Siz meni taniysiz, men esa sizni…
Yugurib kelasiz yonimga,
Jilmayib iltimos qilasiz,
Men esa sörayman ismingiz,
Aytasiz va yo noz qilasiz.
Havoda çayqalib barmoğim,
Ismingiz jaranglar dilimda,
Közlarim unutib dunyoni,
Sözlolmam, sado yöq tilimda.
Siz meni taniysiz, men esa sizni,
Tuşlarimda körib turaman,
Yugurib kelasiz yonimga,
Sizga dastxat qöyib beraman.
Tuşlarim röyobga aylanar,
Sevgisiz, yöq, yaşab bölmaydi,
Qanotim uçmoqqa şaylanar,
Bilaman, orzular ölmaydi.
Kuzda
Men xazonni kaftimga olib,
Dedim: “Taqdiringni bilaman!”
Xazon esa şitirladi: “Jim,
Men tuproqni yaxşi köraman!”
Söng tuproqni qölimga oldim:
“Seni doim bosib yuraman…”
Bir söz dedi, xayolga toldim:
“Men ham seni yaxşi köraman!”
Soflik
Toşlarga urilgan jilğada,
Zulmatni yoritgan şuʼlada,
Har bir sas, har bitta nolada,
Yaşaysan bulbulni kuylatib,
Yaşaysan quyoşni uyğotib.
Adirda tebrangan lolasan,
Borliqqa turfa rang solasan,
Toabad şundayin qolasan,
Yaşaysan boğlarda bol totib,
Yaşaysan quyoşni uyğotib.
Misoli kamalak yoğdusi,
Sen öşa – barça qalb orzusi,
Beğubor bolalik kulgusi,
Yaşaysan borliqni tebratib,
Yaşaysan quyoşni uyğotib.
Dostonbek Şaripov
1991-yili tuğilgan.
Şeʼrlari va maqolalari respublika matbuotida çop etilgan.
2021/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida