Har gal «Yoşlik» jurnalining yangi sonini qölimizga olarkanmiz, xayolimizdan bir öy ötadi: naşrimizning xalqimiz orasida ommalaşişi, obrö qozonişida ne-ne qalami ötkir ustozlarimizning xizmati singmagan deysiz! Buning uçun jurnalning köpyillik taxlamlariga köz yugurtiriş kifoya. Ibratli tomoni şundaki, bundan 20-30 yil oldin çop etilgan badiiy asarlar, maqolalarning aksariyatini bugungi kunda ham maroq bilan öqişimiz mumkin. Bu hol öşa paytlarda işlagan isteʼdodli muharriru muxbirlarning öz işiga nihoyatda halol, masʼuliyat bilan yondaşgani mahsulidir. Ming afsuski, ularning ayrimlari bugun oramizda yöq, özlaridan ölmas meros qoldirib, boqiy dunyo ostonasini hatlab ötdilar. Könglimizga taskin beridagan jihat şuki, bugungi kunda ham adabiy davralarimizga fayz bağişlab turgan, jöşqin ijod qilayotgan faxriy «Yoşlik»çilar talaygina. Ularga harqança taʼzim qilsak, minnatdor bölsak – oz.
27 iyun – Matubot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida «Yoşlik»ning navqiron ijodkorlari jurnalning faxriy xodimlari xonadoniga borib, ularni bayram bilan qutladilar. Ijodiy maslahatlari, ögitlarini olib, fikr almaşdilar. Ustozlarning boy tajribasidan bahramand bölib, duolarini oldilar. Jumladan, jurnalning sobiq boş muharrirlari – Özbekiston xalq şoiri Omon Matjon, Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik hamda fidoyi ijodkorlar – Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulçehra Jörayeva, taniqli şoir Yöldoş Eşbek bilan bölgan suhbatlar nihoyatda samimiy, jonli keçdi. Ustoz adiblar jurnal tarixiga doir xotiralari, mahorat sirlari bilan örtoqlaşdilar va «Yoşlik» jurnalining bugungi ijodiy jamoasiga omad tiladilar.







“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


