11 daqiqada öqiladi

292 marta körilgan

Yolğiz odam

Haydarköl xayollari

Har galgidek bugun ham sahar turib bobom bilan özimga tahorat uçun suv tayyorladim. Bomdodni otam iştirokida öqidik. Yoz emasmi, hali quyoş çiqmasa-da atrof allaqaçon yorişib ketgan, xuş ovoz bilan “Yosin”ni tilovat qilayotgan otam uni yakunlay deb qolgan edi. Şu payt köça muyulişida bir qora tobora bizga yaqinlaşib kelaverdi. Tilovat tugab duoga qöl oçilganda u kişi ham yurib kelayotgan joyida töxtab, çönqayib ötirgança duomizga qöşilib yuziga fotiha tortdi. Bir-birimizga salom berib ota-bola örnimizdan qözğaldik. Bobom esa joyidan jilmay tasbehini ögirib közlarini yumganiça Yaratganga hamd, payğambarga salovot aytib ötirardi.

Bu har kungi holatning takrori edi. Otam biroz bölsa-da işlab badanini qizdirib oliş uçun boqqa ketar, men esa supa ustidagi örin-körpalarni yiğiştirib, ötiriş uçun joy hozirlar, erinmasdan bordi-keldi qilib dasturxon tuzar, onam bergan şirçoylarni keltirib qöyar, terlab-pişib qaytgan otam yuvinib, dasturxonga ötirişini kutib turar edim. Bobom ham zikrini tugallab, davraga qöşilgaç nonuşta boşlanardi…

Xullas, otam boqqa ketmay, men örin-körpalarni yiğmay, bobom zikrini boşlaşga ulgurmay darvoza vazifasini ötovçi ğov yoğoçdan uzun böyli, qomatiga judayam yaraşib tuşgan kostyum-şim kiygan, yoşi oltmişdan oşgan bölişiga qaramay özini yaxşi saqlagan xuşsurat kişi hatlab ötdi.

Bobomning huzuriga har kuni önlab mehmon kelişiga örganib qolgan bölsak-da, bunçalik erta taşrifdan biroz ajablandik, rosti.

– Assalomu alaykum! Bobo töra, mehmon olasizmi? – dedi mehmonimiz öktam ovozda.

– Va alaykum assalom! Qurbon aka töra, sizni kutib turibmiz özi, keça tuşimga kirgan edingiz, – dedi mehmonga javoban bobom.

Rostini aytsam, bobomning özidan ança yoş, kenja öğli qatori odamga aka töra deb, buning ustiga sizlab murojaat qilgani meni yana bir bor ajablantirdi.

Otam qölini kökragiga qöyib: “Assalomu alay­kum, marhamat qiling”, degança peşvoz yurdi.

– Adaşmasam, Ahadxon töramsiz-a? Keling endi, quçoqlaşib körişaylik! – Mehmon şunday deb quçoq oçdi. Otam ham u kişining şaştini qaytarib ötirmadi. Bobom mehmonimiz bilan bağirlaşib körişar ekan, negadir ikkovining ham közlari namlanganligini kördim…

– Qurbon aka, qani, dasturxonga marhamat, – dedi bobom mulozamat qilib. Nonuşta deyarli suhbatdan xoli, onda-sonda takalluf inobatga olmaganda osoyişta ötdi.

Şirçoydan böşagan kosalar olinib, dasturxonda faqat bir lagan höl meva, kiçikkina çoynakdagi aççiq kök çoy va ikkita piyola qolgandagina mehmon menga taniştirildi (Umuman, bobomning bu odati gohida menga noqulay tuyular, hatto hozir ham kelgan mehmonni atrofdagilarga taniştirmay, buning ustiga taom mahali “oling-oling”dan nariga ötmay kutişni hazm qilolmagan bölsam-da, bobom taomlaniş ustida gaplaşişni yoqtirmasligini yaxşi bilardim).

– Hamidjon, bu kişi mening bölam, Dahbetda ötgan kiçik xolamning kenja öğillari Qurbon aka törangiz böladi, – dedi nihoyat bobom menga yuzlanib.

Biz bir-birimiz bilan qayta hol-ahvol söraşganday böldik. Köp ötmay dadam işga jönadi. Men esa xizmatida qoldim.

– Qurbon aka (bobomning mehmonni yana akalagani ğaşimga tegdi), bu hovuz böyidagi soya keçgaça heç qayerga ketmaydi. Yuring, boğni aylanib kelamiz. Öz qöli bilan uzib yeyilgan meva taʼmi boşqalariga öxşamaydi.

Mehmon rozi bölib ular qözğalişdi. Katta mezbon yoşiga xos vazminlik bilan imillab qadam taşlar, mehmon esa u kişining yonida sukut saqlagança, öyçan ketardi. Möljaldagi yöl yarimlab ham qoldiki, ulardan sado çiqmasdi. Bir paytlar boğ örtasida qör tökib ösgan, kuni bitib qurib qolgaç, kesib taşlangan, endilikda esa kundasigina qolgan yonğoqqa ham yetib keldik. Bobom har gal unga ötirib nafas rostlar, boşqa hamroh bölmasa, menga biror rivoyat aytib berar yoki qarindoşlar töğrisida sörab-suriştirar edi. Hozir ham odatini tark etmadi. Mehmon maysaga çordona qurdi. Men tik oyoqda qolib ularni eʼtibor bilan kuzatdim. Mehmonda dastlabki öktamlikdan asar ham qolmagan, bobomning ham xayoli parişon, buning ustiga ahyon-ahyonda uf tortib xörsinib qöyadi.

Qança vaqt “nafas rostlangani”ni bilmayman, biroq oyoqlarim oğrib ketganidan bildimki, bu hol biror soat davom etgan bölsa, ajabmas. Xayriyatki, otam kelib qolib, yana supaga qaytdik. Nimanidir unutgan ekan. Olib ketgani kelibdi. Mehmon otam bilan katta yölgaça çiqib oladigan böldi. Bobom bilan xayrlaşar ekan, endi ikkovi ham özini tutib ötirmay rostakamiga yiğlab yuborişdi. Ularning allanima deb ğöldiraşidan mehmonimiz bobomga “rozi böling”, deyayotganini tuşuna oldim xolos…

Öşa kuni bobom deyarli kun davomida joynamozidan qimirlamadi. Hatto tuşlikka qayrilib ham qaramadi. Savollarimizga ham javob bermadi. Kelib-ketgan mehmonni içimda rosa sökdim. Ha-ha, aynan sökdim. Qarindoş bölganiga ham qarab ötirmadim. Kasofat? Bobomni nega bu köyga solib ketdi-ya? Qolaversa, u yaramas qanday mehmonki, tayinli suhbat ham bölmadi. Ikkovi bir-biriga tiklab-tiklab nimani gaplaşişdi özi?

Beçora bobomning ötirişini körganingizda edi. Közlari yumuq, joynamozda çök tuşib tasbeh ögirar, gohida közlarini oçib bir nuqtaga tikilgança özidan özi piçirlab, kim bilandir gaplaşar, yana közini yumib olar va yumilgan közlaridan sizgan yoş soqolini namlardi…

* * *

Adaşmasam, ikki-uç kundan söng öşa qarindoşimiz olamdan ötgani haqida xabar keldi. Otam oğalari bilan yiğilib qayergadir ketdi. Bir kundan söng marhumni qişloğimiz mozoriga keltirib, yerga topşirişdi…

* * *

Bu ölim oilamizda eng köp bobomga taʼsir qildi. Ança vaqt oçilib gaplaşmadi. Men esa rivoyat-u hikoyatlardan mahrum böldim. Bundan jahlim çiqqan kezlarda esa ölganiga ham qaramay öşa qarindoşimizdan xafa bölardim…

* * *

Keçki ovqatdan söng otam bobomning oyoqlarini uqalar ekan, tasalli ohangida:

– Dada, Olloning irodasi ekan. Ölim barçamizning boşimizda bor. Ötinib sörayman, özingizni bunçalik siqmang. Salomatligingizga putur yetkazib qöyasiz, – dedi.

Bobom maʼqul işorasida boş irğadi.

– Özi nima bölgan ekan? – deb söradi söngra.

– Insult bölibdi. Miyasiga qon quyilgan, – javob qildi dadam.

– Sababi nima ekan?

– Öşa kuni tuğilgan kunlari ekan. Yubiley qilaman deb restorandan ikki yuz kişilik joyni buyurtma qilibdi. Mehmonlar soat 11 ga aytilgan ekan. Soat ikki bölsayam ön çoğli odamdan boşqa heç kim kelmabdi. Asabi buzilganini ham heç kim eslolmadi. Kayfiyatini buzmay kelganlarni içkariga taklif qilib, xuş-xandon suhbat qilib ötiribdi. Töğrisi, ozgina içkilik ham içgan ekan (Bobom afsus bilan boş çayqab, qovoğini solib oldi). Ikkinçi ovqat suzilganda bir şogirdi kirib kelibdi. Ustozini tik oyoqda tabriklab, ötirişga ham, ovqatga ham unamay, “hoy-hoy”larga ham qaramay çiqib ketibdi-da. Rahmatli, öşa payti özini taşlab yuboribdi. Tez yordam çaqirib kasalxonaga olib borişsa, uzilib bölgan ekan…

* * *

Yaratgan barça dardga davo böluvçi şunday neʼmat ato etganki, bu – vaqtdir. Oradan oylar ötib bobomning rivoyatlarini eşitiş yana nasib qildi. Kunlarning birida marhum qarindoşimiz haqida söraşga jazm qilib, bobomga savol qotdim:

– Bobo, anavi qarindoşimiz bor-ku, birdan ölib qolgan. Öşa kişi özi kim edi? Otamdan sörasam, u kişi ham tayinli javob bermadi.

Bobomning yuz ifodasidagi tabassum örnini allaqanday xayrixohlik, açiniş aralaş ğamginlik egalladi. Birpas sukutga ketgaç, söz boşladi.

– U kişini Qurbonxon deyişardi. Mendan köp kiçik. Katta dadang bilan teng. Senga oldin ham aytganman. Dahbetdagi kiçik xolamning kenja öğli edi. Xolam beçora bizning qişloqqa qöyilgani uçun Qurbonni ham şu yerga qöydik. Otasi ham akasi ham armiyaga ketib qaytmagan.. Bir ukasi bölardi, afğonda qoldi. Xolam rahmatli omonatini bizning uyda topşirdi. Unda sen hali tuğilmagan eding. Şörlik Qurbonning tirikligini bilmay olamdan ötib ketdi.

Bunçalik çalkaş taqdirlar. Yaratgan boşqa bandasiga körgulik qilmasin. Xolam rahmatli beva bölib qolgaç, Dahbetdan kelmay öşa uyning çiroğini yoqib ötirdi. Katta öğlidan ayrilgandan keyin ham köçirib kelaman, deb rosa qistovga oldik. Unamadi. Qurbon böla maktabda yaxşi öqidimi, Moskvaga öqişga kirib ketib, öşa yoqlarda yurdi. Boşida yaxşi edi. Har olti oyda kelib-ketib turardi. Ukasi afğonga ketganda bir keldi-yu bedarak ketdi. Sörab-suriştirsak, öqişni bitirib, öşa yoqlarda işlab qolgan ekan. Xat-xabar ham uzildi. Xolam uç yildan keyin “bolamdan ayrildim” deb dod solib yiğlaganda izlaştirdik. Tula degan şaharga borib izini yöqotdik. KGB degan milisalar “qidirmanglar, u endi yöq” deb, allaqanday qoğozlarga qöl qöydirib orqamizga qaytarib yubordi.

Xolamga Qurbon ölgan deb aytolmadik. Topolmadik, deb yerga qaradik. Beçora ukasi ming ölimdan omon çiqib, uyga qaytaman deb turganda vos-vos bölib qolgan özining örtoği otib qöydi, degan xabar keldi. Lekin jasadi kelmadi. Xolam beçora yotib qolgandan keyin könmaganiga ham qaramay şu yerga köç-köroni bilan olib keldik, uç oyga borib-bormay olamdan ötdi.

Oradan qança yillar ötib, katta dadang Rossiyaga savdo bilan borib gap topib keldi. Qurbon degan özbek bilan tanişib qolibdi. Katta olim ekan. Özini dahbetlik deganmiş. Bu gapni eşitgandan söng mazam qoçdi. Katta dadangga öşaning oldiga olib bor, deb turib oldim. Leningradda ekan. Işxonasidan topdik. Xudoning qudratidan… (Bobom qaltiroq qöllari bilan közlariga quyilib kelgan yoşlarini artib birpas jim qoldi).

– Bölamiz bomba yasaydigan ustaxonaning kattalaridan bittasi ekan. Milisalarning KGB degani şunça yillardan beri heç kim bilan uçraşişga ruxsat bermagan. Endi biroz böşroq qöyib turgan vaqtiga kelib, biz topib olibmiz-da. Meni körib rosa yiğladi. Öşa kuni uyiga bordik. Bir rus ayalga uylangan ekan, Timofey degan öğliyam bor ekan-u germaniyaga köçib ketgan dedimi-yey. Xullas, çol-kampir özlari qarovsiz qolgan ekan-da.

Ikki-uç kun mehmon bölib qaytdik. Xat yozişib turdik. Mustaqillik bölib ketgandan keyin, Qurbonxon bölani işdan böşatganmi yo özi böşaganmi, haytovur kelib qoldi. Kampiri kelişga könmapti. Öğliyam. Baribir olim odam yerda qolarmidi?

Özimiznikilar darrov iş berdi. Bir yil işlab-işlamay bir joyga direktor böldi. Uzoqqa borib ötirmay kotibasiga uylandi. Biroq uyam bizning millatdan emasdi. Toşkent bir qadam bölib qolgandan keyin uning rözğori bilan tanişib, ixlosim qaytdi. Haligi, ikki xonali uy olgan. Gilamni-ku qöya tur, töşagulik narsaning özi yöq. Yalanğoç yerning özi. Uy içida ham şippak kiyib yuradi. Divanda ötiradi. Şunda uxlaydi. Xullas, erta-indin ketadigan musofirday yaşar ekan beçora. Makoniga borgan mehmon yotib qololmaydi, ahmoqgarçilikni qaraki, hojatxonasi ham şu ikki katalakning içida. Kamiga bitta layça it özlari bilan birga ovqatlanib ötiradi…

Xolam beçoraning şu nomaʼqulçiliklarni körmagani ham yaxşi bölgan ekan!

Qarindoş-uruğlar bilan yiğilib örtaga oldik.

– Hoy Qurbonxon, bu qanaqasi, birorta töy-maʼrakaga çiqmas ekansan. Heç kim bilan bordi-keldisi yöq, deb eşityapmiz. Rözğoringni munday epaqaga keltirib ol. Özbekçilikka töğri kelmaydi, axir, – dedik.

– Örtoqlar sizlarga notöğri maʼlumot yetkazişibdi. Özimga yaraşa bordi-keldi qiladiganlarim bor. Töy masalasiga kelsak, bilasizlar, Toşkentda yarim keçasi oşga borişadi. Uyquni harom qilib şu bir çöqim oş uçun ovora böliş şartmi? Bir körganda tabriklab qöysak böldi-da. Rözğor masalasida ilojim yöq. Mening körganim ham, könikkanim ham şu, – deb bizga gap bermadi.

Öşandan keyin uning uyiga borişni yiğiştirdim. Tovba, odam ham şunçalik örislaşib ketarmikan-a, loaqal onasining boşiga yilda bir kelmasdi. Biroq xudoga şukur-ki, insofga keldi. Insofga kelişiyam qiziq böldi-da öziyam. Rahmatlining özi aytib bergan edi.

Uç yil oldin oltmişga kirib, pensiya yoşiga yetgaç, işni qöymoqçi bölibdi. Kattalariga şunday-şunday, pensiyaga çiqaman, desa könişmabdi. Örningizga odam topilgunça işlab turing, topilişi bilan javob beramiz deb aytişibdi. Lekin Qurbonxon bölayam tutgan joyidan kesardi. Ministrga gap tamom, mana ariza, debdi-yu çiqibdi-ketibdi. Ertasiga işga çiqmabdi, indiniga tuğilgan kuni ekan. Uyida dasturxon tuzab mehmonlarni kutibdi. Boldizi bilan Valeriy Pavloviç degan ulfatidan boşqa heç kim kelmabdi. Öşandayam davleniyasi oşib balnisaga tuşgan ekan. Xudo imonini bergur töğri kasalxonadan çiqib ministrning oldiga borib, arizasini qaytarib olib, qaytadan tuğilgan kun qilgan, kasofatçilikni qaraki, heç narsani bilmaganday hamma şogirdlari-yu hamkasblari quçoq-quçoq sovğa bilan kelgan ekan.

Xuddi ötgan safargudek, “Eşon bobo, mehmon olasizmi?” – deb kirib kelib rosa dardini dasturxon qilgan edi.

– Meni xudo urib qöyibdi. Kimligimni unutib qöyibman. Daraxt har qança şirin meva bergani bilan tomiri suvdan uzilsa, qurib qolişini hisobga olmabman. Şu ahvolda kimman? Qaysi yuz bilan özbekman deya olaman-a, – deb yiğlab yubordi.

– Haliyam keç emas, Qurbonxon aka. Heç bölmasa, endi esingizni yiğing. Öğlingizni yoki nevarangizni çaqirib oling. Bir hovli solib köçing anavi qafasdan. Udumlarga eʼtiborliroq böling, – deb tasalli berdik.

– Uç yilda payğambar yoşiga tölar ekanman. Öşanda menam elga oş beraman. Aytganlaringizni qilaman, şoyad odamlar amaldorligim uçunmas, odamgarçiligim uçun yöqlab kelişsa, – dedi rahmatlik.

Oxirgi kelişida tuğilgan kunidan uç kun oldin kelgan edi. Esingda bölsa, senga taniştirgan edim. Beçoraning avzoyi özgarib ketdi, bildimki, işdan böşagan, bildimki, payğambar yoşiga tayyorgarlik köryapti…

Öşanda eʼtibor qilgan edim, közlarida hadik bor edi…

* * *

Arafa kuni otam bilan mozor boşiga bordik. Oilamiz xilxonasi oldida çökib, otam tilovat qildi. Qabrlarni qoplab olib, qovjirab qolgan xas-xaşaklarni tozalagan böldik. Mana bu katta onamning qabri, göri nurga tölsin, ilohim, yaqinda olamdan ötdi. Undan tepada katta bobomizning qabri. Qöyilganiga ham yuz yildan oşgandir. Otamning bitta akasi, yana uç nafar ammasining, bobomning onasi va kiçik xolasining qabri. Biz ularning har birining boşiga bir tupdan qayrağoç ekdik. Şundan söng ortimizga qaytdik.

Mozor darvozasidan çiqib maşinaga ötirişga çoğlanayotgan vaqtimizda katta dadam “Eh”, degança peşonasiga şapatiladi.

– Ha, tinçlikmi, aka? – dedi bundan ajablangan dadam.

– Qurbonxon bölaning boşiga bormabmiz-ku? – deya öz xatti-harakatini izohladi u kişi.

Gap-sözsiz ortimizga qaytdik. Ajabo, u kişining qabri negadir bizning xilxonamizda emas, qabristonning bir çetida – yolğiz qabr bölib tuşgan ekan. Dömpayib ösgan tuyaqorinlar qabr oldigaça borişga imkon bermadi. Katta dadam otamga “ötiramiz” işorasini qilib, birinçi bölib özi çökdi-da tilovat boşladi.

* * *

Uyga qaytgaç, bobomning Qurbonxon böla haqida aytgan uzuq-yuluq hikoyasidan tuzuk-quruq tasavvurga ega bölmaganimni anglab yetdim. Nega odamlar u kişini yomon körgan? Nega hamma u kişini majburiyat yuzasidan yöqlagan? Öz davrining qurboni bölgan, tirik böla turib yaqinlaridan ayrilgan bir beçorada nima gunoh? Axir, u kişi heç kimga yomonlik qilmagan ekan-ku!

Men bu mulohazalarimni otamga aytdim.

– Heç kimga yomonlik qilmayman degan odamdan qörqiş kerak! Negaki, u kimgadir yomonlik qilmaslik uçun yana kimgadir yaxşilik ham qilmaydi.

Otamning javobi şu böldi.

 

Аbduhamid MUXTOROV

1979-yili Jizzax viloyatining Foriş tumanidagi Bolğali qişloğida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan.

“Sönggi qönğiroqdan keyin…”, “Mening tasavvurim” nomli töplamlari naşr etilgan.

 

2021/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…