17 daqiqada öqiladi

225 marta körilgan

Yozuvçining öylari

Fozil Iskandar

Bolalikdagi xotiralarimning eng qadrlilaridan biri bu – boşlanğiç sinf öqituvçimizning darsda “Kapitan qizi” asarini ovoz çiqarib öqib berganida men tuygan zavq bölgan, desam xato qilmayman. Bu men uçun özgaça bir baxtiyor daqiqalar edi. Bunday daqiqalar köp bölavermaganidan, biz ularni butun hayot yölimizda avaylab olib ötamiz. Birinçi muallimga yolçiganlar eng baxtli odamlar, menimça. Men ana şunday baxtlilardan biriman.

Aleksandra Ivanovna mening birinçi öqituvçim bölgan. Umrimning poyonigaça men unga çeksiz muhabbat va minnatdorçilik bildiraman.

Baloğatga yetgaç, Marina Svetayevaning Puşkin haqidagi yozuvlarini öqidim. Bu bitiklardan menga maʼlum böldiki, bölajak isyonkor şoira “Kapitan qizi”ni öqirkan, sirli içki bir işonç bilan qaçonlardir baribir Pugaçyovning paydo bölib qolişini kutgan. Men esa xuddi şunday holatda har doim Saveliçni kutardim.

Doim xavotirda yuradigan bu pöstinli kişining öz Petruşasiga bölgan heç bir mulohazasiz muhabbati va sadoqatiga qarang! Favqulodda taʼsirli! Nahotki Saveliç xizmatkor bölsa? Darvoqe, aslida u, haqiqatan, vaziyat xöjayini! Petruşa Saveliçning özini çulğab olgan “şafqatsiz” mehri va sadoqati oldida himoyasiz. Petruşaning Saveliçga qarşilik qilişga jurʼati yetmaydi, çunki u nihoyat darajada xokisor odam va tuşu­nadiki, bu “şafqatsizlik” aynan mehr-u sadoqat tufayli.

Bolaligimdayoq “Kapitan qizi”ni eşitib, xöjayin va xizmatkor örtasidagi butunlay ğalati – örin almaşgan munosabatlardan hayratga tuşganman: xizmatkor xöjayin-u, xöjayin esa itoatda. Va xuddi şunday munosabat ortida xizmatkor öz xöjayiniga iç-içidan sodiq, mehribon. Mehr – hamma narsaning ustuni.

Körinadiki, Puşkinning özi ham ana şunday mehr va sadoqat qarşisida ojiz qolgan, ehtimol, Saveliç qiyofasida u Arina Rodionovnani qayta qömsagandir.

Badiiy asar muvaffaqiyatini asoslovçi eng muhim va betakror belgi bu – kitob­xonning asarga yana qayta murojaat qilişi, öqişi, bi­rinçi bor öqiganda tuygan zavqining takrorlanişidir. Turli hayotiy tösiqlar sabab biz sevimli asarimizga qaytolmasmiz, ammo yana öqiş işonçi va orzusining öziyoq qalblarimizni tölqinlantiradi, hayajonga soladi, kuç beradi.

Hayotda madaniyatli odamni ömariş, aldaş qan­çalik oson, lekin maʼnaviy muno­sabatga kelganda buni amalga oşiriş naqadar muşkul. Taqdir taqozosiga köra barça narsasidan mosuvo bölib qolgan bunday odamni boşqalar bilan soliştirib köring: turmuş zarbalari oldida baribir yengilmasligiça qolaveradi.
Uning xazinasi ğaladon yoki xumçalarda emas, dunyo maʼnaviyati ğaznasida saqlanadi. U katta yöqotişlardan keyin ham öziga özi: men hali Betxovenni tinglaşim mumkin-ku, Tolstoyning “Uruş va tinçlik”, “Kazaklar”ini qayta öqiy olaman-ku, demak, hali hammasi tamom emas, desa, ajablanmang.

Ösmirligimda Dostoyevskiyni öqib, taassurotla­rimdan larzaga tuşganman. Haligaça işonçim komilki, “Jinoyat va jazo”ni öqiganlar orasida odam öldirib qöyişi mumkin bölganlar bu romanni umuman öqimay turib, qotillikka qöl urganlardan köra kamroq. Gap bunda ham emas, Dostoyevskiy jinoyatga yaraşa odilona jazo haqida gapiradi.

Xullas, Dostoyevskiy uşbu romani orqali köz öngimizda insonning murakkab ruhiyatini ostin-ustun qilib taşladi. Tirik mavjudotning murakkab ruhiyatini aniq tuşuna borganimiz sari, uni mahv etiş şu qadar qiyin keçadi.

Odam içida qandaydir açi­niş tuyğusi bilan bölsa-da, daraxtni bemalol kesib yiqitişi mumkin, jonivorga şafqatdan ustun kelib, göştga mol söyişi ham mumkin, ammo odam öldi­rişga kelganda esa, baribir qarşi­sida közga körinmas tösiqni his qilib turadi, menimça. Ana şu tösiqning özi odam ruhiyati­ning murakkabligidir. Qotillikka çoğlanarkansan, bir vaqtning özida köp narsalarni, eng muhimi, özligingni öldirayotganingni sezmay qolasan kişi.

Odamkuşlik bu – yer yuzidagi bor tiriklikka tajovuzdir. Qotillikda eti qotgan odam ruhiyati öta jön, deyarli hayvondan farqi yöq. Uning uçun qatl mol söygan bilan barobar.

Bir gal men, keyinçalik şafqatsizlarça boltada çopib öldirilgan, taniqli ruhoniylari­mizdan biri Aleksandar Men otadan söragandim:

– Biror marta bölsin, jonlini bejon qilganmisiz?

– Bitta qovoğarini hadeb ça­qişga qasd qilgani uçun öldirganman, – dedi afsuslanib.

U ulkan diniy va ilohiy madaniyat sohibi edi.

Dostoyevskiy haqida yana ikki oğiz. Uning qahramonlari yuzida hali unça yaqinlaşmagan, ammo boşlanib kelayotgan jahonşumul halokat alangasi bilinar-bilinmas ifodalanib turadi. Va bu qahramonlar halokat yaqinlaşayotganini içki sezgi bilan his qilib turişadi. Öz qalblarini halokatdan asrab qoliş umidida hovliqib, entikib, talaşib-tortişib, jon-jahdlari bilan zör berib intilişadi yoki Karamazov otaga öxşab, böhron oldidan hayotda “yotib qolgunça, otib qol” qabilida yöl tutadilar. Tobora siljiyotgan alanga uning qahramonlari botinida tiriklik hissini yuz karra kuçaytiradi. Favqulodda dohiyona fikrlar, sözlar uyumi bilan yonma-yon kelaveradi. Juda ixçam qilib, hikmatlar bilan bezab gapirib ötiriş uçun Dostoyevskiy qahramonlarida vaqt yetişmaydi. Halokat yaqin, hali köp muammolarni hal etişga ulgurmoq kerak, haqiqatan, yuz berayotgan vaziyatning özi-da ehtirosli sözamollikni kötarmaydi. Aks holda bunçalik tabiiy çiqmasdi bu asar.

Aslida Dostoyevskiy uslubining tub mohiyati ham ana şunda. Halokat oldidan esankirayotgan qahramonlarining holati – yozuvçi şaxsiy hayotining aynan özi: jallod kundasi, surgun, tutqanoq azobi adibga xos ğazabnok uslubni tuğdirgan.

Umuman, öziga xos uslub bu – haqiqiy sanʼatkorning mutlaqo betakror, yakuniy özgarmas haqiqatlaridir.

Yozuvçi qançalik mohir, qançalik gapga usta bölmasin, agar öquvçini öziga jalb qiladigan uslubga ega emas ekan, bunday yozuvçining yozişga arziydigan maʼnaviy haqiqatlari puçdir. Ijodkorning şaxsiy, ijodiy uslubi istagan taxayyulni haqiqatga aylantiradi. Öz navbatida, uslubsizlik buning teskarisini amalga oşiradi. Uslubni göyo yelkan bilan şamol hosil qilgan kabi sunʼiy yasab bölmaydi. Yozuvçilar Dostoyevkiy va Tolstoyga öxşab, özaro bir-biriga qarama-qarşi minglab narsalar haqida fikr ayta olişi mumkin, qaçonki buni öz şaxsiy uslubi oqimida eplasa, şunda hammasi haqiqatga dönadi.

Şu joyda men Gorkiy yozib qoldirgan, uning Tolstoy bilan suhbatidagi bir epizodni eslatmoqçiman. Faqat mazmunigina yodimda.

– Erning yuragini ezadigan ayoldan qörqgulik, – dedi Tolstoy.

– Lekin “Kreyser sonatasi”da, – Gorkiy bizni hayratga solgan butunlay boşqa mavzuga işora qilarkan, – siz buni teskari maʼnoda aytgansiz, – dedi.

– Men tötiquş emasmanki, doim bitta qöşiqni takrorlayversam, – javob qildi Tolstoy.

Bungaça ikkalovi tötiquşlar töğrisida gaplaşayotgandilar.

* * *

Men özim uçun ğayritabiiy tuyulgan ayrim narsalar töğrisidagi farazlarimni aytib ötmoqçiydim. Daholar millatning eng qoloq turmuş tarzini ham gullatib yuborişga qodir. Taʼbir joiz bölsa, ular millat dardining davosidir.

Fahmimça, umummoziy istiqbolida xuddi şunday bölib kelgan. Rus mumtoz adabi­yotidagi insonparvarlik pafosi köp eʼtirof qi­lingan. Tomas Mann bu adabiyotni yuksak deb bilgan. Şuning öziyoq daholarning qahri qattol rus hayotiga taʼsiri, ziddi zahri emasmikan?

Buyuk olmon falsafasi va musiqasi – jahonşumul madaniyat nemis hayotining yana­yam omilkor, yanayam moddiylaşişiga turtki bölmadimi?

Fransuzlarning hammaga maʼlum-u maşhur soğlom tafakkuri, Blok aytganiday, öşa “gallarga xos qatʼiy maqsad” fransuzça mulohasizlikka qarşi taʼsirning natijasi emasmi?

Millat dahosi öz millatdoşlariga qarata göyo “Qaddingni rost tut! Buni eplaysan. Axir, men körsatib berdim-ku, iloji bor!” deya hayqiradi.

Istagan bir millat vakilini töxtatib, “Millatingdan yetişib çiqqan daholarni sanasang, kimligingni aytib beraman,” deyiş mumkin. Yoki teskarisiga.

Millat dahosi yana bir ğayritabiiylikka ega: fransuzlarning Puşkinga taʼsirini yaxşi bila­miz. Dostoyevskiyning Shillerdan ulgi olgani ham bizga maʼlum. Yoki Dostoyevskiyning butun jahon yangi adabiyotiga taʼsirini heç kim inkor qilolmaydi.

Bitta buyuk milliy yozuvçi yetişib çiqişi uçun u köplab boşqa millatlardan “çang­lanişi” kerak böladi. Demak, millat özligini çuqurroq anglaşining asosiy şartlaridan biri özgalarni biliş, özgalarga payvandlaniş ekan. Daholarning tuğilişi xalqlar bir-biriga yanada yaqinlaşişi kerakligini körsatib turibdi. Siyosiy liberalizm (millatlar yaqinligi ğoyasi) isbotlaşga urinayotgan narsani madaniyat allaqaçon amalda isbotlab qöygan.

* * *

Şoirlarning öz şeʼrlari ular hayotini sirli bir tarzda boşqaradiganga, qismatlariga ilohiy hukmronlik qiladiganga öxşaydi. Eng peşqadam rus şoirlari şeʼrlarini yodga olarkanman, aqalli birortasining bölsin ölim haqida yozganini aytolmayman. Heç qaysisi. Faqat Mayakovskiy, Yesenin va Svetayevadan taşqari. Afsuski, uçalasiyam hayotini öz joniga qasd qiliş bilan intiholadi.

Poetik söz va şoir qismati örtasida qanday rişta bölişi mumkin? Aftidan, biz bu savolga töliq javob topolmasak kerak. Mantiqan olib qaraganda, buni şunday tuşuntiriş mumkin: biz sanagan fojiali qismat egalari özlarini tez-tez çohga urib turişardi va ehtimollar qonuniyatiga köra qaçonlardir baribir unga qulaşlari aniq edi. Şunday böldi ham. Lekin, menimça, bu mutlaq işonçli asos emas. Negaki, Dostoyevskiydan ortiq ayançli qismat egasini topiş muşkul bölsa kerak. U baʼzan emas, butun umr tubsizlik qaʼrida yaşadi. U insoniyat tez orada tuşkunlik domiga tuşib qolişi mumkinligini bila turib, uni astoydil örgandi, qutqariş yöllarini izladi.

Şoirda ham boşqalardagi kabi çidab bölmas oğriqlar paydo bölganda, hayotdan nafratlanib ketgan damlarida bu laʼnati yaşaşdan qutulib qöyaqoliş istagi yöq emas.

Biroq bu istak bilan badiiyatida muhrlangani orasida ulkan farq bor, çamamda. Iblis esa, xuddi şu şeʼrni guvoh qilib olib, öz xojasiga yetkazadi: “Mana, uning hukmi! Özi şuni istadi!” Iblis ana şunday “isbot”ga öç.

Şoir sözi amalining mağzidir. Şeʼrlarida ölim istab, yaşaşda davom etarkan, şoir özini göyo uyatsiz qarzdordek his qiladi. Va ertami-keç­mi baribir vijdon portlaydi: “Aytganim boşqa-yu, amalim boşqa”. Yagona yöl bu maşʼum şeʼrlar uçun tavba qilişda, lekin netongki, nafrat ham şeʼrning özida aytilgan-da.

Eng maʼquli, garçi bu tuyğu paydo bölganda ham şeʼrda na öziga, na özgaga va na Vatanga, heç kimga ölim tilamaslik.

Bu gaplar bilan men şoirning samimiya­tiga, köngliga daxl qilmayapmanmi? Ha, men şoir­ning gunohga botgan köngliga qarşiman. Riyo har doim qoralangan, agar samimiyat gunohga olib boradigan bölsa, u ham qorala­nişga loyiq.

Hayot maʼnisiz ekan, uni tark etişdan boşqa mardonavor yöllari ham bor. Har bir ti­rik jon öz-öziga: “Yaşaşning imkoni bölmagan hayot özi töxtaydi, mabodo, töxtamasa, demak, sabrdan boşqa yöl yöq”, deyişi kerak.

Şunday bir mulohaza bor: boşidan dard ötkazgan odam juda yaxşi biladi, hammasi ötib ketgaç, hayot unga bor musaffoligi bilan quço­ğini oçadi. Bu – sabr uçun hayotning unga mukofoti, aniqroği, Yaratganning marhamatidir.

Şu bahonada men rus adabiyotining kumuş asri deb nom olgan davri xususida gapirmoqçi edim. Bizda bu davrni alohida hurmat bilan tilga olişadi. Haqiqatan, bu davrda buyuk Blok, buyuk Bunin yaşagan, darvoqe, kumuş asrdan nafratini ayamagan boşqa isteʼdodli yozuvçilar ham bölgan.

Tan oliş kerak, bu asr bizning madaniya­timiz va millatimizga ezgulikdan köra köproq yovuzlik keltirdi. Bu axloqsiz hissiyotlarga haddan taşqari yöl qöyilgan, heç ikkilanmay mistikaga berilgan, inson ojizligini masxaralab zavqlangan, eng muhimi, tubanlikka itqituvçi ğazabga iştiyoq, hatto barçasini yakson qiladigan iblisona harakatlarga oçiqdan oçiq çorlovlar davri böldi, deyiş mumkin.

Bryusovning “Bölğusi xunnlar” şeʼrida kumuş asrning butun ğoyasi öta samimiyat bilan ifodalangan, ehtimol, eng yaxşi şeʼri ham şudir.

Qayerdasiz, ey, siz, bölğusi xunnlar,

Bulutmi qopladi butun dunyoni?

Eşitdim çöyanday dupurlaringiz

Hali, huv, körinmas Pomir ortida.

Va endi şeʼrimning şunday yakuni:

Ehtimolki, abad izsiz yöqolar,

Faqat bizgagina bölgani ayon.

Ammo, sizga – mening jonim olganga,

Kulib, quçoq oçgum madh ila şoyon.

Öz-öziga hukmning madhiyasini qarang! Naqadar murakkab şaxs. Öşa davr kitobxoni şeʼrni öqib, qoyil qolgani aniq. Bryusov qançalik isteʼdodli bölmasin, avvalo, inson emasmi, aslida u aytarli darajada murakkab şaxs ham emas, aksinça, şunçaki sodda, hatto şu sodda muğambirlik bilan yozgan madhiyasini xunnlar göyo eʼtiborga oladiganday yöl tutadi. Haqiqatan, paydo bölib qolgan yovvoyi­lar Bryusovning bu madhiyasini hisobga olib, unga şafqat qilişdi, ustiga-ustak, yöl-yölakay uluğlab ham qöyişdi.

* * *

Endi did haqida gaplaşsak. Rossiyada bugun bu mavzu öta dolzarb. Umuman, u qayerdan paydo böladi, özi?

Tasavvur qilingki, yovvoyilar ötovida bir taşviqotçi mehmon bölyapti. Issiqqina tança, çöğda pişayotgan göştdan mezbonning ançagina madaniylaşib qolgani sezilib turibdi. Uy egasi çöğda jizillab turgan göşt bölagini oçközlarça oğziga solarkan, tutundanmi, tumov sababmi, birdan burnidan suv kelib qoldi. Burni osti yoqimsiz qiçişdi, yovvoyi öylab ötirmay, navbatdagi bölak bilan yaxşilab qiçiqni qondirdi-da, luqmani oğziga jönatvordi.

Şu payt bizning taşviqotçimiz bunday qiliş yaxşi emasligini tuşuntirişga urinib, yaqinroqdagi guldan uzunquloq bir bargni yulib oldi-yu, burnini artib körsatdi (daströmolça bilan körsatiş qiyinroq, deb öylagan bölsa kerak-da). Yovvoyi diqqat bilan uning gaplariga quloq solib turib, tösatdan favqulodda zakovat bilan şunday dedi:

– Lekin bu göştning mazasini özgartirmaydi-ku!

Haqiqatan, taşviqotçi yovvoyi uçun bu göştning mazasiga taʼsiri yöqligini tan olişi kerak.

Did – taraqqiyot va madaniyat hosilasi. Buni yoş bola misolida kuzatiş mumkin. Hali ongi töliq rivojlanmagan gödak misoli bir yovvoyi, qöliga ilingan narsani oğziga solaveradi. Keyinçalik atrofidagilardan örganganlari bilan sekin-asta öz davrining taʼbini özlaştirib boradi.

Insondagi jismoniy did taraqqiyot bilan yonma-yon rivojlanadi, dedik, biroq fojia şundaki, maʼnaviy did ança sekin şakllanadi. Hatto uning şakllanişi baʼzilarda bahsli ham.

Mening fikrimça esa, inson maʼnaviy didi din va madaniyat orqali şakllanadi.

Asil badiiy asar heç qaçon axloq çegarasidan aylanib ötolmaydi. Bunday asarni öqirkanmiz, nafaqat gözallikdan bahra olamiz, balki özimiz bilmagan holda ongimizni östirib olamiz. Sodda qilib aytganda, mana şuning özi madaniyatning amaliy nafidir.

Lekin madaniyat öz fojiasini pinhon tutadi. Qaçonki madaniyatga ehtiyoj bor ekan, u omma orasiga sekinlik bilan, juda sekin kirib boradi. Şunday haqiqat mavjudki, madaniyatning kiçik bir zarrasi ham xalqni katta mazmun bilan töyintiradi, qolgan boşqa narsalar esa çökindiga aylanib qolaveradi. Madaniyat bilan asosan, madaniyatli kişilargina maşğul. Bundan kelib çiqadiki, u öz-özini yeb bitiradi. Uning fojiasiyam şunda.

Madaniyatning umrboqiyligi nimaga yoki kimga boğliq? Juda oğir savolki, buni butun boşli jamiyat va davlat hal etmoği zarur. Madaniyatdan ayri holda inson ongining texnik rivoji nihoyat darajada ilgarilab ketdi va endi goh terrorizm, goh qölida atom quroli bilan johil diktatorlar, baʼzan yangi paydo bölgan yovvoyilikning yöl qöyib berilayotgan soxta madaniyati, yaʼni bemaʼni kitoblar va öta sayoz, insonning daxl qilib bölmas hissiyotlarini öziga jalb qilayotgan ommaviy axborotlar unga ölim xavfini solib turibdi. Biz maʼnaviy didni namo­yiş qiliş bilan hoziroq bu soxta madaniyatga qarşi ayovsiz kuraşmoğimiz şart.

Millatning ahvoli madaniyatning ahvo­lidan-da fojiali. Dunyo xalqlari, yuqorida aytganim – hali munosib bölib ulgurmagan, ming yillar davomida şakllanib kelgan özining eng zarur anʼanalarini, umuminsoniy madaniyatni yöqotib bormoqda. Bekorga terrorizm xalqaro tus olmadi. Bunda yovuz kuçlar öz xizmatini ayamayotganiga aminman. Millatlar milliy madaniyatidan yiroqlaşdi, umuminsoniylikka qaytiş haqida öylamayapti. Folkner qahramonlari biridan “Öqişga sabring yetadimi?” deb söraşsa, “Matbuotda bölsa, ha, boşqasiga yöq” – deb javob beradi.

Azaldan maʼlumki, ğirt savodsizlik çala sa­voddan köra tuzukroq. Bu ziyolilarga ham tegişli.

…Tajovuz solayotgan qöpollik haqida. Kiçik bir misoli – dohiymizning şunday gapirişni xuşlagani. Adaşmasam, XVIII asr oxiri, XIX asr boşi adabiyotida “qöpollik” sözi salbiy maʼno anglatardi.

“Oşpaz qöpollik qildi. Otxonaga jönatişga töğri keldi”, – deyilgandi.

Dal[1] da bu (albatta, jonli til taraqqiyoti bilan) allaqaçon ikkita bir-biriga teskari maʼnoni anglatuvçi sözga aylanibdi. “Qöpollik” – favqulodda jasorat. “Qöpollik” – favqulodda surbetlik, dağallik, qörslik.

XX asr boşidan bu sözning ijobiy maʼnosi mohiyatan yagona bölib çiqmoqda. Hayotda surbetlik ğalaba qozanayotgani sari, adabiyotda bu söz yanada gözalroq körina boşladi. Endi uni asl maʼnosiga qaytarib bölmaydi. Baʼzan odamlar kulgiga qolayotganlarini sezmay, bemalol bu sözni asl maʼnosiga teskari qöllamoq­dalar. “Surbet-u, lekin qançalik jasoratli”, de­yişadi, göyo heç narsa bölmayotganday.

Şunday qilib, “qöpollik” sözi katta surbetlik ustidan kiçik filologik ğalaba böldi.

* * *

Isteʼdodning matematik tavsifi şunday: Isteʼdod bu – yagona adabiy maydonda kitob­xonlar bilan aloqa uzvlarining umumiy miqdori. Faqat Oneginga xos bandlargina bizga ana şunday nozik riştalarni tuhfa eta oladi, aynan şuning uçun ham “Yevgeniy Onegin” rus adabiyoti tarixidagi genial poemadir.

Puşkin köz öngimizda ruhiy holat tasvi­rini aniq namoyon qiladi. Lekin bunga qanday erişganini sir tutadi.

Sodda qilib aytganda, ijodiy ilhom haqiqatga intilayotgan sanʼatkor uçun beriladigan mukofotdir. Eʼtiqodi butun odam esa buni, ilohiy marhamat, desa, xudosiz: “bu bizning nozik tabiatimizga mukofot”, deyişi aniq. Xudojöy yon bermay: “Sizning öşa nozik tabiatingiz qayerdan paydo bölib qoldi, özi”, deyişdan töxtamaydi. Bu – ibtidodan intiho qadar davom etadigan bahs.

Qarşimizdagi rostakam isteʼdod hosilasi bölgan badiiy asar, bu – öziga xos haqiqat körinişidir. Ammo haqiqatning qamrovi isteʼdod kuçiga, hayotni bilişga, yozuvçi tomonidan qayta işlangan idealga boğliqdir. Ilhom yozuvçini uning ideali çöqqisiga olib çiqib taşlaydi. Bu Tolstoy turgan çöqqimi yoki şunçaki yaxşi yozuvçi Pisemskiy turgan çöqqimi, ularning darajasi bir xil emasligi­ni bizning zakovatimiz ajrata bilişi kerak. Tolstoy öz nuqtasidan hamma narsani kuzatib turadi, çunki uning özi hammaga körinib turibdi. Qobiliyatli boşqa yozuvçi ham özi turgan balandlikdan nimalarnidir köradi va kimlargadir körinadi. Öz navbatida, u daho közi tuşmagan narsalarni ilğaşi ham ajabmas. Qörqamanki, mening bu taskinlarim-da Salerini töxtatolmagan bölardi. Juda muşkul holat.

Ilhom yanglişişi mumkin, biroq aldamaydi. Aniqroq tuşuntirişga harakat qilaman: barça kutilmagan ilhom – har doim mutlaq haqiqat, faqat manzil yasama bölişi mumkin. Ğarbdan Şarqqa tomon yorqin nur taratayotgan taxayyul çizgisini jonli tasvirda ifodalab qöygan şoirga bir marta bölsin quloq tutib köraylik. Garçi şeʼrda körsatilgan makon falakiyot qonuniyatlariga zid ekanligini bilib turgan bölsak-da, bu şeʼrdan zavqlana olamizmi? Şubhasiz, zavqlaniş mumkin. Biz şeʼrdagi tasvirdan zavqlanamiz, hatto şoirning fusunkor işonçi-da odamni zavqlantiradi: qanday körsa, şunday kuylaydi şoir.

Bunday yanglişişning bölib turişi, tabiiy, lekin har doim ham emas. Çunki ilhom­ning özi haqiqatga şaydo va ijodiy tölğoq payti sanʼatkor kirib bora olişi mumkin bölgan jami puçmoqlargaça – hamma yerda haqiqatni köradi. Lekin uni qamray biliş – xayoli faqat şu narsa bilan band kişigagina nasib etadi.

Ming istihola bilan bir gap aytay; qölga qalam olib, yozişga ötirganda faqat rostini yozmoq kerak. Agar haqiqatni yoziş fikri bilan qoğoz qoralaşni boşlagan bölsak, demak, u haqda öylaşga keçikdik: poyezd allaqaçon ketib böldi.

Öylaşimça, yozuvçi va har qanday ijodkor uçun ham dastlabki asosiy ijodiy voqelik uning öz şaxsiy hayoti hisoblanadi. Şu tariqa yozuvçi işga kirişarkan, öz hayotida yozilganlarni ötirib köçira boşlaydi. Bunda syujet ham, qahramonlar ham avvaldan aniq, faqat oqqa köçiriş qolgan, xolos.

Yozuvçi boşqalardan farqli ölaroq, ongida nafaqat öz dunyoqaraşining timsolini yaratadi, balki uni qoğoz ustida kuylaydi. Boşqaça ohang bölişi mumkin emas. Aks holda qolgan barçasi soxta, yoki birovning siyohdonidan tökilgan. Bu şundoq oşkor bölib qoladi va biz birdan, bu sanʼatkorning işi emas, deymiz.

Şuning uçun haqiqiy sanʼatkor avvaliga içki his bilan, keyinroq ongli ravişda öz dunyoqaraşini göyoki ezgulikka xohiş, göyoki özini va atrof-borliqni tozartişga mayl asosida ifodalab boradi. Xuddi ana şu jarayon yozuvçining şaxsiy hayotda erişgan axloqiy şavqini östirişdir. Şunçaki yozuvçi uçun bundan boşqa quvvat manbayi ham yöq.

Viktor Şklovskiy qayerdadir, “Uruş va tinçlik” asarini oddiy odam hatto qayta köçirib çiqişi uçun ham butun umri davomida jismonan ulgurmagan bölardi, deb yozgan. Haqiqatan, eplolmasdi, çunki unda Tolstoydagi kabi bunday ijodiy quvvatni tuğdirgan hayotiy asos yöq-da.

Xato qilmoq, qoqinib-surinmoq barça tirik odamga xos. Jumladan, yozuvçiga ham. Ijodkor şaxsiy hayotining ilk qadamlaridagi xato va qusurlar uning ikkinçi – qoğozdagi umrida ham takrorlanişi mumkinmi? Mumkin, faqat ikkinçi umrda ana şu qusurlarning tavbasi bilinib tursa. Tavbaning samimiyati ruhiy quvvatni oşiradi. Men badiiy yasama xatolarga qarşi emasman, lekin ular quruq nağmalar, xolos. Buning uçun katta ijodiy kuç talab etilmaydi.

* * *

Rossiyada dunyoning eng uluğ şoirlari­dan biri – Puşkin yaşab ötdi. Bizda betakror – puşkinça buyuk va donişmandona uluğvorlik mavjud. Şunga qaramasdan, hali rus hayoti bu uluğvorlikka muvoziy bölolgani yöq, bölmagan ham. Bölgan, aytişlariça, faqat Buyuk Pyotr. Uning isteʼdodiga şubha yöq, afsuski, u inson sifatida eng sönggi timsol. Atrofidagi maslahatçilarisiz birorta ham yetuk podşo yöq.

Şunga qaramay, Yekaterinada ana şu yetuklik körinib turganga öxşaydi: eriga tuhmat uyuştirdi, lekin kartoşkani joriy etdi. Biz­ning bu olima Gretxenimiz harbiy boşliqlarni xuş körgan va öziga yaqin tutgan. Umuman, Yekate­rina davrida har qanday jasur harbiyda unga yaqinlaşiş imkoniyati bölgan. Aytişlariga qaraganda, ehtimol, şu sabab Rossiya aynan Yekaterina davrida harbiy harakatlarni muvaffaqiyat bilan olib borgandir. U armiyani öz şaxsiy qiziqişlari asosida boşqargan. Yöq, bu yerda puşkinça uluğvorlik körinmayapti, heç qanaqasiga yopişmayapti.

Bu qanaqasi? Şunday buyuk şoiri bor Rossiyada uluğvorlikdan zarra ham bölmasa? Axir, Puşkin şu zaminda edi-ku?! Körinib turibdiki, biz Puşkinni yomon öqiganmiz. Ayniqsa, siyosatçilar.

Garçi ğalati tuyulsa ham, haqiqatga yaqin şunday taklif bildirardim: Rossiyaning bölğusi siyosiy arboblari har bir jiddiy siyosiy masalani hal qilişdan oldin xalq oldida qöllarini Puşkinning birorta tomligiga qöyib, özlarini puşkinça donolikka sozlaş uçun uni öqişga qasamyod qilsalar-u, keyingina qaror çiqarişsa.

Boşqa hamma narsani sinab kördik; podşoni böğib öldirib, saroy töntarişi qi­liş böladimi, islohot-u aksilislohotmi, inqilob-u aksilinqilobmi – heç biri samara bermaydi, rus hayotida uluğvorlik yöq.

Puşkin – bizning oxirgi imkoniyatimiz. Agar biz hali ham birov bilan hazillaşişga kuç topolsak, bu yana Puşkinning özidir.

Fozil ISKANDAR

1929-yili Abxaziyaning Suxum şahrida tuğilgan.

1954-yili Moskvadagi Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomlagan.

“Duragay takaning şuhrati”, “Çegemlik Sandro”, “Çiko bolaligi”, “Quyonlar va böğma ilonlar”, “Inson va uning atrofidagilar”,”Heraklning 33-jasorati”, “Şoir”, “Sofiçka”, “Ibtido” kabi önlab asarlari özbek tiliga ögirilgan.

2016-yili Moskvada vafot etdi.

 

Rus tilidan Zuhriddin Qudratov

tarjimasi

2021/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…