“Yoşlik” jurnali muallifini körsatmasdan telegram orqali menga “Topar oyi” nomli bir hikoya jönatib munosabat bildirişimni, aniqroği, hikoya haqida öz fikrimni yozib berişimni söradi.
Hikoyani dastlab öquvçi, keyin esa adabiy tanqidçi sifatida öqidim, agar şunday qilmasam hikoyadan sof estetik zavq olmasdim.
Agar oldindan biror şeʼr, hikoya yoki romanni şu asar haqida fikr yozişim kerak deb mutolaa qilişni boşlasam, öquvçi ölaroq estetik zavqim çala böladi.
Demak, “Topar oyi” hikoyasida aroq içişga berilgan, ruhan kuçsiz, oilali, bir neça yoş bolalari bor kimsaning turmuş fojiasi aks etgan.
Bayram kuni. Hamma erkaklar farzandlariga şirinliklar, şirin taomlar sotib oladigan bir pallada aroqxör ota (çöntagida tayinli puli yöq) öziga öxşagan omadsiz va ruhan singan ulfatlari bilan aroqxörlik qilib ötiribdi. Şu epizodning öziyoq aroqqa berilgan otaning turmuş fojiasini töliq aks ettirgan.
Hayotda oilasi, voyaga yetmagan öğil-qizlari bölaturib, aroqqa ruju qöygan, duç kelgan qora iş qilib topganini öziga öxşagan ulfatlar bilan içkilikka sarflaydigan kaslar yetarliça topiladi.
Aroqxör, tayinli hunari yöq, tarbiya ham körmagan rasvo kimsalar öz fojiasiga, ğurbat hayotiga boşqalarni ham şerik qiliş uçun bir qizga uylanadi, farzandlar köradi…
Şunday qilib, “Topar oyi” hikoyasida aroqxör, topgan arzimagan pulini ham kayf-u safoga sarflaydigan noqobil otaning hayot deb bölmaydigan hayotidan kiçik lavha aks etgan.
Odam har qança aroq içişga berilgan bölmasin, bolalarini butunlay unutmaydi, ularning hayotiga masʼul ekanligini elas-elas eslaydi. Hikoya qahramoni ham aroqqa töygaç, çöntaklari qurigaç, bugun bayram ekanligi, bolalariga şirin yegulik olib borişi kerakligi kallasiga keladi, lekin…
“Topar oyi” hikoyasining tili ravon, oson öqiladi, jumlalarda ğalizlik sezilmaydi, asar markazidagi asosiy maʼnoga qovuşmaydigan tafsilotlar yöq.
Darvoqe, hikoyani nomlaş haqida yana bir öylab köriş kerakmikan degan fikrim ham bor…
Rahimjon Rahmat,
adabiyotşunos
2021/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


