Şarq sivilizatsiyasi tarixi, jamiyatning maʼnaviy-maʼrifiy takomilida ötmişda yaşab ijod etgan şoirlar, adabiyot ahlining xizmati katta bölgan. Turkiy, xususan, özbek yozma adabiyotining yuzaga kelişi va rivojida Ikkinçi turk xoqonligi davrida yaşab ijod etgan adib va tarixnavislar Tönyuquq hamda Yölluğ tiginning örni beqiyos. Uşbu ijodkorlarni turkiy yozma adabiyotining, turkiy tarixnavislikning asosçilari desa böladi.
Bilga Tönyuquq – Ikkinçi turk xoqonligining barpo etiluvi va saltanatning mustahkamlanişiga munosib uluşini qöşgan davlat arbobi, şu bilan birga, uluğ faylasuf, tarixçi va öz davri adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, taniqli adib edi. U uç xoqon – Qutluğ (=Eltariş~Eltaris; hukmronlik davri 682–692-yillar), Bögu (=Qapğan~Qapağan; hukmronlik davri 692–716-yillar) hamda Bilga xoqon (hukmronlik davri 716–734-yillar)ning maslahatçisi va qömondoni ötgan. “Öşanda kengaşçi ham mening özim edim, uruşuvçisi ham men edim”, deya xotirlaydi bu töğrida muallif öz asarida. Ayniqsa, Qutluğ va Bilga xoqon taxtda ekanliklari çoğida uning obrösi va mavqei baland bölgan. Tönyuquq Bilga xoqonning qaynotasi ham edi. Yozuvçi va tarixçi Yölluğ tigin Tönyuquqqa nevara böladi.
Tönyuquq turkiy yozma adabiyotning eng keksa namoyandasi, undan ilgari yaşab ijod etgan turkiy ijodkor maʼlum emas.
Uning oti turkiy bitiglarda <n> yoki qöşaloq <ny> harflari bilan ikki xil yozilgan: TÖNuQuQ hamda TÖNYuQuQ. Harqalay, birinçi <n> harfi bilan yozilgani ham [ny] deb talaffuz etilgan bölişi kerak.
Tönyuquq ayrim xitoy manbalarida Tang sulolasi davrida ötgan atoqli davlat arboblari, uluğ donişmand va sarkardalar bilan teng qöyiladi. Uning otiga bilga sifatining qöşib aytilgani bejiz emas. Bilga sözining maʼnosi qadimgi turkiy tilda “dono, donişmand”: Bilga Tönyuquq – “donişmand Tönyuquq” degani. U yirik donişmand, xoqonlar kengaşçisi, uluğ faylasuf bölgani uçun ana şu unvonni olgan.
Tönyuquq yurt tinçligi, mamlakat kuç-qudratini oşiriş yölida köp yaxşi işlarning boşida turdi, mamlakat ozodligi, xoqonlikning tiklanişi va el yurt çegaralarining kengayişiga munosib uluşini qöşdi.
Tarixnavis va adib Tönyuquqning bir asari yetib kelgan. Asar fanda muallifning oti bilan yuritiladi. Tönyuquqning hayoti va qilgan işlari öşa asarda yaxşi berilgan. Tönyuquq haqida ötmiş manbalarida ham maʼlumotlar bor. Uni adib va tarixçi Yölluğ tigin ham Bilga xoqon xotirasiga örnatilgan bitigida eslab ötadi. Kuli-çör bitigida Tönyuquqning oti ikki bor qayd etilgan. Yana öşa zamonning xitoyça manbalarida ham Tönyuquq haqida maʼlumotlar uçraydi. Mazkur manbalarda uning oti Yuan-şjen bölib, u Tönyuquq ismining xitoyça tarjimasidir.
Tönyuquqning tuğilgan va ölgan yili maʼlum emas. Liu Mau-tsan xitoy manbalarini tahlil etar ekan, Tönyuquq 716-yili yetmiş yoşlarda edi, degan fikrni bildiradi.
G. Klouson, L. Bazin uning ana şu fikriga tayanib, Tönyuquq 646–647-yillarda tuğilgan, degan xulosaga kelgan.
Tönyuquq Tabğaçda tuğilib tarbiya topgan. Uning ota-onasi öşa yerga borib yaşab qolgan turk zodagonlaridan bölişi kerak; yoş Tönyuquqning bilim olişga şaroiti yetarli bölgan.
Bolaligi töğrisida muallif öz asarida şunday yozadi: Bilga Tönyuquq-ben. Özum Tabğaç elinga qilintim. Turk bödun Tabğaçqa körur erti (Men Bilga Tönyuquqman. Özim Tabğaç yurtida tuğildim. Turk xalqi Tabğaçga qaram edi). Tabğaçning iş yöriğiga köra, turk öğlonlari bu yerda tarbiyalanib, öz yurtiga rahbarlik işlariga jönatilar edi. Yoş Tönyuquqqa ham şunday yöl tutildi. Lekin u otalar yurtiga kelib, Tabğaçga xizmat qiliş örniga milliy ozodlik harakatlariga qöşilib ketdi.
Tönyuquq bitigi yonma-yon tiklangan ikkita toşga kök turk yozuvida yozilgan. Yodnoma 62 satrli bölib, uning 35 satri birinçi toşga, keyingi 27 satri esa ikkinçi toşga tepadan quyiga qarab bitilgan. Yodgorlik hozir ham özining tiklangan joyida. Tevaragida köhna maqbara vayronalari, usti nuragan haykal va balballar, turli bezaklar işlangan yirik-yirik toş parçalari, ustunlarning tagliklari yotibdi. Vayronaning bir yoğida, kunçiqarga biroz yurilsa, yaqin ikki yuz qadam çamasi qatorasiga yerdan çiqib qolgan turli körinişdagi toşlarga, balbal va ustunlarga közingiz tuşadi. Maqbaraga kiriş yölagi şu yoqdan bölgan körinadi. 1957-yili mazkur kompleksdan tört qatorli matn parçasi ham topilgan. Tönyuquq yodgorlik kompleksi öz zamonida uluğ ziyoratgohlardan edi. Hozir esa uning xarobalari qolgan, xolos.
Tönyuquq yodgorlik kompleksi xoqonlik zamonidan qolgan boşqa yodgorliklardan ança çetda. Kul tigin va Bilga xoqon qabrtoşlari tiklangan joy bilan bu yerning orasi 360 çaqirim. Sarkarda qarigan çoğda davlat işlaridan çetroq, tinç bir manzilni tanlagan bölsa ajabmas.
Yodnoma matnini muallifning özi közi tirikligida bitib, toşga yozdirib qöygan. Bu haqda matnning 58-qatorida: Turk Bilga qağan elinga bititdim ben Bilga Tönyuquq (Qudratli Bilga xoqon elida yozdirdim, men – Bilga Tönyuquq) degan sözlarni öqiymiz. Matn uning öz tilidan hikoya qilinadi. Biroq bitigning yozilgan sanasi-da aniq emas. Baʼzi bilim kişilari yodgorlik 712–716-yillar orasida, baʼzilar 720, boşqa birlari 725–726-yillarda bitilgan, deya taxmin qiladilar. Hatto uşbu bitig Kul tigin bitigiga javob tariqasida bitilgan, degan qaraşlar ham bor. Taniqli olim U. Sertkaya asarda aks etgan tarixiy voqealarni tahlil etib hamda matnni Kul tigin, Bilga xoqon bitiglari bilan tekstologik jihatdan özaro çoğiştirib, bitig birmunça keç – Bilga xoqon taxtda ekanligi çoğida (Turk Bilga qağan elinga bititdim jumlasini közda tutgan holda), 732–734-yillar orasida yozilgan degan xulosaga keldi. Uning fikriça, Tönyuquq bu kezlar 85 yoşlarda edi.
Bitigda Tönyuquq özining ösib ulğayişidan boşlab, Eltariş boşliq ulus ozodligi harakatlariga qöşilib, mamlakatni bosqinçilar zulmidan qutqarişi, öz qahramonliklari, mamlakat çegaralarini kengaytiriş, yurt erki, ulus tinçligi va farovonligi yölida olib borgan kuraşlarini, ezgu işlarini hikoya qiladi. Unda xoqonlik tarixi yaxşi yoritilgan. Muhimi şundaki, tarix bayoni oddiy emas: muallif körgan-keçirganlarini, özi qatnaşgan buyuk işlarni taʼrif etmaklik uçun turkiy tilning boy imkoniyatlaridan, xalq maqollari, turli badiiy vositalardan unumli foydalangan. Uslub yuksak baloğat darajasida, öta çiroyli. Bu belgilari matnning badiiyligini taʼminlaydi. Bunday uslubning tanlanişiga sabab asarni öqişli qiliş, uning badiiy-estetik taʼsirini oşiriş edi. Şuning uçun bitigni tarixiy-badiiy asar sifatida örganiş örinlidir.
Bitigda Tönyuquq qörqmas bahodir, uluğ yölboşçi sifatida gavdalanadi. Buni Yaris daştida keçgan janglar taʼrifida oçiq kuzatamiz. Yov sirini bilib kelgan kuzatuvçining “Yaris daştida ön tuman [yuz ming] qöşin terildi” degan xabarini eşitib, beklar yoppasiga ortga qaytişni xayol qildilar. Lekin Tönyuquq: “Altun yişni oşib keldik, Ertiş öguzni keçib keldik. Kelgani alp deganlar. (Yov bizni) tuymadi. Tangri Umay, muqaddas yer-suv bosib bergan, şekilli, nega tezamiz (yovni) köp deya, nega qörqamiz (özimizni) oz deya? Qani, bosaylik, jangga kiraylik”, deya ularni töxtatib qoldi, qöşinning ruhini kötardi. Tönyuquq aytganiday böldi, jangda yov yengildi. Ikkinçi kun keldi, ötday qizib keldi. Yovning ikki qanoti yarimça ortiq edi. Şunday esa-da, yov mağlub böldi. Öşa xabarni eşitib, ön öq beklari, xalqi yoppasiga boş egib keldi.
Bitig oxirlagan sayin yozuvçining közlagan maqsadi oçiq-oydin közga taşlana boradi; xoqonlik tarixidagi yutuqlarning boşida xoqon bilan bir safda Tönyuquq ham turganiga alohida urğu beriladi. Bitigda aytiluviça, Eltariş xoqon allomasi bilan bölgani uçun, bahodiri bilan bölgani uçun qöşni ellarga çerig tortib, mamlakatni kengaytirdi, zafar qozondi. “Eltariş xoqonga, turk Bögu xoqonga, turk Bilga xoqonga tun uxlamayin, kunduz ötirmayin, qizil qonimni tugatib, qora terim yugurtib, mehnatimni, kuçimni berdim” (qizil qanim tukati, qara terim yugurti, isig-kuçig bertim), deya urğulaydi muallif.
Asar qahramonining alplarça kuraşi “Bosadigan yovni poymol qilğuçi edim”, deya taʼriflanadi. Boşqa bir örinda u yurt jonkuyari ekanligini taʼkidlab: “Bu turk xalqiga yaroqli yovni yölatmadim, (uning) yalovli otini yugurtirmadim”, deydi. “Qay yerdagi xoqonli xalqning mening singari alpi bor ersa, uning ne qayğusi bölardi”, deya yakunlanadi eposlarga xos bayon.
Alohida taʼkidlanuviça, Eltariş xoqon va Tönyuquq yelkama-yelka turib zafar quçmaganlarida ulus ozodlikka erişmagan, saltanat tiklanmagan bölardi. “Eltariş xoqon zafar qozonmaganida, uning bilan mening özim zafar qozonmaganimda, yurt ham, xalq ham yöq bölar edi. (Xoqon) zafar qozongani uçun, mening huşyorligim, zafar qozonganim uçun, el ham el böldi, xalq ham xalq böldi”, deyiladi bitigda.
Bu sözlar qayta-qayta taʼkidlanadi: “Eltariş xoqon zafar qozonmaganida, yöq bölganida, men özim bilga Tönyuquq zafar qozonmaganimda, men bölmaganimda, Qapağan xoqon turk sir xalqi yerida böy ham, xalq ham, kişi ham ega bölmas edi”. Uşbu qaytariqlarning öziga yaraşa badiiy-estetik vazifasi bor: undan murod ana şu tarixiy haqiqatga öquvçi eʼtiborini jiddiyroq qaratiş, asarning ğoyaviy taʼsirini oşirişdir.
* * *
Ikkinçi turk xoqonligi davrida (VIII yuzyillikning birinçi yarmi) yaşab ijod etgan tarixnavis, kök turk yozma adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri Yölluğ tigindir. Kök turk obidalarini naşr ettirgan olimlar transkripsiyada uning otini Yöliğ~Yöluğ~Yölluğ~Yuluğ şakllarida beradilar. Bitiglarda uning oti ikki xil yozilgan: YÖLĞTIGN va YÖLLĞTIGN. Keyingi qöşaloq <ll> bilan yozilgan şaklini közda tutib, uning otini Yölluğ tigin şaklida öqigan maʼqul. Bu ism tarkibidagi yölluğ – “yöli oydin; yöli yoruğ”, tigin esa “şahzoda” anglamidadir.
Tarixnavis va adib Yölluğ tiginning ikki bitigi maʼlum: ikkovi Ikkinçi turk xoqonliğining asosçisi Eltarişning öğillari xotirasiga tiklangan mangutoşlarda. Biri Eltarişning kiçik öğli, sarkarda Kul tigin (=Köl tigin), ikkinçisi katta öğli Bilga xoqon bitigidir. Mangutoşlar Möğulistonning Koşo Saydam vodiysida Kökşin-Urxun daryosining yaqinida, biri-biridan bir çaqirim uzoqliqda, özining örnatilgan joyidan topilgan. Hozirgi çoğda Kul tigin bitigi tiklangan örnida, Bilga xoqon bitigi esa ança uringani uçun boşqa bir yerga eltib qöyilgan.
Bilga xoqon bitigida Yölluğ tigin xoqonni “otam xoqon” (qangim qağan) deya tilga olgan: Qangim qağan it yil önunç ay alti ötuzqa uça bardi (Otam xoqon it yili öninçi oyning yigirma oltisida öldi). Yoki boşqa bir örinda Qangim turk Bilga qağan ölurtuqinta (Otam qudratli Bilga xoqon (taxtda) ötirganda) degan jumlani ham öqiymiz. U. Sertkaya matndagi ana şu qaydlarni közda tutib, Yölluğ tigin Bilga xoqonning öğli bölgan, degan mulohazani bildiradi. Uning fikriça, yozuvçining otiga qöşilayotgan tigin sözi ham şuni anglatadi.
Qiziği şundaki, Kul tigin bitigida Yölluğ tigin özini Kul tigin atisi deb taʼkidlaydi: bitigning sönggi satrlarida Kul tigin atisi Yölluğ tigin bitidim, deb yozgan. Bu sözni otasi Bilga xoqonga örnatilgan bitigda ham qöllagan: qağan atisi Yölluğ tigin. Muzkur bitiglardagi ati sözini olimlar “nevara” yoki “jiyan” deb tarjima qiladilar. Holbuki, muallif matnda Bilga xoqonni “otam xoqon” deya atagani nazarda tutilsa, u biryöla ham Kul tiginning, ham Bilga xoqonning jiyani böla olmaydi. Şuning uçun ham bitiglardagi ati sözi “jigar, qadrdon” deb tuşunilgani maʼqul. Özbeklarda “yaqin kişi”ni, “qadrdon”ni jigar deyiladi. Bitiglardagi ati sözi ham ana şu maʼnoda keçgan: Kul tiginning jigari Yölluğ tigin; (Bilga) xoqonning jigari Yölluğ tigin.
Sarkarda Kul tigin 731-yilning 27 fevralida ölgan. Bu xususda bitigda: Kul tigin qön yilqa yiti yigirmika uçdi. Töquzunç ay yiti ötuzqa yöğ erturtimiz (Kul tigin qöy yilida, ön yettinçi kuni öldi. Töqqizinçi oy(ning) yigirma yettisida azasini ötkazdik), deb yozilgan. Lekin bitigtoş va maqbara kompleksi keyinroq – 732-yilning 21 avgustida tugallangan: Barqin bedizin bitigtaşi[n] biçin yilqa yitinç ay yiti ötuzqa qöp alqdimiz (Binosini, naqşini, bitigtoşini maymun yilida, yettinçi oyning yigirma yettisida butunlay tugatdik), deyilgan bitigning yakunida muallif tilidan.
Bilga hoqon ölimining sanasi – 734-yil noyabrining 25 kuni: (Bilga) qağan it yil önunç ay alti ötuzqa uça bardi (Xoqon it yili öninçi oyining yigirma oltisida öldi). Bitigtoşining tiklangan vaqti nomaʼlum. Lekin Yölluğ tigin uni 34 kun ötirib toşga yozdirganini taʼkidlaydi: Bunça barqiğ bedizig uzuğ … qağan atisi Yölluğ tigin men ay artuqi tört kun ölurup bitidim, bediztim (Bunday imoratni, naqşni, sanʼat yodgorligini … xoqon jigari Yölluğ tigin, men bir oyu tört kun ötirib yozdim, naqşladim). Yana matnda yöğ marosimining ötkazilgan sanasi ham qayd etilgan: Lağzin yil bişinç ay yiti ötuzqa yöğ erturtim (Tönğiz yili, beşinçi oyning yigirma yettisida (=735-yil, 22 iyun) yöğ qildirdim). Şunga köra, bitigtoş 735-yili tiklangani oydinlaşadi.
Yölluğ tigin amakisi Kul tiginga atab yozilgan bitigni otasi Bilga xoqonning topşiriği böyiça bitgan. Harqalay, bitig matnini xoqonning özi aytib turgan bölişi kerak. Oradan ikki yil ötgaç, Bilga xoqon ham öldi. Yölluğ tigin endi otasi xoqonning xotirasiga atab bitig yozişga kirişdi. U amakisiga atalgan avvalgi bitigdan xoqonning el-ulusga aytgan sözlarini, murojaatini olib, keyingi bitigga ham kiritdi. Şuning uçun ham ikkala bitigning katta bir bölagi bir xil, ular xoqon tilidan beriladi. Lekin keyingi bitig bitilayotganda xoqonning sözlari ança tahrir qilingan.
Diqqatga loyiq yeri şundaki, ikkala yodnomada matnning asosiy qismi muallif Yölluğ tilidan emas, uning otasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Boisi, bitiglarda turk xoqonining öz eliga murojaati, çaqiriği bitilgan. Xoqon butun turk ulusini, kelajak avlodni öz sözlariga quloq tutmoqqa undaydi: “Sözimni tugal eşitgil, keyinimdagi ini, jiyanim, öğillarim, ittifoq, uruğim, xalqim, öngdagi şadapit beklar, söldagi tarxonlar, buyruq beklar, öttiz … töqqiz öğuz beklari, xalqi, bu sözlarimni yaxşilab eşit, diqqat bilan tingla”. Matn böylab bu çaqiriq kuçli tus oladi. Xoqon turk ulusini birlaşişga, tinç-totuvlikka, otalar zahmat ila qölga kiritgan ozodlikni asrab, öz elini saqlaşga çaqiradi. Ötmişni eslatib, undan saboq örganiş, yov hiylalaridan huşyor bölişga undaydi. Uluğ yölboşçi eliga qarata: “Bu xoqoningdan, bu beklaringdan, yeringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, özing ezgulik körajaksan, uyingga kirajaksan, betaşviş bölajaksan”, deya xitob qiladi. Bitiglarning boş ğoyasi ham ana şular bilan belgilanadi. Bilga xoqonning butun turkiy ulusga murojaati, öz navbatida, öşa kezlar turkiy qavmlar orasida umumiy adabiy til amal qilganidan dalolatdir.
Şu örinda yana bir mulohazani aytiş örinli: Urxun bitiglari, xususan, Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalarining tuzilişi öta murakkab. Ularning tuzilişi va uslubi qadimgi turk monumental matn tuziş anʼanasi yuksak darajada takomil topganidan belgi berib turadi. Matnning bayon şakliga kelsak, asosan nasrda. Biroq ora-orada şeʼriy örinlar ham bor. Muhim tarixiy voqealarning kulminatsion nuqtalari, qahramonlar faoliyatining taʼrifi, ayrim tasvirlar şeʼrda. Şuningdek, matn orasida marsiya ham bor. Bu jihatdan bitiglarning tuzilişi xalq dostonlariga öxşab ketadi.
Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalari xoqon va uluğ sarkardalar xotirasiga örnatilgan oddiy bitiglar emas. U uluğ yölboşçining butun turkiy ulusga, kelajak öğil-qizlarga murojaati, ögitlari, saboği edi. Uşbu qabrtoşlar tiklangan manzilni ulus muqaddas bilib, u yerni ziyorat qilgan, uluğ xoqon, milliy qahramonlarga öz hurmatini bildirgan. Bitiglarni öqib, ulardan saboq olgan.
Qosimjon SODIQOV,
filologiya fanlari doktori, professor.
1954-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan.
“Qutadğu biligning til xususiyatlari”, “Ajdodlarimiz bitigi”, “Özbek adabiy tili tarixidan”, “Qadimgi turkiy yozuvlar”, “Turkiy til tarixi”, “Muhokamat ul-luğatayn”ni öqib örganiş”, “Yozuv tarixi va kitobat sanʼati” kabi öttizga yaqin kitoblari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


