22 daqiqada öqiladi

238 marta körilgan

“Yoşlik” sururi…

Vafo Fayzulloh

Öşa qiz kim böldi?

“Yoşlik” jurnalining taşkil bölayotgani haqidagi xuşxabar biz – talabalar orasida ovoza bölib ketgandi. Ayniqsa, nimadir qoralab yurgan men kabi öspirinlar hayotida muhim bir voqea yuz beradiganday mujda edi bu. Şuning uçun özim ham birinçi sonni intizorlik bilan kutganman. 1982-yili, fevral oyi oxirlarida bölsa kerak, kimdandir bugun jurnalning nişona soni taqdimoti bölişini eşitib, talabalar şaharçasidan Toşkentning maʼmuriy markazida joylaşgan “Дом знание” (hozir bu binoda Özbekiston rus drama teatri faoliyat körsatadi) binosiga hovliqib, elburundan yetib borganim esimda. Eng orqa qatorga ötirib olib, zalga şu tomondan kirib, oldinga ötib borayotgan adabiyot şaydolari, ayniqsa, yozuvçi-şoirlarni – baʼzi birlarining yonida xonimlari ham bor edi – havas bilan tomoşa qilib ötirarkanman, öşanda menga adabiyotga ham xuddi şunday kirib, kimlardir oldingi qatorni egallaşlari, hatto baʼzi birlari minbargaça yetib borişib, adabiyot olamini zabt etadiganday köringan.

Nihoyat, muhtaşam zalning old, örta qatorlarini egallagan, minbarda ötirganlar ilgida jurnalning birinçi soni körinib, nigohlarda özgaça bir xuşnudlik ulaşgança, hilpiray boşladi.

Jurnalni boşdan-oxir yutoqib öqib çiqarkanman, hammasidan ham Murod Muhammad Döstning “Daşt-u dalalarda” hikoyasi, Xayriddin Sultonovning “Saodat sohili” qissasi, menda boşqaça taassurot qoldirdi. Xuddi şu singari isteʼdodi yarq etib turgan, ayniqsa, navqiron avlod vakillarining asarlari, avvalo “Yoşlik”da çiqişi kerakday edi. Qolaversa, jurnaldan örin olgan har bir muallifning şeʼr-u hikoya, maqolalari, hatto bir oğiz tabrik-taniştiruv, berilgan oq yöllar, tilangan tilaklargaça, hamma-hammasini özimça tarozi pallasiga solib, ölçab körganday böldim. Masalan, öşanda şaxsan taniydiganim, fakultetimizning törtinçi kursida öqiydigan Abdumajid Azimovga sevim­­li şoirimiz Abdulla Oripovning tilagan “oq yöli” zalvori men uçun ustozning şeʼri taʼsiridan kam bölmagan. Bilmadim, öşandan buyon jurnalni mutolaa qilib kelaman. Lekin öşandagi ilk zavqning sohir ruhi hamon meni birinçi muhabbat singari bölakça toti ila sururlantiradi.

Şunday qilib, “Yoşlik” jurnali naşr etila boşlab, bu adabiy hayotimizda muhim, unutilmas voqea sifatida qarşilandi. Şu paytgaça yangi, yaxşi asarlarga ilk minbar bölib kelgan “Şarq yulduzi”, “Guliston”, “Saodat” jurnallari, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi qatoriga yana bir şunga haqli, mezoni halol, talabi baland adabiy naşr köz oçganidan xabar berib, muxlislarni quvontirdi, boşqa naşrlarga özlariga mardona bir raqobatçi tuğilganidan ham ogohlantirib, huşyor torttirdi.

Men bir bahonayi sabab bölib, “Yoşlik” jurnallari taxlamlarini varaqlaydigan bölsam, avvalo şu birinçi songa qarolmasdan ötolmayman. Şunda yana, öşandagi rangin hislarni boşdan keçirişga töğri keladi. Va uşbu sondan örin olgan har bir muallifning xayolan surati köz oldimda jonlanib, nazarimda ular juda baxtiyor körinadi. Noiloj, ularning baxtiyorligiga yetolmasdan jurnalni yopar ekanman, old muqovadan örin olgan, köksiga bir quçoq gulni bosib turgan qizning suratidan közimni ololmay qolaman. Bu adabiyot tarixiga kirgan qiz kim böldi ekan? Ammo, qiz tugul, fotografning-da ismi-familiyasi yozib qöyilmagan… Biroq öşa qizning yuz-közida aks etib qolgan qandaydir jozib va quvonçli nur jurnalning maʼnaviy qiyofasi, botiniy gözalligi bölib, xayolimda porlab turaveradi…

Yomğir yoğar…

Şundan boşlab, “Yoşlik”ning har bir soni çiqişini içim qizib kutadigan böldim. Şeʼr-u hikoyalar ostida kelgusi sonlarda qaysi mualliflarning qanday asarlariga örin berilişi haqidagi xabarlar ham ana şu qiziqişni oşirar, yangi nomlar, yangi asarlar borasida fikr qözğar, nazarimda, öquvçini ruhan tayyorlar edi. Buning özi ham boşidanoq “Yoşlik”ni mualliflar armiyasi “şturm” qilib, yuksak tanlovdan ötgan bitiklar naşr etilgani, yaxşi asarlar reklamasiga esa jurnal tahririyati tomonidan alohida eʼtibor berilganidan darak.

Talaba xalqi qiziquvçan böladi, yon-atrofimizda kimningdir asari çiqib qolsami, bundan hamma xabar topib, uni tavof qilgudek bölinar, “Yoşlik” jurnalida çiqmoqlik yoşlar uçun bir martaba darajasiga yetgandi. 1982-yilning noyabr sonida kursimizning faollaridan Muhabbatxon Otamirzayevaning “Yoşlik yöqlamasi” rubrikasida (viloyatlik ijodkorlar­ning yozganlaridan namunalar berilar edi) birgina şeʼrining çiqqani şov-şuv bölib ketdi. Muhabbatning, ayniqsa, bir misrasi xuddi qöşiqning naqaroti kabi hammaning oğzida, beğubor hazil va havas ila tilga olinib, tanaffuslarda darsxonamizning özida jaydari mu­şoiralarga eşik oçar edi:

Yomğir yoğar, soçlarim qönğiroqqa aylanur…

Bu nafis majlislar bois biz “Yoşlik”da çiqqan mualliflar, ularning katta-kiçik asarlarinigina emas, jurnal tahririyatida kimlar, qaysi yozuvçi, şoir, jurnalist faoliyat körsatişigaça bilib olgan edik. Ikkinçi kursda öqiyotganimizda oramizda şoirligi bilan maşhur döstimiz Normurod Avazovning “Tong yulduzi”da bir turkum şeʼrlari çiqib, ayniqsa, maşqlari içida “Yulduzim” degan şeʼr köpçilikka maʼqul bölib, “tadqiqot”çilar uning prototipigaça örganişga kirişib ketdi… Biroq şeʼrparastlar uçun undan-da muhimi Normurodning şeʼrlari boşida taniqli şoira Gulçehra Jörayevaning “oq yöl” tila­gani edi. Gulçehra opa esa “Yoşlik” jurnali­ning şeʼriyat bölimini boşqarardi.

Men Toşkenti azimning zamonaviy markazi tomonga yölim tuşsa, uzoqdan ham körinib turadigan, tepasida soati bor oq binoga orziqib qarab qöyar, zero, bu ön olti qavatli binoda respublikaning mana-man degan jurnallari faoliyat körsatar, endi ular safiga “Yoşlik” jurnali ham qöşilgan, yoş bölganim uçunmi, u boşqa naşrlarga köra yuragimga yaqin, yarim xayoliy orzularim röyobining manzili kabi öziga tortar edi… Normurodning şeʼrlari çop etilganidan bir-ikki oy ötib, uning davralarimizdagi taassuroti hamon xayolimdan kötarilmagan kunlarning birida, arzirli heç bir sababim bölmasa ham, tahririyatga borgim keldi. Yöq, hali özim yozib yurgan maşqlarimni olib borib körsatişga jurʼat qilganim yöq, ularning darajasi özim­ning qaraşimça ham xom edi. Aftidan, şeʼriyat bölimini boşqargan taniqli şoira opamiz bilan tanişib, jurnalning kelgusi rejalaridan köproq xabar topişni istagan bölsam kerak.

Ammo xonada boşqa bir muharrir ötirar edi. Men uni darrov tanidim. “Rangin lahzalar” va “Yurak qirralari” şeʼriy kitoblari bilan sevim­­li şoirimga aylanib ulgurgan Şavkat Rahmon edi bu. Qisqagina bölsa ham samimiy suhbat qurgan böldik. Qaytarimda u kelib tu­­rişimni sörab, bizdan yuqori kursda öqiydigan Aʼzamjon Xudoyberdiyev (Aʼzam Öktam) tez-tez kelib turişini bildirdi.

Şavkat aka “Yoşlik”da köp işlamadi, tahririyatda qayta uçratmadim va Şavkat Rahmon bilan bu tanişuv va beş-ön daqiqalik gurungini oliş hayotimda birinçisi va oxirgisi bölib qolganini hali-hamon armon bilan xotirlayman.

Qizğaldoq…

Öqişning boşlanğiç bosqiçlarida ijaraxonamni tez-tez almaştirib, köçmançiday yaşaşda kursdoşlarning oldingi qatorida edim. Ammo vaqt ötgan sari qadimiy Toşkent çekinib, buzilayotgan joylardan ham yangi ijaraxona topiş qiyinlaşib, jonga tegib borar ekan, heç kim bezovta qilmaydigan kiroyi ijaraxona topilsa-yu, öqişni bitirgunça şunda tinçgina öqiş taşvişlarining özi bilan bölsam, degan töxtamga kelib qolgan kunlarim. Törtinçi kursning paxta terimidan qaytib kelsam, Farobiy köçasidagi qadrdon amakining otasidan qolgan hovlisi ham buziliş rejasiga tuşib, ijaraxona sohibi meni şu “yangilik” bilan qarşiladi. Na iloj? Universitetga borsam, xastaligi sabab kursimizdan qolib, davolanişdan qaytgan Hoşimjon döstim ham yangi ijaraxona izlayotgan ekan. Ikki yorti bir butun, noyabrning izğirinida kun böyi ijaraxona izladik. Hadeganda topila qolmadi. Kun keç bölib “Huvaydo” köçasidan çiqib (şu atrofda oldin ham tört-beş joyda turgan edik), katta yöl yoqalab universitet tomonga yurar ekanmiz, kitob dökoniga yetmasdan, bekat yonidagi gazet pakkasiga möraladik. “Yoşlik” jurnalining yangi soni çiqibdi. Hoşimjon öşa zahoti uni sotib oldi.

Döstim kirişimli edi: dökonçidan şu yaqin atrofda ijoraga qöyadigan xonadon bor-yöqligini söradi.

Dökonçi: “Sal ziqnaligiga çidasangizlar, huv universitet hududining kunçiqardagi köchaning boşlanişidagi darvozani taqillatib köringlar. Falonçi amakining içkari-taşqari hovlisi bor. Taşqarisida ijoraçilar turadi. Naq obşijitiya. Bironta xonasi böş bölişi mumkin. Unikida qönim topganlar ziqnaligidan tez fursatda boşqa bir joyni izlab qoladi”, – dedi.

Ura-sola, oyoğimizni qölga olib öşa tomonga şoşildik. Jigarrang darvozani taqillatişga hojat yöq, keksa bir kişi no­­yabrning aççiq şamoli esayotganiga parvoyi-palak, yana ğira-şira bölib qolganiga qaramay ötgan-ketganni kuzatib ötirar edi. Bora-sola amakiga uçraşib, muddaomizni aytgan böldik. Biz 15 sömga, juda bölsa 20 sömga ijaraxonalarda turgan edik. Ammo Boyvaçça amaki (otasi boy ötganini ke­­yinroq eşitib, uni şunday ataydigan böldik) ijaraxona kişi boşiga yigirma beş sömdan, yana oy boşida berasizlar, dedi. Rozi bölişdan boşqa ilojimiz yöq edi. Izğirin jonimizdan ötgan, qor yoğmagan bölsa ham, havoning avzoyi buzuq, qiş qiliçini yalanğoçlab kelar edi…

Boyvaçça amaki taşqari hovlisiga olib kirdi. Ikki karavot örtasida bitta xontaxtagina arang siğadigan bir xonaça böş ekan. Devorlarida esa eski uylarnikidek loydan ikkita tokça ham yasalgan bölib, kitob qöyiş mumkin edi. Biz Hoşimjon bilan öşa zahoti xonani su­purib-sidirişga tuşib ketdik. Arang topilgan bu boşpanamizga esa ertasigayoq köç-köronimizni kötarib kelib joylaşdik. Xonani har kim öziça ziynatlarkan, Hoşimjon (Alloh rahmatiga olgan bölsin) xonaning eng körinarli joyida keça sotib olgan jurnalning (1984-yil 11-soni) özi uçun öşa sondagi eng yaxşi şeʼrlar deb hisoblagan ( keça keçasi öqib çiqqan edi) sahifani knopka bilan devorga mahkamlab qöydi. Bu özimiz ham şeʼrini birinçi marta öqiyotganimiz Zulfiya Möminova degan yoş şoiraning “Qaldirğoç” ruknida jurnaldan ilk bor örin olgan gözal şeʼrlari edi. (Öşanda “Yoşlik”ning har yilgi dekabr sonida yil böyi çop etilgan şeʼriy, nasriy, publitsistik asarlar tanlovda körilib, eng yaxşi deb topilganlar eʼlon qilinib borilar, şoir döstim Hoşimjon Mirzaahmedov bir öqigandayoq bahosini bergan şeʼriyat – Zulfiya Möminova­ning bitiklari şeʼriy yönalişdagi asarlarning eng yaxşisi sifatida ğolib mualliflar qatoridan örin olgan edi).

Şu bilan biz ham ijaraxonadan yolçidik desam böladi: Boyvaçça amakining ziqnaliklarini özimizça marhamat bilib, 1986-yil­ning iyuligaça (öqişni bitirgunimça) şu çoldevor, özimiz uçun qadrdon bölib qolgan ijaraxonada yaşab qoldik. Devorda turgan gözal şoira qizning şeʼrlarini qayta-qayta öqiganimizdan yod bölib ketgan edi. Ijara­xonamizni ziynatlagan, hayotimizga özgaça bir şavq va ruh bağişlagan bu şeʼrlar men uçun ham hamon qadrdon. Ayniqsa, ota qismati gözal, yoniq, jonkuyarlik bilan tarannum etilgan, hatto yiğlab yozilgandek taassurot qoldiradigan uşbu şeʼrning mana bu misralari qalbimga özgaça bir taʼsir qilgan, xayolimda Samarqandning bepoyon daştlarini körganday bölganman:

Yoriq tovonidan qizğaldoq

Adirlarga tökilib qolgan…

Öquvçining hikoyalari

1985-yilning fevrali edi. Darslar tugagaç, ijaraxonamga borişga şoşilmadim. Universitet kutubxonasining bir qismi joylaşgan, “фундаментальная библиотека” deb ataladigan binoga yölim tuşdi. Qiroatxona törtinçi qavatda joylaşgan edi. Kötarilib, avvaliga şu yerda uyga vazifalarni bajarmoqçi böldim. Lekin bu köpam davom etmadi. Negadir, hafsalam yöq, nima bilan çalğişni istar edim. Sababi – soğinç, paxta yiğim-terimidan qaytgandan buyon qişloqqa bormagan, ota-onamni, ukalarimni, sinfdoş döstla­rimni juda ham soğingan edim. Lekin hozir ketib bölmas, qolaversa, kamxarjroq edim. Nima qiliş kerak? Şunda dafʼatan ançadan buyon yangi adabiy naşrlarni varaqlamaganim esimga tuşdi. Kutubxonaçi opadan yangi naşrlarni sörab oldim. Içida “Yoşlik” jur­nalining yangi, 1985-yilning birinçi soni ham bor ekan. Boşqalarini varaqlamay ham, “Yoşlik”ni oçdim. Ilk sahifalardan birida antik davr kişilari qiyofasini eslatadigan bir yi­gitça­ning surati bilan hikoyasi berilgan, uning nomi “Tanaffus” edi… Töxtalmasdan keyingi sahifaga ötdim. Negadir, hikoyaning pastida tahririyat nasr bölimining yarim betlik hisobotga öxşaş sözi boşlanib, xulosa örnida uşbu boşlovçi muallif taniştirilgan edi. Töxtamurod Rustamov. U Toşkentdagi 268- örta maktabning 8-sinfini bitiriş arafasida bir hikoyasini redaksiyaga yöllagan, bir yilda 400 tadan ortiq qölyozma yoğilib, bundan zahmat çekkan tahririyat, uning hikoyasini şular qatorida öqibdi-yu, hikoyaçining hali daftarda qoralangança turgan, maşinkalanmagan boşqa hikoyalarini ham sörab olişib, tanişilgaç, nihoyat topildiq sifatida uşbuni berişayotganini alohida pisanda qilişgan edi. Men darrov sakkizinçi sinf öquvçisining yoşini hisoblab çiqdim. Bor-yöği ön beş yoş. Yopiray!

Mendagi tuşkunlik şu zahoti qaygadir ğoyib böldi. “Tanaffus”ning birinçi betiga qaytdim.

“Biz maktabga bordik…” S.Ayniy. Uluğ yozuvçining “Eski maktab” qissasidan olingan bu iqtibos Töxtamurodning hikoyasi eşigiga qistirilgan taşrif qoğozi kabi meni içkariga – matn bağriga yetaklab kirib, tilsimning oçqiç sözi misol qayerda ötirganimni unuttirdi. Qiziq, köpni körgan yozuvçining qayralgan qalamiga öxşamasa-da, sal şötqari, öyinqaroq, öziga yetarliça bino qöygan bezoriroq sinfdoşning hikoyasi, tengdoşlari ustidan beğaraz kulgisi, avvalo, öziça öziga şafqatsiz bölgan tasvir, manzara-voqealari meni maktab hayotiga, olti yil oldingi kunlarimga qaytardi. Öziga xos bir romantikasi orziqtirar, beğubor voqealar, mening sinfdoşlarimga öxşar-öxşamas feʼl-atvorlar, olisdagi maktab muhiti, tanaffuslardagi ğala-ğovur-u darslardagi alomat tinçlik va guvillaşlarni köz oldimga keltirib, quloğimga şivirlagan bir betaraf va zimdan baholovçi, laqab va kinoyalar bilan ham öquvçilarning xarakteri çizilgan turkum hikoyalar – kiçik qissa nihoyatda taʼsirçan, hayotning ayni öziday öspirinlik tasvirlari mening soğinçimga malham bosganday bölib, uni öqib bitirganimda hamma ruhiy toliqişlardan birdaniga xalos bölganimni çuqur his qildim.

Kutubxona-qiroatxonadan taşqariga çiqqanimda, qoş qorayib, oqşom tuşib kelardi. Menda esa bir porloq nigoh hozirgina köz oçganday şaharga boşqaça bir köz bilan qarar, yöl çekkasida qator saf tortgan talabalar şaharçasining teraklari şamolda çayqalganiça, nima uçundir meni olqişlayotgandek bölişar, hali bahor olisda, şu yalanğoç turişlarida, daraxtlar ortidan qorlari oqarişib körinayotgan toğlarning közga taşlanişi ham maroqli edi. Men Toşkentga kelib, umrimda birinçi marta bunday romantik tuyğularga burkangan oqşom bilan uçraşayotgan edim.

Respublika matbuotida eng oxirgi

Talabalikdayoq adabiy naşrlarga şeʼrla­rimni jönatişga tuşganimni yaşirmayman. Bularning birinçi qatorida “Yoşlik” jurnali turgan. Nihoyat, 1986-yilda bir şeʼrim “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasiga ilindi. Öqişni bitirib, viloyatga işga ketganimda ham “Yoşlik”ka navbatdagi maşq­larni jönatişni kanda qilmasdan, ularni sevim­­li naşrda çiqişini özimça tasavvur qilib, ruhimni kötarar edim. Ikki yil ötib, Dörmonda ötgan yoş yozuvçilarning Respublika VI seminarida qatnaşib, sanoqli tengdoşlarim qatorida şeʼrlarim alohida kitob bölib çiqişiga tavsiya etildi. Ammo “Yoşlik”da anjuman iştirokçilarining ijodla­ridan namunalar berilgani holida menikiga joy yetmay qoldi…

1989-yili Toşkentga qaytdim. Işga joylaşdim. Birinçilardan bölib “Yoşlik”ka yöl olib, maşqlarning yangilaridan şeʼriyat bölimiga qoldirdim. Boşqa naşrlarda birma-bir ilk şeʼriy turkumlarim yoruğlik yuzini köra boşladi.

“Yoşlik”da esa beş yil davomida, qayta-qayta, yangi yozilgan maşqlar yuborilar, vaqt ötib yangilari bilan özgartirilar, çi­qişiga juda yaqin qolganday, vaʼdalar berilar, ammo… Ammo men ham… Nihoyat, jurnalning 1991-yil oltinçi sonida “Telbavaş izğiyman daryo labida” sarlavhasi ostida beşta maşqim yozning jaziramasida bu qadrdon naşrda çiqdi. Bu respublika adabiy naşrlari orasida eng oxirgi bölib “Yoşlik” jurnalida ilk marta yoruğlik yuzini körişi edi…

Yana nufuzli bir naşrda taxtlar “almaşgan” bir pallaga töğri kelgan, bu son sevimli şoirimiz Omon Matjon boş muharrir sifatida tayyorlangan oxirgi son bölib, bosmaxonaga tuşirilib, jurnal bosilib, öquvçi qöliga yetib borganida, jurnalga maʼrifatli yozuvçimiz Tohir Malik boş muharrir bölib kelgan edi.

Işga taklif

Ötgan asrning 90-yillari… Xalq, yurt boşiga uluğ kunlar kelgani çin. Lekin iqtisodiy böhron, birinçi bölib, maʼnaviyatga kuçli zarbasini bergani, uning yuragiga tişini botirganidan ham köz yumib bölmaydi.1992-yilning sentyabri boşlari edi. Sobiq kursdoş döstim işxonamga telefon qilib qoldi.

– “Yoşlik”ka bir kelib ketmaysizmi?

– Tinçlikmi, jöra?

Sobir yaşirib ötirmadi:

– Sizni işga taklif qilmoqçimiz. 

Bu paytda yoşlar naşrlari uçun alohida qurilib, işga tuşgan – Qatortol köçasidagi 60-uyga “Yoşlik” jurnali tahririyati ham köçib ötgan, binoning naq bir qavatini egallaganiga ham ikki-uç yil bölar edi. Oçiği, metroga zinğillab tuşib, tahririyatga uçib bordim.

Şunday qilib, bir kunda “Tong yulduzi” gezetasining katta muxbirligidan, “Yoşlik” jurnali tahririyati maqolanavislik bölimi xodimiga aylandim. Oçiği, bu martaba bir kun oldin ham yetti uxlab tuşimga kirmagan edi.

Vatan…

Bir qaraganda işlarim beş edi. Biroq Toşkentda öz boşpanang bölmagandan keyin bularning hammasi juda omonatdek edi. Özim tört yildan buyon Toşkentning köpdan buyon buzilişi kutilayotgan Ohakçi köçasidagi bir frontovik amakinikida ijarada turaman. Ayolim esa uç bolamiz bilan mendan 500 çaqirim olisdagi qişloğimda qolgan, 20 kun, bir oyda arang bir marta borib, xabar olsam ham katta gap. Yana qança vaqt şunday yaşaşim mumkin? Oilamga loyiq biron-bir boşpana topolmas ekanman, ertami-keçmi viloyatga qaytib ketişim aniq, bu esa hamma orzularim şu bilan tugaydi degani edi.

Xotiramni yaxşiroq kavlasam, aftidan, men hali “Yoşlik”ka işga kelmasimdan oldinroq, “Kamalak” naşriyot-matbaa birlaşmasining yotoqxonasida bitta örin bölsa ham turişni iltimos qilgan edim. Öşanda “Yoşlik” jurnali ham uşbu birlaşma tarkibida faoliyat yuritardi. Gap şundaki, eşitgan işonmaydi, biz turgan ikki xonali ijaraxonaning talabalar turadigan qismining tomi içkariga osilib qolgaç, beçora öspirin yigitçalar egilib xonasiga kirib yurganini körganimdan keyin işlab turgan bolalar gazetasi muxbiri, yoş ijodkor sifatida Respublika komsomoli birinçi sekretari Aziz Nosirovga xat bilan murojaat qilişimni kimdir menga maslahat berdi. Unda Yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşiga yoşlar­ning barça naşrlari qarar, nufuzi ham şunga yaraşa, öziga qaraşli taşkilotlarga sözsiz amri ötar edi.

Aftidan, öşanda matbuotning obröyi çakki bölmagan körinadi. Xatimga javoban şaxsan birinçi sekretarning özi meni qabul qilgan. Heç esimdan çiqmaydi: Aziz Nosiroviçning qabulxonasi juda haşamatli, masʼulning stoli qarşisiga yetganiça, 20 qadamlardan ortiq masofani bosib boriş kerak ekan. Xonaga kirib birinçi kotibga qarab yurar ekanman, Aziz Nosiroviçning özlari ham örnilaridan turib, bir-ikki qadam istiqbolimga qarab yurganiça, juda iliq körişdi. Xatda yozilganini öz oğzimdan ham eşitgaç, öşa zahoti telefonda “Kamalak” naşriyot birlaşmasining boş direktori bilan ulanib, masalani hal qildi-qöydi.

Bundan köp ötmay, mana endi “Yoşlik”da faoliyat boşlab, birlaşmaning işçisiga aylangan ekanman, oilamni tezroq yotoqxonaga köçirib olib kelişni istardim. Ğaffor aka bu yerda heç bir muammo yöqligini aytib, qöşimçasiga jurnalning uç muassisidan biri Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga uy oliş uçun ariza berib qöyişimni ham maslahat berdi. Men hali-beri uy olişimga işonmasdim. Zero, “Yoşlik”da 7-8 yildan buyon işlab yurib ham, hamon uy ololmagan tengdoşlarim köz oldimga keldi. Ular ham “Kamalak”ning yotoqxonasida oilalari bilan yaşaşardi. Ertasi kuniyoq Özbekiston Yozuv­çilar uyuşmasiga borib, uy oliş navbatiga turuvçilar safiga qöşişlarini sörab ariza berib keldim.

Öşa zamonda Toşkent şahriga pro­piska masalasi uylik bölişdan ham qiyin edi, röyxatga olinmaganlar esa poytaxtning heç bir taşkilotiga işga olinmasdi. Olti-yetti oy ovora-yu sarson bölib şaharga propiskaga qöyişni hal qila olmadim. Keyin esa hartugul şoir va jurnalist döstim Norqobil Jalilovning Toşkent biqinidagi Orjonikidze (hozirgi Qibray tumani) rayoni pasport stolida tanişi bor ekan, hal qilib berdi.

Yangi 1993-yilga ham ön-ön beş kunlar qolgan, “Yoşlik”ning kiroyi xodimi deb özimni tasavvur qilar ekanman, rasmana iş-jo­yimning yotoqxonasida propiskaga qöyişni hal qilsa böladi deb öyladim. Bu yerda endi heç qanaqa muammo bölmasligiga işongança, hozirdanoq, qandaydir farahbaxş hislarga botar edim. Qibray tumani markazida haş-paş degunimça, propiskadan çiqarib, pattamni qölimga tutqazişdi. Menga öxşab poyezdga osilib kelib, ularning qarorgohiga xira-paşşa bölganlar rasman qorasini öçi­riş uçun kelgan ekan, nega uning oğirini yengil qilmaslik kerakday, qoraçadan kelgan amaki, pasport stoli boşliği meni juda xursand kuzatdi, uni propiskaga qöyişga kelgan tört yil oldin birinçi, endi ikkinçi marta körib turişim edi. Men şu tört yil davomida ham röyxatga qöyilganida körsatilgan köça, uy raqamiga har safar közim tuşganida, öşa uy, uning raqamini uzoqdan bölsa ham bir marta körişni, şunga işonç hosil qilişni istar edim… Mana propiskadan öçdim, endi bu tomonlarga yölim tuşişi dargumon, oxirgi va birinçi marta şu istakning röyobini körmoq­çi bölib, tuman markaziga tutaş köchani sörab-suriştirib arang topgaç, uylarning tartib raqami bilan sanab ilgarilar ekanman, bir joyga borganimda, uylar tugab, dala boşlandi… Bu – pasportimga qöyilgan uy, xonadonning özi yöq, degani edi…

Endi bundan ezilişga hojat yöq edi, göyo. Tezroq oilamni Toşkentga köçirib keliş uçun, tahririyatdagi işlarni bitirib, dekabrning hali yigirmançisi bölmasdan yurtga surib yubordim. Kambağalning köçişini kör degan gap bejiz aytilmagan. Naq ön beş kunlar qişloqda qolib ketdim. Ayolimning ham propiskasini köz oçib körgan joyidan öçirib, bolalarning tönğiçini yetaklab, ikkisi­ni ikkimiz kötarib beşinçi yanvarda Toşkentning Qatortolida paydo böldik. Böydoq­lar tu­­radigan qavatdagi xonamga bolalarimni qöyib, kastelyan ayolning oldiga şoşdim. Undan oilaviylar yaşayotgan qavatdan bizga xona körsatişini söradim. Söng pasportlari­mizni propiskaga qöyib berişini ham eslatdim.U esa pinagini ham buzmasdan şunday dedi: “Ge­neralniy direktor topşiriq berdi. Bundan keyin jurnallarda işlaydiganlarning bironta­sini yotoqxonaga propiska qilmang deb”. “Nega? Men ham şu taşkilotda işlayman-ku?” Ötgan yilning oxirgi kunlarida esa “Kamalak” naşriyot-matbaa birlaşmasi tugatilgan, “Yoşlik” jurnali alohida, “Kamalak” naşriyoti ham alohida taşkilot bölgan. Yotoqxona esa “Kamalak”ning ixtiyorida qolgan edi. “Endi men nima qilaman? Oilamni qayerga olib boraman, Qibray-u Navoiy tumanidan hisobdan çiqarilgan pasportlarni qayerga propiskaga qöyaman?”

Boş muharrirning oldiga oqarib-bözarib kiraman. U “Kamalak”ning xöjayiniga telefon qilib, jurnal uçun emas, men uçun iltimos qiladi. Özim boş direktorning huzuriga kirib zor urib tuşuntiraman. Bu quruvçidan çiqqan, yana azim şaharning tuğdi-bittisi uy-puy söramasligimga tuşuntiriş xati yozdirib olgaçgina, propiskaga rozi böladi… Şunda ham xodimasi – kastelyan ayol pro­piskaga qöyişni paysalga solib, meni sarson qilaverdi. Yotoqxonadoşlardan biri yöl-yöriğini örgatgan böladi. Şundan keyin men noiloj, umrimda birinçi marta bola-çaqam­ning rizqidan qiyib, bir sumka bozorlik qilib kelib, uning qöliga tutqazaman…

Nihoyat, oltinçi qavatning bir çekkasidagi katalakdek bir xonani ixtiyori­mizga berişadi. Xonaçada ikkita karavot, bir beşik, deraza oldida möjazgina yozuv stolini joylaştirganimizdan keyin erkin yuriş bir enlik joy qoladi yoki yöq… Lekin şunda ham ka­minaning öşandagi baxtiyorligini söz bilan ifodalab bölmasdi. Axir “Yoşlik”ka işga taklif etişmaganda şu imkoniyatga yetarmidim?

1993-yil “Yoşlik” tahririyati uçun ham sinov yili böldi. Men viloyatdan kelgan kunning ertasidan tahririyat köç-köronini yiğiştirib, Yozuvçilar uyuşmasi joylaşgan binoga – Javoharlaʼl  Neru köçasi birinçi uyga köçib bordik. Yozuvçilar uyuşmasi raisi Jamol Kamol boşçiligidagi arkoni qalam imoratning asosiy qismidan ikkita, pastki 3-4 hujraçani jurnal ixtiyoriga tep-tekinga berdi. Aynan yoşlar naşrlari uçun qurilgan “Qatortol-60”da esa tahririyat ijaraçi sifatidagina turişi şart qilingan, bu kattagina mablağ, iqtisodiy beqarorlik bois keyingi ikki-uç yilda obunaçilar keskin kamayib ketgan, gazeta qoğoziga bosiladigan “Yoşlik” bu ijara pulini tölay olmas edi.

Bolalarim qişloqda bölganida men kun sanab siqilar edim. Endi esa yarim yil bilinmay ötib ketdi. Oktyabrning oxirlarida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga Toşkent şahar hokimiyatidan Prezidentning 1992-yilgi farmoni ijrosiga köra ajratilgan uydan Yozuvçilar uyuşmasiga yoş ijodkorlar uçun bitta kvartira ajratilgani, bu öttiz yoşgaça bölgan qalamkaşga berilişi, şunga nomzodni tavsiya qiliş haqida talabnoma kelib qoladi. Uyuşmada tezlik bilan oqsoqollar kengaşi çaqiriladi. Daʼvogarlarning hujjatini stolga qöyişadi. Uçta nomzod ham “Yoşlik”çi bölib çiqadi. Biri “Yoşlik” jurnalining boş muharriri örinbosari, yoşlar uçun taʼsis etilgan Davlat mukofotining ilk sovrindorlaridan edi. Talabgorning ikkinçisi esa jurnalning proza bölimini boşqarardi. Ikkisi ham bittadan farzandlik. Uçinçi talabgor esa hali işga kelganiga bir yil ham bölmagan, birgina aybi uç farzandning otasi kamina edi. Oqsoqollar ajratilgan kvartira neça xonadan iborat ekaniga qiziqişadi? Tört xona. Şunda kengaş aʼzolari bir voqelikni anglab yetişadi: bu xonadon köp bolali oilaga möljallangan edi. Şunda kimdir deydi: Tegirmon ham navbati bilan. Qolaversa, uçinçi nomzodimiz uyga köproq muhtoj ekan. Şunday qilib, “Yoşlik” jurnali menga Toşkentda uy-joy olib bergan. Vatanlik qilgan. Şu jihatdan ham men, avvalo, “Yoşlik”dan bir umr qarzdorman.

Abdulla Oripov bilan suhbat

Alişer Navoiy nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilib, ikkinçi yili bu mukofotga loyiq körilganlar röyxati matbuotda eʼlon qilingan kunlar edi. Ular safida sevimli şoirimiz Abdulla Oripov nomini körib xursand edik. Yangi boş muharririmiz, yozuvçi döstim Sobir Önardan bir taklif çiqdi:

– Abdulla aka bilan bir suhbat qilmaysizmi?

– Zör bölardi.

– Unda tayyorgarligingizni köring!

Abdulla Oripov bu oliy mukofotga “Munojot” deb atalgan, yangi kitobi bois munosib körilgan, rostdan ham bu öziga xos saylanma şoirning avvalgi kitoblaridan farq qilar, unda “Hikmat sadolari”, “Haj daftari” degan yangi turkumlari ham örin olgan, şaxs va eʼtiqod nuqtayi nazaridan ham şoir ijodi Navoiy mukofotiga loyiq, sobiq tuzum tazyiqi bilan bitilgan zamonasoz satrlarga endi hojat qolmagani ham öquvçini tölqinlantirar edi. Öşa keç şoirni qaytadan kaşf qilgança kitobni berilib öqib çiqar ekanman, nazarimda, şunga yaraşa savollar tuzib işga keldim. Boş muharririmiz maşhur şoir­ning xonadoniga sim qoqib, ustoz bilan quyuq söraşdi. Sobirvoy Abdulla aka bilan juda yaqin, naq öttiz yoşning ustida katta bir jurnalni boşqarar, uning öşandagi mavqeyi ham çakki emas edi.

Abdulla aka suhbatlaşişga roziligini aytib, bugun Nizomiy nomidagi Pedagogika (hozir universitet) institutiga master klass uçun borayotganini, yölakay tahririyatga kirib savollarni ola ketişini bildirdi. Lekin kunning qaysi paytida keladi? Aytmadi. Jurnalning joriy soni naşrga tuşgan, har kim özining ijodiy işi bilan bir muddat band, mening Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga tanda qöygan kunlarim edi, stolim ustiga şoir bilan suhbatga tayyorlagan savollarimni qoldirganimça kutubxonaga şoşildim. Ikki soatlar kutubxonada ötirib, peşinga yaqin Uyuşmaga qaytib, xonamga ötişdan oldin yölakda boş muharrirni uçratib qoldim.

– Abdulla aka kelib savollaringizni olib ketdilar.

Javoblarni kamida erta-indin olsak kerak degan xayol bilan men tuşdan keyin yana kutub­xonaga zinğillab qoldim. Odatimday iş vaqti tugaşiga ozgina qolganida yana xonamga boş suqsam, stolim ustida qöl bilan yozilgança berilgan javoblar yotar, boş muharrirning aytişiça, şoir Pedinstitutdan qaytişda javoblarni taşlab ketgan, qaysi paytda yozişga ulgurganiga esa hayron edik. Suhbat şoirning yangi şeʼrlari davomidan bir betga joylaştirilib, jurnal­ning 1994-yili ikkinçi sonidan örin oldi. Men hamon şoirning şunçalik tez va zukkolik ila, yana yölakay bergan javoblariga qoyil qolaman. Uluğ şoir­ning savollarimga öz qöli bilan yozgan javoblari esa qadrli qölyozmalar sifatida menda saqlanadi. Yaqinda suhbatni yangi kitobim “Kurtakda daraxtni körmoq”qa kiritdim. Zero, 28 yil ötganiga qaramay, undagi fikrlar eskirmagan, şoirning teran adabiy qaraşlari bugungi adabiyot ixlosmandi uçun ham yaxşigina saboq bera oladi.

Sarğaygan sahifalar

Men gohida “Yoşlik” jurnalini varaqlab ham adabiy jarayonning holatini, zamonning adabiyotga munosabatini aniq köraman. U saksoninçi yillarda adabiyotga yonib kirgan isteʼdodli avlodning yurak taftini şundoq körsatadi. Murod Muhammad Döstning “Galatepaga qaytiş”, Erkin Aʼzamning “Anoyi­ning jaydari olmasi”, Nazar Eşonqulning “Uruş odamlari”, Nabijon Boqiyning “Ğözapoya mingan bola”, Toğay Murodning “Ot kişnagan oqşom”, Abulqosim Mamarasulovning “Baxmal qişloğining zumrad tonglari”, Neʼmat Aminovning “Suvarak” nasriy asarlari, Halima Xudoyberdiyeva, Rauf Parfi, Şavkat Rahmon, Abduvali Qutbiddin, Azim Suyunning şeʼriy turkumlari adabiyotimizni çinakamiga boyitdi. Öşanda jahon adabiyotining yuksak namunalaridan jurnalxonlarni bahramand etişga ham katta örin berilgan. Gabriel Garsia Mar­kesning “Oşkora qotillik qissasi” (T.Qahhor tarjimasi), Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” romani (tarjimon N.Komil), Çingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” romani (A.Raşidov tarjimasi), Grant Matevosyanning “Mesrop” qissasi (mutarjim M.M. Döst), Uilyam Folkner hikoyalari (I.Ğafurov ögirgan), Yusuf Samad öğlining “Qatl kuni” romani (U.Qöçqor ögirgan) kabi tarjima asarlari ham xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylandi. Bular “Yoşlik”ning yuzini körsatgan asarlardir.

90-yillar örtalagani sari bozor iqtisodiyoti şaroitida maʼnaviyatga eʼtibor amalda pasayib bordi. Buni “Yoşlik” jurnalining afti-angoriga boqib ham bilsa böladi. Uning içi sariq, gazet qoğoziga bosilgan, muqovasi ham sahifalaridan farq qilmaydi. Jurnal 10 yil oldin çiqqan sonlardan ham “qariroq”, eniga-yu böyiga ozib ketgan kimsani eslatadi.

Şunday bölsa ham 90-yillarning eng yaxşi asarlari Toğay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Omon Muxtorning “Tepalikdagi xaroba”, Töxtamurod Rustamning “Kapalaklar öyini” romanlari, Rauf Parfi, Halima Ahmedova, Bahrom Rözimuhammad, Ölmas Husayn, Farhod Arziyev va boşqalarning şeʼriy turkumlari “Yoşlik” sinovli yölda mardona borganini hozir ham isbotlab bera oladi.

1997-yili meni Özbekiston radiosiga işga taklif etişsa-da, “Yoşlik”dan köngil uzolmadim, 2003-yil mayigaça unda yarim ştat bölsa ham işlab, adabiyot oldidagi qarzim “Yoşlik”da bölmoq deb bildim. Rosti, bu minbarda adabiyotning drama janridan boşqa hamma turlarida özimni sinab körişga-da imkon böldi. Yoşlikda işlagan, yozganlarim paydar-pay çiqib turgan fursatlarda, iqtisodiy tomondan qiynalgan bölişim mumkin, lekin könglimga bir sakinat ingan, hamma vaqtdan köra özimga köproq işonçim ortgan edi. U kunlarni doim soğinaman. Bugun ham yölim Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining yangi binosiga tuşsa, qölimda “Yoşlik”ka atalgan biron-bir maşqim bölsa-bölmasa, tahririyatga, albatta, kirib ötaman, rejalaştirilayotgan yangi asarlar, yangi nomlarga qiziqaman, unga doimo, bundan qirq yil oldingi dovruq, şijoat, yoniqlik, yangi bir nafas, nufuz istayman. Mening nazarimda, hamma vaqtdan köra, bugun “Yoşlik” jurnali, tahririyat, mualliflar, ayniqsa, muxlislar şunga loyiq va munosibdirlar.

Vafo FAYZULLOH

2023/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Şoxrux

    Assalomu alaykum sizlarga özim yozgan şerimni yuborsam boladimi

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Va alaykum assalom. Yuboring

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)