* * *
Milliy adabiyotşunoslik nuqul adabiyotning orqasidan boruvçi, şarhlovçi va izohlovçilik rolidan qutulib, avtonom sanʼat turiga, dunyoga katta falsafiy va estetik fikr beradigan tafakkur sohasiga aylanmoği lozim. Adabiy asarni filologik mezonlar bilangina tahlil qiliş uning yagona vazifasi bölmay, balki sanʼat uçun yangi-yangi mavzular, muammolar taklif etiş, undan-da oldinda yuriş adabiyotşunoslikning xos jihatiga aylanişi kerak. Şunda u falsafaga yaqinlaşadi, töğriroği, çuqur falsafani ham özida aks ettiradi, inson haqidagi haqiqatni falsafadan köra jozibaliroq tarzda sintezlaydi…
* * *
Odamzodning – olimning, publitsistning, faylasufning hamma narsa haqidagi, xususan, tarix töğrisidagi mulohazalari ham, beistisno, nisbiy qimmatga ega. Garçi köplab faktlar asosiga qurilgan, uzoq va har tomonlama tekşiruvdan ötgan manbalarga suyangan bölmasin, baribir, bizga eng töğri bölib tuyulgan xulosalar ham nisbiydir. Çunki dunyoning, tiriklikning özida xulosa yöq. Çunki insonning olam va odam haqida ojiz mulohazaga kirişuvi, u yaralibdiki, uzluksiz davom etyapti. Dunyoning oxiriga yetdim, sönggi haqiqatni men aytdim, deganning zavoli tayin. Şu yerda, örni ekan, Kaykovusning “Qobusnoma”sida bayonini topgan, podşoh Xisrav Parvez qölidagi dono vazir Buzurgmehrning sözlari yodga keladi: “Hamma narsani hamma bilur, ammo hamma narsa hanuz onadin tuğilmamişdur…”
* * *
Mutelikni böyniga olgan odamdan eng kam talab etiladigan narsa bu – uning fikrlaşidir. Mustaqil, ozod odam esa muttasil fikr yuritmoği, öz erkini saqlaş ğamini yemoği kerak. Bu umrda özibölarçilik bilan ham, kampaniyaçilik bilan ham iş bitmaydi.
* * *
“Otamdan qolgan dalalar” sahnaga yakka şaxsni, ayrim insonlar xarakterinigina emas, balki inson qiyofasiga singdirilgan, yana ham töğriroği, insoniy qiyofa örnini egallab olgan, odam bolasini, butun bir millatni özi töğrisidagi tuşunçadan mahrum etgan tuzumlar, mafkuralar, davrlar xarakterini, ruhiyati, maqsad va mohiyatini ham olib çiqdi. Xuddi şu tufayli romanning asosiy qahramonlari ismi ortidan bitta odamni emas, kamida bitta tuzumni, kamida bitta millatni, kamida bitta mafkurani izlaş töğriroq böladi va bunga muallif ham oçiq işora qiladi.
* * *
Barça mustabid tuzum va uning “dohiylari” kötargan bayroqda, bir şior – yo oşkora yoxud pinhona – albatta, böladi: jamiyatdan şaxslarni yöqotiş! Zero, şaxssiz ommani xohlagan şaklga soliş, istalgan kuyga muqom qildiriş mumkin.
* * *
Insoniyat tarixida ötgan jamiki bosqinlar natijasi – istilo qilingan elni yaşaşni unutib, tirikçilik qilibgina kun ötkazişga köndiriş, bu ikki tuşunçaning örnini almaştirib yuboriş böldi. Hozir ham şunday. Bu muddaoni bir bosqinçi qöpolroq, ibtidoiyroq usullarda amalga oşirgan bölsa, boşqasi juda ustalik bilan, nafsiy-madaniy yöl bilan hayotga tatbiq etdi.
* * *
“Lolazor” romani muallifi Murod Muhammad Döstning “jilmayişlari”ga, yaxşi maʼnoda, işonib bölmaydi va uning romanini jilmayib yiğlangan dard izhori sifatida örganmoq kerak. Butun asar davomida jiddiy ohang va istehzo muvozanati şunday tutib turiladiki, na közyoşlar nigohni xiralaştiradi va na kulgi aqlni öğirlaydi. Lekin bu aslo “ötmiş bilan kulib xayrlaşiş” (K.Marks) ham emas.
* * *
Inson sifati uning nima işlar qilgani bilangina emas, ne işlarni qilmagani, ulardan özini çeklay olgani bilan ham belgilanadi.
* * *
Hayot atalmiş nozik bir sinov, ikki yöqliq oraliğida oliy hukm-la paydo bölgan yurakning omonat tipirlaşi davomida közning, aqlning, qölning, lunjning talvasasini özida mujassam etgan NAFS öz inqiroziga ham manfaat yuklaşi, bu ölik va tirik manfaatlar olomondan xalqqa aylanişga şoşilmayotgan millionlab kişilarning hozirça anglanmagan manfaati ustidan kun körayotgani – “Lolazor” romanining asosini uşlab turgan ğoyaviy va badiiy zamindir.
* * *
Bola biror buyumni yoxud öyinçoqni buzar, sindirar ekan, demak, u qiziqyapti, öziça izlanyapti, şu narsaning tarkibini, tuzilişini örganişga urinyapti. Buning nimasi yomon? Qolaversa, öyinçoqning buzilişi uning “qismati” hisoblanadi. Yaʼni agar bola “otam buni falon pulga sotib olgan, ehtiyot qilişim kerak” deb öylay boşlasa, demak, uning bolaligi allaqaçon tugabdi. Menimça, bolaning qiliqlari aksariyat holatlarda uning fikriy ösişiga, mustaqil harakat könikmalarini hosil qilişiga, özi uçun nihoyatda qiziqarli va sirli bölgan dunyoni, narsalar tabiatini biliş yölidagi dastlabki urinişiga xizmat qiladi va buni faqat töğri tuşuniş, şunga çidaş kerak.
* * *
Bu şafqatsiz olamda inson sanʼatdan öziga panoh topadi. Ruhi unda emin-erkin nafas oladi, jilva körsatadi, eşilib raqsga tuşadi. Şu jihatdan men sanʼatni yaxşi maʼnodagi oğu, mast qilguvçi giyohga öxşataman. Sanʼat olamida yaşayotgan inson tirikçilikning mayda taşvişlaridan bir muddat çetlanadi, özining mohiyatiga, ruhi rohat topadigan olamga qaytadi. Sanʼat insonga uning naqadar qudratli ekanini eslatib turadi. Uni mudraşdan asraydi, özining tabiatiga xiyonat qilişiga yöl qöymaydi. Biroq bu narsalarning bari sanʼatga oşufta köngillargagina nasib qiladi. Aytilgan quvvatga ham, boya eslatganimdek, çin sanʼatgina egadir.
* * *
Kamalakdek rang-barang tili, urf-odati, madaniyati, adabiyot va sanʼati bilan xalqlar bir-birlarini töldiradi, biri hali yetişmagan möjizalarga boşqasi ertaroq duç keladi, özaro örganiş, taqlid qiliş asnosida yagona insoniyat sivilizatsiyasi barpo böladi.
* * *
Şarq va Ğarb madaniyatini bir-biriga qarama-qarşi qöyiş tamoyili qançalar xavfli bölsa, ular örtasidagi jiddiy farqlar, öziga xosliklarni pisand etmaslik ham şunçalar zararlidir.
* * *
Adabiyot va sanʼatga maʼlum bir ijtimoiy-siyosiy voqelik, özgariş prizmasi orqali qaraş, şu voqelik yoxud mafkura mezonlaridan kelib çiqib baho beriş uning (sanʼatning!) mohiyatini oçiş yöliga ongli tarzda qöyilgan dastlabki tösiqdir. Mustabid tuzum yöl-yöriği-yu mafkurasini qöying, hatto eng ilğor, eng gumanistik ğoyalar ham sanʼat uçun mezon, etalon böla olmaydi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning ölçovlari, qadriyat va mohiyati bir olam bölsa, sanʼat dunyosining ayni unsurlari mutlaqo özgaça bölişi mumkin, aksariyat hollarda ular bir-biriga zid ham keladi. Negaki, aql va jismning oziği boşqa, ruh va köngilning ğizosi mutlaqo özgadir. Birining töyib-töyingani ikkinçisining haqini ömarişdan yuzaga kelişi köp kuzatilgan.
* * *
Dunyodagi boşqa biror jiddi-jahd u yoxud bu millat töğrisida adabiyotçalik taʼsirli, kölamli va jonli maʼlumotni berolmasa kerak. Ana şu maʼnoda, menimça, Erix Mariya Remark romanlarini öqigan odam olmon tilini bilmay ham çinakam nemis bilan bemalol til topişib keta oladi.
* * *
Millionlab kişilar ongini, tasavvurini, dunyoqaraşini, kayfiyatini kerakli tomonga buriş, millionlab yuraklarda nafrat yoxud sevinç tuyğularini köz yumib oçgunça hosil qiliş, bir söz bilan aytganda, olomonni manipulyatsiya qiliş bugungi mass-medianing asosiy yumuşiga – maqsad-muddaosiga aylantirib bölingan. Bir voqea-hodisa haqida şunçalik köp va rang-barang axborot tarqaladiki, odam ular orasidan qay biriga quloq tutişni, işonişni bilmaydi, natijada, bu odamda soğlom va xolis orientatsiya hissi ötmaslaşib, susayib boradi, oxir-oqibat u hamma narsaga, jumladan, muhim xabar-maʼlumotlarga ham befarq, loqayd, hafsalasiz qaraydigan, heç narsaga işonmaydigan, eʼtiqodsiz kimsaga aylanadi. Mana şunday kişilardan esa olomon yasaş, vujudga keltiriş ança oson keçadi.
Rahmon QÖÇQOR
2023/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


