Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 13 maydagi “Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetini taşkil etiş töğrisida”gi farmoni mamlakatimizda izçillik bilan muvaffaqiyatli ravişda amalga oşirib borilayotgan davlat siyosatining samaralaridan biri, allaqaçon jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilib, çuqur örganilayotgan Kadrlar tayyorlaş milliy dasturining navbatdagi yuksak bosqiçiga xos fenomen (noyob davriy hodisa) böldi.
Şu paytgaça alohida-alohida amal qilib kelgan taʼlim-tarbiya hamda ilmiy tadqiqot tizimlari uyğunlaştirilib, yangi tipdagi – yagona, yaxlit, mukammal tizim (sistema) yaratildi. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida uçta fakultet – özbek filologiyasi, özbek tili va adabiyotini öqitiş, özbek-ingliz tarjima fakultetlari, şuningdek, Özbek tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot instituti hamda Özbek tili va adabiyoti muzeyi taşkil etildiki, bu ayni yangi tizimning hayotbaxş mohiyatini körsatuvçi yorqin misoldir.
“Belgilab qöyilsinki, – deyiladi farmonda, – Universitet özbek tili va adabiyoti böyiça filolog mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar, yuqori malakali tarjimonlar tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş, soha xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, ayni şu yönalişlarda ilmiy va öquv-metodik materiallarni işlab çiqiş böyiça tayanç oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi”.
Bu esa jamiyatning estetik didi ösişiga, millat hayotining oynasi (til va adabiyot) ravşan bölişiga, xalq ijodkorligi ravnaqiga, til va adabiyotning tobora yuksalişiga xizmat qiladi. Maʼlumki, har qanday badiiy ijod, jumladan, muayyan asar zamirida uning yaratilişida hal qiluvçi ahamiyat kasb etgan dunyoqaraş, estetik ilm mavjud. Navoiy ona tilimiz qonuniyatlari va boyliklari, öziga xos xususiyatlarini çuqur ilmiy tadqiq qilib (“Muhokamat ul-luğatayn”), butun bir ilm yaratib, badiiy ijodini şu ilmiy asosga qurgani uçun ham dohiyona bunyodkorlikka erişdi. Universitet farmonda belgilangan dastur va vazifalarni töliq bajarib borişi davomida, uning bağridan yetişib çiqqan yetuk kadrlar öz zimmalaridagi vazifalarni sidqidildan va munosib ado etişlari natijasida yoş avlodning ijodkorlik ruhi gullab-yaşnaydi, ona tilining boy imkoniyatlari va gözalliklarini öz salaflariga nisbatan badiiy yuksak namoyon qiluvçi ijodkorlar kamol topadi, hatto, ular orasidan öz asarlarini jahon tillariga tarjima qilib, jahon adabiyoti jarayoniga qöşa oluvçilar ham yetişib çiqişi mumkin (Robindronath Thakur ikkita şeʼrini özi ingliz tiliga ögirib, eʼlon qilganini, uning badiiy kamolini körgaç, ingliz şoirlari hind hamkasblari asarlari tarjimasiga astoydil kirişib ketganlarini, bu esa uluğ adib jahoniy şuhrat qozonişiga, Nobel mukofoti bilan taqdirlanişiga şaroit yaratganini eslang). Mazkur universitet tayyorlagan mutaxassislar jonajon Özbekistonimizning şuhratini jahonga yoyişda hammadan köproq burçli hisoblanadilar, deb öylaymiz. Misol uçun, ular kömagida özbek adabiyoti jahon adabiyoti jarayoniga emin-erkin kirib borişi önğay keçadi. Bu imkoniyat ilmiy va boşqa sohalarga ham tegişlidir. Zero, universitetning asosiy vazifalaridan biri – “ilmiy, badiiy va boşqa sohalardagi adabiyotlarni özbek tilidan ingliz va boşqa xorijiy tillarga, şuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlaş”dir.
“Davlat tili haqida”gi qonunga asosan özbek tiliga davlat tili maqomi berilgani (1989-yil 21 oktyabr) va bu huquqiy norma Konstitutsiyamizda muhrlab qöyilgani uning kelgusi taraqqiyoti uçun katta imkoniyatlarni oçdi, özbek adabiy tilining mavjud ilmiy qonun-qoidalariga töla rioya etilişi qonunan kafolatlandi (“Davlat tili haqida”gi qonunning 29-moddasi). Şundan beri bu sohada tadrijiy, izçil iş olib borilmoqda. Mazkur farmon şu yönalişdagi faoliyatning mantiqiy davomi va u navbatdagi yuksak bosqiçga ötganining amaliy tasdiğidir.
Farmonda körsatilganidek, “Keyingi yillarda Özbekistonda mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga yanada çuqur integratsiyalaşuvini taʼminlaş maqsadida çet tillarni, xususan, ingliz tilini öqitişning kompleks tizimi yaratilib, amalda keng joriy etilmoqda”. Bu esa, şubhasiz, davlat tili maqomida barqaror özbek tilining ayni integratsiyalaşuv jarayonidagi yuksak mavqei va masʼuliyatini ham amalda namoyon qiladi. Zero, çet tillar ona tili imkoniyatlari darajasida örganiladi, jahon adabiyoti namunalari milliy söz boyligi asosida tarjima qilinadi. Binobarin, bu tarixiy hujjatda “ona tilimizning qöllaniş doirasini kengaytiriş… bugungi kunda öta dolzarb masalaga aylanmoqda” deb taʼkidlangan va “birinçi navbatda, fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy iş va şu kabi öta muhim tarmoqlarda özbek tili özining haqiqiy örnini egallaşiga erişiş” oldimizda muhim vazifa bölib turgani uqtirilgan hamda uni hal etiş yöllari körsatilgan, “ona tilimizning internet jahon axborot tarmoğida munosib örin egallaşini taʼminlaş” çora-tadbirlari belgilangan. Darhaqiqat, farmonda qayd etilganidek, “Biz ajdodlardan avlodlarga ötib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylaş, uni boyitiş, nufuzini oşirişni özimiz uçun eng ustuvor, uzviy davom etadigan yuksak maqsad deb bilişimiz va bu masalaning ahamiyati heç qaçon eʼtiborimizdan çetda qolmasligi zarur”. Şu bilan birga, biz “Özbekistonda milliy tillarni rivojlantiriş uçun keng şaroit yaratilgani, bugungi kunda yurtimizda taʼlim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari yetti tilda faoliyat olib borayotgani jamiyatimiz hayotida millatlararo ahillik va hamjihatlikni mustahkamlaşda muhim omil bölayotgani” bilan faxrlanamiz. Bu ezgu jarayonda özbek tili davlat tili maqomida ruhlantiruvçi, yakdil va jips etuvçi maʼnaviy kuçga aylangani ham tarixiy haqiqat. Zotan, maʼnaviy taraqqiyotimizda yangi yuksaliş bosqiçini boşlab bergan uşbu farmon hayotga hartaraflama va töla-tökis tatbiq etilişi natijasida ona tilimiz va adabiyotimizning xalqaro miqyosdagi örni va nufuzi yanada oşadi, bu – tabiiy. Bunga uning tarixiy tajribasi, Navoiy ijodi şarofati ila, butun turk ulusini yakqalam qilganligi, asrlar davomida va to hozirgaça turkiy tillar orasida peşqadam sifatida eʼtibor qozonib kelayotganligi ham katta imkoniyat beradi, deb öylaymiz. Umid qilamizki, suveren demokratik respublikamiz – Özbekistonimizning jahon hamjamiyati miqyosida tobora oşib borayotgan mavqei özbek tilining xalqaro tillar qatoridan örin olişiga ham bois böladi.
Turli kasb egalari bölmiş barça vatandoşlarimiz özbek tili va adabiyotining fidoyi vorislari, ijoddoşlari ölaroq kamol topişlari maʼnaviy va ijtimoiy zaruriyatdir. Ona tilini özining yuksak dunyoqaraşi va ezgu murod-maqsadlarini badiiy şaklda yuzaga çiqariş yölida mohirona qöllay oladigan har bir şaxs, qaysi soha mutaxassisi ekanidan qatʼi nazar, adabiy ijodkor bölişi mumkin. Barça zamonlarda dasturilamal bölib qoladigan bu hikmat bejiz aytilgan emas:
“Agar biz Özbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqçi, uning qadimiy tarixi va yoruğ kelajagini uluğlamoqçi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqçi bölsak, avvalambor buyuk yozuvçilarni, buyuk şoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalaşimiz kerak” (Islom Karimov. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç. – T.: “Maʼnaviyat”, 2008, 139–140-betlar).
Farmonda belgilanganidek, “taʼlim-tarbiya tizimining barça böğinlarida özbek tili va adabiyoti fanini öqitişning hamda uşbu soha böyiça yuqori malakali kadrlar tayyorlaşning sifatini tubdan oşiriş” öz tarbiyaviy mohiyatiga köra, buyuk yozuvçilarni, buyuk şoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalaşga ham bevosita va bilvosita omil böladi. Barçamizning qalbimizda şunday komil işonç hissini yanada mustahkamlagan mazkur tarixiy farmon butun xalqimizni çinakamiga xuşnud etgani ğoyat mantiqiydir. Şuning uçun çin yurakdan tilak tilaymizki:
Nihollar böy çözsin adil,
Oçilsin ğunça.
Jör bölsin bulbulu dil
Dunyo turgunça.
Oftob kabi barq ursin
Zotu zurriyod.
Davru davronlar sursin
Muborak hayot.
Muhabbatga bölsin yor
Hazrati Inson.
Yurt tinçlik bilan poydor,
Hur bölsin har jon.
Muhammadali QÖŞMOQOV
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


