114 marta körilgan

Faqat Xudo bilan tanho qolganda…

Sitora Tojiddinova

Sözmunçoq

Bir hovuç söz topib hayot daryosidan,

Şu sözlardan munçoq tizgan devonaman.

Sözmunçoqni taqib qöyib köksingizga,

Könglingizdan joy söragan parvonaman.

Siz bir toğsiz, yuragida burgut yaşar,

Bu viqorlar oldida men toşçalikman.

Toş-ku ming yil turib berar yoningizda,

Kiprik qoqmang – közingizda yoşçalikman.

Közingizda yoşçalikman, oqib ketdim,

Oqib ketdim, labingizga sizib kirdim.

Zanjirlari bor ekan dil qulfingizning,

“Yo rabbim” deb, eşigini buzib kirdim.

Kirdim oxir, könglingizning köngligaça

Vaqt atalmiş tikanzorni bosib keldim.

Qadahimga muhabbatdan oğu solib,

Qalbingizda öliş uçun içib keldim.

Bir hovuç söz topib hayot daryosidan,

Şu sözlardan munçoq tizgan devonaman…

Yomğir

Derazangni oçsang-u, yomğir

Jöşib yoğsa, şarillab yoğsa…

Yonilğiday yurak qöringni

Gurillatib yondirsa, yoqsa!

Va jon quşi potirlab çunon,

Yormoq bölsa vujud – qafasni.

Şunda çopsang oçiq osmonga,

Olmoq uçun sönggi nafasni.

Va boşingdan soçilsa hayot,

Har tomçisi Allohga sano.

Yuz-közingni tutsang-u topsang,

Izlaganing ilohiy ma’no.

Qölingdagi ğijim soyabon,

Unutilgan muhabbat fasli.

Kulsa kulsin dilbegonalar,

Çin oşiqlik – telbalik asli!

Közlaringdan tökilsa armon,

Ğuborlaring suv bilan ketsa.

Yuvayotib ğussalaringni,

Pok tomçilar qalbingga yetsa.

Heç tinmasa bu şarros qöşiq,

Yuraversang holdan toygunça.

Sen-ku dardni kötarib yurgan,

Osmon nega yoş tökar bunça?!

Yolğizlikning xiyobonida

Qandoq yaxşi töyib yiğlasang.

Yiğlayversang va şör yoşlaring

Tomçilarga ipdek boğlasang.

Bola kabi bearmon qaytib,

Yostiqqa boş qöysang-u oxir,

Derazadan möralab sekin,

Alla ayta boşlasa yomğir…

* * *

Yurakka dard tölsa – yiğlamoq davo,

Na’ra tortmoq, asli, şerlarning işi.

Dunyo köz yoşingda oqsa ham mayli,

Ovozing boriça baqirmoq yaxşi.

Lekin… Uyalaman yiğloqilikdan

Va zaif körinmoq naqadar uyat!

Har bir tomirimda sarkaş nomus bor,

Har tomçi qonimda yaşar oriyat.

Faqat Xudo bilan tanho qolganda

Munojot közimdan kökkaça yetar.

Ey döst-u duşmanim, nariroq turing,

Qalbdagi gulxanim gurillab ketar!

Şunday. Ohimizni faqat U bilar,

Banda bandasiga körsatmas yoşin.

Endi tuşunyapman nega onalar

Ba’zan bemahalda piyoz töğraşin.

Darveşona

Ketsang, ketaversang közingni yumib,

Yer sening yering-u, osmoning bölsa.

Ketsang, ketaversang keçangni kömib,

Çiroği yoniq bir makoning bölsa.

Ketsang, ketaversang, senga çikora

Issiq-sovuği-yu oçlik-taşnalik.

Ketsang, ketaversang bölib dilpora,

Yoruğ yuragidan topmay röşnolik.

Ketsang, ketaversang, ğam içra beğam,

Göyo bor dunyoni unutgan quşsan.

Ketsang, ketaversang, ozod va xurram,

Qil köprik ustida raqsga tuşsang.

Ketsang, ketaversang, surnay ovozi

Öng-u tuşlaringni uyğotib ketsa.

Ketsang, ketaversang, şu ketganingça

Haqning jamoliga nigohing yetsa…

Sitora Şamsiddin

 1987-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Köngildan söz” töplami çop etilgan.

 

2022/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Sevara Safarova

    Assalomu alaykum, men ham yoşlik jurnalida şe'rlarimning bosilib çiqişini xohlayman. Kimga murojaat qilsam böladi?

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Va alaykum assalom. 71 231-20-58 şu nomerga tel qiling…

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.