10 daqiqada öqiladi

592 marta körilgan

Bitta-bitta sözdan yaralar doston

Rasul Hamzatov

Jahon adabiyoti durdona asarlarini öqib hayratga tuşganimda, ularni yurtdoşlarim ham öqişini va hayratlanişini juda-juda istayman. Dunyo kitobxonlari sevib öqiyotgan şunday asarlar tarjimasiga kirişganda, avvalo, ona tilimizda ularning asliyatday bölişi kerakligi haqida öylayman. Tarjima qilmoqçi bölganim asarni qayta-qayta öqir ekanman, uni ögiriş hayotiy ehtiyojimga aylanadi, asar ona tilimizda oddiy va samimiy bölişi uçun harakat qilaman.

Doğiston xalq şoiri Rasul Hamzatovning  “Onalarni asrang” dostonini 1979-yilda ilk bor öqigan kezlarim asarning teran mazmuni va badiiyligi meni hayratga solgandi. Şu dostonni, albatta, tarjima qilişim kerak degan ezgu niyatni dilimga tugdim. Lekin öşa vaqtda bunday uluğvor işni amalga oşiriş uçun menda na bilim, na malaka bor edi. Muhimi, Doğiston haqida hali töla tasavvurga ega emasdim. Bu böşliqni töldiriş uçun Doğiston, avar onalari, yana-da aniqroq aytsam, şoirning onasi Xandulay momo hayoti haqidagi maʼlumotlarni örgana boşladim. Tabiiyki, bu boradagi bilimimni oşirişga şoirning maşhur “Mening Doğistonim” asari eng yaqin kömakdoş böldi.

“Mening Doğistonim” asarini qayta-qayta öqir ekanman, Xandulay momoga, umuman, onalarga bağişlangan lavhalarga alohida eʼtibor qaratdim va şoirning dostonni yozişdan maqsadi tobora ayonlaşa boşladi: “Men öz onam haqida emas, jahondagi mehribonlik timsoli bölgan barça onalar haqida fikr yuritmoqçiman, har biri va hammasi töğrisida, toki heç kim onasi tirikligida befarq yoki eʼtiborsiz bölib, keyin vijdon azobida qiynalib, onasining qabriga munğayib boqmasin”. Darhaqiqat, köz oldimda Xandulay momo qiyofasida ertadan-keçgaça tinim bilmaydigan özbek onalari ham gavdalandi. Demak, doston tarjimasi onalarimizga, kitobxonlarimizga manzur bölişi uçun allalarimizday sodda va ravon bölişi kerak.

Öqigandan köra yozganda köproq yodda qoladi. Şuning uçun “Mening Doğistonim” tarjimasini boşlab yubordim. Bildimki, Doğistonning maşhur şoiri Hamzat Sadasaga umr yöldoş bölgan, öziday mehnatkaş qizni va törtta zabardast öğilni voyaga yetkazgan Xandulay momo şoirning quyidagi tavsifiga mos ona ekan: “Onam oddiy ayol edi, öşa ğalati zamonda va insonlar taqdiri ğalati hal qilingan tuzumda toğliklarga xos feʼl-atvorini, ayollik şaʼnini saqlab qoldi va onalar zimmasiga tuşgan vazifani sadoqat bilan bajardi”. Lekin unutmasligimiz kerak, har qanday ona bizni dunyoga keltirgani, oyoqqa turğizgani va el qatoriga qöşgani uçun hurmat-izzatga sazovor.

Keyinroq Rasul oğaning dostoni haqidagi “Buyuk tuyğu” maqolasini öqidim. Unda dostonini özining tarjimonlari emas, qalmoq şoiri David Quğultinov asarlari tarjimoni sifatida tanilgan Yuliya Neyman rus tiliga ögirgani töğrisida ham yozilgandi. Bu meni Neyman tarjimalarini öqib çiqişga undadi va 70 yoşlar atrofidagi mohir tarjimon özining boy tajribasiga onalik mehrini qöşib dostonni rus tiliga ögirganiga amin böldim. Olamga maşhur dostonni ona tilimizga şunday yuksak saviyada tarjima qiliş naqadar masʼuliyatli ijod ekanini yanada teranroq tuşundim. Axir, doston 1600 misradan ortiq bölib, muqaddima, har biri beş bölimdan bölgan uçta qism va onalar haqidagi 13 ta qöşiqdan iborat edi.

Deydilar            ki, tarjimaga qança yaxşi tayyorgarlik körilsa, şunça oson böladi. Mana, “Mening Doğistonim” tarjimasi ham tugadi, tajribam ham oşdi, göyo doston tarjimasiga tayyorman. “Onalarni asrang” dostonini takror-takror öqiyapman, qani tarjimani boşlay olsam. Balki, bu tabiiy holdir. Rasul oğaning özi ham dostonni uzoq va qiyinçilik bilan yozgan: “Doston olam yuzini köriş uçun oson yölni bosib ötmadi. Özim ham dostonni osongina yozgan emasman”. Çunki şoir taʼkidlaganday, özingni dunyoga keltirgan onangni mavzu deb ataş yaxşi emas. Ona – mehr-muhabbat körsatiş kerak bölgan uluğ zot!

Doston 1951-yilda şoirning otasi vafot etgan oğir lahzalarni tasvirlaşdan boşlanadi. Onasi vafot etgan 1965-yil tafsilotlarini qalamga olganda dod-faryod çekadi. Agar dostonning avar tilidagi qölyozmasiga 1976-yilda nuqta qöyilganini inobatga olsak, Rasul Hamzatovday beqiyos isteʼdod sohibi dostonni çorak asrdan köproq vaqtda yozgan. Şunday ekan, menday oddiy qalamkaş “Onalarni asrang” dostonini kök çoy içib, şarillatib tarjima qilib taşlay olmasdi. Umuman olganda, tarjima qiliş rohatlanadigan jarayon emas. Tarjima ham boşqa ijod turlari kabi maşaqqat çekişni talab qiladi. Rohatlaniş esa tarjima köngildagiday çiqqandan keyin böladi.

Şeʼr-dostonlarni birinçi yil tarjima qilayotganim yöq, Rasul Hamzatovning “Bitta-bitta ipdan töqilar gilam, bitta-bitta sözdan yaralar doston”, degan hikmati töğriligini ijodiy tajribamdan juda yaxşi bilaman. Gilam aniq ketma-ketlikda töqiladi, şeʼrda, ayniqsa, doston tarjimasida ketma-ketlikka rioya qilib bölmaydi. Şuuringizga quyilib kelgan tarjima misralarni ular dostonning qaysi qismida bölişidan qatʼi nazar yozib qöygan maʼqul. Çunki daryodan bir marta oqib ötgan suv qayta oqib ötmaganday öşa misralar xayolingizga qayta kelmasligi mumkin.

Tarjimani boşlay olmay qiynalib yurgan kezlarimda, hamkasb rus ayolining öttiz yillar ilgari aytgan hikoyasi esimga tuşdi. Uni tuğuruqxonaga olib borişadi. Tuğruq qiyin keçayotgani uçun doya unga uqtiradi: “Dod-voy sol, baqir, oson böladi”. U uyalganidanmi, bardoşli bölgani uçunmi miq etmay farzandini dunyoga keltiradi. “Tabriklayman, qiz kördingiz”, – deydi doya. Bu xabarni eşitgaç, u tuğuruqxonani boşiga kötarib dod-voy soladi. “Tuğmasdan oldin şunday baqirişing kerak edi, endi nega yiğlayapsan?” – deb söraydi doya. “Qaçondir qizim ham şu joyga keladi, şuni öylab azob çekayapman”, – degan ekan u. Qarang, yoş ona endigina dunyoga kelgan qizining kelajagini öylab qanday azob çekyapti?! Darhol, doston oxiridagi onalar haqida qöşiqlar qismini oçib, birinçi qöşiqning törtinçi törtligini öqidim va tarjima qildim.

Qizim tuğilgan kun yodimda hamon,

Qançalar quvongan edingiz, ona.

Bugun qizim qizli böldi, onajon,

Nabirangiz körmay ketdingiz, ona.

Gapni boşladingmi, oxirigaça ayt! Endi tarjima qanday davom etgani töğrisida yozay. Muqaddimaning birinçi törtligini tarjima qildim, ikki kundan keyin beşinçi törtligini, söng yettinçi törtlikni. Beş kun deganda öttiz olti misradan iborat muqaddima tarjimasini tugatdim. Bu menga ijodiy quvvat bağişladi. Doston oxiridagi onalar haqida qöşiqlarga ötdim. Bunda ham qöşiqlar tartib raqamiga qaramadim. Oldin beşinçi, keyin ön ikkinçi, söng oxirgi – ön uçinçi qöşiqni tarjima qildim. Va birinçi qöşiq tarjimasini nihoyasiga yetkazdim. Qolgan qöşiqlarning tarjimalari ham birin-ketin qoğozga tuşdi.

Birinçi qismni öqib, oxirroğidan bitta törtlikni tarjima qildim.

Akam olgan kuni birinçi maoş

Sovğa qilgan edi onamga römol.

Onam közlarida kördim sevinç yoş,

Axir, bitta öğli topgandi kamol.

Bu qismdan bir neça törtlikni tarjima qilgaç, uçinçi qism tarjimasiga kirişdim. Baribir tartibga rioya qila olmadim. Tarjimani ikkinçi bölimidan boşladim. Törtinçi, uçinçi va beşinçi bölimlar tarjimasini tugatgandan keyingina birinçi bölimga qaytdim.

Birinçi qism tarjimasini birinçi bölim yettinçi törtligini tarjima qilişdan boşladim. Keyin öninçi va ön birinçi törtliklarni. Söngra ketma-ketlikka qaramasdan boşqalarini. Oxirida beşinçi törtlikni. Muhimi, bu bölimni bir kunda tarjima qildim. Boşqaça aytganda, bugungi işni ertaga qoldirib bölmasdi. Quyidagi törtliklarni öqib, bunga özingiz ham amin bölişingiz mumkin.

– Senmi, öğlim? – uning közlarida nur,

Yalt etib çaqnadi va yana söldi.

Bu tun xotiramdan öçmas bir umr.

– Mana, vidolaşuv vaqti ham keldi.

Ölim soati ham keldi birpasda,

Mening paymonam ham töldi birpasda.

Öğlim, uyning fayzi – onangni asra…

Öğlim, uyning fayzi – onangni asra.

Jimlik çökdi. Nahot köz yumdi otam…

Nahotki vasiyat edi bu misra?!

Şu payt birdaniga çor atrof, olam

Şu sözni takrorlar:

– Onangni asra!

Men bilan qöşilib yiğladi osmon,

Yomğirdan namiqdi toğ, daraxt, maysa…

Tomdan oqayotgan tomçilar nolon,

Şu sözni takrorlar:

– Onangni asra!

Ertasi kuni ijodiy kayfiyatda birinçi qismning beşinçi – “Men onamni asray olmadim” bölimining tarjimasini boşladim. Avvalroq bu bölimning bitta törtligini tarjima qilganim uçun ruhiga kirişim oson böldi va ön ikki soat içida ön sakkizta törtlikni tarjima qildim. Aslida, bu bölimni şiddat bilan tarjima qilmaslikning özi mumkin emasdi.

Ona ketsa, qalbda bitmas jarohat,

Ona ketsa, qalbni ezadi kadar.

Onalarni asrang – bu mangu daʼvat!

Onangni asragin farzandsan magar!..

Odamlar! Qalbingiz qoplamasin zang,

Qadrlang ğanimat har bir pallani.

Munis onalarni asrang-avaylang,

Eslab turing, ular aytgan allani.

Ikkinçi bölim tarjimasi nisbatan oson keçdi. Uçinçi bölim qirq sakkizta törtlikdan iborat bölgani uçun biroz qiynab qöyganligi rost.Törtinçi bölim tarjimasi çinakamiga qiynadi. Qança urinmayin birinçi törtligini oxirida tarjima qildim. Unda uruş tugagani töğrisidagi xuşxabar ajoyib misralarga köçgandi.

Yoqimli xabardan uyğondi dunyo,

Odamlar köz oçdi misoli ohu.

Yana Quyoş toğlar, çöqqilar aro,

Kamalak ranglarda taratdi yoğdu.

Har bir asarning qalbi böladi. “Onalarni asrang” dostonining ikkinçi qismi – “Onajonlar aytgan allalar” uning qalbi, urib turgan yuragidir. Rasul Hamzatov taʼbiri bilan aytganda: “Onalar allasi – insoniyat yaratgan qöşiqlarning ibtidosi”. Şoir allaning hayotimizdagi, öz hayotidagi örni haqida şunday yozgandi: “Onam beşigimni tebratib aytgan alla quloğim tagida jaranglamagan biror kun, biror daqiqa bölmagan, desam mubolağa emas. Bu alla mening barça qöşiqlarimni allalab ulğaytirdi”.

Ikkinçi qismning birinçi bölimini ketma-ketlik böyiça tarjima qildim va bundan özim ham hayron qoldim. Ikkinçi bölimga ötişim bilan qiyinçilikka duç keldim. Boş qismini tarjima qilib böldim, ammo harçand urinmayin “Onam gilam töqiyotganda şunday qöşiq aytardi” şeʼriga tişim ötmadi. Xuddi şunday uçinçi bölimning boş qismlarini taşlab ötdim va oxirgi şeʼrini tarjima qildim. Bu tarjimaga yana-da jiddiyroq yondoşişimni talab etardi. Törtinçi va beşinçi bölimlar tarjimasini aniq ketma-ketlikda yakunladim. Katta qiyinçilik bilan ikkinçi bölimda taşlab ketgan şeʼr tarjimasini nihoyasiga yetkazdim.

Nafas rostlaş uçun ikkinçi qismda tarjima qilgan şeʼrlarimni oqqa köçirdim. Dam oldim, tongda turib uçinçi bölim örtasidagi “Onam munçoq toşlar terganda şunday qöşiq aytgandi” şeʼri tarjimasiga kirişdim. Aniq ketma-ketlikda tarjima qilişga muvaffaq böldim. Ayniqsa, oxirgi ikkita törtlikni tarjima qilganda yayrab ketdim.

Onam kökka qarab qildi iltijo:

Baland bölsin burgut öğlim parvozi.

Hamişa taratsin ajoyib navo,

Aziz Vatanining kuylagan sozi.

Yolvorib sörayman boşimni egib:

Xudoyim, öğlimga bölgin mehribon.

Öğlim şeʼrlarini öqisin sevib,

Butun Doğiston va keng olam-jahon.

Şu örinda Rasul Hamzatovning quyidagi hikmatli sözlari esga tuşadi: “Ona – biz uçun Yer yuzidagi Xudoning vakolatli insoni. Dindor kişilar bejiz taʼkidlamaydi: faqat onalarning iltijosi Yaratganga töla-tökis yetib boradi”. Biz bu naqlning ayni haqiqat ekanligini körib-bilib turibmiz. Xandulay momoning iltijosi Yaratganga töla-tökis yetib bordi, öğli Rasul Hamzatov buyuk şoirlar qatoridan örin oldi. Endilikda uning asarlarini Doğistongina emas, butun jahon sevib öqimoqda va bundan keyin ham sevib öqiyveradi.

Doston tarjimasiga qaytsam, hali quvonişimga erta edi. Çunki uçinçi bölimning boşidagi şeʼr tarjima qilişimni kutib turardi. Mana endi çinakamiga ğayrat körsatadigan payt kelgandi. Şeʼrni aniq ketma-ketlikda tarjima qila boşladim. Oxirgi misrasining köngilday çiqişi qiyin keçdi. U dostondagi 1600 dan ortiq misraning oxirgisi bölgani uçun, albatta, yaxşi çiqişi kerak edi. Xandulay momoning onasi qiziga tilaklari nihoyasida nima deyişi mumkin, umuman, ona-buvilarimiz farzand-nevaralariga nima deyişadi? Bu savolga javobim aniq böldi: “Ular uzundan-uzoq duo qilişadi”. Ha, onalar farzandlariga tilaklarini uzundan-uzoq duo bilan nihoyasiga yetkazişadi. Buni hassos şoir Rasul Hamzatov ham, tarjimoni Yuliya Neyman ham mendan yaxşiroq bilişardi. Lekin öşa zamonda duo qiladi, deb yozib bölmasdi. Men tarjimani nihoyasiga yetkazdim.

Toşlardan sörayman baxtingni, bolam,

Yurar yöling bölsin ravon va porloq.

Şunday der edilar menga ham onam

Va duo qilardi uzundan-uzoq.

Tarjima tugagan bölsa ham bu hali xomaki qölyozma edi. Endi oqqa köçiriş, kompyuterda yozdirişlar, naşrga tayyorlaşlar boşlandi. Bu jarayonlarning har birida töldirişlar böldi, ayrim misralarni qaytadan yozdim. Qölyozmani kitob holiga keltiriş uçun yana işlaşimga töğri keldi. Nihoyat, 2012-yil 10-may kuni “Yangi naşr” naşriyotidan “Onalarni asrang” kitobining nişona nusxalarini oldim. Bu öttiz uç yillik ijodiy izlanişlarim samarasi edi. Albatta, quvondim. Rasul oğa taʼkidlaganday: “Har qanday kitob avvalo kitobxon uçun yoziladi”. Men ham bu dostonni avvalo özbek onalari, özbek kitobxonlari uçun tarjima qildim. Meni tarjima jarayonida Rasul Hamzatovning quyidagi qanotli sözlari ilhomlantirib turdi: “Tarjimon döstim, qölingni taşla, yaxşisiga ham, yomoniga ham birga javob beramiz”. Özingiz ayting, ustozning şunday işonçi va ruhiy qöllab-quvvatlaşlaridan keyin men dostonni tarjima qilmasligim mumkinmidi?!

 

Asror MÖMIN,

şoir va tarjimon,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)