Yozuvçi Farrux Jabborovning uşbu hikoyasi ham boşqa asarlari kabi bugun millatimizni qiynayotgan umuminsoniy muammolarga bağişlangan. Hikoyani öqib, anglaş mumkinki, insonlar baayni bir zamon va makonda yaşab ham bir-biridan begonasiramasligi, qalban uzoqlaşib ketmasligi, özaro nafrat va bepisandlik bilan qaramasligi uçun ham har kim, avvalo, inson ekanini unutmasligi kerak. Agar başar farzandi buyuk yaratuvçining eng oliy mavjudoti ekanini mudom yodda tutsa, yonidagi odamning baxtidan quvonib, musibatidan iztirob çeka oladi.
Sir emaski, mustaqillikning dastlabki yillardagi iqtisodiy qiyinçiliklar xalqimizning nafaqat sabr-toqatini, balki özbekona oqibatini ham sinovdan ötkazdi. Hikoyadagi holatlar öşa sinovli yillarning badiiy inʼikosi ölaroq qoğozga tuşgan.
Taqdirning qaqşatqiç zarbasiga doş berolmagan insonning bor alamini içkilikdan olişi sanʼat uçun yangilik emas. Ammo mazkur hikoyada uşbu motiv yangiça uslubda tasvirlanadi, holat içkaridan yoritiladi. Bu olam egalarining bir qaraşda jirkanç körinadigan, aslida esa adoqsiz munglardan iborat hayoti şu qadar yorqin tasvirlanganki, beixtiyor ularga yordam qölini çözging, qayğusini ozgina bölsin aritging keladi.
Dardi bedavo tanani çirmovuqday örab olgani singari içkilik inson irodasini har tomondan siquvga oladi. Dastlab hayotingdagi kamçilikni, biror kemtiklikni töldirgandek tuyulgan oğu keyinçalik hayotning özini yöqlikka mahkum etadi. Mazkur olamdagi kişilarga açinmayotgan, aksinça ularning zabun holidan foydalanib qolayotgan pul va martaba egalarining kelajagi yanada ayançli. Ularning basiratini xudbinona mantiq va kibr söqir qilib qöygan böladi.
Azalda bir tananing aʼzolari sifatida yaralgan odam bolalari şu tarzda bir-biridan uzoqlaşadi. Boşqa-boşqa olamlarning fuqarolariga aylanadi. Natijada ular bir-birlarini heç qaçon tuşuna olmaydi, yagona vujud bölib, olğa intilolmaydi. Oxir-oqibat yuksak marralarga heç kim yetib borolmaydi. Hamma umrining adoğida armon va ökinç bilan ortda qolgan yillariga unsiz tikilib qolaveradi. Yozuvçi şu xavflardan bizni ogoh etayotgandek, har bir kun, aslida, insondek yaşaş uçun sönggi imkoniyat ekanini uqtirayotgandek, nazarimizda.
Xudo va bandasi oldidagi qarzlarimizni “topar oy”ga qoldiriş munofiqlikdan boşqa narsa emasligini çuqurroq anglaşimiz uçun ham bizga şunday hikoyalar kerak.
Barça asarlarda bölganidek, uşbu hikoyada ham tasvirlarni yanada yorqinroq, dialoglarni taʼsirçanroq, fikrlarni keskinroq ifodalaş mumkin, albatta. Ammo men bu borada yozuvçiga taklif va maslahat berişdan özimni tiyaman.
Elbek JUMANOV,
Özbekiston Milliy universiteti tayanç doktoranti
2021/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


