- Xalq va şoir
Qalb qöriqçisi
Yayrab-yayrab kulmasa, töyib-töyib yiğlamasa, zavq-şavqqa tölib ketganida qalbi junbişga kelmasa, iztiroblar girdobida qolganida olov bölib yonmasa, yaşaş, yaratiş, qay bir hayotiy aqida-qatʼiyatlarini ötkaziş uçun qizğin kuraşlarga çoğlanmasa, odam odammi?
Ana şunday öta hissiy lahzalarda dilida söz qaynab, uni qoğozga tökmasa, şoir şoirmi?
Xöp, bu-ku bir kişining zavq-şavqi, orzu-öyi, niyat-maqsadi, ehtiros-iztirobi haqida ekan. Butun bir xalqning könglida keçgan his-tuyğu, dard-hasrat, ğam-kulfat, quvonç-baxtni kim izhor etadi? El qalbini kim qöriqlaydi?
Şoir!
Tarix şunga guvohki, şaxsiy-insoniy dardini öz xalqi dardiga aylantirib kuylay olgan şoirgina asrdan asrga ötadi.
Şoirlar adabiyot tarixidan “şaxsiy dard” va “xalq dardi” degan ikki qutb oraliğidan öz isteʼdod va mehnatiga yaraşa örin oladi.
Hayot bölganida 2021-yilning 21-martida Abdulla Oripov 80 yoşga tölar edi. Bugun u oramizda yöq. Lekin uni körgan-bilganlar yodida yorqin-yorqin xotiralar qoldi.
Bu buyuk sohibi qalam xususida 14–15 yoşimdan beri öylab yurganlarim bir-bir xayolga kela boşlaydi.
Şunda beixtiyor ustoz Matyoqub Qöşjonovning ötgan asr 70-yillari örtalarida bir yiğinda aytgan: “Abdulla yana 25–30 yil ijod qilsa, asrning millat qalbidagi bor dardini qoğozga tökib ulguradi”, degan eʼtirofi esga tuşib ketdi.
Rost, XX asrning sönggi 40 yildan oşiqroq davrida Abdulla Oripov xalqning bir asr mobaynida könglida tugib yurgan köp gapini aytib ulgurdi hisob.
Ijtimoiylik
Şeʼr ustalarining ayrimlarini “ijtimoiy şoir” degan guruhga kiritiş adabiyot ilmi nuqtayi nazaridan qançalar töğri bölar, bilmadim-u, lekin negadir, Abdulla aka haqida şu taʼrif miyada aylanaveradi.
Bir kuni özlariga ham aytdim: “Birinçi muhabbatim” şeʼri ham, aslida, faqat muhabbat mavzusida emas”, – dedim. “Bu yoği – özlaringizga havola”, deb qöya qoldilar.
Çunki, axir, bu şeʼrni teranroq muşohada qilsak, aynan yigitning qizga muhabbatidan köra kattaroq, aniqroği, ijtimoiyroq maʼno-mazmun borligini anglaymiz-da.
Özi, asli, asr-asrlik mumtoz adabiyotimizda işq orqali butun bir hayot falsafasini, insonning yaşaşdan maqsadi-yu butun borliqning öz Yaratuvçisiga inon-ixtiyorsiz, hatto majnunona talpinişini qalamga oliş bor va bu bir tizim darajasiga kötarilgan edi. Şuning uçun kitobxon sifatida biz “Birinçi muhabbatim”dan ham ana şunday, Navoiy “Lison ut-tayr”da taʼkidlaganidek: “Söz – özga, maʼni – özgadur”, qoidasidan kelib çiqib mazmun qidirişga mantiqan tayyormiz.
Avvalo, şeʼr lirik qahramonning bir tongda – ruhidagi maʼyuslik ajib bir sokinlik uyğotgandagi kayfiyati izhori bilan boşlanadi. Yoşlik ham goh zavq, gohi töpolon bilan ötgan. Qalb iymon bilan ayri tuşgan kezlar ham bölgan. Umrning çorak asri ortda qolgan. U şuni tuşunib yetganki:
“Dunyo” degan şundayin anglab bölmas sir ekan.
Biroq hali orzulardan judo bölgani ham, yulduzday kulgani ham, Oy kabi sölgani ham, gul misol sarğayib bölgani ham yöq.
Xöş, nima bölgan özi unda?
Bu şeʼrda yoş qalbning hayot u öylagandan tamom boşqaça, öta murakkab, faqat ezguliklardangina iborat emasligini, odam boşida yölini yöqotişi ham, ğussaga botişi ham, çorasiz qotişi ham borligini anglab, bolalik-yoşlikdagi pok, beğaraz, begard-begidir tasavvurlarining özgarganidan açiniş, uni endi heç qaçon qayta topolmasligidan ökiniş hissi – hukmron. Köngil öşa pokiza hisni qömsaydi. Uni izlaydi. Unga siğinadi…
Bir işqiy şeʼrdaki, şunça ijtimoiylik bölsa, şoirning butun ijodida ijtimoiy mavzu qanday örin tutadi?
Abdulla Oripov bu jihatdan ustozi Ğafur Ğulomga öxşaydi.
Vaterlooda Napoleon nima xato qildi?
Abdulla Oripovning bir şeʼri:
Vaterlooda xato qildi Napoleon, –
deya boşlanadi. Buni tuşuniş uçun, avval Napoleon Bonapart kimligini, Vaterloo qayerda ekanini, bu jangda kimning qöli baland kelganini, Fransiya hukmdori qaysi xatosi asosida mağlub bölganini… biliş kerak-da.
Vaterloo – hozirgi Belgiya hududidagi maşhur qişloq. 1815-yil 18-iyun kuni uning yaqinida Fransiya bilan Angliya örtasidagi uruşning qaqşatqiç, hatto, hal qiluvçi jangi bölib ötadi. Avvaliga Napoleonning qöli baland kelayotgan edi. Biroq keyin, baribir, angliyaliklar ğolib çiqadi. Çunki Napoleon laşkarining bir qismini duşmanga yordamga kelgan Prussiya armiyasini jang maydoniga kirişdan tösib turişga taşlaydi. Ammo nemislar uzoq masofani aylanib ötib, baribir, jangga qöşiladi. Napoleonning qöriqçilik qilib turgan kuçlari esa amalda jangga qatnaşmay, qolib ketadi. Oqibatda Napoleon laşkari Prussiya armiyasining yordami bilan kuçayib ketgan marşal Vellington boşqargan ingliz armiyasiga yutqazadi.
Vaterloo jangi haqidagi ana şu tafsilotlardan bexabar öquvçi bu şeʼr tub mohiyatini tuşunib olişi – juda qiyin.
Bu asarida şoir talmeh sanʼatidan foydalangan.
Ğafur Ğulom ijodida ham bu sanʼat nihoyatda köp qöllangan. Tarixni yaxşi bilmay turib, bu ikki şoir ijodini töla tuşuniş aslo mumkin emas.
Xalq – boş timsol
Bu ikki şoir ijodida şeʼriyat xalq bölib sözlaydi.
Ularning ijodida millatning şonli va qonli tarixi bugunga, şu zamonning hodisasiga aylanib ketadi.
Şuning uçun bu sohibi qalamlar asarlari orasida talmehsiz şeʼr – yöq hisob. Oçiği, xalqning dardini öziniki kabi his etiş “ijodkorman” deganning hammasiga ham nasib qilavermas ekan. Şundaylarni bilaman, boşiga ne qora kun tuşsa ham, mard bölib çidaydi, miq etmaydi. Lekin noxos bir surnay nola qilsa, köziga bafurja yoş keladi. Nega? Surnay nolişi xalqning hasrati bilan qorişib ketgan-da. Yurakni ezib yuboradi. Uning milliy pardalariga tegib ketadi.
Xalqniki böliş – Abdulla Oripovning buyuk orzusi. U “Biznikilar” şeʼrini:
Koşkiydi, ahli yurt turib tepamda:
“U bizniki edi”, – desalar, –
deb tugatadi.
“Tilla baliqça”da esa baliqçaga emas, aslida, keng dunyodan majburan uzib qöyilgan badbaxt xalqqa rahmingiz kelib ketadi. “Men neçun sevaman Özbekistonni”da Vatanni boyliklari, Quyoşi, paxtasi, jannatiy boğlari uçun emas, şu yerda ONA XALQ yaşayotgani uçun sevişi aytilgan. “Özbekiston” qasidasida-ku xalq boş timsolga aylangan. Uning nozik nuqtalarida öşa paytda hukmron bölgan şöro siyosatiga zimdan qarşi ğoyalar ustomonlik, yaʼni şoirona mahorat bilan singdirib yuborilganini köramiz.
Mana, Sohibqiron Amir Temur haqidagi öşa maşhur band:
Keçmişing bor, çindan ham, uzoq,
Ilğay olmas barçasin közim.
Maqtamasman moziyni biroq,
Ötmişingni öylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot çiqdi mağrur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqşatdi oqsoq jahongir.
Demam bu kun: “U manim, manim”
Özbekiston, Vatanim manim.
“Maqtamasman moziyni biroq”, – misrasidagi “maqtamasman” sözini “maqtayolmayman” deb tuşunasiz. “Demam bu kun: “U manim, manim”, – satridagi “demam” kalimasini nozik şeʼrxon “demayman” deb emas, “deyolmayman” tarzida anglaydi. Çunki şoirning asl maqsadi ham şu edi.
Şunday jahongir bobosini “meniki” deyolmayotgan bir qaram zamonda xalq dardini bundan boşqa yana qanday aytsin?!
Qasidaning:
Kolumbda bor alamim manim, –
misrasini avvallari faqat, okeanning nari yoğida ham bir qitʼa borligini Abu rayhon Beruniy bobomiz tölqinning qaytişiga qarab, Xristofor Kolumbdan bir neça asr oldin başorat qilganiga işora, deb tuşunar edim. Hozir bu satr yanada boşqaçaroq – kengroq tasavvurlar tuğdiradi. Aynan Kolumb Yevropadan Hindistonga dengiz yölini oçiş ğoyasi bilan çiqib, özi mutlaqo bilmagan holda Amerikani kaşf etgan. Lekin, baribir, köp ötmay Yevropadan Hindistonga dengiz yöli oçildi. Şu-şu Buyuk Ipak yölining ahamiyati pasaydi. U batamom yöq bölib ham ketdi. Xalqimiz ana öşa Buyuk Ipak yöli bizni tark etganidan bu yoğiga jahon taraqqiyotidan uzilib qola boşladi. Dunyo bizni taşlab qöydi. Buning jabrini hozirga qadar tortib kelayotganimiz heç kimga sir emas… Bu misra – hatto, yillar ötib, kişida ana şunday tamoman yangi tuyğu, mulohaza-yu muşohada ham uyğotaverişi bilan qadrli.
Mazkur şeʼrning yana bir milliy tomirlarimizga taʼsir etib, maʼyus bir hazinlik uyğotadigan bandi bor:
Keç kuz edi, men seni kördim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o dehqon yurtim,
Turar eding yalangtöş, yayov.
– Taşqarida izillar yomğir,
Kir, bobojon, yayragil biroz.
Deding: – Paxtam qoldi-ku, axir,
Yiğiştiray kelmasdan ayoz.
Ketding, umri maxzanim manim…
Özbekiston, Vatanim manim.
Şoirning “bobojon”i kim? Dehqon yurt! Ona xalq! U “umri maxzan”. Yaʼni uning hayoti – xazina. Yomğir demay, qor demay, paxtasini öylaydi. Uning birozgina yayraşga ham vaqt-fursati yöq.
“Genetika” şeʼrining lirik qahramoni ham yakka şaxs emas. Unda Şiroq, Alpomiş, Bobo Kayfiy, Uluğbek, Navoiy, Bobur, Eryigitov, Rahimov bekorga tilga olinmagan. Xalq sifatida kelajakka bizdan nima fazilat meros bölib qoladi? Şoirni şu masala bezovta qiladi. Javob esa – uningça, şunday:
- Qolar kuraşlarda toblangan xayol.
- Buyuk bardoşimiz qolgusi, axir.
- Özni bağişladik kuraşga butkul,
Demakki, yaşadik oromga taşna.
- Haqqa, haqiqatga taşna ötdik biz.
- Biz ham yetuklikka bölmadik timsol.
Bu dilgir misralarning özinigina muşohada qilganda ham, şoir şöro zamonidan iç-içidan norozi ekanini anglab oliş qiyin emas. Şuning uçun uning butun umidi – kelajakdan:
- Balki oro topib başar sayqali,
Tuğilar eng oliy inson, mukammal.
- Lekin sen bölarsan bokira mutloq,
Lekin sen yaşarsan farişta misol.
- Labda tabassum-u közda yoş bilan
Senga talpinaman, buyuk nabiram…
Biroq bu xalqning odamiylik darajasini kötara olmagani şoirni bezovta qiladi va u boşqa bir şeʼrida:
Qaçon xalq bölasan, ey sen – olomon! –
deya bong uradi.
Bu şöro zamonida aytilgan. Istiqlol tufayli biz bir butun xalq bölişning eng qulay imkoniyatini qölga kiritdik.
Xalqning ğanimi – şoirning ğanimi. Yomonligi şundaki, bu duşman ham tilida “xalqim” deydi. Aslida esa, har sözida yurtni uluğlagani bilan, uning:
Amal poyasida – ikkala közi.
Doimo “xalqim” deb kökragiga urib yurganlardan baʼzilarining ham:
Bir qöli köksida, bir qöli biroq,
“Tozalab” turadi xalqning hamyonin.
(“Aktyor”)
Yozuvçilar boğidagi bir yiğinda Abdulla aka: “Baʼzan xalq bir kişi timsolida ham namoyon bölişi mumkin”, degan edi. Bu taʼrifni Temur, Navoiy, Bobur, Fitrat, Qodiriy, Çölpon haqida bemalol aytiş mumkin. Bugun şu safga Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning özini ham bemalol qöşiş mumkin. Nazarimda, bunday zotlar, hatto, tuşlarida ham özbek xalqi dardini körgan bölsa kerak.
- ALIŞER NAVOIY VA ABDULLA ORIPOV
Mumtozlik
Alişer Navoiy 1441, Abdulla Oripov 1941-yili tuğilgan. Sirli hodisa – orada roppa-rosa 500 yil farq bor.
Ammo bu ikki şoirni bir-biriga boğlab turgan narsa faqat şugina emas.
Ayrim şoirlar yozma şeʼriyatga özlari vakili bölgan lahja yoki şeva unsurlarini haddan taşqari köp olib kirişga intiladi. Ehtimol, bu ham unçalar yomon uriniş emasdir. Çunki şu tariqa tabiiylikka erişiladi, muayyan mintaqa til iqlimi paydo qilinadi, adabiy tilimiz yangi-yangi söz va iboralar bilan boyiydi va hokazo.
Ammo Abdulla aka adabiy tilga öta sadoqatli, yozma nutq talablariga qatʼiy amal qilib qalam suradigan şoirlarimizdan edi. Uning şeʼriyatida bahsga sabab böladigan söz, ifoda va ibora topolmaysiz hisob.
Bir tilşunos “Men neçun sevaman Özbekistonni?” şeʼridagi “paxta ösmaydimi” ifodasiga eʼtiroz qilgan. Çunki tilimiz qoidalari böyiça, “çigit ekiladi”, “ğöza parvariş qilinadi”, “paxta teriladi”. Ammo şoir, ehtimol, “paxta yetiştirilmaydimi?” ifodasini vaznga soliş qiyinligidan kelib çiqqan, balki “paxta” sözining el orasida maşhurroqligini hisobga olgandir.
Şoir avval-boşdan yozma şeʼriyatning mumtoz namunasini yaratişni niyat qilgan va bunga erişgan edi. Qolaversa, adabiy tilga millatni millat qiladigan, atrofida hammani birlaştiradigan öta qudratli va sohir kuç yangliğ qarar edi. Uning maşhurligi, ommabopligi zamirida ana şunday nozik jihat ham yotar edi.
Tilimiz uç katta lahjaga bölinadi. Bular – qarluq-çigil, qipçoq va öğuz lahjalari. Qipçoq lahjasi – lisonimizning asl turkiy iforini eng köp saqlab qolgani bilan alohida ahamiyatga ega. Garçi adabiy tilimiz, asosan, qarluq-çigil lahjasiga suyansa-da, qipçoq lahjasidan turkiy xazina sifatida unumli foydalanib kelyapti.
Ammo…
Bir şoir tilimizning qipçoq lahjasi asosida şeʼrlar bitib, kitob qilib çiqaribdi ham. Xuddi qirğizça öqigandek böldim.
– Aka, bu maʼqul yöl emas. Axir, siz baxşi emassiz-ku, şevada ijod qilaversangiz, Yozma adabiyot yaratmoqçisiz-ku, – dedim.
Keyin tan olib, Abdulla Oripov ham unga xuddi şu tarzda tanbeh berganini aytdi.
Eʼtirofga eʼtirof
1991-yili “Navoiy yili” böldi. Televideniyeda Najmiddin Komilov boşlovçilik qilgan körsatuvda Abdulla Oripov bilan birga qatnaşdik.
– Sizni öqirdim, eşitardim, bugun, mana, xursandman, tanişib oldik, – dedilar.
– Biz sizni bolalikdan öqiymiz, – dedim şogirdona mamnuniyat bilan.
Televideniyedan çiqdik. Negadir, Najmiddin aka içkarida muharrir bilan maslahatlaşib qoldilar.
– Yöq, Najmiddin aka bilan xayrlaşmasdan ketiş yöq. Kutamiz, – dedilar Abdulla aka hovliga çiqqanimizdan keyin. Navoiyşunos Alimulla Habibullayev bilan ikkalamizga:
– Bir narsani eşitib qöyinglar. Najmiddin domla adabiyotning yuragini biladi, – dedilar. Biroz ötib yana: – Töğri, falonçi domlalaringiz ham yomon emas, zör, – dedilar ustozimiz tengi bir professorning nomini tilga olib. – Lekin u adabiyotning faktik tomonini köproq biladi, yuragini Najmiddin akaçalik his qila olmaydi.
Bu buyuk şoirning uluğ olimga bahosi edi.
Endi Najmiddin Komilovdan eşitganimni aytay.
– Abdullajonning oldida xato qilib qöyişdan çöçib turaman. Köp narsani biladi-yey, – dedilar bir kuni Najmiddin aka.
Poydevor
Şoirlar ijodini turli mezonlar bilan baholaş bor. Gap – masalaga qaysi jihatdan yondaşişda.
Kasb taqozosi bilan köproq mumtoz adabiyotni öqişga töğri keladi. Biroq şuni sezganmanki, zamonaviy söz sanʼatining ayriça bir mehrigiyosi böladi. Çunki unda aks etgan hayot – köngilga yaqin, xoh tasvirlangan timsol bölsin, xoh könglini tökayotgan lirik qahramon bölsin – sizga zamondoş.
Endi bir gapni aytsam, unçalar örinsiz bölmas, deb öylayman. Boşqalarni bilmadim-u, negadir, Çingiz Aytmatovni öqisam – nasriy asar yozgim, Abdulla Oripovni mutolaa qilsam – şeʼr bitgim kelaveradi.
Axir, adib adibga, şoir şoirga yelka tutişi, köprik bölişi kerak. Adabiyotning yuksak namunalarigina kelajak söz sanʼatiga çinakam poydevor böla oladi.
Dunyoning eng zör ikki sohibi qalami özimizning Markaziy Osiyomizdan çiqqaniga har qança faxrlansak kam.
Xalq yaşar ekan, adabiyot ölmaydi. Har zamon şoir yo yozuvçisi öz davri sözini aytişi lozim. Bu jihatdan Abdulla Oripovning 1967-yili bitilgan mana bu sakkizligida juda teran maʼno ifodalangan:
Özimni moziyning bağriga urdim,
Va şu on şukrona aytib qaytdim men.
Kimdir körmay ketgan baxtni men kördim,
Kimdir aytmay ketgan sözni aytdim men.
Neni kutayotir ajib kelajak,
U mening iqbolim, mening baxtimdir.
Men körmagan baxtni kimdir körajak,
Men aytmagan sözni aytajak kimdir.
Qöliga qalam tutgan borki, albatta, kimdir aytmay ketgan sözni topib, aytib ketişi zarur.
Navoiy jahonni qalam bilan olgan
Biz tengilarning baxtimiz şuki, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi buyuk şoirlarga zamondoş böldik. Kasb taqozosi bilan mamlakatimizning köplab şahar va tumanlarida maʼruza qilişga töğri kelgan. Davralarda bu ikki şoir asarlaridan parça öqişga hamişa hadiksirab turaman. Çunki odamlar orasida ularning aksar maşhur şeʼrlarini yod bilganlar – juda köp. Xato qilsangiz, tamom-da.
Bir gal Guliston şahridagi Olim Xöjayev teatrida “Özbekiston” qasidasining Navoiyga bağişlangan bandini ataylab buzib:
Beş asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir şer.
Temur tiği yetmagan joyni
Qiliç bilan oldi Alişer, –
deb aytgan edim, butun zal: “Qalam bilan!” – deb baqirişga tuşdi-ku!..
Navoiyni kim yaxşi biladi?
1991-yil sentabr oyi oxirida Navoiy tavalludining 550 yilligi xalqaro miqyosda keng nişonlandi. Bu amalda mustaqillikka erişganimizdan keyingi Özbekistonimizning dastlabki yirik xalqaro tadbiri edi. Xalq bahonada xuddi mustaqillikning özini ham bayram qilayotgandek böldi öşanda.
“Xalqlar döstligi” saroyida eng katta yiğin ötkazildi. Buyuk şoir va mutafakkir hayoti va ijodi haqida aynan Abdulla Oripov katta, sermazmun, keng qamrovli maʼruza qildilar.
Xöş, bevosita navoiyşunoslik bilan şuğullanadigan şunça ilmiy va taʼlimiy muassasalarimiz, şunça professor-u akademigimiz böla turib, nega maʼruza qiliş uçun aynan Abdulla Oripov tanlandi?
Abdulla akaning bunga maʼnan haqqi bor edi. Maʼruzani tinglab: “Abdulla Oripov – Navoiyni tuşunişda hammadan zör!” degan xulosaga kelganman öşanda.
Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniylar avlodi Navoiyni bilgan, albatta. Keyingilardan Ğafur Ğulom, Oybek, Hamid Olimjon, Şayxzoda, Uyğun, Izzat Sultonlar ijodini ham Navoiy asarlari taʼsirisiz tasavvur qiliş qiyin. Töğri, şöro davrida Çustiy, Habibiy, Sobir Abdulla, Çarxiy, Vosit Saʼdulla va boşqa ayrim şoirlarimiz aruz vaznida samarali ijod qilişni davom ettiraverdi. Ammo, oçiği, bu yönaliş özbek şeʼriyatining asosiy jabhasi hisoblanmas edi.
Biroq şundan keyingi şoirlarning katta bir toifasi yetişib çiqdiki, ular, rostini aytganda, Navoiyni öqimadi. Hatto, öqiş – şart, deb ham hisoblamadi. Bunga köp-köp ijtimoiy sabablar ham bor, albatta.
Töğri, heç kim heç kimni falon şoirni öqimaslikda ayblay olmaydi. Ammo, ehtimol aynan şu sabab bölib ham, şeʼriyatning darajasi pastlab ketdi. Holbuki, Navoiyni öqimay turib ham, özbek şoiri böliş mumkinmi özi?!
Ana şu katta, yaʼni köp yillik tanaffusni Erkin Vohidov bilan Abdulla Oripov buzdi. Bular, avvalo, Navoiydan ulgi oldi. Uning ijodini, özbek şeʼriyatining buyuk sarçaşmasi, deb bildi. Axir, özbek adabiyoti bir butun daraxtga öxşaydi. Navoiy ijodi – uning ildizi yangliğ. Abdulla Oripov ijodi ham aynan ana şu baquvvat ildizdan oziq olib, rivojlangan.
Şoirning ustozlari kimlar edi?
2010-yilning kuzi edi. Zarafşon şahridagi eng haşamatli madaniyat saroyida Özbekiston xalq şoirlari – Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, taniqli şoira Farida Afröz iştirokida katta uçraşuv ötkazilyapti. Davrani kamina boşqarib boryapti. Şunda Abdulla akaga: “Ustozlaringiz kimlar?” degan savol tuşdi. Negadir, ustoz umumiyroq qilib javob qaytardilar. Şunda men özlaridan ruxsat olgan bölib, bugun eslaşimça, taxminan şunday dedim:
– Abdulla Oripov şeʼriyatiga uç salaf şoir ijodining taʼsiri kuçli. Qofiyalarning puxta-pişiqligi, misralarning ravonligi jihatidan Hamid Olimjondan, ijtimoiy-siyosiy ruh ustunligi Ğafur Ğulomdan, xalqona ifor Mirtemirdan ötgan. Lekin şoir ijodiga kuç berib turgan eng katta manba – Alişer Navoiy ijodi.
3.ABDULLA ORIPOVNI QIYNAGAN ILLAT
Öz közini öygan kas
Odamzodda hasad yöqolsa, Navoiydan keyin yöqolar edi. Çunki, ehtimol, jahon adabiyotida hali heç kim bu jirkanç illatni uluğ bobokalonimizçalik tasvirlab bermagandir. Hasad – turgan-bitgani johillik. Hasadgöy, agar boşqalarning közida bir nur körsa, şundan ham kuyib, kul böladi. Johillikning darajasini qarangki, endi şu birovning közidagi nurni ham olib, özining köziga joylamoqçi. Lekin, axir, buning uçun uni örnatiş niyatida özining ham közini öyadi:
Johilki, hasad bölğay aning jahliğa zam,
Nur el közidin anglasa, öz közida kam,
Közlarni alişmoqqa çekib tiği sitam,
El közini ham öyğa-yu, öz közini ham.
Hasadning darajasini bundan oşirib tasvirlaşning imkoni bölmasa kerak. Hasad Navoiydek zotning ham jon-jonidan ötgandirki, şu aççiq satrlarni qoğozga tuşirgan.
Şoirni nima köproq qiynagan?
Abdulla Oripov tasvirida Boburni ham hasad qiynagan:
Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.
(“Bobur”)
Şoir:
Şukr, bas, degança ğanimlarim bor, –
deya axborot berar ekan, öziga hasad qilganlardan nolib qoladi:
Biroviga yoqmas jindak jurʼatim,
Biroviga yoqmas men yurgan yölak.
Nogoh biror joyda çiqsa suvratim,
Biri uxlay olmay qiynalsa kerak.
Hasad – Abdulla Oripov şeʼriyatining asosiy mavzularidan. Erinmay sanab çiqdim. Kamida 30 dan ortiq şeʼr – şu yo şunga yaqin illat haqida.
Mana bu misralar ham şoir ijodida mazkur mavzu qançalar işlangani haqida tasavvur beradi:
Voajab, qay bir zot, öz umri qolib,
Mening qadamimni ölçab yuribdi…
(“Umr”)
Bekor qolganida, baʼzida sekin
Bir-birin tagiga suv quyar.
(“Suv”)
Çunki bu olamda sen uçun, hatto,
Oddiy insonlikni köp körganlar bor.
(“Şukrona”)
Bir qaraşda, zakiy zotsiz,
Bir qaraşda, donosiz,
Ammo, bilmam, qay jin urmiş,
Yaşolmaysiz iğvosiz.
(“Tarbiya”)
O, qança yurakni etmişdir asir,
“Hasad” deb atalgan qora bir balo,
Oftobim, şular ham kun körsin, axir,
Zulmat qalblariga yubor nur – ziyo.
(“Momo Havo”)
Fitratni, Qodiriyni, Çölponni kafansiz kömgan ham, Mirtemirga “taşlangan”, uni umr böyi yegan ham hasad edi:
Sizga taşlanmadi, oh, ne-ne zotlar,
Ular har möminga taşlanar edi.
Taşlanmasa, dili ğaşlanar edi,
Ular puçak jonlar, aqli bedodlar.
(“Karvon”)
Oyoği osmonda iğvogar zoti
Ayri tili bilan izğib yurardi.
(“Inson manzarasi”)
Hasad xudbinlikdan kelib çiqadi va kişini dilozorlikka undayveradi:
Xudbin va dilozor kimsaning, axir,
Oğzi qon yirtqiçdan qanday farqi bor?!
(“Qöriqxona”)
Uçinçi odamning ham hasaddan xoli bölişiga heç bir kafolat – yöq. Şuning uçun şoir unga iltijolar qiladi:
Qöllarim köksimda, betinç, betoqat,
Taʼzimlar qilurman senga uşbu dam.
U – menmi, u – senmi, kim bölma, faqat
Senga insof bersin, uçinçi odam.
(“Uçinçi odam”)
Mana bu misralar ham hasadçiga aytilgan:
Men özga manzilga tikkanman közim,
U – sening kulbangdan juda ham yiroq.
(“Dunyoni qizğanma”)
Şoirga bir umr karvonining itlar orasidan ötişi qattiq alam qiladi:
Lekin alam qilar,
Bir umr giryon
Itlar orasidan
Ötsa karvoning.
(“Deydilar…”)
Boşqa barça hayvonlar öz qavmiga aslo qiron keltirmas ekan. Xalq topib aytadi: “Qarğa qarğaning közini çöqimaydi!” Lekin, afsus:
Oh, faqat odamzod – farzandi başar
Bir-birini mahv etiş qasdida yaşar.
(“Qonuniyat”)
Yolğiz bir jumboqqa aqlim yetmadi:
Qaydan tuğiladi, bilmadim, hasad?
(“Idrokim boriça yaşadim faqat…”)
Özi oddiygina,
Kam yöq işida.
Tonnalab kömir bor
Lekin içida.
(“Hasadgöy haqida”)
Hatto, “Hakim va ajal” dostoni ham aynan hasad haqida:
Murodi ne – anglagandi hakim begumon,
Yoqar edi Mirzoni raşk, hasad kör-u kar.
Yoki:
Men – Iblisman, odamlarning özidan çiqqan,
Sen – zakosan, yöqdir seni körarga közim.
Bilmadim, Şekspirning Yagosidan keyin inglizlardan hasad qançalar yöqolgan, lekin Navoiy tasviridagi hasadidan öz közini ham öygan odamdan bu yoğiga bizda u kamayganday körinmaydi.
Umuman, hasad – ojizlik belgisi bölsa kerak. Odam uçun ham, xalq uçun ham.
Abdulla Oripovdek “xalq” degan buyuk insonni hasad şu xalqda, uning illatlari qatorida borligi köproq iztirobga solgan bölsa, ajab emas.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda 2015-yili Özbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovaning Abdulla Oripov bilan ötkazgan suhbatini körib qoldim. Unda buyuk şoir hasadçilar umr böyi u kişini qançalar taʼqib qilganini alam-hasrat bilan gapirib, bir gal Şarof Raşidov asrab qolganini, bir safar David Kugiltinov şeʼrlarini Moskvada çop ettirib, qanday qöllab-quvvatlagani, hatto iş qama-qamaga ham yaqinlaşgan mahalda Ozod Şarafiddinov: “Agar Sizga bir gap bölsa, yoningizga borib, yotib olaman”, deganini esladi.
Şunda, hasad – şoir lirikasining boş mavzularidan, deganimda haq ekanman, deb öylab qoldim.
Insoni komil orzusi
Dunyo dunyo bölganidan buyon u aql tantanasi uçun kuraş maydoniga aylangan. Bu oson keçadigan jang-u jadal emas. Qaytanga, aql – köproq ozor çekişga majbur:
Vujudimni teşar yillar şamoli,
Yurak tilka-tilka turfa ozordan
(“Ötinç”)
Şoirning bitmas armoni – insonni komil, yaʼni mukammal köriş. Bu “Genetika” şeʼrida kuçli ifodalangan. Lekin uning köp asarlarida ham ayni motiv u yoki bu tarzda qayta-qayta qalamga olinaveradi. “Yillar armoni”da öqiymiz:
Mukammal körmoqçi böldik dunyoni,
Yetuk bölolmadik özimiz biroq.
“Inson manzarasi”da şunday satrlar bor:
Oyoğin zaminga qadagan sobit,
Komil inson zoti ne çoğlik yuksak.
“Dunyoda diyonat hali mavjuddir…” şeʼrida:
Inson orzusiga hali yetmagan, –
misrasiga duç kelamiz.
Inson komillikka intilaveradi. Adabiyot bu yölda unga kamarbastalik qilaveradi.
2021/3
Sultonmurod OLIM,
filologiya fanlari nomzodi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


