Taşbehsiz sevgi
Tabassum keçarkan yuzingda,
Seni kulgilarsiz sevaman.
Orzular qolmagan menda,
Hissiz, tuyğularsiz sevaman.
Işq – tan oliş bölsa bordir,
“Yöq”larsiz, “ha”larsiz sevaman.
Seni sen bölgan-u bölmagan
Öşal lahzalarsiz sevaman.
Yurak nima istar? Şu onda ijro,
Seni taqlidlarsiz sevaman.
Qalbimda muhabbat barpo,
Maqtov-tanqidlarsiz sevaman.
Söz qoldir örtada. Men öqiy,
Seni sukut bilan sevaman.
Unut de, unutay. Yurakka çökib,
Öşal unut bilan sevaman.
Sevgi taqdir uçun befoyda,
Yengil-oğirlarsiz sevaman.
Bulut qiziqtirmas, osmon joyida.
Seni… Yomğirlarsiz sevaman.
Yurakka sen köçib ötding, kel endi,
Hayotimga köçgin. Sevaman.
Yomğirni gapirma. U tindi,
Taşqaridan… içkin sevaman.
Muhabbat yurakka yutqiziq,
Noçor çoralarsiz sevaman.
Şeʼr nima? Tugaydi. Sevgi… yöq,
Seni metaforalarsiz sevaman.
Turkiy qöşiq
Turkiy yuragim bor, turkiy şuurim,
Hatto ruhim turkiy, özga şonim yöq.
Muşt bölib tugilgan qöllarim turkiy,
Vodariğ, birgina Turkistonim yöq.
Lahjamda turkiylar nafasi bordir,
Şu ğurur vujudim taxtiga ega.
Oşiq bölsa netay, qul ölsa netay,
Qalbim qadim turkning turkulariga.
Bas… Umrim yöliga tavallo ne naf,
Qismat bitigi şul… Saçragan qonman!
Turkistonim manim, ming yillik şonim,
Istagingda ölmiş turkiy isyonman!
Sen musiqa bölsang
Sen musiqa bölsang, tinglasam,
orzu bölsang, seni orzu qilsam men.
Gul bölsang, avaylasam, uzmasinlar deb,
kulgi bölsang, közimga muhrlasam seni.
Tuş bölsang, seni köriş uçun uxlasam,
tong bölsang, seni deb uyğonsam faqat.
Söz bölsang… gapirmasam seni,
sekin şivirlasam özimga özim.
Kitob bölsang, öqib ötirsam seni,
sahifalar oralab muhabbat izlasam.
Topsam, heç kimga aytmayin şodlansam,
saqlasam seni eng yaşirin sir kabi.
Kulsang, quvonsam men, sözlasang, eşitsam,
ovozingda qayğu gözal,
ğam pinhon tabassumingda.
Baxt bölsang yaraşar senga, yoki muhabbat böl,
bari yaraşadi senga gözal tuyğularning.
Faqat u qoldi
Oradan oy ötdi, balki, yil ötdi,
Neça bahor ötdi, neça gul ötdi,
Xayoldan silkingan neça qöl ötdi,
Göyo Toşkent–Qarşi: qança yöl ötdi,
Bir sevgi ötmadi, bir sen ötmading.
Qança yomğir yoğdi, qança qor yoğdi,
Döllar-u jalalar neça bor yoğdi,
Qança huş uçdi-yu, qança es oğdi,
Bizga kim boqmadi, bizga kim boqdi?
Bir sevgi boqmadi, bir sen boqmading.
Umrimga neça bor yorliqlar keldi,
Bu ğarib könglimga boğliqlar keldi,
Kelsa, muhabbatdan soliqlar keldi,
Amudaryo keçib baliqlar keldi,
Bir sevgi kelmadi, bir sen kelmading.
Kunlar bir-bir botdi, izma-iz botdi,
Jafolar köksimga yuzma-yuz botdi,
Yozda olov botdi, qişda muz botdi,
Bahorlar ketdi-yu qalbga kuz botdi,
Bir sevgi botmadi, bir sen botmading.
Umr ötib bordi, keyin vaqt kuldi,
Juda uzoq kuldi, u qah-qah kuldi,
Orada bir-ikki kulsa, baxt kuldi,
Duşmanlar ustimdan bildim, naqd kuldi,
Bir sevgi kulmadi, bir sen kulmading.
Ammo oxirida bardoş qolmadi,
Bu asov yoşlikda ham yoş qolmadi,
Endi sirlaşgulik sirdoş qolmadi,
Garçi avvalgi öt qaroş qolmadi,
Faqat sevgi qoldi, faqat sen qolding.
Xurşid ABDURAŞID
1995-yili tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining Oliy adabiyot kursini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Öşa men edim” nomli şeʼriy töplami naşr etilgan.
2022/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida