2 daqiqada öqiladi

203 marta körilgan

Millat ruhining qalqoni

Olam sohibi har bir mavjudotni himoya vositasi bilan birga yaratgan. Aytaylik, quşlarning qanoti, turli mavjudotlarning öziga xos, betakror xususiyatlari qalqon vazifasini ötaydi. Bunday himoya qurollari hatto ösimliklarda ham mavjud. Birgina atirgulning tikonlarini eslaylik…
Xöş, odamda-çi? Inson farzandi özini, özligini nima yordamida himoya qiladi? Köp masalalarda bölgani kabi bu savolga ham javobni hazrat Navoiydan olamiz:

Insonni söz ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari şarifroq yöq ondin.

Ha, söz, kengroq oladigan bölsak, til – insonning himoya vositasidir. Turli muşkul vaziyatlardan söz, til yordamida çiqib ketganimiz uçungina bunday demayapmiz. Gap şundaki, til – ruhning himoya qobiği, libosi. Har bir insonning, qavmning, muayyan millatning ruhi aynan til zirhi bilan himoyalanadi va til köprigi orqali keyingi avlodlarga ötadi. Mazkur tilda bitilgan gözal badiiy asarlar esa, uşbu qalqonni yanada mustahkamlovçi boş unsur hisoblanadi. Qaysi millat tili, adabiyotini eʼzozlasa, boşiga kötarsa, demak, uning ruhini, özligini zabt etib bölmaydi.
Bosqinçilar mazlum xalqning eng avvalo tiliga hujum uyuştirişi ham şundan – ona tilini poymol qiliş, ildizlarini quritiş, yöqotiş orqali millat zirhini ilma-teşik qilib, uning mingyillik qiyofasini yöq qilmoqçi, öz soyalariga aylantirmoqçi böladilar. Uzoqqa bormaylik, şöro davrida yurtimizda olib borilgan til siyosati asoratlari barçamizga maʼlum. Hukmron tilni bilmagani uçungina çetga surilgan, hamiyati oğrigan hamyurtlarimizning son-sanoği yöq edi. Bulbulni boşqa quş singari sayray olmagani uçun qafasga soliş qançalik mantiqsiz, xörlik uyğotuvçi hodisa bölsa, bizning holimiz ham undan avlo emas edi.
Istiqlolning eng uluğ neʼmatlaridan biri – ğururi zaxa yegan ona tilimizning qadri tiklandi.  Yuksak minbarlarda ham bemalol, kökragimizni kerib jonajon tilimizda sözlay oladigan böldik. Mustabid tuzum davrida ayrim kimsalar ona tilida sözlaşni u ya t  deb bilgan bölsalar, endi, aksinça, özbek tilida sözlaş barça uçun  f a x r ga aylandi. Qiynalib bölsa-da ona tilimizda sözlaşga harakat qilayotgan xorijliklarni körib, yayradik: onamizni boşqalar ham ardoqlayotganini körganimizda qanday suyunsak, şunday xursand böldik. Özbek tilining Davlat tili deb eʼtirof etilgani va milliy adabiyotimizning yuksak qadr topgani mustaqillik yillarida milliy immunitetimizning, himoya qobiğimizning mustahkamlanganiga boş omil böldi.
Prezidentimiz Farmoniga köra Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining taşkil etilgani esa bu borada qilingan işlarning gultoji böldi. Bu Farmon özini millat taqdiriga daxldor deb bilgan barça ziyolilarga, ayniqsa, yoş ijodkorlarimizga yangiça kuç, rağbat berişi şubhasiz. Zero, yangi taşkil etilgan universitet faoliyati adabiy jarayon bilan hamohang keçadi: har bir yaxşi asar ona tilimiz va adabiyotimiz rivojiga hissa qöşar ekan, isteʼdodli mualliflar öz-özidan  qadrdon universitetimizning tadqiqotçisiga aylanadi.
Bunday şaraf ijod ahliga muborak bölsin, deymiz!  

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)