3 daqiqada öqiladi

3 742 marta körilgan

Lolaqizğaldoq şeʼri tuğilişi

Abduqayum Yöldoşev

Rahmatli (bu sözni tilga oliş naqadar oğir!) Yöldoş Sulaymon, Muhammad Yusuf uçalamiz “Neksiya”da Qöqonga ketayotgandik. Muhammad akaning maşqi pastroq edi. Angrenda ovqatlangandik, taomlardan nomiga totinib qöydi, xolos.

Dovon yölida adabiyotdan, şoirlardan gaplaşib ketayotgandik. Tösatdan haydovçi magnitofonda öşlik hofiz Muhammadkarim Soipov ijrosidagi “Osmon töla havolar, menga havo yetmaydi” qöşiğini baland qilib qöydi. Beixtiyor “qult” etib yutinib olgan Yöldoş aka:

– Şavkat Rahmonning vido şe’ri bu, – dedi piçirlab. Oldingi örindiqda ötirgan Muhammad aka qölini yuqori kötarib “jim” işorasini qildi.

Mungli qöşiq tugagunça maşinada heç kim “çurq” etmadi. Qöşiq tugagan palla yoş boladay taʼsirçan, köngli böş Yöldoş aka:

– Oh, – deb yubordi.

Şu lahza Muhammad Yusuf biz tomon ögirildi va heç bir muqaddimasiz, kiriş sözisiz, bir oğizgina:

– Eşitinglar, – dedi-da… yoddan şe’r öqiy ketdi:

Mendan nima qolar:

Ikki misra şe’r,

Ikki sandiq kitob,

Bir uyum tuproq.

Odamlar ortimdan

Nima desa der,

Men seni öylayman

Özimdan köproq –

Lola, lolajonim,

Lolaqizğaldoq!..

Tasavvur qiling: dovon yöli, maşina sassiz yelib bormoqda, salonda esa bizga ögirilib olgan Şoir közlarini yumgan köyi heç bir baqir-çaqirsiz, ohista, biroq iztirob va alam bilan, baayni yurak dardini aytib berayotganday şe’r öqimoqda…

Şukrki, köp şe’r davralarida bölganman, köplab şoirlarning öz asarlarini mahorat bilan öqiganligini körganman. Ammo haliga dovur heç bir şoir öz asarini bu qadar dard bilan aytib berganini eşitmagandim…

Şe’r esa çindan ham “dahşat” edi… Tomoğimga muştday bir nima kelib tiqilganday böldi…

Köksim kuyib borar,

Kökrak yonmoqda.

Ayting döxtirlarga,

Yorişsa yorsin!

Jism öz ulfati –

Jondan tonmoqda.

Beçora jon endi

Qayerga borsin.

Endi osmon yiroq,

Endi yer yumşoq,

Lola, lolajonim,

Lolaqizğaldoq…

Şeʼr tugadi.

Qarasam, boladay beğubor, soddadil Yöldoş Sulaymon yum-yum yiğlamoqda edi. Men ham köz yoşlarimni tiyib turolmadim…

Oradan bir soatça vaqt ötdi. Höqandi latifga yaqinlaşganimiz mahal bizga öxşab neçukdir ma’yus tortib qolgan haydovçi taniş bir hofizning ijtimoiyroq mavzudagi bir qöşiğini qöydi. Aşulaning boşlanişini eşitgan Muhammad aka qöl siltadi:

– Bölmaydi… Qöşiq xalqni birlaştirişi kerak. Bu bölsa… öçiring…

Qöqonda bizni kutib olişib, şinamgina dalahovlidan joy qilib berişdi.

Tasodifan, Muhammad aka ikkalamiz bir xonaga tuşib qoldik.

Ana şunda men şeʼr yoziş baʼzilar öylaganiday oson iş emasligini öz közim bilan kördim. Soat tungi bir böldi, ikki… uç… Muhammad aka uxlamaydi, kiçkinagina xonamizni qadamlab ölçaydi: xonaning u boşidan-bu boşiga borib kelaveradi, kelaveradi… Hazillaşgan böldim:

– Tölğoq qiyin keçayapti, şekilli…

Muhammad aka miyiğida jilmayib qöydi:

– Vaqti-soati yetmagandir-da…

Qöqon şahar hokimiyati taklifiga köra nahorgi oşga bordik. Qarasam, Muhammad aka mezbonlari, muxlislari davrasida xuddi keçasi töyib uxlagan, miriqib orom olgan odamday yayrab ötiribdi.

Umuman, Muhammad aka – agar yanglişmasam – vodiyga borganida yaşnab ketardi. Öşa safar ham uçraşuvlardan söng u kişi Toşkentga qaytib ötirmay, Andijonga jönarkan:

– Onamni körmasam bölmaydi, – degani keçagiday yodimda…

Yana bir eʼtibor bergan tomonim: qayerga bormaylik, Muhammad aka bizni mehmon bilib, mulozamat qilar, mezbonlarga ham avval bizni taniştirarkan, maqtovni sal köproq qilar va albatta:

– Men bu bolani yaxşi köraman, – deb qöyardi.

Bunday maqtovlarga “Yoşlik”ning barça xodimlari sazovor bölişgan…

Abduqayum Yöldoşev, yozuvçi

2004/2-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)