5 daqiqada öqiladi

1 080 marta körilgan

Söz qudrati… (söz ustida işlaş)

«Hayot maşʼalidir haqiqat...»

Özbek adabiyotining zabardast vakili Oybek har bir asarini yozişdan oldin uzoq tayyorgarlik körgan, mavzuni imkon qadar çuqur örgangan. Ijodkorning “sahna ortidagi” bu mehnatlari, tayyorgarlik jarayonlari maxsus örganiş, tadqiqotlar uçun mavzu böla oladi. Odatda, ijodkor tabiatiga, uning laboratoriyasiga, asarining yoziliş jarayoniga oid çizgilarni kuzatişda qölyozmalar muhim manba vazifasini ötaydi.

Professor Zarifa Saidnosirovaning taʼkidlaşiça, Oybek qoğozga tuşirmoqçi bölgan fikrlar dastavval uning miyasida obdan pişib yetiltirilgan, tugal holga kelganidan sönggina qoğozga tuşirilgan. Bir tekis, ortiqça öçirişsizlarsiz bitilgan adib qölyozmalari, jumladan, “Quyoş qoraymas” romanining qölyozmasi ham buning isbotidir.

Qölyozmalardagi tuzatilgan örinlar esa deyarli ijodiy xarakterga ega. “Quyoş qoraymas” romanining eʼlon qilingan nusxalari bilan qölyozma nusxalari örtasidagi farqlar Oybekning Mukammal asarlar töplami VIII jildidagi “Variantlar” qismida töliq berilgan.

Aslida, “Quyoş qoraymas” romanining qölyozma nusxasi ham, matn nusxasi ham birdek mahorat bilan yaratilgan. Baʼzan Oybek asarlarining qölyozmasiga kiritilgan tuzatişlarga zarurat yöqdek körinadi. Ammo kuzatişlar romanga kiritilgan tuzatişlarning köpçiligi Oybekning sözga öta eʼtiborli ekanidan dalolat beradi.

Misol sifatida romandagi jang maydonida yuz bergan voqeani tasvirlovçi bir lavhani keltirişimiz mumkin. Roman qahramonlaridan biri muallim Hoşimjonning ukasi jangda halok böladi. Şu munosabat bilan Hoşimjonning halok bölgan ukasini yerga qöyiş daqiqalari yozuvçi tomonidan tasvirlanadi. Bu tasvir dastlabki variantda – Bektemir va muallim murdani kötarib, çuqurdagi Asqar polvonga uzatadilar. Eng sönggi variantda esa Hoşimjon ukasini quçoqlab, yuzlaridan öpa-öpa yiğlaydi. Bektemir jasadni çuqurdagi Polvonga uzatarkan, “aka betoqat, özi ham birga kömilişga tayyorday, höngrab yubordi”, degan jumla kiritiladi.

Bir qaraşda, Hoşimjonning ukasini kömiş lahzalari dastlabki variantda ham yetarli darajada taʼsirli qilib tasvirlangandek. Lekin tuzatiş kiritilgan variantda yozuvçi bir jumla bilan jigaridan ayrilib, yurak-bağri ezilgan qahramonning holatini yaxşiroq berişga muvaffaq bölgan.

Hoşimjonning boşiga tuşgan ayriliq bu uning şaxsiy, tor doiradagi musibati bölmay, balki butun tinçlikparvar el boşidan keçirayotgan musibat ekani, uruş tufayli yaqinidan ayrilmagan xonadon qolmagani butun roman davomida satrlar qatidan anglaşilib turadi.

Yana “Oyoqsiz, qölsiz qol­sa ham mayli edi”, “…Ma­bodo onam eşitsa, yuragi yoriladi-da”, degan jumla kiritilgan romanning sönggi variantiga. Bu esa kitobxonga söz qudrati bilan qahramon boşiga tuşgan musibatning neçoğlik oğirligini yetkazişga xizmat etgan.

Yana bir misol, oğir jangdan keyin batalyondan uzilib qolgan roman qahramonlari Asqar polvon bilan Ali tajang özlarini örmonga uradilar.

Qahramonlar örmon içidan ötib borişar ekan, qölyozma variantida Ali tajang “Atrofdagi daraxtlarga suqlanib qarab, … Oh, oh, yoğoçlarning podşolari bular… qani endi, şulardan imorat solsang”, – deydi. Sönggi variantda yozuvçi “qani bularni kesib, oynaday silliqlab, imorat qursang,” deb özgartiradi.

Bir qaraşda dastlabki variant ham yomon emaslik. Imoratbop daraxtlarni körib xayoli qoçgan qahramonning holati berilgan. Tuzatiş kiritişdan maqsad qahramonning borliqni unutib xayoli qoçişiga vaziyatning monelik qilişi. Şu sababli jumla adib tomonidan ixçamlaştirib beriladi.

“Quyoş qoraymas” romanining qölyozmasini kuzatişda davom etar ekanmiz, Oybek ijodiga xos bölgan yana bir çizgi haqida aytib ötmoqçimiz. Adib arxivida “Quyoş qoraymas” romani uçun töplangan materiallar ham saqlangan. Ular Mukammal asarlar töplamining XVIII jildida “Materiallar” qismida berilgan.

Bu materiallarda romanning taxminiy mundarijasini taşkil etuvçi qaydlar bilan bir qatorda, jang maydonidagi vaziyatni yozuvçi neçoğlik sinçkovlik bilan örganganini körsatuvçi örinlar ham bor. Masalan, maxsus dzot yasaş, tanklarni qança yaqinlikdan turib otiş, broneboyşiklarni tizzadan turib otişi kabi detallar.

Romanning dastlabki va sönggi varianti, unga töplangan materiallarni soliştiriş natijasida, asarning köp örinlari butunlay özgartirilgani, ayrim joylari esa umuman kiritilmaganini körsatadi. Umuman, bu kuzatişlar yozuvçining xom materialga asoslanib yaxlit badiiy asar yaratişidagi ijodiy jarayonlari haqida töliq maʼlumot beradi.

Qölyozmalarni örganiş adib ijodida uning uçun ikkinçi darajali masalaning bölmaganini körsatadi. U hatto qahramonlarining nomiga ham öta eʼtibor bilan yondaşgan. Masalan, “Quyoş qoraymas”da batalyon komandiri Nikulin roman uçun töplangan materiallarda Nagibin deb qayd etilgan, dastlabki variantlarda, şu jumladan, qölyozmada ham Nikolay deb özgartirilgan va sönggi variantda Nikulin deb berilgan.

Bu kabi holni Oybekning köp asarlarida uçratiş mumkin, masalan, “Hamza” dostoni qölyozmalarida ham Öroq ismli qahramonning nomi sönggi variantda Boşoq deb qayta nomlangan. Yoki “Öç” poemasida Xolxöjaning sevgilisi qölyozmada Lolaxon deb berilgan, Pöpikxon deb beriş ham yozuvçi möljalida bölgan va oxirgi qismlarda Laʼlixon deb özgartiriş kiritilgan.

Oybek qahramonlarining ismlariga öta eʼtibor bilan qaraşidan maqsad ularga maʼlum maʼno yuklaş bölgan. Lekin baʼzida tasodiflar ham bölib turgan ekan, bu haqida bizga yozuvçining ayoli Zarifa Saidnosirova quyidagi bir voqeani sözlab bergan edi. “Oybek yangi, hali heç kim tomonidan qöyilmagan ism topişga işqiboz edi. Elnur, Oynur, Gulyoz, Gulrang, Baxtigul, Soğindiq kabi ismlarni topganligi ham bunga misol. Baʼzan tasodiflar ham bölib turgan. Esimda, “Qutluğ qon” romanini yozayotganida Yölçining singlisiga heç ism topolmadi, menga ism topib bersang-çi, dedi. Şunda men “Unsin” dedim. Bu ism unga ham yoqdi va Yölçining singlisiga Unsin deb ism qöydi.

Bu ism bilan boğliq voqea tarixi esa bunday bölgan. Meni buvam Iqonda turişardi va men ularnikiga yoşligimda juda köp borardim. Bobomlarning qöşnisi Unsin xola bölgan. Men u ayolni juda yoqtirardim, çunki u juda mehribon, yumşoq ayol edi.

Kunlardan biri kuni Unsin xola vafot etadi. Butun qişloq ahlini ayolning ölimi qayğuga soldi. Uni endi kömiş taraddudini körişayotganda  tirilib örnidan turadi. Şu-şu biz bolalar “Unsin xola, qanday qilib ölib-tirilganingizni gapirib bering”, deb uni holi joniga qöymas edik. Unsin xola har gal şoşilmasdan, bir boşdan gapirib berardilar. Unsin xolaning özini yaxşi körganim uçun, uning ismi ham yoqardi menga. Şu sabab men Oybekka Yölçining singlisini Unsin deb qöyişni maslahat bergan edim”.

Bu kabi misollarni köplab keltiriş mumkin, lekin mana şu ikki misol ham Oybek romanning har bir satri ustida olib borgan izlanişidan bizni voqif etadi, sözga neçoğlik eʼtiborli bölgani, uning maʼno qirralarini köpaytirişga harakat qilgani, asarda sodir bölayotgan voqealarni kitobxon qalbiga köçirişga erişganiga yetarli isbot böla oladi.

Raʼno Ibrohimova,

filologiya fanlari doktori

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)