intilişlari, bevosita rahbarligi ostida respublikamizda köz kasalliklari taşxisining eng ilğor, eng zamonaviy usullari qöllanilmoqda. Köz kasalliklarini tezkor aniqlaş, kompyuter perimetriyasi, kompressiz tonografiya singari usullarni qöllaş, kukumazim, fraksiparin, tiklid, immunomodulin, lagoden, alloplant kabi dorilarni davolaş işlariga tatbiq etiş şular jumlasidandir. Bir söz bilan taʼriflaganda, tibbiyot fanlari doktori, professor Xolidjon Komilov tibbiyotning oftalmologiya sohasida öz maktabini yaratdi! Hassos şifokor yuqorida sanab ötilgan samarador usullar yordamida şu kungaça minglab oğir bemorlarni körikdan ötkazdi, davoladi, zim-ziyo qaroqlarga nur baxş etiş yöllarini topdi.

– Mustaqillik yurtimiz tarixida tub buriliş yasadi, – deydi domla közlarida iftixor tuyğulari porlab, – Istiqlol avvalo xalqqa erk va ozodlik berdi. Ilgari birovlarga qaram edik. Ertayu keç ularning qoş-qovoğiga qarab ötirardik. Bu hol, ayniqsa, tibbiyot sohasiga salbiy taʼsir körsatgan edi. Men köpinça keça va bugunni xayolan qiyoslayman. “Kim edigu kim böldik?!” degan savolga örinli javob topaman. Keçagina, yaʼni yaqin ötmişda hatto oddiygina dorilar ham kamyob edi. Bemorlar qoniqarli muolaja ilinjida sobiq Ittifoq markaziga qarab çopişardi. Bugun manzaralar butkul boşqaça! Özbekis­tonda tibbiyot şaxdam odimlar bilan rivojlanmoqda. Bu boradagi siljişlar jahondagi eng taraqqiy etgan davlatlarnikidan qolişmaydi. Hatto yaqin atrofimizdagi mamlakatlardagi köplab bemorlar şifo istab bizlarga murojaat etişmoqda. Ular yurtimiz tibbiyot tizimiga havas bilan qaraşadi.

Albatta, bu hali hammasi emas. Jumladan, şahar va tumanlarimizda taşkil etilgan “Tez yordam markazlari”, qişloq vraçlik punktlari haqida quvonçu ğurur bilan gapirişimiz mumkin. Çunki bunday muassasalar boşqa mamlakatlarda deyarli uçramaydi. Şu örinda alohida qayd etiş joizki, soğliqni saqlaş sohasida olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, bunyodkorlik işlari şunçaki, özimizni, öz imkoniyatlarimizni köz-köz qiliş, kimlargadir maqtaniş uçun amalga oşirilayotgani yöq. Barçasining zamirida inson manfaatlarini közlaş, fuqarolar salomatligini himoya qiliş kabi ezgu murod-maqsadlar yotibdi. Mamnuniyat bilan eʼtirof etiş joizki, boşqa sohalarda bölgani kabi tibbiyot yönalişida ham halol va fidokorona mehnat qilib jamiyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qöşayotgan şifokorlar, olimlar Yurtboşimiz, hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlab kelinmoqda. Tibbiyot fanlari doktori, professor Xolidjon Komilovning Prezidentimiz farmoniga köra 2006-yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlanişi, 2012-yilda esa “Özbekiston Qahramoni” oliy unvoniga muşarraf bölişi fikrimizning yakqol dalilidir.

***

Suhbatimiz davomida Xolidjon aka tağin bir neça marta soatiga öğrinça köz taşlab qöydi. Men özimni körib-körmaslikka oldim. Işqilib, endi yetar, iş-işimizga qözğalamiz, deb qolmasin-da, degan xayolga boraman. Gurungimiz menga juda maroqli tuyulardi. Xolidjon Komilov sirtdan oddiy, kamtar-kamsuqum, sokin körinsa-da, u kişining siyratida, içki dunyosida ilmu doniş, çin şarqona axloq, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyğusi toğ şarşarasiday jilvalanib turganini teran his etdim. Suhbat davomida yana bir karra amin böldimki, bu insonning şu kiçkina jussasiga toğdek çöng işonç, qoyadek mustahkam, metin iroda, sobitlik jo bölgan ekan.

– Odam birovlarga ozgina bölsa-da foydasi tegişini his etsa, bardoşiga bardoş qöşiladi, – deydi Xolidjon aka öyçan. Xuddi şunday neʼmat ato etgani uçun ham Allohga ming-ming şukronalar aytaman. Hayotda şunday odamlar uçraydi, işing tuşib yoniga borsang, paysalga soladi, muşkuling boşqa tomondan hal bölsa, hammasini özim qildim, deya ayuhannos kötaradi, tağin baʼzi birovlar bor – yolğonçi, kazzob, qölidan keladigan yaxşilikni ham boşqalarga ravo körmaydi. Xudoyim ana öşa toifalardan qilib qöymagani uçun ham şukrona aytaman.

Bir payt eşik qiya oçildi-yu, tağin tezgina yopildi. Domla menga xijolatomuz köz taşladi.

– Uzr… meni kutişyapti, malaka oşirişga kelgan guruhga dars ötişim kerak. Keyingi safar siz bilan suhbatni yana davom ettiramiz.

Biz qözğaldik. Içu taşim allaneçuk yop-yoruğ edi. Angladimki, tibbiyot fanlari doktori, professor, Özbekiston Qahramoni, senator Xolidjon Komilov nafaqat kişilar köziga nur baxş etuvçi, balki köngillarni ham ziyoga töldiruvçi inson ekan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)