Keçagi kunlarimga bir nazar solsam, Yaratgan egam köp yaxşiliklar bilan siylagan ekan. Şarif makonlardan bölmiş Buxoroning eng çekka tumanlarining birida tuğilib-ulğayib, sözga, adabiyotga muhabbat qöyib, yuragimni hapqirtiradigan orzu-niyatlar qilar edim. Orzularki, sevganim ijodkorlarni körsam, ularning suhbatini olsam derdim. Lekin bular qanday amalga oşarkan?
Törtinçi urinişda talaba bölgan menday sahroyi bolaga Toşkent butun boşli sanʼat saroyiga öxşardi: köça-köyda biror aktyor-aktrisani, qaysidir qöşiqçi yoki sozandani uçratib qolardim, turli adabiy davralarda taniqli şoir-yozuvçilarni körib, suhbatlarini jon quloğim bilan eşitardim. Eng köp ana şunday adabiy yiğinlar Yozuvçilar uyuşmasida bölar, universitetdagi ustozlarimiz yetovida u yerga köp marotaba borganman. Keyinçalik bilganmanki, haftaning har çorşanba kunlari şeʼriyat tögaragi bölar, unda şeʼrxonlik, şeʼr tahlillari, ustoz şoirlar bilan uçraşuvlar bölar ekan.
Birinçi gal tögarakka borganim esimda. “Xalqlar döstligi” saroyi röparasida joylaşgan töqqiz qavatli binoning oltinçi qavatida tögarak ötadigan majlislar zali bölar edi. Binoga kirişim bilan uç-tört kişining lift tomonga ketayotganini kördim: eʼtibor berib qarasam, uluğ şoir Abdulla Oripov, uning yonida Sirojiddin Sayyid va yana kimdir. Ularni körib dovdirab qolganman – şunday katta şoirlar mendan tört-beş qadam oldinda, nimalarnidir gaplaşib ketişyapti. Ular lift töğrisida töxtab, liftning tuşişini kutişdi. Taxmin qildimki, ular ham oltinçi qavatga çiqişadi. Ularning salobati bosdi şekilli, birga liftda kötarilişdan hayiqib, zina orqali yuqoriga kötarildim. Kötarilarkanman, Xizrni körib, keyin uni yöqotib qöygan odamday yuragim hayajondan gupillardi. Dovdirab-dildirab neçançi qavatga ham kelganimni bilmay qoldim, qaysidir qavatga kelganda ikki tabaqali eşik oçiq turgan ekan, öşa yerga özimni urdim. Kirsam, röparamda tört-beşta eşik, tepa qismiga “Nazm va nasr bölimi”, “Boş muharrrir örinbosari”, “Boş muharrir” deb yozilgan lavhlar bor edi. Bu yer törtinçi qavat, eşiklariga tikilganim joylar “Yoşlik” jurnali tahririyati bölib, bu joyda yillar ötib işlaşimni tasavvur ham qilolmasdim. Ammo yetti qavat kökdagi Lavhda bu taqdir ölaroq bitilganini, bekorga bu yerga kirib qolmaganimni endi-endi anglayapman.
…Adaşmasam, 2011-yili Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxona hozirgi – Mustaqillik maydoni yoniga, Navoiy köçasining tugaş qismidagi haşamatli binoga joylaşdi. Öşa sanadan boşlab uşbu joy men uçun bir masjidday qadrdon bölib qoldi. Masjid deganimda heç mubolağa yoki kufr yöq: dunyoning deyarli butun ilm-u maʼrifati şu yerda jam bölib, rostdan ham har kuni yarim kunimni uşbu kutubxonada ötkazar darajada qadrli maskanga aylangandi. Mazkur kutubxonaning har bir öquv zalida gazeta-jurnal burçagi bölib, ularning har bir soni naşrdan çiqişi bilan öşa burçakdagi maxsus joyga ilib qöyilardi. Ayni öşa kunlarda “Yoşlik” jurnalining çinakam muştariysiga aylangandim. “Yoşlik” boşqa jurnallarga qaraganda mavzu kölami jihatidan ajralib turar, menga eng maʼqul jihati özim tengi yoşlarning ijodiy işlari köp berilardi. Öşa yoşlarga havas qilib, jurnalda ularday yuz körsatişni orzu etardim, ammo qanday qilib? Kim orqali çiqa olaman? Özi arzirli narsam bormi?
Şunday qilib, kunlar ötaverdi, “Yoşlik”ka oşufta yoşligim ham. Kunlarning birida şoir döstim Dilmurod Döst sabab taniqli yozuvçi Nabijon Boqiy bilan tanişib qoldik. U kişi Qibray tumaniga qaraşli yozuvçilarning Dörmon ijod boğidagi ijara dalahovlilarning birida yaşardi. Nabijon Boqiy bilan biroz yaqin bölgaç, u kişining taklifi bilan bir yilça öşa dalahovlida yaşadim. Keyin bildimki, Nabijon aka bir neça yillar avval, aniqroği, saksoninçi yillarning örtalarida “Yoşlik” jurnalida işlagan ekan. U paytlar matbuotning kuçi ança baland bölib, biror jurnalda şeʼr yoki hikoyaning çiqişi adabiyotga kirganday maqom bölgan. Negaki jurnallarda katta-katta yozuvçi va şoirlar, sözga xaris bölgan muharrir va munaqqidlar işlagan, kelgan asarlar ularning çiğiriğidan ötgan, şunday bölgaç, yoş muallifga katta umid boğlangan. Adaşmasam, Nabijon akaning ilk hikoyasi “Yoşlik”da eʼlon qilingan va öşa hikoya sababidan jurnalning asosçilaridan va ilk boş muharriri Erkin Vohidov taklifi bilan yoş yozuvçi Nabijon Boqiyev tahririyatga işga kirgan.
Nabijon akaning dalahovlidagi möjazgina kutubxonasida “Yoşlik” jurnalining ilk sonlaridan boşlab töqsoninçi yillarning boşlarigaça bölgan köplab sonlari bor edi. Aynan öşa jurnal sahifalarida Murod Muhammad Döst, Erkin Aʼzam, Toğay Murod, Xayriddin Sultonov, Nazar Eşonqul kabi zabardast adiblarning maşhur hikoya va qissalarini mutolaa qilganman, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Usmon Azim, Şavkat Rahmon, Xurşid Davron, Matnazar Abdulhakim kabi uluğ şoirlarning bugungaça tildan tuşmay kelayotgan maşhur şeʼrlarini öqiganman. Xullas, “Yoşlik”dan topganlarimni bir gapga siğdirişga harakat qilsam, şunday deya olaman: özbek zamonaviy adabiyotining oltin davrini aynan şu jurnal ommaga körsatib bergan. Bundan taşqari, Nabijon aka tahririyat xonalarida yozuvçi-şoirlar bilan ötgan ijodiy suhbatlar, qaysi asarlarning qay holda jurnalga kelgani, tahrirdan keyin pişiq va öqişli bölib çiqqani haqida köp marta gapirib bergan. Hatto ayrim asarlarning tahrir qilingan qölyozma nusxalarini ham körganman. Xullas, öşa vaqtlar haqiqiy ijodiy muhit, jiddiy tahrir maktabi şakllangan davrlar bölgan.
Nabijon aka biroz mazaxçi va qörsroq bölsa-da, yaxşi körgan odamini (ayniqsa, nimadir qila olişiga közi yetgan yoş-yalangni) özi boradigan ijodkorlar davralariga yetaklab oborar edi. Bunday davralarni ham köriş kerak, derdi bot-bot. Hozir eslasam, şunday davralarda körganim ijodkorlarning köpi aynan “Yoşlik”da faoliyat yuritganlar yoki işlamagan bölsa-da, kunda-kunora ijodiy munoqaşa uçun kelib, soatlab ötiradigan şoir-yozuvçilar edi: Erkin Vohidov, Erkin Aʼzam, Tohir Malik, Omon Matjon,
Nasriddin Muhammad, Murod Muhammad Döst, Ibrohim Haqqul, Sulaymon Rahmon, Xurşid Davron, Yoqibjon Xöjamberdiyev, Nurulloh Muhammad Raufxon. Eng gözal keçgan damlar aynan şu davralarda ötkazgan paytlarim desam, heç mubolağa qilmagan bölaman. Sababki, ixlos qöyganim köp adiblar bilan kitobi orqali tillaşgan bölsam, Yaratganning marhamati bilan ularga davrdoş va davradoş ölaroq köp bora suhbatdoş böldim. Adabiyotni uluğ bir mehvar sifatida bilgan menday ğör bola şunday katta ijodkorlar davrasida bölişimni sözni sözga ulab, şeʼr deb nimalardir qoralab yurgan paytlarim tasavvur qilmaganim rost, qilolmasdim ham. Ammo har nening tuzuvçisi bölgan çevar zot Haq taologa bunday işlar oson ekan… Şunday ajib hodisotlar ham böldi hayotimda!..
…Tört yillik oltin davr ötib, tirikçilik qilib, Toşkentda qoliş uçun iş izlay boşlagan paytlarim biror tahririyatda mehnat qilişni öylab ham körmaganman. Bunga ikki sabab bor edi: biri mutaxassisligim böyiça, asli pedagogman, qolaversa, zör şeʼrlar yozib, na biror gazeta-jurnalda köriniş berganman va na biror şoirning nazariga tuşganman. Şuning uçun biror maktabdan iş topib, öqituvçilik qilişni öylab yurardim. Ammo kutilmaganda Toşkent viloyati Yangiyöl tumani gazetasida işlaydigan yozuvçi döstim Abdulla Çimirzayev sabab bölib, gazetada iş boşladim. Öşa yerda yaşab, bir yildan köproq faoliyat yuritdim, matbuotni ozmi-köpmi örgandim, qalamim biroz çarxlandi. Şu davrlarda gazetada çiqqan maqolalarim sababmi yoki jiddiyroq narsalar yozib, kuçini sinab körsin degan maʼnodami hikoyalari bilan ustozlar nazariga tuşgan yozuvçi akam, “Yoşlik” jurnali boş muharriri örinbosari Nurilla Çori kunlarning birida “Döstlaringizdan Bobur Elmurod şeʼrlari haqida nimadir yozib bering” deb qoldi. Bu voqea 2017-yilning bahori boşlari bölgan. Öşa paytda maʼlum sabablarga köra, tahririyat jamoasi töla yangilanib, jurnalga nisbatan yoşroq kadrlar bilan almaşgandi. Boş muharrir taniqli şoir Nodir Jonuzoq edi. Yangi jamoa kelgaç, jurnalning içki va taşqi körinişi – dizayni, mavzu-mundarijasi özgardi, yoş jihatidan ijodkorlar yaşargan edi. Alqissa, Nurilla akaning taklifi bilan şoir Bobur Elmurodning ijodi xususida muallifga maktub sifatida tahlilnamo narsa yozdim. Köp ötmay, juzʼiy tahrir ostida çiroyli dizaynda maktubim eʼlon qilindi. Nomi “Komillik istagi” edi. Öşanda 26 yoşga tölgandim va bu yozganim katta matbuotdagi ilk çiqişim edi.
Jurnal çiqqaç, maktubimni öqiganlar iliq fikrlar aytdi, şunday narsalar yozib turişimni taʼkidlaşdi. Şunday kişilar orasida akalarim Nodir Jonuzoq va Nurilla Çorilar bor edi. Oradan bir-ikki oy ötmay, kutilmaganda jurnalga işga kirişga taklif bölib qoldi. Rostini aytaman, öşa kundan keyingi hayotim boşqa tomonga özgardi. Jurnalga işga kirgan kunimdan boşlab katta adabiyot, ijod olamiga kirganimni his qilganman, çunki jurnalga keladigan ijodiy işlarni öqirdik, tahrir qilib, naşrga tayyorlardik, topşiriq olib, özimiz ham turli mavzu va janrda köp narsalar yozardik, xullas, söz içida, söz atrofida izlanardik. Hozir “Yoşlik” jurnali tahririyatida faoliyat yuritmasam-da, öşa yerda örganganlarim, orttirgan tajribalarim hozirgaça menga qöl kelayotir. Şu bilan birga jurnalda işlab yurgan kezlarimda orttirganlarim döstlar, qadrdon aka-ukalar hamon yonimda.
Bu bitigim avvalida öttiz ikki yillik umrimga nazar solib, mamnunlik tuyişim haqida söz boşlagandim. Endi şuni aniqroq qilib ifodalaşga harakat qilaman. Inson qayerdadir özini, özligini, hayoti mazmuni, çin aʼmolini topadi, anglaydi. “Yoşlik” men uçun şunday joylardan biri. Çunki bu jurnalda judda katta isteʼdodlar, uluğ ijodkorlar mehnat qilgan, özbek adabiyoti va sanʼatining eng saralarini taqdim qilgan hamda katta isteʼdodlarni kaşf qilgan. Haligaça qoladigan biror narsa yozolmagan, öz yölini topolmay, isteʼdodini töğri istifoda qilolmagan menga bu dargohda işlaş, ustozlar anʼanasini oz bölsa-da davom ettirişga hissa qöşiş çinakam baxt. Bir qaraşda bu balandparvoz, hissiyotga töla gapday tuyulişi mumkin, ammo bu gaplar eng gullagan yoşlik davrining bir qismi “Yoşlik”da ötgan kamina – jurnalning sobiq xodimi könglidan ötgan iqror va mamnuniyatdir.
Yöq-yöq, bu – eng gullagan yoşlik davrining bir qismi “Yoşlik”da ötgan kamina – jurnalning SODIQ xodimi könglidan ötgan iqror va mamnuniyat.
Husan Maqsud
1991-yili tuğilgan. Toşkent davlat pedagogika universitetining Özbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Komillik istagi” kitobi çop etilgan.
2023/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


