Zomin seminaridagi hayajonlar, mana neça kun ötibdiki, men bilan hamroh. Aytiş mumkin bölsa, biz Zomin toğlarida tom maʼnodagi adabiyotimiz jonkuyarlari bilan uçraşdik. U yerdagi ijodiy davra, adabiy muhit köz öngimizda şunday bir manzarani gavdalantirdiki, agar biz adabiyotni gözal bir çamanga qiyoslasak, uşbu çamanning uluğvor toğlari, qir-adirlari, etaklarini töldirgan arçazorlari, toşlar bağridan sizib turuvçi buloqlari-yu jilğalari bor. Şu bilan birga, adabiyotimiz maydonida endi niş urib kelayotgan maysalar ham tebranib raqs tuşayotgandek.
Seminar davomida tanişişga ulgurgan tengdoşlarimning ijodini ozmi-köpmi örgandim va ular xususida öz xulosalarimga ega böldim. Havas qilsa arziydigan iste’dodlarni uçratdim, ular bilan birga ijodiy manzillar sari odimlayotganimdan xursand böldim.
Surxon vohasidan iştirok etgan Sadoqat Ergaşeva tört kun mobaynida menga eng yaqin hamroh va dildoş böldi. Bu qizning öqiş va iş faoliyati bilan tanişa turib, bölajak olimaligini bilib oldim. Ayni paytda Termiz oliygohida özining ilmiy izlanişlarini olib borayotgan Sadoqat uçun şeʼriyat, ijod eng sevimli dunyosiga aylanganini his qiliş mumkin. Men şoirlik va olimlikning bir köngilda yaralişi mumkinligiga biroz şubha qilardim. Biroq Sadoqatning şeʼrlarini öqib, adaşganimga amin böldim.
Soat çiqillaydi…
Taşqari zulmat.
Qoronği sukunat alla aytadi.
Mening yuragimda qandaydir xilqat,
Közingni ziyorat qilib qaytadi.
Yoş ijodkor uşbu şeʼri orqali kişini beixtiyor ruhiy olamga, köngil dunyosiga olib kira boşlaydi. Tasvir mahorati va sözlarga yuklangan sirli joziba kişini öziga tortmasdan iloji yöq. Va bularning hammasi çiqillab turgan lahzalar oraliğida sodir bölişi haqiqatda ham juda sirli jarayonga işora qiladi. Uzoqdagi yorning közlarini eslaş, öylaş yoki his etişmi – şu kabi qandaydir holatni şoira gözal tarzda “ziyorat qilmoq” deya ifodalaydi. Aslida ham, bu sehrli olamning sinoatlari köpki, közlarni ziyorat qiliş orqali köngillarni ham ziyorat qiliş mumkin. Eng pokiza tuyğular aynan közlar orqali bir-birimizga köçib yuradi. Ammo şoira bundan ham kattaroq tuşunçalarni dilimizga soladi. Yor timsolida ilohiy işqqa yetişiş maşaqqati turar, ehtimol. Ilohiy bir közlarni ziyorat qiliş orzusi yaşayotgandek uşbu satrlarda.
Soat çiqillaydi…
Ruhim keksayar.
Soniya sen bilan mengaça yöldir.
Muhabbat farzandi sen bölsang agar,
Könglimni pokiza işq bilan töldir.
Yana öşa soat lahzalarida keçayotgan holat. Soniya esa Ul yorni topmoq köyidagi yöl u. Faqat muhabbat farzandining köngillarga pok işqni sola olişi lirik qahramonning topgan iqroridir.
Soat çiqillaydi…
Yurak azobda.
Injiq dunyoyingdan ketmoqlikka şay.
Sen olis ketasan har dam yiroqqa,
Soğinçning qadriga yetsin deb atay.
Bu hijron va visol öyinlaridan zada bölgan yurak nolasi va ular quloqlar ostida jaranglaydi.
Soat çiqillaydi…
Men senga aytsam,
Bu dunning ruhini könglimga kiydim.
Sening huzuringga tiz çökkanimas,
Yuragimni olib ketgani keldim.
“Dunning ruhini köngilga kiymoq” – öziga xos topilma. Oxirgi ikki satrdagi fikr esa qahramonning öziga xos işonçi va jasorati deyiş mumkin. Şoiraning qalb buloqlari şarq falsafasidan, mumtoz lirikadan suv içgan. Uning bir yutuği bu falsafani bugungi zamon kişisi sifatida ayta olişidadir. Sadoqat ruhiyat kuyçisi, uni köproq içkin tuyğular qiziqtiradi. Uning şeʼrlarini öqib kişi ruhiy olam sari yöl oladi.
Kimdir ölçamoqçi böldi harorat,
Dedi: “Suv qaynaydi yuz gradusda.
Sening yuragingning qaynoği qança?”
Ölçadi. Hayron u: “Ming gradusda?!”
Axir bu issiqda erir metallar,
Bu fanda yangilik eltay darakni.
Men-çi ming gradus yuragim bilan,
Erita olmayman bir toş yurakni.
Uşbu misralar jizzaxlik yoş ijodkor Umidjon Qodirovga tegişli. Şoirning maşrabxonligi, ğazallar şaydosi ekani uşbu turkum şeʼrda satrma-satr öz aksini topgan.
Jon dilbar körinur, köza kötargan,
Yölida bir oşiq ğazalin aytar.
Tovonin öpmoqqa suv bölmoq dardi,
Agar oşiqligin aytsa, bu jahon örtar.
Bu törtlikda Maşrab ğazallariga işora seziladi. Ayniqsa, uning qalandarona hayot yölini timsollar bilan tuşuntirişga harakat qiladi.
Neça asrlarki, bor ğorda kitob,
Ustida bir yurak urib turibdi.
“Devonai Maşrab” derlar nomini,
Qalandar ölmagan, hamon yuribdi.
Uşbu törtlikda “Maşrabning dardi köçib yuribdi” degan ijodkorona qaraş mavjud. Umidjonning öziga xos uslubi, qiziqişlari va izlanişlari tahsinga sazovor.
Közlarimga tomçilar tuşlar,
Bir tuşlarki, önglardan avlo.
Neçun meni öşal tuşlarga
Aylantirib qöymaysan, Mavlom?
Uşbu şeʼr sirdaryolik iştirokçi Zarnigor Abdualimova qalamiga mansub. Uşbu misralarda ijodkor öz orzusidagi olamni gözal tuşlariga qiyos etmoqda. Bu olamning önglardan-da aʼlo ekaniga iqror bölmoqda. Umuman, adabiyotning orzusi bölgan yuksakdagi olam haqida ijodkor sifatida köp mulohaza qilamiz. Aynan şeʼrda yoki asarda u haqida darak beriş bedor qalblarning taşna vujudiga özgaça obi-hayot olib keladi. Zarnigorning öziga xos topilmalari bor: “Qanotsan-u hurlikka egiz, Uçmoq uçun munosib tan yöq!” yoki “Avoxirga qadar uyğoqman” kabi satrlari ijodkorlik mahoratini körsatadi.
Zomin seminarida respublika böyiça 27 nafar yoş şoir va şoiralar özlarining ijod mahsullari bilan iştirok etdilar. Kamina ham şular qatoridagi iştirokçiman. Tinglagan şeʼrlarim orasida yuqoridagilardan taşqari Durdona Tursunova, Sobirjon Abdujalilov, Umidjon Qodirov, Halim Malik, Meyrambek Abduqaliyev kabilarning ijodi bilan ham tanişişga muvaffaq böldim. Kiçik guruhimiz safidagi yoşlardan Durdona Tursunova va Sobirjon Abdujalilning şe’rlari çin ma’noda maqtovga loyiq. Xususan, Durdona Tursunovaning “Yuragim – Qaşqadaryo, könglimga quyilmas boşqa daryo” degan satrlari kişini öziga tortadi. Seminarda adabiyot maydoniga kirib kelayotgan yoşlarning barçasida ham ijodkorona nafas bor. Şeʼrni yaxşi anglaş va his etiş mavjud. Obrazli yetkaziş mahorati baland. Mohiyatni anglaş, uni idrok qilişga uriniş sezilmoqda. Yangiliklar ham közga taşlanmoqda. Biroq köplab yoş ijodkorlarda, şuningdek, özimda ham bayonçilik, hodisalarning atrofida yuriş, kitobxonlik kayfiyati, işoraga köp urğu beriş, fikrparastlik, börttirilgan dard kabi kamçiliklar uçrab turibdi. Ustozimiz Qozoqboy Yöldoş aytganlaridek, yaşirib aytişga, aytmay turib aytişga örganmoğimiz kerak. Eng muhimi, milliy özlikni topişga harakat qilmoğimiz lozim. Qolaversa, adabiyot faqat fikr aytiş uçun minbar emas, balki tuyğularni ifodalovçi, insoniyat ataluvçi azaliy, pinhoniy sinoatni namoyon etuvçi san’at ekanini ham his qilişimiz lozim. Biroq uşbu seminarda bizlarga fikr bildirgan ustozlardan Enaxon Siddiqovaning ögitlaridan kelib çiqib aytiş lozimki, şoirlikning maktabi yöq. Uşbu maktabni hayot davomida har bir ijodkor özi uçun özi yaratişi lozim. Yaʼni öz kamçiliklarini özi anglab, töğirlab borsin. Şu maʼnoda, uşbu yozilgan tahliliy yondaşuvimiz alal-oqibat öz ijodimizni ham östirişga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Ozoda Abduraşidova
1993-yili tuğilgan. Toşkent davlat Özbek tili va adabiyoti universitetining Özbek tili adabiyoti fakultetini tamomlagan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2021).
2021/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


