Eʼtirof
Töğri, zarrin çoponimiz yöq,
Maqtangulik mol, jonimiz yöq,
Qalbga ketsak, poyonimiz yöq,
Lekin qaşşoq emasmiz zinhor,
Orimiz bor, nomusimiz bor!
Bölsa hamki dastimiz qisqa,
Yaramayin qolsak bir işga,
Ruhimizni tuşirib, bizga,
Baribir pand berolmas ağyor,
Işqimiz bor, umidimiz bor!
Qança qorlar yoğdi iz yopib,
Qoralar oq böldi yöl topib,
Biz oldinga ötmadik çopib,
Heç vaqosi yöq demang zinhor,
Qalbimiz bor, işonçimiz bor!
Ey osmonning toqidagi tun,
Etolmaysan umrimni yakun.
Menga yöllar berildi uzun,
Yaşamoqqa turibman tayyor,
Tongimiz bor, quyoşimiz bor!
* * *
Ajoyib kunlarning birida…
Şavkat Rahmon
Ajoyib kunlarning birida…
Tong otar,
Dunyo ham özgarar.
Adolat istagan yuraklar
Bayroğin tutadi özgalar.
Ajoyib kunlarning birida,
Sözimiz quvonçga çömilib,
Olti yon faqat gul soçadi.
Yaşaymiz gullarga kömilib.
Bugun baxt, quvonçni öğirlab
Turganlar yer körmay kuragi,
Ertaga tangrining oldida
Boşini xam qilib turadi.
Yomonlik, xiyonat, fahşlarni
Urçitib qölining kirida,
Yurgan ham dunyoni tark etar,
Ajoyib kunlarning birida.
Siz-çi, siz,
Ey toza yuraklar?!
Quyoşni, samoni sevguvçi.
Zaminning köksini siypalab,
Tuproqni volidam deguvçi.
Bir bora qalbingiz yayratib,
Bir bora libosga berib zeb,
Dunyoda beğubor yaşamoq,
Dunyoning beqadr ahdi deb,
Jar solib, tarqating elatga,
Halollik, poklik deb borliqni –
Ajoyib kunlarni yarating,
Yelkada opiçib oğriqni.
Bir hayot, bir şaraf, nom qolsin,
Musaffo kenglikka bosib lab.
Ming yildan keyin ham körinsin,
Biz tutgan bayroqlar hilpirab!
Ajoyib kunlarning birida,
Boraylik, biz baxtga haqli, deb.
Yaşaylik, dunyoga hayqirib,
Yaşaylik, biz juda baxtli, deb!..
* * *
Içkarida söngsiz uruş,
Jang-u jadal avjida.
Haqiqat va yolğon turar,
Döst-u duşman tarzida.
Taşqarida omon-omon,
Haq va nohaq barobar.
Yomonliklar böy çözadi,
Yerdan samoga qadar.
Içkarida qozi odil,
Öğri, qotil qolmadi.
Bitta-bitta kesdi qölin,
Bitta-bitta boğladi.
Taşqarida hanuz yetim-
Yesir haqqi kesilar.
Mehr istab, qança-qança
Kemtik dillar ezilar.
Içkarida kuraşadi
Bir zabardast pahlavon.
U ruhingiz qudratidir,
U qiliçdir, al-omon!
Taşqarida qiqir-qiqir,
Zamin inson poyida.
Hamma narsa davomlidir,
Hamma narsa joyida.
Razolatni otib, osib,
Öldirganlar ölmasin,
Dilda uruş bölsa bölsin,
Elda uruş bölmasin!..
* * *
Zamin haqqi, osmon haqqi,
Dillarga nur ber, Egam.
Sadolaring qaqşar öksib,
Gunohim ne der, Egam.
Bu fanoni yaratgansan,
Yaralmişning aybi ne?
Jonzodlaring nafs ötida
Bir-birini yer, Egam.
Inson zoti buyuk kelar,
Inson zoti past ketar.
Ikkisining ham diliga
Özing insof ber, Egam.
Yoş tommasin kosasiga,
Nohaq kuyib yonmasin.
Berar bölsang faqat dil ber,
Faqat ğurur ber, Egam!..
Qizi bölsa nomus desin,
Öğli desin matonat,
Men yurtimga yurak bölay,
Bölay desin er, Egam!..
Oltovidan ola çiqib,
Oldirmasin orini.
Berar bölsang birdamlik ber,
Hamjihatlik ber, Egam!
Hayot faqat mardlar uçun,
Nomardlarni yaratma!
Yaxşilarga omad bergin,
Menga esa şeʼr, Egam!
* * *
Turkistonda
2018-yil oktyabr oyi Turkiston safarida
Mangu tinçlik bölsin döstlik zaminida,
Qölni-qölga bersin jasur polvonlari.
Yassaviyning tuproğini tavof etib,
Yassaviyning izin öpsin öğlonlari.
Pokdomonlik bölsin adl-u qarori ham,
Qardoşlikning qölin mahkam tutib olsin.
Vatan axir insoniyat tan-u joni,
Vatanini yuragiga bitib olsin!
Xöşlaşurmiz Turkistonning yodi uluğ,
Sayram, Çimkent unitilgan nolalari.
Biz hammamiz haq yölining yölovçisi,
Biz hammamiz Yassaviyning bolalari!
Ketsam
Ilinib turibman omonat jondek,
Bir köngil söraşga kelgan mehmondek.
Ketsam, bu manzilda şamollar uvlar,
Kuraşçisi taşlab ketgan maydondek.
* * *
Bulutlar köçib borar,
Umidlar çöçib borar.
Tunlarni içib borar
Yuragim…
Qayrilmaqoş, qoraqoş,
Sirlarimni qilar foş,
Osmonni yiğlatar jim
Közlarim…
Jumagul Suvonova
1961-yili tuğilgan.
Samarqand davlat universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
“Binafşa”, “Tillaqoş”, “Yiğlayotgan ohu”, “Men siğmagan dunyo”, “Olovli fasl”, “Odamquş qöşiği”, “Tuproq isi”, “Jonimdagi iz”, “Muzaffar yoğdular”, “Tarannum” va “Dardim mening, quvonçim mening” nomli nazmiy hamda “Umr karvoni”, “Qirmiz qizning qissasi”, “Darbadar” nomli nasriy kitoblari çop etilgan.
2022/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida