14 daqiqada öqiladi

261 marta körilgan

Muruvvat

Rustam Jabborov

(Hikoya)

Uç kundirki, Ğulomjonning uyidan keldi-ketdi uzilmaydi. Avvaliga qöni-qöşni, keyin uzoq-yaqindagi qarindoş-uruğ, oşna-oğaynilar kelişdi. Ğulomjon ular bilan quçoqlaşib körişarkan, özini yiğidan tutib turolmasdi. Barça azoblar ortda qolganiga, ozodlik onlari, dilga yaqin insonlarni yana köriş baxtiga muşarraf qilganiga işonolmasdi.

Beş yil! Bu onlarni u tört devor ortida naq beş yil kutdi, 1926 kunni erinmasdan sanab ötkazdi.

Şu muddat içida köp narsa özgaribdi. Köçalar, uylar, odamlar… Öşa mudhiş voqea yuz bergan yili qizçasi 13–14 yoşlarda edi. Şu yil bahorda turmuşga uzatişibdi.

Ötgan işga salavot deydilar. Vaqtni orqaga qaytariş heç bandaning qölidan kelmaydi. Binobarin… öğlining ğamida bir yil içida adoyi tamom bölgan, jigarbandining yöliga köz tikib omonatini Haqqa topşirgan onaizor ham endi qaytmaydi.

– Taqdir ekan, Xudoyim yozganini bandasi buzolmas ekan-da, – deya unga tasalli berdi “karvon kördi”ga kelgan tanişlaridan biri.

– Peşonangga bitilgani şu ekan, oşna, endi bu yoğiga Yaratganning özi qöllasin. Mana, sen kelguningça bolalaring ham yo­ningdan kiradigan böp qolipti, – deya könglini kötardi yana birovi.

Rosti gap ham şu-da! Bölar iş böldi, hayot öz oqimida davom etyapti. Umr oqar daryo, şovullab ötib ketaverarkan.

Roppa-rosa beş yil ilgari şu keça-kunduzda yarador quşdek tipirçilab, yuragini hovuçlagança, tergov hibsxonasida öz ustidan öqilajak hukmni kutib ötirardi. “Ertaga sud” degan kun keçasi bilan mijja qoqmay çiqdi. Öşa kungi yakuniy sud majlisining har daqiqasi uning xotirasiga, miya hujayralariga mahkam joylaşib qolgan.

…Sud zali liq töla edi. Bir tarafdan sudlanuvçining yaqinlari, ikkinçi tarafda marhumning oila aʼzolari örin olişdi. Prokuror ham, advokat ham öz joyida. Tergov davomida ortiqça anglaşilmovçilik bölmagani, ayblov xulosasida hammasi aniq-ravşan körsatilgani uçun sud majlisi ham uzoqqa çözilmadi.
Dastavval sudlanuvçini söroq qilişdi. Ğulomjon tergov jarayonida bir neça marta aytgan iqrorini deyarli özgarişsiz takrorladi.

– Öşa kuni keçqurun qöşni tumandagi tanişimnikiga töyga boruvdim. Töy keç tugadi. Töyda sal… köproq içgan ekanmiz. Köp narsani eslay olmayman. Töyxonadan yarim keçasi çiqqanim, maşinani öt oldirganimni eslayman. Keyin maşina yölda allanarsaga urilgani, ayol kişining jonholatda çinqirgani elas-elas esimda… Bir qarasam… uyga yetib kelibman. Kirib uxladim. Ertalab turib körganimda, maşinamning old qismi majaqlangan, bitta fara sinib yotibdi… Töppa-töğri keçagi yöl böyiça orqaga qaytdim. Töqnaşuv yuz bergan joyni özimça çamalab, yöl-yölakay biror-bir avtohalokat sodir bölgan-bölmaganini suriştirib ketdim.

– Özingizning maşinangiz bilanmi? – uning gapini şart kesib söradi ölja qarşisidagi qoplon vajohati bilan qönğiz möylovli qoralovçi.

– Yöq, özimnikini opçiqmadim, oğaynimning maşinasida edik. Bitta bolani töxtatib söraganimizda, keçqurun bitta raqamsiz maşina şu qişloqda yaşovçi bir ayolni urib ketganini, ayol kasalxonaga yet­may uzilgani, ertalab uni mozorga olib ketişganini aytdi, – Ğulomjon yiğlab yubormaslik uçun lablarini qattiq tişlab oldi. – Şunda öşa maşinaning egasi men ekanimni tuşundim. Töğri içki işlar bölimiga yöl oldim. Ularga ham allaqaçon xabar yetib kelgan, qidiruv işlari boşlangan ekan. Öz ixtiyorim bilan taslim böldim. Bor gap şu!

Zalda favqulodda jimlik çökdi. Biroq köp ötmay sukunatni piq-piq yiği tovuşi bosib ketdi. Ğulomjonning boş kötarib qaraşga majoli yetmadi. Kim u yiğlayotgan? Onasimi? Ayolimi? Qizimi? Balki, marhumaning yaqinlaridan biridir? Kim bölsa ham alhol Ğulomjon ularning yuziga qaraşga qodir emasdi.

Hammasidan ham onasiga qiyin böldi. Beçora onaizor! Uning uçun farzand doğidan ham ortiq azob bormi? Ğulomjonni içki işlar bölimi hibsxonasida saqlanayotgan payti onasi arang ruxsat sörab, körgani kirgan, öşanda ona-bola baravar yiğlab yuborişgan edi.

Öz onasining-ku ahvolini körib-bilib turibdi. Beçora marhumaning volidasi-çi? Qizi­ning ölimini eşitib qay ahvolga tuşdi­ ekan? Ğulomjon-ku, qamoqdan ertami-keçmi qaytar. Yoş umri xazon bölgan juvon-çi?

Sudya ayblanuvçining körsatmalarini bosiqlik bilan tingladi. Keyin savolga tutdi:

– Nega ayolning çinqiriğini eşitgan paytingizdayoq maşinani töxtatmadingiz?

– Bilmadim, öşa payt özimni boşqara­digan holatda emasdim.

– Lekin maşinani boşqardingiz?

– …

– Demak, öşanda maşinada sizdan bölak heç kim bölmagan, şunaqami?

– Ha.

– Sizda “odam urib yubordim” degan fikr qaçon paydo böldi?

– Ertalab maşinaning paçoq bölgan buferi, singan farasini körib…

Şundan söng savol beriş navbati prokurorga yetdi.

– Siz marhumaning homilador ekanini bilarmidingiz?

– Özini tanimasdim, umrimda körmaganman-ku, qanday qilib…

– Savolimga javob bering…

– Yöq…

– Nima sababdan maşinani köçaga raqamsiz haydab çiqdingiz?

– Raqam eski edi. Almaştiriş uçun şaharga olib borgandim. Eskisini olib qolişdi. Öşa kuni nomer tugagan ekan. Uç kundan keyin böladi, deyişdi.

– Maşinani raqamsiz, buning ustiga mast holatda haydaş mumkin emasligini bilmasmidingiz?

– …

Öz mijozini himoya qiliş uçun yollangan advokat qanday hukm çiqarilişini çamalab bilsa-da, vaziyatni yumşatişga tirişardi.

– Agar siz çindan ham odam urib yuborganingizni payqaganingizda unga yordam berarmidingiz?

– Nega yordam bermas ekanman?! – Ğulomjon böğziga tiqilgan hayajonini yaşira olmasdi. – Bilganimda, ayolni şifoxonaga yetkazgan, qölimdan kelgan yordamimni ayamagan bölardim.

– Demak, qilgan işingizdan astoydil puşaymonsiz?

– Mingdan ming puşaymonman. Bir emas, ikki jonning uvoliga qoldim. Şu ikki begunohning örniga özim ölib ketsam qaniydi? Aybimga iqrorman. Har qanday jazoga roziman.

– Iltimos qilaman, – sud kotibiga yuzlandi advokat. – ayblanuvçining bu körsatmalarini protokolda alohida qayd etsangiz.

Çindan ham Ğulomjon öşa paytda ming bir azob içida örtanardi. Bir tomonda yurak yutib sud hukmini kutayotgan onasi-yu jigarbandlari, ikkinçi tomonda ön gulidan bir guli oçilmagan juvon va uning yoruğ dunyoni körmay nobud bölgan gumonasi oldidagi vijdon azobi…

Öşanda sud majlisi uning nazdida yillar qadar çözilgandek böldi. Va bu uzun muddatning har soniyasi çeksiz dard-alam va nadomatga töliq edi. Ayni lahzalarda maj­lisning tezroq tamom bölişini, hukm öqilib, kerak bölsa, hatto tezroq otib taşlaşlarini juda-juda istardi. Şunda özi bu söngsiz iztiroblardan qutular, jigarbandlari ğamida ado bölgan anavi jabrdiydalarning alami ham biroz bölsa-da, bosilarmidi?

Keyin asosiy guvoh – marhumaning erini söroqqa çaqirişdi. Boşiga rangi unniqib ketgan marğilonça döppi kiygan, yuzlari oftob tiğida qoraygan, qotma yigit tutila-tutila öşa mudhiş oqşomni xotirlaşga tuşdi.

– Kasal yotgan qaynonamni körgani boruvdik. Ança ötirib qoldik. Keç qaytdik. Ularning uyi yölning narigi betida edi. Yölni avval men kesib ötdim. U orqada edi. Bir payt uning çinqiriği, maşinaning tormozini eşi­tib… – erkak şu yerga yetganda ovozi titrab ketdi. – Haydovçini körganim yöq. “Jiguli” edi. Nomeri yöq… Beçora… Beçora Nargiz… Ön qadamça nariga uçib ketgandi. Boşi bilan asfaltga urilgan ekan. Atrofi jiqqa qon. Ötgan-ketgan maşinalarga qöl kötardim. Bittasi töxtadi. Lekin… beçora yölda uzildi. – yigit yengining uçi bilan közlarini artarkan, entika-entika qöşib qöydi. – Homi­lador edi. Birinçi farzandimiz…

Şundan keyin Ğulomjon boşqa heç narsani eşitolmadi. Qora kursida qança vaqt muk tuşib ötirganini bilmaydi. Faqat hukm öqilayotgan paytidagina huşiga keldi.

Yetti yil berişdi. Jazo muddatini beş yilda ötab qaytdi. Qamoqda keçgan har bir kun nazarida bir yildek tuyulgandi. Hozir esa öşa maşʼum keça va bugungi kun örtasidagi muddat atigi bir neça soatni taşkil qilgandek tuyuldi.

“Ziyorat”çilarning qadami uzilmasdi. Bir paytlar idorada birga işlagan hamkasblari, sinfdoş döstlari… negadir Murod körinmasdi.
Oila aʼzolari Muroddan minnatdor. Döstining yöqligini bildirmadi. Qölidan kelgan yordamini ayamadi. Garçi Ğulomjonning akalari undan heç qanaqa yordam kutmasa-da, Qumri xolaning maʼrakalarida ham, qizining töyida ham xarajatlarning bir qismini kötardi.

Çin döst şunaqa paytda bilinarkan. Bölmasa, birov uning boşiga yordam sörab borgani yöq. Özi bu yigitning mahalla-köy oldidagi obrösi ança oşib qolgan. Topiş-tutişi yaxşi. Savdo işi bilan Xitoyga qatnaydi. Aytişlariça, hozir ham safarda ekan.

Ğulomjon bolalikdan tepişib katta bölgan. Bir mayizni teng bölib yeyişardi. Öşa kuni qöşni tumandagi töyga ham birga borişgandi. Töy egasi bilan ön yilça avval iş yuzasidan tanişib qolişgandi. Bazm soat önlargaça davom etdi. Dasturxon u qadar tökin bölmasa-da, içimlik serob. Ğulomjonning ayblaş mumkin bölgan bitta-yu bitta aybi – içkilikka moyilligi. Öşa kuni ular ötirgan davradan aroq uzilmadi. Böşagan idişlar­ning soni ortişi barobarida ulfatning ham kayfi oşib bordi. Ğulomjon yaxşigina “otgan” bölsa-da, hali es-hu­şi joyida edi.

U paytda Murod hozirgidek puldor emasdi. Endi maşina olaman, deb yurgan paytlari. Töydan çiqib “Jiguli”ga ötirişdi.

– Yana yuzta kam böldi-da, – dedi Ğulomjon maşinani köçaga haydab çiqarkan.

– E, oğzingga şlang bilan quysa ham töymaysan, jöra, – dedi Murod labiga sigaret qistirib.

– Seni bilmadim-u, lekin men yana qittay olmasam bölmaydi. Hali bizning plan tölişiga ança bor.

– Qöy, jöra, yaxşigina kayfing bor. Yetadi. Jimgina uyingga haydayver.

Ğulomjon unga quloq solmadi. Maşina yöl böyidagi bir çoyxona yonida töxtadi. Oğaynisini qöyarda-qöymay, maşinadan tuşirdi. Taşqaridagi böş karavotga joylaşib olgaç, bitta aroq buyurdi.

Piyolalarni töldirib, birini Murodga uzatdi.

– Böldi, men içmayman, – deya qatʼiy boş çayqadi Murod.

– Odam emas ekansan, – dedi Ğulomjon örtoğiga ola qarab va piyolani bir kötarişda böşatdi.

Şişa yarimlab qolganida, Murod uning qölidan tutdi:

–  Menga qara, ruldasan. Uygaça kamida ön çaqirim yöl bosiş kerak.

– Jörajon, – dedi Ğulomjon mastona ilja­yib, – kerak bölsa, yana bitta arroq içib, seni Hir-rotga oborib kelaman. Kkel, birr şişa arroqdan garov öynaymiz.

Şundan keyin qolgan aroqni içdimi-yöqmi, eslolmaydi. Uzuq-yuluq esida qolgani rulga ötirayotib boşini urib olgani-yu, maşinaning allanimaga urilişi va ayol kişining jon talvasasidagi çinqiriği…

Közini oçganida maşinaning old örindiqlari ustida ğujanak bölib yotar, tong yorişa boşlagandi. Boşi qörğoşin quyilgandek oğirlaşib ketgan, böğzi lovullab açi­şar, dimoğida allaqanday çuçmal, köngilni aynituvçi is örnaşib qolgandi. Qiziq, Murod qayerga tuşib qoldiykin? Garangsib taşqariga çiqdi. Darvozasiga arang yetib keldi-da, gursillatib tepa boşladi. Eri içkari kirişi bilan ayol köngli behuzur bölib yuzini burdi:

– Özi… içib kelişingizni biluvdim, – deya uyqu aralaş minğilladi. – Maşinani opkirib qöymaysizmi?

– Taşqarida qolsa, boşi yorilmaydi, – dedi tönğillab. – Kelib maşinaning içida uxlab qopman. Çiqib uyğotsang ölarmiding?

Bunaqa paytda eriga gap qaytariş yaxşilikka olib kelmasligini bilgan ayoli tilini tiydi. Zinapoyadan çiqişiga yordamlaşiş uçun qöltiğidan kirganida, Ğulomjon uni siltab taşladi. Tepaga kötarilişga çoği kelmay, şundoqqina mehmonxonaga kirib, körpaça ustiga çözildi.

Ğulomjon ertalab boşining ğuvillab oğrişidan uyğondimi, darvozaning zarb bilan taqillaşidanmi, özi ham bilmaydi. Arang devorni uşlab taşqari çiqdi. Bösağada Mu­rod turardi.

– Ha, kallayi saharlab nima qilib yuribsan? – söradi lohaslik bilan kerişib.

–  Bu yoqqa yur, gap bor, – dedi Murod sarosimasini yaşirib.

Bu odati Ğulomjonga bolaligidan taniş. Boşqalardan berkitadigan gap bölmasa ham, bir çetga olib ötadi. Ğulomjon ensasi qotib, ergaşdi. Taşqarida, ön-ön beş qadam narida turgan maşinasiga közi tuşib, kapalagi uçdi.

– Qayerga urib oldim?! – deya qiçqirib yuborganini bilmay qoldi.

Murod maşinaga qaramadi ham. Oğir qadamlar bilan borib, ança naridagi toş ustiga omonatgina ötirdi.

– Keça nima qilib qöyganimizni bila­sanmi?..

Oşnasidan bor tafsilotni eşitganida, boşiga bir botmon toş ağdarilgandek, garangsib qoldi.

– Nahotki, bunday bölişi mumkin emas, – deya qiçqirdi-yu, şu asnoda yaşin tezligida mudroq xotirasining bir çetiga ilaşib qolgan faryod quloği ostida takror eşitilgandek böldi. Miyasidagi ğala-ğovur içidan ajralib çiqqan şu alamli çinqiriq, köz öngidagi paçoq bufer va siniq faralar tasviriga qöşilib, döstidan hozirgina eşitgan mudhiş haqiqat­ni tasdiqlab turardi. Ğulomjon bir muddat tamomila özini yöqotib qöydi.

– Nega öşanda indamading? “Maşinani töxtat” deb muşt tuşirmaysanmi?

– Juda qörqdim. Men ham özimni yöqotib qöygandim.

– Qayerda bölganini eslaysanmi?

– Şu… Xotinköprikka yetmagandik, hali…

Ğulomjon közlarini yumib, xiyla lablarini tişlagança turib qoldi.

– Yomon urildimi?

Murod közini yerga qadagança, boş irğadi:

– Tezlik katta edi. Maşina ayolning qoq belidan urdimi, deyman. Bir tarafga uçib ketdi şörlik. Bir töxtab keyin yana gazini bosding.

Ğulomjon oğir uf tortdi-yu, şartta maşina eşigini oçdi:

– Çiq, ketdik, borib bilaylik-çi, nima bölgan ekan özi? Işqilib ayol tirik bölsin-da!

Murod xuddi şuni kutib turgandek, şimining orqasini qoqib, örnidan turdi.

– Mayli, boramiz, faqat bu maşinada emas.

Taksi uşlab, keça noxuşlik yuz bergan joyga yetib kelişdi. Yölovçi boladan haqiqat­ni bilgaç, Ğulomjonning yuragidagi sönggi ilinj şuʼlasi ham sönib, butun borliğini qoronği zulmat qopladi. Keçagi işlardan afsuslanişni ham, juvonmarg ayolga açinişni ham, özini kutayotgan muqarrar jazo qarşisida dovdiraşni ham bilmasdi. Murodning ham ahvoli unikidan peş emasdi.

– Tamom, – dedi Murod peşonasiga muştlab, – ikkovimiz ham ketdik.

Birozdan söng Ğulomjon söniq, befarq ovozda söradi:

– Sen nega ketarkansan?

– Ikkovimiz bitta maşinada edik, birga içganmiz, birga qoçdik.

Şu onda Murod faqat özini öylab, taşvişga tuşayotgani Ğulomjonning ğaşini keltirdi.

– Sen nimadan qörqasan? Hammasiga men javob beraman.

– Kemaga tuşganning joni bir.

– Sen men bilan bitta kemaga tuşmagansan, böldimi? – kesatdi Ğulomjon. Murod yalt etib oşnasiga qaradi. – Maşinada sen bölmagansan. Men bir özim edim. Tamom-vassalom.

Murodning yuziga qon yugurgandek bölsa-da, lablarini qimtib, keskin boş çayqadi.

– Yöq, boşga tuşganni köz köradi. Şuna­qa paytda seni yolğiz taşlab ketsam, şunça yillik döstligimiz qayerda qoladi? Nima bölsa bölar…

Ğulomjonnng fikri endi ança tiniqlaşgan, şuning barobarida sal bölsa ham özini bosib olgandi. Oldingi gaplari şunçaki pi­çing bölsa-da, çuqurroq mulohaza yuritib, özi­ning kasriga oğaynisi ham qolib ketayotganini angladi. Rost, melisa zotidan har narsani kutsa böladi. Heç bölmaganda. “jinoyatni yaşirgansan” deb u şörlikning ham böyniga bitta “modda”ni ilişadi. Boyoqiş oilada bitta öğil. Çol-kampirning boşqa suyançiği yöq.

– Oğayni, meni tuşun, – dedi endi sami­miyat bilan. – Bölar iş böldi. Sen yonimda bölganing bilan menga beriladigan jazo yengillaşib qolmaydi. Eng yaxşi yölimiz şu. Sen öşa kuni mening maşinamda bölmagansan.

Murod ança vaqt jim bölib qoldi.

– Endi nima qilmoqçisan? – söradi oğir tovuşda.

Ğulomjon maşina töxtatiş uçun yöl­ning örtaroğiga çiqdi.

– Rayon markaziga, melisaxonaga, – dedi töxtagan maşina haydovçisiga…

U gapida sobit qoldi. Tergovda ham, sudda ham biror marta Murodning nomini tilga olmadi.

Şu bois, Murodning dösti qamalganidan keyin uning oilasiga körsatgan ğamxörligi hammani ajablantirsa-da. Ğulomjon buni tabiiy qabul qildi. Qolaversa, u döstining muruvvati ham sadoqatiga şubha qilmasdi.

…Murod jonajon dösti uyga qaytganining uçinçi kuni Pekindan uçib keldi. Özining aytişiça, aeroportdan çiqişi bilan töğri şu tomonga oşiqibdi. Ular uzoq muddat bir-birini bağridan böşatmadi. Har ikkisining yelkasi ustma-ust silkinar, unsiz yiğlaşardi.

– Seni ozodlikda körar kun bor ekan-ku, oşna, – dedi Murod entikib.

Ğulomjon gapirmas, lekin lablari unsiz piçirlardi. Beş yil içida Murod ança özini oldirib qöyibdi. Çakkasiga oq oralab, yuzlari ham allaneçuk sölğinlik kasb etibdi.

– Ança özgaribsan, – dedi Ğulomjon döstidan köz uzmay.

– Rost, öşa voqeadan kiyin içişni umuman taşladim. Negadir işim birdaniga yu­rişib ketdi. Tez fursatda özimni tiklab oldim. Imorat soldim. Ota-onamni hajga obordim. Özimning ham bir oyoğim masjidda, – dedi Murod mayin jilmayib.

Ğulomjon oğir xörsinib qöydi.

– Mening ham közim oçildi, jöra, faqat keç oçildi-da, – dedi alam bilan. –Nasib etsa, umrimning qolganini halollikda, taqvo-yu toatda ötkazmoqçiman. Yoşimiz ham qirqdan oşdi. Gunohning ming bir köçasiga yörğa­lab kördik. Azobini ham tortdik, jöra. Endi oxi­ratni öylamasak bölmas.

Murodning yuzida yana nurli tabassum jilvalandi.

– Allohning özi seni ham hidoyatga boşlasin, – dedi va uzrli qiyofada döstiga yuzlandi. – Ança ötirib qoldim, endi bizga ruxsat.

Fotiha öqilgaç, Ğulomjon döstini kuzatgani çiqdi. Darvoza oldida Murod eski odatiga köra, u yoq-bu yoqqa alanglab, döstiga şivirladi:

– Ğulom. Yur bu yoqqa jöra, gap bor!

Ğulomjon ixtiyorsiz unga ergaşdi. Dastlab eʼtibor qilmagan ekan. Köçada oldinma-ketin ikkita bir xil rangdagi “Neksiya” turardi.

Murod ulardan biriga yaqinlaşib, qölidagi pult tugmasini bosdi. Eşiklar ğiyqillab oçildi.

– Ötir!

Ğulomjon heç narsani tuşunmay, orqa örindiqqa çökdi. Murod peşoyna tepasidagi yoqqiçni bosib, salon çiroğini yoqdi:

– Murod, anavi oldinda turgan maşina kimniki?

– Meniki, dedi Murod kulimsirab.

– Yöğe, unda bunisi-çi?

– Seniki…

Ğulomjon hayratdan oğzi oçilib qoldi. Döstining hazillaşmayotganini payqab közlarida yoş tirqiradi.

– Jinni böldingmi? – dedi baribir işongisi kelmay.

– Alhamdulilloh, aql-u huşim joyida, – dedi Murod bosiqlik bilan. – Niyat qilib opqöyuvdim. Heç kimga aytganim yöq. Qilgan işim şov-şuv bölişini yoqtirmayman. Endi… qölimni qaytarma, jon jöram bölsang.

Ğulomjon şoşib qoldi.

– Arzimas sovğa? – dedi kulimsirab yoşlarini artarkan. – Unda arziydigani qanday bölarkan?

– E, jöram-a. Sen har qanday mukofotga arziysan. Bitta temir quti-ku bu?

– Gapirasan-da! Men yöğimda uydagilardan xabar olib turding. Har ikki-uç oyda zonaga borib körib kelding. Oilamizga juda köp yordaming tekkanini eşitib boşim kökka yetgandi. Endi bölsa… bu yaxşilikla­ringni qan­day qaytaraman endi?

– Sening yaxşiliging oldida meniki nima degan gap? – u şunday deya qölidagi kalitni döstiga tutqazdi.  – Ana, hamma hujjatlar bardaçokda turibdi. Ertaga birga rasmiylaştiramiz.

Ğulomjon kalitlarni olarkan, yoş boladek, közlari porlab ketdi.

– Rahmat, döstim, iloho, Xudo biringga ming bersin. Lekin, – u yalt etib, döstiga qaradi. – Senga biror yaxşilik qilganim esimda yöq.

– Mening esimda, – dedi Murod közini yumib. – Sening yaxşiliginig – mening yomonligim, – deya oldi, xolos.

Şunda Murodning quloğiga urib yuborgan ayolning çinqiriği eşitildiki, titrab ketdi.

Rustam JABBOROV

1979-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Vijdon” nomli hikoyalar töplami naşr etilgan.

 

2021/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…