Tahririyatimizda taniqli bolalar şoiri Tursunboy Adaşboyev bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi. Şoir yoşlarning savollariga atrofliça javob berdi, xotiralari, şaxsiy kuzatişlari, adabiyot haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi. Quyida ana şu gurungdan parçalar eʼtiboringizga havola etilyapti.
Bizning Jumavoy aka
Bolaligimizda “Katta bölsang, kim bölasan?” deb söraşsa, tengdoşlarim heç ikkilanmay: “Tegirmonçi bölaman”, derdi. Çunki non çuçuk edi, tansiq edi. Bolalarning köziga tegirmonçi töq yaşaydigandek körinardi. Uruşdan keyingi oğir yillar, bir oyoği jang maydonida qolib ketgan qişloqdoşimiz dars beradi. Bir xonada ikkita sinf öqiymiz. Uçinçi sinf öngdagi, törtinçi sinf çapdagi partalarda ötiradi. Öqituvçimiz: “Hozir törtinçi sinf topşiriğini beraman”, deydi. Uçinçi sinfda öqiydigan ayrim öquvçilar törtinçi sinfga berilgan maşqlarni bajarib qöyadi. Bir oydan keyin “Sen törtinçi sinfga köçding”, “Sen yaxşi öqimaganing uçun törtinçi sinfdan uçinçi sinfga ötasan”, deb qoladi muallim. Bir xonada öqib, bir yilda ikkita-uçta sinfni tugatgan tengdoşlarimiz bölgan. Öşa paytlarda Jumavoy Möminov degan qişloqdoş akamiz Toşkentda öqirdi. Köp ötmay televizorga çiqib, “Olamda nima gap?” körsatuvini olib bora boşladi. Qişloq ahli yiğilib, ana şu dasturni köradi. Öqituvçilar esa: “Tuzuk öqisalaring, sizlar ham Jumavoyday televizorga çiqasizlar”, deydi. Bolalar Jumavoy akadek bölişga intilib, kitobga yopişadi. Ana şunaqangi qiziqişlar, muallimlarimizning qiziqtirişlari bizga qanot bağişlagan.
Doston öqib ulğaydim
Menda adabiyotga mehrni özbek xalq dostonlari uyğotgan bölsa kerak. Uruşdan keyingi yillarda kitob kam edi. Qaşqadaryo, Surxondaryoda baxşilar dostonni dömbirada kuylasa, biz tomonlarda esa qiroat bilan, ohang bilan öqilardi. Bobomga va u kişining davradoşlariga doston öqib berib ulğaydim. Vaqti kelib, Til va adabiyot institutida işlayotgan ilmiy xodimlardan biri: “Tursunboy aka, xalq dostonlarini yozib jönatgan ekansiz. Uluğ dostonçilar xat yozgan ekan”, deb qoldi. U menga Hodi Zaripov, Muzayana Alviyaning maktubini eslatgandi. Keksalarning davralarida gurung qizir edi. Qahramonlik ertaklari, kiçik dostonlar aytilardi. Ularning köplarini yozib olib, şu sohaning bilimdonlariga xat orqali jönatganman. Hodi Zaripov ana şunday maktublarimning ayrimlariga öz mulohazalarini bildirib javob yozgandi. Yana bir gap, eskidan odatim bor. Qanday kitob öqimay, muallifga xat orqali munosabatimni bildirib kelaman. Masalan, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor singari ustozlarning kitoblarini öqib ham maktub yozganman. Bu uluğ zotlardan javob maktubini ham olganman. Ana şunday xatlarni bugungaça asrab kelaman.
Abdulla Qahhorga hikoyalarini şeʼrga solib maktub yozdim. “Teşik dasturxon” hikoyangiz nega töplamga kirmadi?” deb söradim. Adib: “Naşrga tayyorlayotganimda “Teşik dasturxon”ga öxşagan hikoyalarning köpini kiritmadim, çunki juda böş ekan”, degan.
Adabiy qahramon bilan uçraşuv
Köpçilik ijodkor döstlar va kitobxonlar: “Tursunboy aka, körgan-keçirganlaringiz haqida nasrda biror asar yozmaysizmi?” deb sörab qolişadi. Men esa: “Çavandoz bir otni çopsa, yaxşi uloqçi böladi”, deb öylayman. Negaki, mahorat ham, tajriba ham bir adabiy turda yaxşi oşib boradi-da! Teng-töş ijodkorlarning ayrimlari har maqomga yörğalab beobrö böldi. Nasr tabiatiga mos adabiy keçinmalar, voqea-hodisalarni yozuvçilikni uddalaydigan qadrdonlarimga ilinib turaman. Masalan, döstim Tohir Malikni ona qişloğim Safed-Bulonga taklif qilganimda Kesak polvon bilan uçraştirgan edim. Usta adib bu odamning obrazini “Şaytanat” qissasiga mahorat bilan kiritib yubordi. Bundan kamina ham, yozuvçi ham birdek xursandmiz.
“Siz Tursunboy Adaşboyevsiz-a!”
Ötgan asrning 60-yillarida qiziq voqea bölgan edi. Viloyat gazetasida işlayman. Toşkentga öqişga boraman, deb çoğlanib yuribman. Işdan ruxsat oliş uçun muharririmiz Halimjon Hamidovga maslahat soldim. Rahbar esa: “Tursunboy, öqişga boraman deganingizni heç kimga aytmang! Elga tanilib qoldingiz, hamma jurnallarda şeʼrlaringiz çiqyapti. Bordi-yu, kirolmay qolsangiz, masxara bölasiz-da!” deb qoldi. Boşqa yoru döstlarga aytmasdan, Toşkentga keldim. Hozirgi Milliy universitetga imtihon topşiryapman. U paytlarda kiriş sinovlarida inşo yozilardi. Menga “Oygul bilan Baxtiyor” mavzusi tuşdi. Bu doston yod bölib ketgandi. Özimga işonganimdan qoralamasiz yozib berdim. Beş kundan söng ikki baho çiqib turibdi. Dodimni kimga aytişni bilmayman. Dardimni içimga yutib, qişloğimga qaytdim. Imtihon natijasini muharririmizga aytgandim: “Ertadan işga çiqing”, dedi. U kişi ana şunday bağrikeng, mehribon kişi edi.
Keyingi yili yana keldim. Qarangki, bu safar ham “Oygul bilan Baxtiyor” haqida inşo yozdim. Bu gal beş çiqib turibdi. Hayronman. Oğzaki imtihonga kirsam, bir öqituvçi:
– Siz Tursunboy Adaşboyevsiz-a! – deb sörab qoldi.
– Ha, menman, – dedim.
– Men Sattor Haydarovman. Ötgan yili imtihonda birinçi marta nazoratçi bölib işlagandim. Tajribasizlik qilibman. Sizning inşongizni olğirlar boşqasiga berib yuborgan, – dedi.
Hayron qoldim. Bu töğrisöz va dangal muallim bilan qadrdon oğa-ini bölib ketdik. Endi öylab qarasam, u paytlari öqişga kiriş imtihonlarida har xil “fokus-mokus”lar bölgan ekan. Bugun eski zamonlar ortda qoldi. Sizlar test sinovlaridan ötib, öqişga qabul qilingansizlar.
Parodiyabop emasmi?!
Yaxşi asar öqisam, quvonaman. Badiiy baquvvat asar faqat muallifning emas, adabiyotning, millatning yutuği böladi. Şu bois “Şarq yulduzi”da, “Yoşlik”da, umuman olganda, adabiy naşrlarimizda yaxşi asarga közim tuşsa, albatta, tahririyatga borib, ijodkorning telefonini olib, qönğiroq qilib tabriklayman. Qoraqalpoğistonda böladimi, Surxondaryodami, asarining qaysi jihatlari maqʼul kelganligini aytaman. U esa: “Tursunboy aka, parodiyabop emasmi?” deb söraydi. “Yaxşi yozilsa, parodiyaga örin qolmaydi”, deb javob beraman men.
Söz örnida işlatilmasa, bitganida tuz bölmasa, parodiya yoziladi-da. Mana, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfiday şoirlarning şeʼrlari parodiyaga imkon bermaydi. Menga sovğa qilingan kitoblarning köpiga “Parodiya yozmaslik şarti bilan”, deb dastxat qöyilgan. Ayniqsa, keyingi paytda bu şart yanada köpaydi. Kitob berdingmi, şart qöyib nima qilasan! Yana bir gap, parodiyadan nega qörqasan?! Bir-birimizga kamçiligimizni aytmasak, kim aytadi. Har qanday xatoni öz vaqtida tuzatişdan, kelgusida yana şunday nuqsonlarga yöl qöymaslikdan muallif va adabiyot yutadi-ku!
Şoir-yozuvçilar adabiyotşunoslar bilan “şahar talaşmasdan”, döst bölişi kerak, deb öylayman. Şunda badiiy baquvvat asarlar paydo böladi. Hozir bir odat avj oldi: ayniqsa, yoş ijodkorlar tanqidni yoqtirmaydi. “Iya, sen tanqidga çidamasang, fikrni yomon körsang, nimaga yozasan?!” desangiz, oğrinadi. Adabiyot çidaganga çiqarilgan, buni, ayniqsa, jiddiy niyatli ijodkor anglaşi kerak.
Parodiya yozganimga rahmat aytib, kamçiliklarini tan olib, “Şu şeʼrimni qayta işladim, bir eşiting”, deydiganlar ham bor. Ammo xatosini tan olmasdan tumtayib, bir yil, yarim yildan keyin: “E, Tursunboy aka, töğri yozgan ekansiz”, deydiganlar ham bor. Adabiyot masalasida doim xolis sözni aytiş kerak. Yöqsa, malomatga qolamiz. Vaqti kelib, falon asrda yaşagan ustozlar bir-birining kamçiliklarini körmay, körsa-da körmaslikka olib yaşagan ekan, deyişadi-ku?!
Mirtemir domlaning “Xörsiniq” şeʼrini eslaylik. “Hanuz şeʼr yozişni bilmayman” degan satr bilan yakunlanadi. Bir öylab köring-a, Mirtemir domla bu şeʼrni 1973-yili yozgan ekan. Bu paytda u kişining oldiga tuşadigan şoir yöq edi. Atrofida şogirdlari bisyor, obrö-eʼtiborli şoir. Ammo domlaning gapini qarang:
Taqdirimga heç ham öpka qilmayman,
Qölimdan kelmaydi degan peşa kam.
Baʼzan közlarimda tomçi-tomçi nam…
Hanuz şeʼr yozişni bilmayman.
Men esa, hanuz hayronman. Mirtemir şeʼr yozişni bilmasa, kim bilar ekan?!
Zamondoşlarimizdan biri yozadi:
Şeʼr yozmagan tunim yöq,
Şeʼr aytmagan kunim yöq.
Har kuni şeʼr yozib böladimi, axir? Yozilgan taqdirda ham, qanday şeʼr böladi u!? Şu şeʼrni yozgan döstimga şunday parodiya yozdim:
Ustoz Ğafur Ğulom ham
Yozmagandir har kuni.
Eslang Asqad Muxtorni
Yoki Rauf Parfini.
Şoir nahot dam olmay,
Qalam tişlab ötirsa;
Kök burjida bulutlar
Elak qoqsa, köpirsa;
Evaziga osmondan
Şeʼrlar tutday tökilsa?
Jön va oddiy satrni
Kaşfiyot deb jöşmaylik.
Birodar, şeʼrimizga
Yolğon gapni qöşmaylik.
Parodiya yoziş uçun şeʼr qidirmayman. Ammo köp uçrataman. Keyingi paytda parodiyabop şeʼrlar köpayib ketayotganday. Mana, masalan, yoş şoirlardan biri “Suyguli” şeʼrida:
Yölingni kuta-kuta,
Kunim yelga sovurdim.
Garmselda guvranib,
Yuragimni qovurdim…
deb yozibdi. Uning bu sözlariga parodiya yozmaslikning heç imkoni yöq.
Garmselda guvranib,
Bisotingni sovurma.
Öpkangni bos, kofe iç,
Yegin turkça şovurma.
Burgaga aççiq qilib
Qaltis işga dov ursang,
Zira, piyoz qöşmasdan
Yuragingni qovursang,
Alkaş dösting bilmasdan
Qilar uni zakuska,
Unda qizni yetaklab
Kim boradi ZAGSga?..
Bundan maqsad yoş şoirni kulgiga oliş emas, şeʼrdagi kamçiliklarini şeʼriy yöl orqali körsatib, sözni örinli işlatişiga xayrixohlik bildirişdir.
Şoira singillarimizdan birining şunday misralari bor:
Men köprikning örtasida
Qotib turgan serkaman.
Yölim böşat, erka bölsang,
Men ham sendek erkaman.
Unga mana bunday söz aytgandim:
Olmaxonning örisçasi
“Belka” böladi.
Kurakning sal teparoği
Yelka böladi.
Farzandlarning kenjatoyi
Erka böladi.
Hayvonlarning hayvonlardan
Farqi bor, singlim!
Taka zotin axta qilsa,
Serka böladi…
Sumkangizda nima bor?
“Nega faqat bolalar haqida yozib özingizni çeklaysiz, kattalar haqida yoziş niyatingiz bormi?” deb sörab qolişadi. Yöq, qölimdan kelmaydi. Bolalar uçun yozadigan ikki-uç yozuvçi bor, şoir bor. Bolalarga şeʼr yozib topgan jinday obrömni yerga urmoqçi emasman. Ammo katta şeʼriyatning, katta prozaning muxlisiman. Şoir-yozuvçilarimizning ijodini kuzatib boraman. Sababi oddiy – har kim qölidan keladigan işni qilgani yaxşi-da! Bolalarga atab yozgan şeʼrlari bilan ustoz Qudrat Hikmatning nazariga tuşgan Yöldoş Sulaymon birdaniga prozaga ötib ketdi. Qissa yozdi, roman yozdi. Keyin bolalar adabiyotiga qayta olmadi. Yozdi, ammo avvalgi asarlariga heç yaqin kelmadi. Bilasizmi, nega? U bolalar dunyosidan çiqib ketgandi.
Gohida katta sumka kötarib yuraman, hamma hayron: “Saksonga çiqqan otaxon bu sumkaga nima solib olgan”, deb. Içi töla şeʼr böladi. Viloyatlarda ijod qilayotgan uka-singillarimning şeʼrlari böladi. Biri xorazmlik, biri namanganlik… Ularni yaxşi tanimayman ham, ijodiy uçraşuvlarda gaplaşgan bölsam kerak-da. Xat yöllab, maşqlarini jönatişadi. Öqiyman, yaxşi şeʼr uçrab qolsa, “Gulxan”, “Ğunça”, “Tong yulduzi” va boşqa naşrlarga tavsiya etib boraman. Çunki bizga ham bir zamonlar Qudrat Hikmat, Mirtemir domla, Asqad Muxtor kabi uluğ şoirlar şunday yordam qilgan. Şeʼrlarimizning xato-kamçiliklarini körsatib, tuzatiş uçun yöl-yöriq berib, naşrlarga tavsiya etişgan. Yoşlarga ğamxörlik qiliş, töğri yöl körsatiş, intilişlarini rağbatlantiriş katta avlodning burçidir.
Gurungni Nurilla
qoğozga tuşirdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


