Assalomu alaykum, Xoliyor!
Turmuş taşvişlaridan uzilib, yaqin orada öqiganlarim sizning “Oy botmagan keçalar” va “Qanotsiz quşlar” kitoblaringiz böldi. Tabiiyki, mutolaa davomida (hammada bölgani kabi) könglimdan baʼzi mulohaza va taacsurotlar ötdi. Şu bois uşbu bitiklarni yozayotirman. Bilaman, kökayingizda “Gapning dangalini telefon-pelefonda yoki munday bir ötirişda yuzimga aytib qöya qolsangiz bölardi-ku!” – degan öy keçayotir. Ammo, Şukur Xolmirzayev aytganidek, yozişib turişning ham xayrli tomonlari bor…
Oçiğini aytay, töplamlaringizni varaqlayotib, qişloğimni – toşloq köçalarni, kungay adirlarni, tomi qiyşiq uylaru biyday dalalarni kördim. Barçasi bolalik xotiralarimda qanday muhrlanib qolgan bölsa, hikoyalaringizda şunday aks etgan. Ortiqça zeru zabarlar, zöraki tasvirlar yöq. Meʼyorni yaxşi uşlabsiz: baʼzi “qişloqsevar” yozarmanlarday qişloqning şunçaki oddiy tasvirini köpirtirib yoki haddan taşqari ğariblaştirmabsiz. Yoxud falsafaga moyil qalamkaşlarday dehqonu çorvadorning dağal va samimiy munosabatidan nimadir topganday bölib, topildiğingizni öquvçiga zörlab tiqiştirmabsiz. Til borasida ham ança pişib qolganingizni sezdim. Qipçoq lahjasidagi söz, atama va iboralarni joyida qöllagansizki, kitobxon biror joyda luğat titmaydi. Masalan, qarindoşlarining olqişu maqtovlari ostida öqiyotgan talabaga nisbatan: “U şu tarzda, atrofidagilarning havoyi kötar-kötari va qalbida jöş urayotgan his-tuyğular bilan öqişni bitirdi…” degan jumladagi “kötar-kötar” iborasi boşqa tavsifga örin qoldirmaydi. Rosti, bunday teşa tegmagan iboralar örnida işlatilganiga havas qildim.
Obrazlaringiz xarakteri ham öz holiça. Yaʼni, formal adabiyotda uçraydigan oq va qora, yaxşi va yomon tipida emas. Bu holat, ayniqsa, “Uyğoniş azobi”, “Uyga qaytiş”, “Gung momo”, “Sut soğuvçi”, “Uç ölim va bir tiriliş” kabi hikoyalaringizda yaqqol namoyon bölgan. Deylik, “Uç ölim va bir tiriliş”ning boşida öqişdan yiqilib qaytgan Botirga Sattor dökonçi kutilgan xuşxabarni eşitgandek: “Men dadangga aytdim, baland dorga osilma!” deb pişang berişi-yu, uç yildan keyin talabalik guvohnomasini “tuğ qilib” qişloğiga kirib borganida: “E, qoyilman senga! Juda qaysar bola ekansan. Malades! Özimizdan ham çiqsin-da endi!” deya istiqboliga şoşib, xuşomadiga bitta şişa qistirişida ayrim kimsalarga xos qirriqlik ustalik bilan körsatilgan. Çunki oramizda uluğvor şaxslar bilan birga maydakaş nusxalar ham yöq emas. Menimça, yozayotganda har ikkisini teng körib, qanday bölsa şundayligiça qoğozga tuşirişimiz lozim. Busiz muvozanat buziladi. Asar, yuqorida aytganimdek, formal tus oladi va öquvçini işontiriş u yoqda tursin, çalğitişiyam heç gap emas.
Ijodkorni bir-ikki hikoyasida töliq anglab bölmaydi, menimça. Uni yaqindan taniş uçun bir neçta asarini mutolaa qiliş lozim. Şu maʼnoda turli mavzuda, har xil kayfiyatda bitilgan qissa va hikoyalaringiz sizni menga taniştirdi desam böladi. Misol uçun, öqişdan yiqilib qişloğiga qaytgan bola, qiynalib öqiyotgan talaba, soğinçu yetişmovçiliklardan ezilib yurgan personajlarni köp yozgansiz. Öqigan sayin ön-ön beş yil burungi xotiralarim yodimga tuşdi. Şunda sizni oqköngil, dangalçi, işonuvçan va biroz qaysar ekan deb öyladim. Boisi, kişida ana şunday xislatlar bölmasa, yozayotib özini “yaşiradi”, orqa planga oladi. Unday bitiklarda rosmana odam bölmaydi, natijada öquvçini torta olmaydi…
Heçam dangalçiligingiz yöqolmasin, döstim!
Darvoqe, “Har tökisda bir töqol” deganiday, ayrim kamçiliklar haqida ham aytib ötay. Jami yozarlarda bölganidek, siz ham tahrirda oqsoq ekansiz. Işni tugatgaç, matn bilan alohida şuğullanmaydigan körinasiz. Bölmasa, “Sovğa” da: “Yerdagi qalin qor şuʼlasi kökdagi oy nuri bilan uyğunlaşib, ajib bir tarovat kasb etgan” degan mantiqsiz jumlaning surobi töğrilangan bölardi. Nazarimda oyda, yulduzda, şamda, çiroqda şuʼla böladi, qorda emas. Gap “Yerdagi qalin qor kökdagi oy şuʼlasidan jimir-jimir qilib ajib bir tarovat kasb etgan” tarzida bölgani maʼqul edi.
Baʼzan hikoyaning oxiri tezlaştirilgan, gohida juda böş voqelik bilan nuqta qöyilgan örinlar borki, şunday pallalarda “Dangasalik qilibdi-da”, degan öyga bordim…
Xullas, Abdulla Qodiriy bobodan Bahodir Abdurazzoqqaça bölgan zamonaviy özbek prozasi xayolimda oçilmagan qöriqday yastanib yotganga öxşaydi. Şu bois xayolni yiğib olişga majbur etadigan, mağzi töq asarlar yozişingizni tilab qolaman.
Çarçamang!
Anvar Suyunov
1983-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Ğöbdintoğ hikoyalari” kitobi çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


