Kitob bu tafakkur, kitob – xazina,
Kitobxon insonda bölmaydi gina.
Qalbimiz yanada gözal bölajak,
Yaxşi kitoblarni öqisakkina…
Kitob sözini eşitganimda bir voqea yodimga keladi. Adaşmasam, öşa paytlari sakkiz yo töqqiz yoşda edim. Dadam bilan daladan qaytişda bozorga borişni (va albatta, muzqaymoq olişni) kelişib olganimizdan söng şolipoyalar sari jönadik. Ayam dadamga bir qoğoz tutqazdi. Sevgi xati deb xomxayol bölişning hojati yöq. Bu qoğozda bozorlik röyxati yozilgandi. Dalaga bordik, şoliga suv meʼyorida oqayotganini körib, könglimiz tinçidi. Axir, suv bölmasa, şoli ham bölmaydi-da. Dalada biroz aylanganimizdan keyin bozorga jönadik.
Bozorda kitob dökoni yonidan ötdig-u, dadam darrov ortiga qaytdi. Muzqaymoqqa atiga ön qadam qolganida men ham izimga qaytişga majbur böldim. Ketmon uşlayverib temirday qattiq bölib ketgan dadamning qadoq qöli qölimni mahkam tutib olganidan keyin qaytmaslikning iloji ham yöq edi-da. Kitob dökoniga kirgaç dadam dökonçi opaga: “Şu bolaga mos kitoblarni körsating”, deb qoldi. Xursand bölib ketdim. Nahotki, öz-özimning kitobim böladi endi!
Xullas, öşanda Xudoyberdi Töxtaboyevning “Sariq devni minib” romanini sotib oldik. Keyin xuddi pultga öxşaydigan, ekrani, tugmalari bor öyinçoq ham oldik. Uyga esa… quruq qöl bilan qaytdik. Ayam tilla ona. Dadamni darrov tuşundi. “Bolamizni öqimişli bölsin debsiz-da. Yaxşi öylabsiz. Hozirça hamma narsa yetarli. Yanagi safar olib kelarsiz…” dedi. Holbuki, ayam aldagandi. Çunki öşa kuni ovqatga kartoşkani qöşnimizdan olib çiqdik. Şu zaylda, mening birinçi şaxsiy kitobim ham paydo böldi. Ungaça kutubxonadan ertak kitoblar olgandim-u, lekin bunday katta badiiy kitobni heç öqimagandim. Ikkinçi sinfligimda oltinçi sinf öquvçisi Hoşimjonning sarguzaştlari yozilgan kitobni öqib çiqdim. Kuniga uç-tört betdan öqirdim. Agar dadam uyda bölsalar, özlari yonlariga olib öqişimni tomoşa qilardilar. Öşanday kunlarda, hatto ön betgaça öqirdim. Öqib bölganimdan keyin dadam nimani öqiganimni qaytadan sörardi. Axir hozirgina ovozimni çiqarib öqiganimni aytsam ham bari bir xayolimda qolganlarini sözlab berişim şart edi.
Bölar bola boşidan, deyişadi-yu, lekin öşa bolaning ham böladigan bölişi uçun kattalarning xizmati katta ekan. Sababi, bolaligimdan oilam kitobga mehr uyğotmaganida edi, bugungi natijalarimga erişa olmagan bölardim. Birinçi sinflik paytimdan şeʼr yoza boşlaganman. Maktabga borişdan avval ayajonim menga yozişni allaqaçon örgatgandilar. Ammo ayam örgatgan yozuv boşqaça-yu, maktabdagi boşqaçaroq edi. Keyin bilsam, ayam kirill alifbosida yozişni örgatgan ekanlar. Yangi yozuvni ham tezda örganib oldim. Birinçi sinfdagi şeʼr yozişga bölgan iştiyoq, ikkinçi sinfdagi dadamning sovğasidan keyin yanada kuçaydi. Hoşimjonning sarguzaştlari haqida öqib, özimni xuddi uning örnida tasavvur qilardim. Tasavvurimdagilarni esa şeʼrlarda aks ettirardim. Öşa paytdagi eʼtibor va eng asosiysi, oilaviy muhit tufayli kitobxon öquvçiga aylandim. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev öz nutqida “Bugun bitta kitob öqigan bola ertaga önta televizor körgan bolaga yetakçilik qiladi”, deb taʼkidlagan edilar. Inçunun, kitob insoniyatning eng yaqin dösti, maslahatdoşidir. Kitoblarni quyoşga öxşataman. Beçora quyoş insoniyat qança xunrezliklar qilsa ham, doim dunyoni çaroğon qiliş uçun nur soçadi. Kitoblar quyoşday buyuk. Quyoş olamni yoritsa, kitoblar insonning qalbini nurga töldiradi. Bundan uç-tört yil avval yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişlari sust ekanligi asosiy muammo edi. Lekin Prezidentimiz muammoga yeçim sifatida şunday ğoyani örtaga taşladilarki, bu ğoya butun dunyoga örnak böldi. Bugun yurtimizda “Kitob öqigan maşina minadi”, degan şior millionlab yoşlarning qalbiga kirib bordi. “Yoş kitobxon” tanlovining ötkazilişi, ğoliblarga “Prezident sovğasi” sifatida maşina sovğa qilinişi butun dunyoga örnak qilsa arziydigan taşabbus böldi.
Xudoyberdi Töxtaboyevning romanini öqişdan boşlangan kitoblar olamiga sayohatim meni ham tanlovda qatnaşişga undadi. Öqilişi kerak bölgan kitoblar röyxatini körganimda köpi bilan allaqaçon taniş ekanligimdam quvondim. 2017-yilda tanlovning tuman, viloyat bosqiçlarida ğolib böldim. Respublika bosqiçi 2018-yilda böldi. Garçi, ğolib bölmasam-da, “Eng faol iştirokçi” nominatsiyasi bilan taqdirlandim. Tanlovdan söng, oçiği, juda xafa böldim. Yutqaziş alami şu qadar oğirligini bilmagan ekanman. Xonamga qamalib oldim. Ovqat ham yemay qöydim. Şunda dadam yonimga kelib, öşa kitobni, men uçun qadrli bölgan “Sariq devni minib” romanini qölimga tutqazib, “Boşidan boşlaymiz”, dedi-da, boşqa söz demadi. “Boşidan boşlaymiz” jumlasi, garçi ikkita söz bölsa ham, meni şu qadar ruhlantirdiki, xafagarçiliklar ham tarqadi. Faqat, endilikda köproq vaqtimni fanlarga ajratyapman. Tanlovda ham qatnaşib turibman. Doim viloyat bosqiçida örin olaman. Lekin, eng katta maqsadim universitet talabasi böliş. Bu yil jurnalistika universiteti talabasi böliş uçun imtihon topşirdim. Jurnalistikani tanlaşim ham qiziq bölgan. Bir kuni uyimizga ijodim, yutuqlarim haqida körsatuv tayyorlaşga jurnalist keldi. Turli savollariga javob berdim. Hammasi yaxşi edi-yu, lekin şu jurnalistning bir fikri menga yoqmadi. Nima emişki, oilamda universitetda öqiganlar bormikan? Men yöq deb, oddiy dehqon oilasi ekanligimizni aytganimda, jurnalist opa: “Ha, tuşunarli. Unda ziyoli oila deb taniştirmay qöyaqolaman”, dedi. Dadam bilan ayajonim unçalik eʼtibor berişmadi. Lekin menga alam qildi. “Oliy maʼlumotli” degan diplomi borlar ziyoli ekan-u, lekin farzandi uçun rözğoridan orttirib kitob olib beradigan mehnatkaşlar ziyosiz ekan-da!.. Jurnalistning şu gapidan keyin öz oldimga yangi maqsad qöydim. Men şunday jurnalist bölayki, ziyolilikni diplom bilan ölçaydigan baʼzi kişilarga haqiqiy jurnalist qanday bölişi kerakligini körsatib qöyay.
Çindan ham ijod qilişni yaxşi köraman. Ham aql, ham qalb bilan fikrlaşga harakat qilaman. Axir, Ötkir Hoşimov bekorga “Ijodkorda qişloqning qalbi, şaharning aqli bölişi kerak”, deb yozmagan-ku. Hoşimjon haqidagi kitobni, uning sarguzaştlari-yu hangomalarini öqib, juda taʼsirlangandim. Tanlovda yutqazib qöyganimda ham şu kitob bilan ovundim. Kitoblarni har körganimda, mening ham şunday kitoblarim çiqadi, deb niyat qilaman. Niyat qilgan inson, albatta, öylaganiga erişar ekan. Ön uç yoşimda birinçi şeʼriy kitobim naşr qilindi. “Bolalik bayoti” deb nomlangan jajji kitobça çiqqandagi quvonçimni tasavvur qila olmaysiz. “Tilla topgan siçqonça” şeʼrini Hoşimjonning sehrli qalpoqni topib olganidan ilhomlanib yozgandim. Öylab qarasam, “Sariq devni minib” asari mening hayotimni ançagina özgartirgan, ijodkor bölişimga kattagina hissa qöşgan kitob ekan. Albatta, kitobga qançalik mehrim bölsa, uning muallifiga ham muhabbatim çeksiz. Ham ösmirlarga, ham bolalarga birdek manzur böladigan asarlar yozgan yozuvçiga bölgan hurmatim yuqori. Bolaligimdan Xudoyberdi Töxtaboyev bilan uçraşişni orzu qilardim. Bilasizmi, Özbekiston orzular mamlakati. Bu yurtda hamma orzular amalga oşadi. 2018-yilda sevimli yozuvçimning uylariga bordim. Şeʼrlarimni, hikoyalarimni eşitib, qimmatli fikrlarini bildirdilar. Şunday qilib, Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyevning eng kenja şogirdlaridan biriga aylandim. Bu yil “Onam kiprigiga arzimas dunyo” nomli şeʼriy kitobim çop etildi. Yuzdan ziyod şeʼrlarim jamlangan töplamimga sevimli ustozim, Xudoyberdi bobom sözboşi yozib berdilar. Ayniqsa, ularning “Yorqinjon öğlim, ijoding yorqin va bardavom bölsin. Seni quçoqlab, peşonangdan öpib qolaman!” deb yozganlari qanday baxtli yoş ijodkorlar qatorida ekanimdan dalolat beradi. Baʼzi paytlarda öylanib qolaman. Yillar avval dadajonim aynan “Sariq devni minib”ni emas, boşqa kitobni olib berganlarida men bugungi natijalarga erişa olarmidim… Yöq, buni tasavvur ham qila olmayman. Bu kitob menga, mening ruhiyatimga şu qadar taʼsir qilganki, uning natijasida bugun ijod qilib ötiribman.
Karantin davri – kitob öqiş uçun eng qulay imkoniyat vaqti. Köp öqib, yaxşi niyat qilsak, albatta, ğalabaga erişamiz. Tojdor virusning tojini yeçiş qölimizda. Buning uçun birdam bölsak kifoya. Yozganlarimni yanada yaxşiroq anglamoqçi bölsangiz, “Sariq devni minib” romanini öqib köring. Bolalar kitobi-ku, deyişga şoşmang. Çunki, bolalar ruhiyati, bolalar dunyosi kattalarni ham poklaşga qodir. Axir, eh bolaligim qaytsaydi, deganlarning qançasini eşitgansiz. Keling, ham xayolotda, ham hayotda bola kabi pok va samimiy, töğrisöz bölişga harakat qilib, bir-birimizga mehribon bölib qolaylik.
Yorqinjon Hayitboyev
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 15-maktabning
11-sinf öquvçisi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


