8 daqiqada öqiladi

2 416 marta körilgan

Tarjima va tarjimon

Adabiy jarayonni xuddi kimyoviy laboratoriyadagi holatga öxşatiş mumkin. Çunki kimyoviy unsurlar bir-biriga mos kelsagina, biron bir yangilik yaratişga imkon tuğiladi. Ijodkor ham öz asaridagi qahramonlarini, voqea-hodisalarni bir-biriga şunday payvandlaşi kerakki, kitobxon asarga ipsiz boğlanib qolsin.
Yaxşi kitobxon mutolaa paytida asar qahramoni­ning dard-u hasratiga oşno böladi. Agar salbiy qahramon bölsa, dilida isyon kötarib, öşa qahramonga qarşi kuraşa boşlaydi. Baʼzan qahramonlarning taqdiridan köngli tölmay, muallifga eʼtirozli noma yöllaydi.
Yozuvçi va kitobxon munosabatlarini heç kim oldindan köra bilmaydi. Asarlari qança köp adadda çop etilmasin, adabiyotşunoslar uni köklarga kötarib maqtamasin, kitobxon asarni öziga singdirmasa, öziniki qila olmasa, barça qilingan mehnat besamar. Buyuk şoirning birgina törtligi, butun boşli şeʼriy dostonlardan ustun turişi mumkin. Bu masalani professor Abduğafur Rasulovning “Badiiylik – bezavol yangilik” töplamida keltirilgan birgina qiyos bilan yanada aniqroq anglaş mumkin. “Yozuvçi, badiiy matn, kitobxon boğliqligini borliqdagi, inson xatti – harakatidagi hodisa, holatlarga qiyoslaş mumkin. Ariqni, anhor-u daryoni körmagan odam yöq. Meningça, ariqning bir qirğoği – yozuvçi, ikkinçi qirğoği – kitobxon, oqar suv – badiiy matn. Quşning bir qanoti – yozuvçi, ikkinçisi – kitobxon, tana – badiiy matn. Bir qöl – yozuvçi, ikkinçi qöl – kitobxon, ikki qöldan çiqqan qars – badiiy matn”1. Ne-ne asarlar öz kitobxonini topolmasdan, suvga oqib ketadi. Asar boşqa tilda yozilgan bölsa, tarjimon asarni suvdan çiqarib olib, matnni çiroyli va aniq tarjima qilişni hamda kitobxonga bus-butun yetkaziş masʼuliyatini öz zimmasiga ola bilişi kerak.
Badiiy tarjimon – aslida kim? Tarjimonni haqli ravişda adabiy diplomat deyiş mumkin. Diplomat mamlakatlar örtasidagi munosabat uçun masʼul bölsa, tarjimon adabiyot vositasida millatlarni özaro boğlaydi. Biror çet tilini bilgan mutaxassis ham öz bilimi körsatiş uçun badiiy tarjima qöl urişi töğri emas. Çunki yuzaki tarjima orqali bir xalqning zabardast adibi boşqa bir xalq kitobxoni uçun havaskor yozuvçi yoki şoirga aylanib qolişi mumkin. Badiiy tarjimonlik – yillar davomida töplangan tajribaning, turli davralardagi ilmiy, ijodiy va adabiy suhbatlarning, töplangan bilimning inʼikosidir. Qolaversa, tarjimon deganda professor A.Rasulov tasvirlagan daryoda qutqaruvçi rolini öynovçi kişi köz oldimizda gav­dalanişi kerak. Jahon adabiyotining yetuk asarlarini öz tiliga ögirib, öz xalqini adabiy durdonalar oşno qiladi. Asarlar tarjima qilingaç, öz holiga taşlab qöyilmaydi. Ular kitobxon hukmiga havola etiladi. Yaxşi va sara asarlar avloddan avlodga ötib, sayqal­lanib, qayta-qayta tilga olinib, bir qator tadqiqotlarga predmet sifatida ham xizmat qiladi. Bu jarayon bir söz bilan retsepsiya (qabul qiliş, özlaştiriş) deyiladi, yaʼni tarjima qilingan badiiy asar (qaysi janrga daxldor bölsa ham) hamişa parvarişda, kitobxon eʼtiborida böladi.
Tarjimon va yozuvçi. Bu ikkisi bir-birini töldirişi hammamizga ayon. Yozuvçining nima demoqçi ekanligini mutarjim töğri anglagan holda kitobxonga yetkazişi kerak. Kerak bölsa, yozuvçi örnida turib, yozuvçining fikrlarini ham himoya qila bilişi zarur. Boşqaça aytganga, mutarjim yozuvçining advokati hisoblanadi. Olim, yetuk tarjimon Ibrohim Ğafurov bir intervyularida mutarjimni ham yozuvçi bilan bir darajada köriş kerak, çunki tarjimon yozuvçining fikrini boşqa tilga ögirgan holda ifodalaydi, degan edilar. Agar kitobxon tarjima qilingan asarni mutolaa qilib tuşunsa, yozuvçining yozgan va yozmoqçi bölgan fikrlarini anglay olsa, asar qahramonining dardiga quloq tuta bilsa, mutarjimning yozuvçi bilan muştarak hamkorlik qila olganidan dalolatdir.
Sarlavha tarjimasi. Biron bir asarni yoki hikoyani tarjima qilişdan avval uning sarlavhasini töğri tarjima qilib oliş kerak. Sarlavhaning töğri va çiroyli tarjimasi tarjimaning yarmi bajarilganini bildiradi. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 2017 yil 01 dekabrdagi 49-sonida filologiya fanlari nomzodi Marhabo Qöçqorovaning “Asliyat bilan qiyoslaganda” maqolasida şunday fikr bor: “mutarjim iş jarayonida asarning sarlavhalari, qismlari va boblariga ham özgartiriş kiritişi mumkin, ammo tarjima jarayonida asarning muhim badiiy ğoyasi va kompozitsiyasiga, milliy realiyalarga putur yetmasligi kerak”. Tarjimon asarni özining kuçiga moslaştirib, özgartirib tarjima qilişi mumkin emas. Birgina sarlavha özgartirib tarjima qilingan taqdirda ham, asliyatdagi sarlavhani, albatta, bir joyda keltirib ötiş lozim. Çunki qaçonlardir tarjima qilingan asar tadqiq qilinsa, uni qaysi nom ostida asliyatdan qidiriş kerakligi maʼlum bölsin. Şunday tarjima asarlar borki, ularning asliyatdagi sarlavhasini, ayni damda matnini topiş juda muşkul. Negaki Baʼzi tarjimonlarimizning fikrlariga köra, asar töliqligiça, barça jihatlari bilan, hatto qahramonlarning xarakter xususiyatlari-yu kiyim-keçaklarigaça tarjima qilinayotgan til va şu tilda sözlovçi xalq mentalitetiga moslaştirilişi kerak. Bu esa nafaqat matnning asliyatini yöqotadi, balki uni butunlay boşqa bir asarga aylantiradi.
Siz va sen tarjimasi. Murojaat şakllarining tarjimada berilişi tarjimaşunoslikda bahsga boy bölgan, oxirigaça oydinlik kiritilmagan masalalardan biridir. Fanda bu borada bir-biriga zid fikrlar mavjud. Professor Andrey Sobolev yozadi: “Şaklni maʼqul köruvçi tarjimon murojaat formalarini asliyatda berilgandek emas, balki özgartirib tarjima qiladi. Buning oqibatida öquvçi (kitobxon) tuşunişdagi töğri yölni yöqotib qöyadi. Bu özgariş turlaniş yoki tuslanişda, söz tartibida, idiomatikada, söz boyligida bölişi mumkin. Öquvçi muallifning asliyatga singdirgan mazmunini emas, balki tarjimonning fikrini tuşunadi. Baʼzan bu özgariş asliyatning tiliga emas, balki boşqa bir çet tiliga tegişli bölişi ham mumkin. Misol tariqasida rus tarjimonlari ingliz tilidagi „you“ ni kontekstdan kelib çiqib emas, rus tiliga oddiy qilib “sen” bilan berib qöya qoladilar“2.
Özbek tilşunosi R.Doniyorov fikriça, tarjimon murojaat şakllarini özgartirmasligi kerak. Asliyatda qanday berilgan bölsa, yaʼni, masalan, “sen” deb berilgan bölsa, “sen” şaklida, “siz” deb berilgan bölsa, “siz” şaklida tarjima qilişi zarur. Afsuski, bu borada har bir tarjimon subʼektiv yondoşadi, bu esa asar­ning mazmuniga keskin taʼsir körsatişi tabiiy. Tasavvur qiling, agar biz özbeklarda biror oilada farzand ota-onaga nisbatan sen deb murojaat qilişi, tarbiyasizlik deb tuşuniladi. Baʼzi hududlarimizda kattalarning kiçiklarga “siz” deb murojaat qilsa, bu ayolning turmuş örtoğiga “siz” deya murojaat qilişi qon-qonimizga singib ketgan. Aynan şu kabi jihatlar tarjimada öz holiça berilişi kerak, çunki bu bilan xalqimizning öziga xos tomonlari namo­yon böladi. Agar özga bir davlatga borib (Markaziy Osiyo mamlakatlaridan taşqari), mutlaqo begona xonimga “xola”, “buvi” yoki begona janobga “amaki”, “toğa” deb, tengdoşingizga “oşna”, “oğayni” deb murojaat qilib köring-çi, ular buni qanday tuşunişarkin?! Ammo bu murojaat şakllari biz şarqliklarda odat hisoblanadi. Tarjimonning masʼuliyati va javobgarligi ham şundaki, qardoş bölmagan ikkala xalqni bir-biriga taniştirişi kerak. Yaʼni har ikkala tomonni öz holiça, boriça, barça til normalarini, murojaat şakllarini ortiqça böyoqlarsiz, börttirmasdan körsatib bera oliş ham sanʼatdir.
Ismlar va joy nomlari negadir tarjimada köpinça özgartirib beriladi. Masalan, Toşkent boşqa tilga ögirilganda Tashkent bölib, Buxoro boşqa tilga Buxara va hokazo. Baʼzan Xiva şahri boşqa tillarda Kxiva tarzida yoki bizdagi Hamdam ismi ingliz tiliga Khamdam, Ötkir ismi Utkir deb berilişi kişining ğaşini keltiradi. Axir özbek tilining lotin alifbosiga asoslangan alfavitida barça imkoniyatlar bor emasmi? Biz nega unda boşqa xalqlar adabiyotlarini özbek tiliga ögirganimizda, iloji boriça joy nomlari va ismlarni öz holiça berişga harakat qilamiz.
Tarjima şunday bir sanʼatki, unda hatto tovuşlar ham tarjima qilinişi kerak. Tabiat hodisalari, hayvonlarning tovuşlari, mexanik vositalarining tovuşlari ham tarjimada öz aksini topişi kerak.
Ayniqsa, biror bir xalqning urf-odatlari, kundalik marosimlarini tarjima qilayotganda biroz ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Köpinça, tarjimonlarimiz bir tilga tegişli bölgan realiyalarni özgartirmasdan berişadi va ularning izohlarini kitobning oxirida luğat tarzida taqdim etadilar. Bu iş tahsinga loyiq, ammo bu baʼzan kitobxonni çalğitib qöyişi va mutolaaga bölgan iştiyoqini söndirişi ham mumkin. Şuning uçun iloji boriça, sözlarning izohini yo qavs içida yoki öşa sahifa­ning pastki qismida berib ötiş kerak.
Yana bir holat, özlarini badiiy tarjimon deb bilgan mutaxassislarimiz katta-katta asarlardan parçalar tarjima qilişadi. Köpinça xat yozişmalar tarjima qilinadi. Misol tariqasida, aynan yozişma uslubida ham ijod qilgan nemislarning buyuk adibi Yohann Gyotening fon Ştayn xonimga bitgan xatlaridan biri tarjima qilinib, yaqinda “Kitob dunyosi” gazetasida çop etildi. Mutaxassis sifatida birinçi marta xat matni nom olganiga guvoh böldim va xatning asl matnini qidirib topmoqçi böldim. Tarjimon aynan dekabrning 23-sanasini körsatgan-u, lekin aniq yilini körsatmagan. Bu esa aynan retsepsiya jarayonini qiyinlaştiradi. Çunki Gyote 1776 – 1780 yillar mobaynida kundalik tarzida Sharlotte fon Ştayn xonimga xatlar bitadi.
Tarjima qiliş paytida gapning zamoniga ham alohida eʼtibor beriş kerak. Agar gap hozirgi zamondami tarjima ham hozirgi zamon bilan qilinişi kerak.
Yana şunday holatlar böladiki, Baʼzida asarlar, hikoyalar turli maqollar bilan yoki öziga xos frazalar bilan boşlanadi. Ammo tarjimonlar bu kabi nozik iboralarga eʼtibor bermaslikka harakat qilişadi. Ularning örniga izoh beruvçi gaplar bilan tarjimani davom ettirişadi. Bu esa tarjima qilinayotgan matnning asl şirasini yöqotilişiga olib keladi va şu bilan birga, asarning retsepsiyasiga salbiy taʼsir körsatadi.
Yuqorida biz tarjimonni advokatga öxşatdik. Şu örinda tarjimon yetuk adabiyotşunos, tajribali tilşunos, ajoyib rassom, matematik, bir söz bilan aytganda, yaxşi olim bölişi kerak. Aks holda, tarjima qilinayotgan badiiy matn xuddiki iş qoğozlari tarjimasiga öxşab qoladi.
Tarjimonning masʼuliyati şunçalik keng qam­rovliki, buni tasavvur qiliş uçun tarjimonning dunyoqaraşi çeksizlikka dahldor bölişi kerak. Illo, bir millatning asl sanʼat asarini tarjima orqali buzib qöyişga yöl qöymasligimiz kerak. Çunki har bir sözning öz örni va mazmuni bor.

1 Abduğafur Rasulov, Badiiylik – bezavol yangilik: Ilmiy – adabiy maqolalar, talqinlar, etyudlar. – T., “Şarq”, 2007. – 336 b., 98-bet.

2 Sobolev. A.N. O perevode obraza obrazom. Voprosы xudojestvennogo perevoda. M. 1955
3 Doniyorov R. Badiiy tarjimada milliy xususiyatlarni aks ettiriş masalasiga doir. Özbek tili va adabiyoti masalalari, 1962-yil, №5

Abdulaziz Qosimov,
tadqiqotçi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Sonotoki

    Yozgan kommentim bormabdimi deyman ,_.

  2. Utkir Hakimov

    Şaxsan maning ismim aslida Ötkir, lekin, pasportda Utkir deb yozilgan va men har doim ismimni Utkir tarzida rasmiylaştirişga majburman.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)