7 daqiqada öqiladi

173 marta körilgan

Xotiram kengliklarida

Tursun Ali

Men senga intildim şamollar oğuşida,

Çaqmoq şuʼlasida topib yöl.

* * *

Qiş kunlarining birida onam oğir şamollaşdan töşakda yotib qoldi. Bir kuni maktabdan kelişim bilan, apil-tapil non-çoy içib, onamning “ketma” deyişiga quloq solmay, hovlimiz etagidagi yalang­likka, futbol öyiniga çopganman.

Bir payt uyimizdan yiği kötarildi. Uyga yugurib borsam, Enam (onamning onasi, buvim) qöşni ayollar bilan meni quçib, onangdan ajralib qoldik, bolam, deb faryod solişdi. Hovlimiz bir zumda odamlar bilan tölib ketdi. Men va ukalarim dildiragança otam boşçiligida onamni qabristonga qöyib qaytdik. Biz – olti yetimça Enam bilan şumşayib qoldik…

Enamning uyi hovlimiz etagida edi. Bir keça onamni tuşimda körib uyğonib ketdim. Tuşimda onam, ukalarim bilan uyda ekanmiz. Köz oçsam, Enamning uyida yotibman. Har qayer-har qayerda toğoraçalar… Men darhol örnimdan turib, taşqariga intildim… Enam: “Hoy, yomğirda qayoqqa borasan?” – de­­yişiga qaramay, uyga çopib ketdim.

Ust-boşim ivib uyga kirsam, ukalarim, otam ham uyquda ekan. Onamni topmagaç, xöngrab yubordim. Menga qöşilib ukalarim, otam ham yiğlab olişdi.

* * *

Onamdan ikkinçi sinfligimda ayrilib qolganman. Köp ötmay, dadam boşqa ayolga uylandi. Endi bizlarni har tong begona bir ayol uyğotadigan böldi. Ikki ukam, bir singlim bolalar uyiga topşirildi. Ikkinçi onamizni “aya” derdik, ayamiz qattiqqöl, serjahl ayol edi. Harqalay u bizga kun böyi iş topib berardi. Ammo men nima bölsa ham böş qoldim degunça kitob mutolaasiga kiri­şardim. Ayamiz közi tuşişi bilan: “Hoy, yana kitobga muk tuşdingmi, men tayinlagan işlar bitdimi, yöqsa, yöqol közimdan”, – deya koyirdi.

Ayamiz meni heç böş qöymasdi. Oldimizdagi ğişt zavodiga işga ham joylab qöygan. Qurigan ğiştlarni xumdonga kirgunça orasini oçib, terib çiqardik. Zavod direktori Azim aka maʼlum kunlik iş qilganimda, yiğib pul berardi.

Bir dafʼa ayamiz uydan haydaganida, zavod direktoridan iş haqimni olib, stansiyadan “Andijon–Toşkent” poyezdiga ötirib, töğri Şarof Raşidov idorasiga yiğlab kelganman. Tunda temir yöl stansiyasi binosida uxlab yotsam, barvasta militsionerlar bolalar koloniyasiga olib borib taşlaşgan. Yonimdagi bor pulimni olib, uyga xabar berişgan. Oradan uç kun ötib, otam va ayamiz meni uyga olib ketişgan.

* * *

Erta tong…

Otam meni şoşga­niça uyğotib: “Qani, böl, kiyin, seni Qöqondagi qarindoşlarnikiga olib boraman”, – dedi. Men apil-tapil kiyindim-da, yuzimni çala yuvib, ukaçalarim uyğonib ketsa ergaşadi deb zudlik bilan köçaga çiqib oldim.

Otamga hamroh bölib, toş yölni taraq-turuq etkazib, Quva şahriga qarab bordik. Quvaga kelsak, tumşuği uzun avtoulov Qöqon şahriga jönayman, deb turgan ekan. Otam böş örindiqqa ötirdi, men quçoğiga joylaşib oldim. Avtobus yuraman deb turganida barkaşdek soqolli oppoq çol otamning yoniga kelib, salom-alik qilib ötirdi, men quço­ğiga joylaşib oldim. Otam bilan haligi çol, heç narsaga parvo qilmay, gaplaşib, goh mudraşib borişdi.   Mening közlarim esa taşqarida quş kabi uçib, boşiga durra örab ğöza çopayotgan ayol-qizlarda, goh boşlari kesilgan sanoqsiz tutlarda. Eh, dala ham, tutlar ham bunça köp bölmasa, deb özimga-özim savol beraman. Çarçagan kipriklarim juftlanib, közlarim yumilib qoladi. Bir mahal esnab qöyaman. Bir payt qarasam, temiryöl yoqalab boryapmiz, ol­dimizda yuk tortgan poyezd gijing­lagan otdek yelib boryapti.

– Ota, poyezd ham Qöqonga boradimi?

– Boradi, öğlim.

– Unda nega poyezd bilan boraqolmadik, – deyman birdan ötib ketgan poyezdga tikilgança.

– Bu yuk taşuvçi poyezd. Odam poyezdi keçki payt böladi. Unga çiqsak, keçasi poyezddan tuşamiz, axir birovnikiga borsak, bezovta qilamiz-da, – dedi otam meni bağriga bosib.

Bir payt mudrayotgan çol közlarini oçib:

– Bu bola nima deyapti? – dedi uzun esnab.

– Qaçon Qöqonga yetamiz? – deyapti dedi meni yöl yurişdan zerikkan degan ohangda otam.

– Ha, yöl ham uzoq, bolaga ze­rikarli, – dedi Nuroniy bobo menga rahmi kelganday.

Gap bazmida Qöqonga kirib bordik. Şaharda odam köp, xuddi tözğigan qarğalar kabi. Hamma joyda nimalardir sotilyapti, bozorga öxşarkan. Men avtobusdan tu­­şişim bilan, ota, lemunad, deb limonad sari yurdim. Limonadni içib, şu qadar yayradim, şahar maza ekan, dedim özimga özim.

Otam turfa qand-qurslar bilan paket töldirgaç, qarindoşlarnikiga piyoda yurdik. Mahalla yöli qinğir-qiyşiq, jinköçalar…

Uylarning tomi esa bir-biriga qöşilib ketganday. Ajabo, bir tomdan çiqsang, bemalol şahar aylanib kelsang böladi.

Oqşom qarindoşlarnikida mehmon bölib, yotib qoldik. Ertalab  nonuştadan söng şaharni tomoşa qildik.

Eh-he, Örda deyilgan joyda bir qadimiy binoni taşqaridan kördik, oğzim oçilib hang-u mang bölib qoldim. Heç ketgim kelmasdi. Otam yengimdan tortmasa, yurmasdim. Otam: Bu Xudoyorxon degan xonning joyi, – dedi. Bir paytlar yurtimiz Turkiston deyilgan. U vaqtlarda yurtimizda Xudoyorxon boşqargan Qöqon xonligi, Xorazm xonligi yana Buxoro amirligi bölgan. Bu xonliklar-u amirlik bir-biri bilan inoq bölmay yovlaşgan. Bir-bi­rining közini çöqişgan. Agar ular yaqin, bir-biriga qanot bölganida… Rossiya bizlarni bosib olmasdi… Tuproğimizda qon daryodek oqmasdi… Xorlik, zorlik bölmasdi. Dunyo dunyo bölibdiki, odamlar yer, suv talaşadi”.

Men Qöqondan qaytarkanman, olam bunça keng, deb qöydim özimça.

* * *

Tong ğira-şirasida uyğonib, qari örik daraxtiga boylangan qora töriq otga közim tuşdi. Oldiga çopib bordim.

Otam minib kelgan oldingi otlarga u sira öxşamasdi. Közlari qop-qora, tuyoqlari uzun ot mehrimni öziniki qildi, qöydi. Ajab, u yuragimga ğaroyib öt yoqdi.

Dadil va mardona oldiga bordim, ot köksini siladim. Barmoqlarim harorati jonivorga xuş yoqdi şekilli, xiyol qayrilib katta-katta közlarini menga tikdi. Qiziq, men otni silagan sari silagim kelaverdi. Uning butun badani jimirlab ketdi. Men arqonni ohista yeçdim. Ot egar-jabduğini yeçmabdi, otam vaqtlik ketsa-çi, degan xayol miyamga çaqinday urildi.

E-e-y, bir zumda qaytamiz-da, deya yuganni tutib, quyonday sakradim egarga. Yuganni böş qöyganim sari ot yura boşladi. Sevinçim içimga siğmay, ikki oyoğim bilan ot biqiniga tepgan edim, u yelday uçdi.

Bir payt es-huşimni yiğib qarasam, ot “Jinni qiz” mozoriga yaqinlaşibdi. Mozorning dala yöli tomoni dölanazor. Ot dölana daraxtlari tagida yanada tezlaşdi.

Qarasam, yuz-közlarim tikanli şoxlarga uriladi, balki qulab tuşarman deb, ikki qölim bilan dölana şoxini tutganimni bilaman şoxga osilib qoldim.

Yerga tuşganimda uzoqdagi ot ortiga ögirilib, men tomon boşini salanglatib keldi. U tumşuğini çözib, aybi uçun uzr söraganday oldimda taqqa töxtadi.

Bu otning mehrimi? Yoxud mening otga tuşgan muhabbatimmidi? Bilmadim. Hamon öşa ot xotiram kengliklarida dukurlab çopib yuradi.

* * *

Xohlaganiça iş buyuradi. Birovi suv olib kel desa, yana boşqasi ketmonim loy, yuv, deydi! Xullas, özbekning kiçigi, hammaning kuçugi, deb bekorga aytilmaganini his qilasan.

Men sekin-sekin kuçuk bölib çopa boşladim. Bilmadim, erta-indin it bölib hurmasam, koşki!

* * *

Yonma-yon qöşnimiz Polvon otani oq yaktak, oq iştonda köp körganman. Ajab, uning paxmoq soqoli ham oppoq. Köpinça hassaga tayanib,  anorzor oralab yuradi. Qari bölsa-da, unça-bunça sovuqni pisand qilmaydi.

– Sovqotdingizmi, ota? – deyman,

– Ey, biz Nikolayning yoğini yalaganmiz. Bizdan sovuq ötarmidi, – deb qöyadi.

Otaning muomalasi menga yomon emas. Har körganda, bolam, şundoq körinib turgin-da, deb qöyadi.

Bu gap-sözlardan men tanga topib olgan gadoday suyunib ketaman. Şundanmi, ularnikiga bemalol, gerdayib, erkin boraman. Hatto örtadagi panjaradan istagan paytimda ötib, hovlisidagi bodringdanmi, pomidordanmi, uzib yeb ketaveraman. Ayniqsa, yangi ekib qöyilgan sarimsoqpiyozdan suğurib, nonga surtib yeyiş juda yoqadi.

Baʼzan sarimsoqni olib köçaga çiqsam, örtoqlarim talaşib qolişadi. Axir, mendan boşqa heç kim  Polvon otaning uyiga botinib kirolmaydi-da. Şundoq bölgaç, men bir boş sarimsoqni ularga dona-dona qilib beraman. “Ha, Polvon ota körib qolmasin”, deb qöyaman söng.

Hali anorlar pişib-pişmay, bir kuni Polvon otaning anorlari közimga çiroyli körinib, sekin panjaradan ötib, uza boşlagan edim, Polvon ota osmondan tuşibmi, yerdan çiqibmi, dast qölimdan uşladi. Ota yöğon barmoqlari bilan qölimni siqqan edi, uzilgan anor yerga tuşib, yorilib ketdi.

– Kördingmi anorni, hali oppoq, sen bölsa xom anorni baribir yemaysan, isrof qilasan, – deya qölimni qöyib yuborib, anorga enkaygan edi, men şart qoçib ketdim.

– Hoy, şoşma, ma anor, – deb baqirgança qoldi Polvon ota.

Men xijolatdan Polvon otaning köziga körinmay yurdim. Baʼzan uni uzoqdan körib qolsam, berkinib oldim.

Bir kuni Polvon otaning ayoli Adolat xola bir savat yorilgan qip-qizil anorlarni biznikiga olib çiqib, senga Polvon otang berib yubordi, dedi söriga qöygaç. Men esa nima deyişimni bilmay, haykalday qotib tutardim…

Tursun Ali

2022/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)