1 daqiqada öqiladi

211 marta körilgan

BIZ qaçon bu holga tuşdik?

Toşkent köçalarini kezar ekansiz, aksar tadbirkorlik foaliyatini olib boruv­çi binolar nomi yoki eʼlonlarni körib, davlat tilining holiga açinadi. Agar özga sayyoradan kimdir kelib qolsa, bu yurtda asosan rus va ing­lizlar yaşar ekan, deya tortinmay ayta oladi. Çunki bu vaqtda köçada özbek nomi ostida rusgami yoki boşqa millat vakiliga öşa tilda yaltoqlanayotgan böladi-da. Töğri, bu muammolar­ning ğozi ança yengil bölib qolganga öxşa­yapti. Har safar şu muammolarni eşitaverib quloq ham bunga moslaşdi, umuman eʼtibor bermas darajaga keldik. Axir, biz özbek tilini örganib nima qilamiz, biron joyga iş sörab borsak, rus tilini bilişimizni sörayapti, çetga çiqiş uçun ingliz tili kerak, çunki yaxşi yaşaş kerak, deya har safar özimizni oqlaymiz, ammo…

Bobomiz sovet davrida yaşab doston aytdi – sof özbek tilida, momomiz çöpçak aytdi – sof özbekçada, ota­miz kolxozda traktor haydadi, ammo u-da özbekça qöşiq aytdi, onamiz alla aytdi – özbekçada. Biz-çi?! Bugun yurtda xoinlar yuribdi. Ular öz tarixining, kelajagining xoinlari, yomoni – öz tilining xoinlari!

Töğri, tilimiz deya köp kerildik, qator-qator qarorlar çiqdi, til ravnaqi uçun, kitoblar yozildi til haqida jild-jild. Biz tilimizni keragidan ortiq darajada isloh qildik. Ammo…

Biz bu tilni sevişni örganmadik…

Fayoz AHMEDOV,

Toşkent davlat şarqşunoslik

universiteti talabasi

2021/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)