(Umidli yoş nosirlar ijodiga bir nazar…)
Yaqinda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tavsiyasi bilan “Birinçi kitobim” ruknida ilk töplamlari çop etilgan bir guruh yoşlarning, xususan, Aziz Norqulovning “Posangi”, Ruxşona Ahmedovaning “Orzu va dengiz”, Tozagul Jumanovaning “Baxt kaliti”, Azizbek Norovning “Eynşteyn jumboği”, Furqat Alimardonning “Quyoş kulib boqadi”, Javlon Jovliyevning “Ikki qalb uçraşuvi”, Şahzod Ergaşaliyevning “Ufqqa tutaş yöl” hamda Rohilabonu Ğöççiyevaning “Olasoyning olmasi” nomli nasriy töplamlarini öqidim.
Kitoblarning mualliflarini dastavval quyidagiça tasnif qiliş mumkin:
- a) yoş nuqtayi nazaridan: (hayot saboqlaridan ibrat oliş tajribasi, qalamini çarxlaş darajasi, poetik mahoratini orttiriş yölidagi izlanişlariga köra)
Agar eʼtibor berilsa, kitob mualliflari 1984-2000-yillarda tuğilgan bölib, 20-36 yoş oraliğidagi umidli qalam sohiblaridir. Demak, ularni bir-biridan bir yigit kamol topgulik 16 yillik davr ajratib turadi.
- b) tahsil olgan oliy taʼlim dargohiga köra: (qiziqiş doirasi, taʼsirlangan manbalari jihatidan)
Yoş nosirlar: sanʼat va madaniyat, jurnalistika, filologiya, xorijiy (ingliz, koreys) tillar, hatto matematika sohalarida ham tahsil olişgan. Demak, qiziqiş doiralari ham turfa xil.
Şunday ekan, yuqoridagi tasnifga jön statistika deb qarab bölmaydi. U bizga tizimli muşohada qiliş, kölamli muhokama yuritiş imkonini ham beradi.
Bemalol aytiş mumkinki, quyidagi uç muhim faktor hikoyanavislarni bir-biriga yaqinlaştirdi. Ularga öz ijod namunalarini tengqurlariga iliniş imkonini berdi:
- a) Vaqtli matbuot va yoş ijodkorlarning Zomin seminari;
- b) “Özbekiston bahori – 2018” körik-tanlovi;
Biroq gap yuqoridagi singari sanoqlarda emas. Çunki sanoq quyidagi savollarga javob berolmaydi:
- Çinakam badiiyat namunalari yuzaga keldimi yoki yöqmi? Ularning mualliflari qaysi manbalardan köproq taʼsirlanmoqda?
- Taqdim etilgan asarlarda qanday nuqsonlar uçraydi? Ularni qay yösinlarda bartaraf qiliş mumkin?
- Zamonaviy özbek hikoyaçiligi yoş nosirlar ijodi hisobiga qanday tamoyillar bilan boyimoqda. Buni çamalaş (prognoz qiliş) mumkinmi?
Albatta, bular kun tartibiga qöyilişi zarur, ammo bir möjaz maqola doirasida öz yeçimini topişi mahol bölgan jiddiy savollar. Şunday ekan, biz maqolaning xarakteri va hajmi kötargan darajada muhokama-mulohaza yuritamiz. Kitoblar sarlavhasiga çiqarilgan hikoyalarnigina tahlilga tortamiz. Nosirlarning yaxlit ijodiy konsepsiyasi haqida uzil-kesil hukm çiqarişdan tiyilamiz.
Aziz Norqulovning “Posangi” hikoyalar töplamiga “Tilak” nomli möjaz sözboşi yozgan taniqli adib Xurşid Döstmuhammad nasr maydoniga kirib kelayotgan yoşlarni qator savollar şodasiga röbarö qiladi:
“Ne maqsad-muddaoda hikoya yozişga qasd qilding? Qanday GAP aytmoqçisan? Qay tarzda bayon etmoqçisan? Qaçondan beri bu maşaqqat dardiga giriftor bölding? Muttasil öqiş, muttasil yoziş sinovlariga doş bera olasanmi?”
Tajribasi katta yozuvçining yuqoridagi savollari nainki yoş adiblar, balki nasrning bugungi taraqqiyot darajasiga hamqadam böliş orzu-havasidagi barça ijod ahliga qaratilgan. Unda yozuvçilik uluğ va maşaqqatli yölgina emas, balki odam va olamning dardini opiçlab yuriş, şu dardga giriftor böliş, yangi gapni ohorli tarzda izhor etişni taqozo qilişiga urğu beriladi. Buning uçun uç narsa: öqiş va yozişda muntazamlik zarurligi uqtiriladi. Binobarin, yoşlar ilk qadamlaridanoq katta masʼuliyat va burçdorlik hissi, maşaqqatlardan çöçimaslik tuyğusini his qilib, ongli ravişda qöliga qalam olişlari kerak. Şu şartlarni bajara olişga qurbi yetganlargina el sevgan yozuvçi böla oladi. Xurşid Döstmuhammad Azizning maşqlarida:
“… insonning murakkab va çalkaş ruhiy holatlarini tasvirlaşga… işoralar, qoçirimlar orqali obraz yaratişga uriniş” borligini maʼqullaydi. Murakkab ruhiy tebranişlarni çizişda mahorat yetişmasligini taʼkidlarkan, bu qusur sekin-asta, qalam çarxlanişi bilan bartaraf qilib borilişiga işonadi.
Maʼlumki, posangi forsça söz bölib, tarozi pallalarini tenglaştiriş yoki narsa tortilayotganda idiş oğirligini çiqarib taşlaş uçun tarozining bir pallasiga qöyiladigan qöşimça toş maʼnosini anglatadi. Yoş adib “Posangi” hikoyasida “Umr böyi çegaradan çiqmay yaşagan inson ölim bilan hayot, foniylik bilan boqiylik aro sarson kezadi”, degan didaktik xulosa çiqaradi. Odatda, yakuniy baytlarda, hikoyat va masallar yoki bolalarga atalgan şeʼrlarda qissadan hissa çiqariş fazilat sanalsa-da, realistik hikoyada xulosani kitobxon hukmiga havola etiş maʼqulroq yöl sanaladi. Hikoyada hammaga risoladagiday köriniş uçun orzu-xayollari-yu amallarini jilovlab, tiyilib yaşaş özligiga xiyonatdir, – degan fikr yetakçilik qiladi. Aziz Norqulov yöl xronotopi, daraxt, örmon, maysa, maymun kabi şartli ramziy obraz-detallardan foydalanadi. Biroq bu obraz-detallarning öz va köçma maʼnolari töla oçilmaganday taassurot uyğonadi. Qolaversa, bayon usulida Nazar Eşonqulning “Maymun yetaklagan odam”, Uluğbek Hamdamning “Yöl” kabi asarlariga ruhiy yaqinlik kuzatiladi. Bu jihatlar esa Xurşid Döstmuhammad tomonidan yuqorida qöyilgan savollar töla asosli ekani körinadi.
Raxşona Ahmedovaning “Orzu va dengiz” hikoyalar töplamiga “Salohiyat daraklari” nomli möjaz sözboşi yozgan Özbekiston xalq yozuvçisi Isajon Sulton: “Adabiyot olamiga qadam qöyayotgan yoş yozuvçi voqea-hodisalarni qay tarz töyintirib, qay ranglar, manzaralar bilan boyitadi, qanday xulosalarga röbarö qiladi?”, degan haqli savollar qöyadi. Çunki hayotning minglab voqea-hodisalari orasidan poetik effekt beradiganlarini tanlab oliş, öz tasavvur olami, tafakkur kengliklari va taxayyul yuksakliklari bilan töyintirib, gözal va betakror libosda kitobxonga ilinişi uçun yozuvçiga bilim, isteʼdod va mahorat zarur.
Isajon Sulton Raxşona tabiatidan tortinçoqlik, adabiy qahramonlaridan fazilat izlaşga uriniş, bayonda falsafiylikka moyillik singari umid qilişga arzigulik belgilar topadi. Ayni paytda, jaholat va zulm, isyonkorlik kabi vaziyatlar tasviriga urğu bermaslik kerakligidan ogoh etadi.
Agar biz Raxşonaning “Öqituvçining sukuti” hikoyasini kuzatsak, bunga amin bölamiz. Hikoyaning qahramoni öttiz yil maktabning tuproğini yalagan, öqituvçi – ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari, direktor kabi lavozimlarda halol mehnat qilib obrö qozongan, ayrim farzandlari ota yölini tanlagan muallim Absamad. Biroq boş qahramonning mansab pillapoyalaridan yuksalişiga “taniş-bilişçilik” aralaşuvi voqealarning tabiiy rivoji va xarakterning dinamik ösişiga zid keladi. Muallimlar va öquvçilarning paxta yiğim-terimiga jalb qilinişi endilikda tarixga aylanib ulgurgan bölsa ham, yaqin ötmiş fojialaridan biri edi. Plan ketidan quvuvçi Aziz Akbaroviçga tik boqib, bor haqiqatni röyi rost aytişga jurʼat etgani uçun jamoa oldida haqoratlangan va hatto şapaloq yegan muallimning içki iztiroblari berilişi yaxşi hodisa. Ammo bu jarayon xuddi Toğay Murod yoxud Uluğbek Hamdam asarlaridagi singari iç-içidan körsatilişi, ruhiy tahlil qilinişi örniga epik bayon tusini oladi. Absamad muallim öz ğururi va or-nomusi toptalgan inson sifatida turli rakurslardan çuqur badiiy taftiş etilmaydi.
Aslida, huda-behudaga asabiylaşiş va yurak kasali orttirib oliş muallim faoliyatining ilk davrlaridan boşlangan edi. Öquvçisining yuziga şapaloq tortiş, giribonidan tutib, sudragança sinfdan çiqarib yuboriş va uning onasi hamda direktordan dakki eşitiş kabi hollar fikrimizni dalillaydi. Agar öttiz yildan söng şu holning javob bölib qaytişi sobiq öquvçi bilan boğlanganida yoki qahramon şu voqeani eslab, öz johilligining munosib jazosi sifatida idrok etganida hodisa psixologik jihatdan dalillangan, mantiqiy izçillik taʼminlangan bölardi. Adiba “katta”ni har qança ğazabnok va özini tutolmaydigan rahbar sifatida tasvirlamasin, uning öz qilmişidan afsuslangan, ammo sir boy bermagan holini ham körsatadi. Çunki u el nazdida har qança “katta” bölmasin, aslida, qudratli maşinaning kiçik bir vintçasi edi va buni özi ham bilardi.
Direktor Absamad içki alamzadalik, ğazab va nafratini bosolmay qoladi. Hatto qöliga sovuq qurol oladi. Bunday yeçimda islom falsafasining asosi – iymon-eʼtiqodli möminning ajrni “Xudoga soldim” qabilidagi tutumi körinmaydi. Qolaversa, özbekning erkagi öz xotiniga jahl qilişi mumkin. Ammo uning köngli oğriganini payqamasligi mumkin emas. Har qanday kayfiyatdagi özbek bobosi şiringina nevaraça çopqillab oldiga yugurib çiqqanida, dunyoning barça ğalvalari arzimas ekanini his etadi va norasidani keskin siltab taşlay olmaydi. Demak, Raxşona Ahmedova hikoyalarida milliy fikr-tuyğuni keng va kölamdor bera olmaslik kabi töla maromiga yetmagan jihatlar borligidan köz yumib bölmaydi.
Haqiqatan ham, Raxşona özi tanlagan Kumiko, Ayi, Mino, Yukio singari qahramonlardan harqança özbekona fazilat izlanmasin, u milliy hayot haqiqatidan birqadar uzoqlaşgan körinadi. Bizningça, bu hol mutlaqo tasodifiy bölmay, adibaning xorij hayoti taʼsiridan çiqib ulgurmagani, şuningdek, Han Biyaning “Dunyoni uç yarim marta yayov kezganda” nomli kitobidan ayrim boblarni, Şin Kyonsukning “Onamni asra” romani va boşqa köplab asarlarni özbek tiliga ögirgani, bu tarixiy-adabiy manbalardan kuçli taʼsirlangani bilan boğliq bölsa ajab emas. Albatta, bu gipotezik xulosa bölib, uning tarjimalari va original ijodini özaro çoğiştiriş orqaligina öz tasdiğini topişi mumkin.
Tozagul Jumanovaning “Baxt kaliti” nomli ertaklar kitobiga “Toza qalb bitiklari” nomli möjaz sözboşi yozgan taniqli adibimiz Luqmon Börixon: “Jajji öquvçiga manzur böladigan, ularga zavq-şavq ulaşadigan asarlar bitiş juda qiyin, sermaşaqqat. Şu niyatda qalam tutgan ijodkor, avvalo, bolalarça beğubor, toza qalb egasi bölişi kerak”, degan talabni qöyadi. Luqmon Börixon uqtirayotgan badiiy asarni qabul qiliş, yaʼni badiiy retsepsiya qoidasiga köra zohiran oson tuyulgan bolalar adabiyoti, aslida, yoş kitobxonga maʼqul böladigan tarzda sodda, samimiy, beğubor tuyğularga boy bölmoği lozim. Bolalar ijodkori öz pokiza tuyğulari bilan, hamdardlik uyğotişi, adabiy qahramon va yoş kitobxon örtasida emotsional aloqa örnatişi kerak. Şundagina bolalarga atalgan badiiy matn tugal estetik obyektga aylanadi. Bizningça, bu konsepsiya umuman badiiy matn va kitobxon, şuningdek, estetik keçinma va uning mohiyati haqida Arastu davridan beri amal qilib keladi. Faqat adib bu örinda öquvçi yoş xususiyati nazardan qoçirilmasligi muhimligiga urğu berib, yuqoridagi fazilatlar Tozagul Jumanova ijodida ham kuzatilişini taʼkidlamoqda.
Darhaqiqat, Luqmon Börixon Tozagul Jumanova ertaklarining pişiq-puxtaligi, quvnoq yumorga boyligi, ibratli xulosalar çiqarilişi kabi fazilatlarini sanaydi. Adiba yoşlar (baʼzan kattalarning ham) köngil keçinmalarini teran idrok etişi, nabotot va jamodot olamini ular tabiatiga monand tarzda jonlantira olişini maʼqullaydi. Tozagulning qalami Anderson va aka-uka Grimmlar adabiy taʼsirida çarxlangan. Barça ertaklari bolalar tasavvuri, dunyoqaraşiga mos va taʼsirçan deb baholaydi. yoş ijodkorlarni baholaşda ortiqça maqtovdan tiyilgan ham maʼqul. Çunki ustozning tortiği bölgan maqtovning ortiği navnihol ijodkorni çalğitib, buyuklik kasaliga giriftor qiladi.
Bevosita özbek bolalar adabiyotida adabiy ertak janrining rivoj topişi haqida söz ketarkan, Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurğ yoki Parizod va Bunyod”, Mirtemirning “Ajdar”, Anvar Obidjonning “Dahşatli Meşpolvon”, “Meşpolvonning janglari” singari önlab asarlari xotirga keladi. Zotan, ular özbek xalq oğzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, şakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar edi. Binobarin, Tozagul Jumanova adabiy ertaklarini ham özbek folklori, mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti va XX asr özbek adabiyotida yaratilgan adabiy ertaklar kabi milliy va jahoniy ildizlariga boğlab örganişi maqsadga muvofiq.
Masalan, Tozagul Jumanova “Baxt kaliti” ertagida özini baxtsiz sezib, tuşkunlikka tuşgan Toşbaqa xarakterini yöl xronotopi orqali oçadi. Safar va yöl motivlari esa öz milliy ildizlari bilan folklor va mumtoz adabiyotga tutaşadi. Toşbaqaning: “Birni körib fikr qil, birni körib şukur qil” maqoliga monand harakat qilişi va özligini tanişi haqida ham şunday deyiş mumkin. Mazkur adabiy ertakda yaratuvçi Allohning “Ona Tabiat” bilan almaşinuvi şöro adabiyotidan qolgan ehtiyotkorlik natijasidir. “Yöl yurib ketaveribdi, ketaveribdi” qabilidagi ertakona boşlamaning anʼanaviy variantlari töla özlaştirilmagani esa adibaning xalq ertaklari bilan yetarliça taniş emasligini körsatadi.
Azizbek Norovning “Eynşteyn jumboği” nomli hikoyalar kitobiga “Aql tişi çiqqan” yoş yozuvçi” nomli sözboşi yozgan taniqli adibimiz Sobir Önar yoş adibni: “… boşlovçi havaskor emas, yoziş malakasi borasida allaqaçon “aql tişi”çiqqan. Şu bois, dabdurustdan unga aql örgatib bölmaydi”, deb taniştiradi. Uning öziga xos uslubi borligi, Ğarb-u Şarq adabiyotlaridan unça-munça xabardorligini eʼtirof etadi. Şu uslubni yanada kengaytiriş va sayqallaşni tavsiya qiladi. Yozuvçi uning bitiklarini hissiy idrok etiş, fikran anglaş, ijodkorga imkon qadar ruhan yaqinlaşiş va his qilganlari-yu anglamlarini kitobxonga ham anglatişga intiladi.
“Eynşteyn jumboği” hikoyasida eʼtiborimizni tortadigan bir qator öxşatiş, tamsil va iboralarga duç kelamiz. Jumladan: asov şamol “böriday uvlaydi”; derazadan “zaifgina yoruğlik miltillaydi”; “samoning par yostiği teşilganday laylakqor yoğadi”; “qoşlar ğijimlangan matodek çimiriladi”; ayol “polyuvğiçday qaqqayib turadi”; qovoqlar “qöpçigan xamirdek osiladi”. Azizbekning yuqoridagi topildiqlarida nozik kuzatuvçanlik, badiiy tasvir mahorati belgi-alomatlari namoyon böladiki, ular hikoyani öqişli qilişga yordam beradi. Ayniqsa, hikoya qahramoni Azimning ayoli – Malika tasviridagi uç holat diqqatimizni tortadi:
Birinçi holat: “… yuragi hapriqib ketdi. Özini parqu bulutdek yengil his qildi. Oyoqlari yerdan uzilgandek böldi. Ruhi olis-olislarga parvoz ayladi. Xotiralar epkini esdi, ular musiqiy sonatalarga aylanib, uni allalay boşladi… musaffo tongdek pokiza, şudring ingan guldek baxtiyor edi…”
Ikkinçi holat: “… sabrdan sarğayişni maʼqul kördi…”
Uçinçi holat: “… uning ortidan javondagi kiyim-keçaklari, mayin nigohlari, yoqimli tabassumi, xuşböy iforlari ham ergaşib ketgandi”
Yuqoridagi kayfiyat-hollar Malika tabiati va qismati bilan boğliq ham içki, ham taşqi gözallik: ruhiy balandlik, nozik sezimlik, özbekona sabr-qanoat; ayni paytda: eʼtiborsizlik, haqorat va xörlikdan örtangan köngil, yöqotilgan halovat, qadrlanmagan muhabbat haqida ham muayyan tasavvurlar beradi.
Afsuski, öşa serjilo milliy ranglar öz örnini soğlom aql va mantiqqa zid, odatdagi tasavvurlardan çetga çiquvçi absurd tasvirlar, anglamsizlik falsafasiga butkul böşatib beradi. Hikoya qahramoni özining nimani bilişi, nima qilişi va nimaga umid qilişi kerakligini bilmaydi. Öz xudbinona istaklari yölida uyida, işxonasida, mahallasidagi barça iliq munosabatlarga çek qöyadi. Uning tutumi masalaga nazariy yondaşuv ham, muammoni hayot tajribasi sifatida his qiliş ham emas, çalkaş fikrlari girdobida qolib, ixtiyoriy yolğizlaniş, hayotdan begonalaşiş edi.
Bizningça, adabiy qahramonga munosabatning şu nuqtasida adib absurd falsafasining taʼsiriga tuşib qoladi. Garçi umidini söndirmasa-da, Azimni maşaqqatli va befoyda mehnatga mubtalo qiladi.
Azim asl haqiqatni anglamaydi. Çunki uning içki olami böm-böş. Bemanilikka qarşi kundalik isyoni uni tobora dağal va isqirt kimsaga aylantira boradi. Şu bois uning aʼmoli ham, nainki bir paytlardagi özligi, balki insoniylikka ham munosib emas.
Azim öz qismatini mardona qabul qila olmaydi. Muammo esa kutilmaganda öz yeçimini topadi. Ön olti yillik behudaga sarflangan umr alal-oqibat nadomat hissini tuğdirgan bölişiga qaramay, yöqotilgan vaqtni zinhor ortga qaytarib bölmasdi. Demak, fojianing asl mohiyati Azimning özi ham absurdning bir qismiga aylanib bölganida körinadi.
Ehtimol, hikoya qahramoni xatti-harakatlarini maʼqullaş yoki rad etiş ham mumkindir. Şunisi aniqki, har ikkala holda ham, biz maʼnisizlik muhokamasi bilan maşğul bölamiz. Yoş adibning “aql tişi” buğdoy öroği va qovun pişiğidan sal oldinroq çiqqan emasmikin, degan ğarib istiholada Şarq adabiyoti hamişa fikr va amalda gözallik hamda insoniylikni uluğlaş, öz-özini yengiş va özlikni anglaş, nurli manzillarga çorlaş, umidni söndirmaslik bilan maşğul bölib kelayotganini eslaş bilan kifoyalanamiz. Zotan, quyoş hamişa muazzam Şarqdan çiqqan. Buni yaxşi anglagan akademik şoir Ğafur Ğulom “Men Şarqdan kelayotirman!”, – deya naʼra tortgan, uning jarangdor şeʼriy ovozi esa Şarq va Ğarbning, Osiyo hamda Afrikaning köpgina mamlakatlarida baralla yangragan edi.
Furqat Alimardonning “Quyoş kulib boqadi” nomli töplamiga kirgan şu nomdagi hikoyani kuzatar ekanman, qisqalik, löndalik mozaikaga moyillik, kinossenariyga xos til va uslub közga taşlanişini taʼkidlaşni istayman. Jumladan, hikoya arxitektonik jihatdan: “Bahor”, “Yoz”, “Kuz”, “Qiş” tarzida yil fasllari bilan nomlangan möjaz uzindilardan tarkib topadi.
Bahor tasvirlari: bokira tuyğular samimiyati, soğinç hislarida hayot nafasi ufurib turadi. Oçiq derazadan sizib kirgan quyoşning zarrin nurlari bemor Mahliyo diliga umid uçqunlarini indiradi. Muhimi, elning eʼtiqodiy işonçlari, munojot-tilaklari Alloh dargohida qabul bölib, bemor önglana boşlaydi. Xazin ritm örnini egallagan şukronalik tuyğusiga xos rang va ohanglar kitobxon diliga ajib bir munavvarlik olib kiradi. Badiiy tasvir jozibasi tufayli öquvçi ham Allohning uluğ hikmat-marhamati poyida musallamlik maqomida turadi.
Yoz tasvirlarida biz qişloq hayotining jonli manzaralari içiga kirib boramiz. Qöy-qözilar tuyoğidan kötarilgan çang, itlarning vovullaşi, kelinçakning sigir soğiş uçun buzoqni iydirişi, buzoqçaning yutoqib emişlari; ezilib pişgan luççaki şaftoli, amiri qovun, qatiq hidlari, ariqçaga taşlab qöyib salqinlatilgan tarvuz söyilişi, oila dasturxoni atrofida jamlangan odamlarning ahil va inoqligi kabi ğoyat tabiiy hamda jonli manzaralar xayollarimizni olis bolalik va qadrdon qişloğimiz sari yetaklaydi. Ona zamin saxovat va möjizalaridan tuyilgan qadrdon hislar bilan diydorlaştiradi. Ayniqsa, Asror bobo tabiatiga xos eʼtiqodiy tiyiqlik, nabira Jobirdagi uyat-u andişa hislari şahar ğala-ğovur hayotida unut böla boşlagan, ammo xotiramiz burjlari, ongosti tuyğularimizda nihon allaqaysi tuyğularni ham uyğotib yuboradi.
Kuz tasvirlarini öqirkanman, negadir xayolimda assotsiativ tarzda xazon halovati, tiyramoh quşlari birdamligi haqida bitilgan rus adibi Ivan Bunin şeʼr-u hikoyalari, özbekning çöng şoiri Matnazar Abdulhakimning Yaldo keçasi haqidagi ruhimga taniş tuyğulari çarx uradi. Fikr-u şuurim oqlik, poklik va halovat degan uç söz tegrasida aylanadi. Köz öngimda bir tutam kuz kunlarida qişga nimadir jamğariş ilinjida tinimsiz ğimir-ğimir qilayotgan qişloq odamlarining qiyofalari jonlanadi. Odamlar köngliga yöl topolgan mahalla raisi Neʼmat çavandoz gardanidagi el taşvişi-yu töy-bazmiga hakamlik zalvori, hatto Surxon qişining zabti dol qilolmagan özbekona birdamlik tuyğulari qalbimizni yanada yuksaltiradi.
Albatta, assotsiativ tuyğularning boş kötarişi uşbu hikoyaning taʼsirida emas, aksinça men unda körişni istagan hislar oqimi bilan boğliqdir. Çunki yaşirmay qöya qolay, Furqat Alimardonning hikoyaga oçerknamo yondaşuvi, badiiy-publitsistik ifoda yösini könglimni andak xijil qildi. Çunki “Quyoş kulib boqadi” hikoyasi keskin konflikt asosida rivojlanib, öz tabiiy yeçimi tomon intilmaydi. Hayotiy hodisalar ijodiy tafakkur qudrati bilan qayta işlanib, badiiy voqelikka aylantirilmaydi. Çamamda, yoş adib obrazlar vositasida fikrlaş orqali faktografik-illustrativ tasvirlaş illatidan qutulişi kerakka öxşaydi.
Javlon Jovliyevning “Ikki qalb uçraşuvi” nomli hikoyalar kitobiga kirgan şu nomdagi hikoyasi qahramonlari Yigit va Qiz turmuş qurişi ehtimol tutilgan va yaqinlari xohiş-irodasiga köra uçraştirilgan qahramonlardir.
Yigit – asli Qaşqadaryoning Qarşi şahrida tuğilib, katta şaharlar havosini olgan, hatto şimoliy Gollandiyaning Amsterdam şahrida bölib ötgan ilmiy seminarda “qatnaşgan”. U özini öta “zamonaviy” deb bilgani holda, oddiy xalq hayoti, kundalik turmuş tarzidan mutlaqo bexabar bir oliftadir. Qiz – Qamaşidan. U ham Toşkentda öqiydi. Aqlli, bosiq, andişali, eng muhimi yurtparvar, fidoyi şaxs. Uçraşuv maskani sifatida tanlangan “Laylo” kafesi sirtdan haşamdor, ammo köngilni ğaşlantirar darajada böğiq, fayzsiz va sovuq ekani sodir bölajak voqea haqida muayyan tasavvurlar beradi. Yoş adib öz badiiy-estetik konsepsiyasini qahramon tilidan oşkora tarzda – monologik yösinda bayon qiladi:
“– Men özbek qiziman. Men zamonaviy qizman, lekin uyatsiz emasman… Men sizday odamlar bilan şaharda yaşaşdan, dunyo böylab sayohat qilişdan köra, qişloqning oddiy maktablarida sovqotib bölsa-da, hayrat-la ustoziga termilib turgan beğubor, pokiza bolakaylarga bilim berişni afzal köraman. Unga özimni kerakli his qilaman. Şunda olayotgan nafasimga açinmayman. Kimni sevasiz, deysizmi? Men umidlarimni, orzularimni, kasbimni, öşa bilimga çanqoq bolakaylarni, onamni, akamni, yangamni, jiyanlarimni, çuqur bölmasa-da, tinmay oqayotgan Qaşqadaryoni sevaman”.
Körinadiki, Javlon Jovliyev ötgan asrning 20–30-yillari özbek dramaturgiyasiga xos bölgan: yetakçi fikrni qahramon “oğziga solib qöyiş” tasvir usulidan foydalanadi. Na özini, na kasbini, na xalqini, na uning dardini bilmaydigan bölajak “olim”çalarni tanqid tiği ostiga oladi. Demak, uning qarşisida oq va qora ranglar turadiki, birini maʼqullaydi va ikkinçisini inkor etadi. Nazarimizda, bu öta jön va zamonaviy poetik ifoda aravasidan allaqaçon tuşib qolgan ifoda yösinidir.
Albatta, ikki qalbni keskin qutblantiriş mumkin va zarur. Biroq ijodkor öz könglida moddiy dunyo bilan aloqaga kirişiş negizida paydo bölgan tuyğu-keçinma va fikr-mulohazalar (qalb modeli) ga “libosi mavzun” kiydirişi, ularni poetik ifodaga köçirib, ruhiy-psixologik jihatdan dalillaşi lozim. Çunki badiiy asar, birinçi navbatda, poetik tafakkur hosilasidir.
Şubhasiz, badiiy asar ijtimoiy hayot bilan çambarças boğliq. Ammo poetik ifodalaşning muayyan qonuniyatlari ham borki, ularni çuqur özlaştirmasdan, fikrni bevosita bayon qiliş orqali muayyan yutuqqa erişiş mahol. Kitobxonga jön xabar va maʼlumot yetkaziş emas, balki badiiy-psixologik tahlil va tadqiq orqali u bilan intuitiv va maʼnaviy-ruhiy dialogik muloqot örnata biliş lozim. Zotan tarixiy ruh uni dildan keçina olgan söz sanʼatkori fenomeni tufayli millat va davrning umummadaniy kontekstiga uyğun birlik asosida yuzaga çiqadi.
Şahzod Ergaşaliyevning “Ufqqa tutaş yöl” hikoyalar kitobiga “Ufq yölining yölçisi” nomli sözboşi yozgan şoir, nosir va mutarjim Nabi Jaloliddin: “Şahzodning zuvalasi va poetik nigohida yozuvçilik bor”. Bilim, tajriba, öz ustida işlaş va izlaniş maşaqqati tufayli uning isteʼdodli yuzaga çiqadi, deb işonadi.
Yoş adibaning “Ufqqa tutaş yöl” hikoyasini öqirkansiz, öquvçi öspirin Sarvar fikr-öylariga hamohang tarzda şuuringizni bepoyon dalalalarga xos kenglik qamrab oladi. Dimoğingizda yomğir hidi aralaş namxuş tuproqning ajib iforlarini his etasiz. Kanorasiz yaylov yoxud tepaliklardan birida turib, munavvar tongning otişini, viqorli toğlar bağridagi alvon lolaqizğaldoqlar nafis barglarini siypalaşga mehr bilan oşiqayotgan quyoşning kötarilişini; şomga yaqin atrof qoronğilaşgan kez, şafaqning lolagun ranglarga burkanib kunning botişini kuzatasiz. Qalbingizni quvonç, faxr va iftixor tuyğulari çulğaydi.
Umuman, bu hikoya sizni ona zaminga, tanti, bağrikeng, zahmatkaş va qanoatli dehqon-u çorvador xalqqa yanada yovuqlaştiradi. Yöl xronotopi Sizni olis xotiralar sari yetaklabgina qolmay, Vatan mehri bilan boğliq tuyğularingizni yanada yuksaltiradi. Ha, Şahzod milliy rang va ohanglarda yozadi. Ammo uning publitsistik ifodalar taʼqibidan qutula olmayotgani ham seziladi.
Rohilabonu Ğoççiyeva biz asarlarini tahlilga tortgan nosirlar içida eng kiçigi va umidlisidir. Rohilabonuning “Olasoyning olmasi” nomli kitobiga kirgan şu nomli hikoyadagi hikoyaçi öspirin, bolajoni Jahon xola, uning qizi (bayonçining xolavaççasi) – Jamola kelin va Ena kabi insoniy xarakterlar özining yorqin va betakror milliy qiyofalari bilan esda qolarlik tarzda jonli çizilgan.
Rohilabonu xalq ertag-u dostonlari ruhini nozik his etadi. Buni “j”lovçi xalq dialekti, baxşi-jirovlar talaffuziga xos yösinda epik bayon tarziga injalik bilan singdirib yuboradi. Şu bois, hikoya ritmida goh çanqovuzning quv-quvlari, gohida dömbiraning jöşqin, dardli va ğamnok tovuşlari eşitilib turadi. Sözimiz quruq bölmasligi niyatida Jahon xolaning “Şohsanam” dostoniga monand erkalamasiga quloq tutamiz: “Tolli tovning toşini nuratgan jigitga yor bölsin, qaynonasi karillab, poyiga ipak jiğitgan kelin bölsin, enasiyam töyida şaharça römol jamiladigan qiz bölsin, katta bölsin, xolasiyam töyida ilik kamirsin!”
Olasoy atalmiş möjaz makon va “jovğonoşlab” yaşayotgan ğaribona rözğor bölişiga qaramay, oilaning sarvari qayinbekasi (Jahon xola)ning poyqadamiga bördoqilari sarasini söyadi. Biroq ayni voqeaning öspirin nigohi bilan kuzatilişi va qöziçoqligidan ardoqlab östirgan mehribon döstidan ajraliş unga qançalik oğir bölgani, voqea uni maʼnan ulğaytirib qöygani bilan boğliq barça tafsilotlar mantiqiy-psixologik jihatdan dalillangan.
Umuman, özbek badiiy nasriga bir qator umidli nosirlarimiz kirib kelmoqda. Töğri, ularning izlanişlari juzʼiy nuqsonlar va hatto ayrim hollarda çalğişlardan ham butkul xoli emas. Bu hol ularning istiqboliga umid nazari bilan qaraşga zinhor moneʼlik qilmaydi. Biz yaqin kelajakda öz ohorli badiiy sözi, zalvorli poetik hukm-xulosalari bilan özbek nasrini boyitadigan yoşlar kirib kelayotganidan mamnunmiz. Zotan, ular söz aytiş masʼuliyatini qançalik teran his qilganlari, ona zaminga yaqinlaşganlari sari, nainki sözlari, balki özlarining ham martabasi şunçalik ortib boraveradi.
Islomjon YoQUBOV,
filologiya fanlari doktori, professori.
1961-yili tuğilgan.
Nukus davlat universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Adabiyotşunoslik va adabiy jarayonga oid qator ilmiy maqolalar muallifi.
2021/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


