Katta ijodkorlar har doim millat va jamiyat muammolarini şaxsiy keçinmalardan ustun qöya olişadi. Şuning uçun ham jahon adabiyotining eng yirik adiblari va sara asarlarini kuzatganimizda ularda umuminsoniy muammolar kötarilganiga guvoh bölamiz. Özligini qidirgan Odam esa bu asarlarda özini, hayotini, oddiy turmuşni körgani bois, qayta va qayta öqişga ehtiyoj sezadi. Bunday asarlar har qanday davrda özining yangidan yangi öquvçilarini topaveradi.
Yurtimiz va adabiyotimiz boşidan keçirgan monomafkuraning ötgan yillar adabiyotiga taʼsirini taʼkidlaş kerak. Lekin ana şu davrlarda ham goh ramzlar, baʼzan ertagu rivoyat tarzida millatning boş muammosi kötarilgan asarlar bisyor. Ana şular orasida Abdulla Oripovning “Ranjkom” dramatik dostoni turadi. Negadir, ötgan davr mobaynida sahnalaştirilganini eʼtiborga olmasak, adabiyotşunoslikda bu asarga unçalik ahamiyat qaratilmadi. Aslida şoirning dostonlari ham lirik şeʼrlaridan badiiy jihatdan kam emas. Ulardagi dramatizm, asar va hayot mantiğining uyğunligi öquvçini öziga rom etadi.
“Ranjkom” dostoni 1988-yilda naşr qilingan. Lekin şoir unga manbani ijodga endi kirib kelgan yillaridan yiğa boşlagan, desak adaşmaymiz. Çunki, yer yuzida nafsiga qul, amal va boylik uçun heç narsadan tap tortmaydigan odamlar bor ekan, şoirlar yuragida mana şunday oğriqlar bölişi tabiiy. Asar qahramonlari unçalik köp emas, bor-yöği olti nafar. Agar yer yuzini tarozi deb tasavvur qiladigan bölsak, “ranjkom”çilar bir taraf, olim, çol, farroş kampir kabi mazlumlar ikkinçi taraf. Asar yozilgan davr demografik statistikasiga qaraydigan bölsak, jami başariyat soni olti milliarddan oşiqroq bölgan, deya taʼkidlanadi. Şoir odamlarni ikki guruhga böladi. Birinçisi tabiiyki, manfaatparast zolimlar, ikkinçisi mazlumlar. U dunyoni şunday köradi. Boşqaça bölişi mumkin emas. Lekin zolimlarning ham yomonlikni körsatib qiladigan, yoki zimdan iş köradigan toifasini eslatib ötadi. Şuning uçun ham taşkilot aʼzolari uç nafar. Mana şu uç obrazga barça nafs bandalarining umumiy qiyofasini ustalik bilan joylaştira olgan. “Ranjkom” taşkilotining bir raisi va ikki aʼzosi bor. Ularning “Haşorat” jurnali ham taʼsis etilgan. Taşkilotning boş vazifasi majlis ötkazib, odamlarni ranjitiş rejasini işlab çiqiş. Taşkilotning “boş maslagi” rais nomidan bayon qilingan:
Biz maʼnaviy taşkilotmiz – “Ranjkom”miz yaʼni,
Özgalarni ranjitmoqlik bizning işimiz.
Bab-baravar “siylagaymiz” barça-barçani,
Duç kelganga qadaladi ötkir nişimiz.
Şoir rais tilidan, bu taşkilotga izoh berar ekan, bular özgalar kabi zimdan emas, balki oşkora yomonlik qilişni kasb qilgan nokaslar, deb uqtiradi. Aslida ham şunday. Tabiatan hasadgöy, içi qora, manfaatni onasining salomatligidan ham ustun qöyadigan odamlar negadir bir-birlarini qoronğuda ham topib olişaveradi. Taşkilotga aʼzo bölib kirişning birinçi şarti – qasam içiş. Bu holat bizning azaliy qadriyatlarimizga xos emas edi-ku! Bunday balo va taşkilotga yöl oçganlar kim va maqsadi nima edi, degan savol tuğiladi. Asar iştirokçilari asta-sekinlik bilan özlarini “namoyon” qilib borişadi. Hamma zamonda bölgani kabi, sodda, ğör yoşlarning işonçiga kirib, safimizni kengaytirib olişimiz kerak, deyişadi. Bu esa hamma vaqt barça – narkobiznes, öğrilik, fahş, talonçilikni kasb qilib olgan uddaburon “ranjkom”çilarning boş dasturulamali bölib kelmoqda. Şoir köpni körgan, hayotiy tajribaga ega inson sifatida yoşlarning bunday oqimlarga qöşilib ketişidan bundan qariyb öttiz yillab oldin ogoh etgan edi. Ularning maqsadi aniq – yölida uçragan har kimni qora loyga çaplaş, çohning eng çuqur yeriga itqitib yuboriş. Şu örinda bu taşkilotning bir aʼzosi raisga haqli savol beradi: “Agar yoş bolaga duç kelsak uni qanday ranjitamiz?” Raisning javobini qarang? Yoş bolani erkalang, suyib qöliga şirinlik tutqazing, söng sekin quloğiga “sening otang tamomila boşqa odam” deb ayting, deya javob beradi. Bu esa öta dahşatli va oqibati ayançli manzara kasb etişi tabiiy.
Ular kambağal, çoriğini zörğa sudrab yurgan kişini körsa, boylikdan gap oçişni, közi ojiz kimsaga esa, quyoş va olam gözalligini tavsiflaşni niyat qilişadi. Bu esa şundoq ham ezilib, hayotdan töyib yurgan kişini sindiriş emas-mi? Afsuski, hayotda bu taşkilotning aʼzolari hali ham bor va ular juda köpçilikni taşkil etişadi.
“Ranjkom” çilar suhbatlaşib turgan xonaga Savdoyi olim kirib kelişi bilan asarda dramatizm yanada kuçayadi. Ularning xatti-harakatini körib öquvçining beixtiyor nafrati oşib ketadi. Bu tabiiyki, şoirning mahoratiga yana bir dalildir. Beçora olim noyob nusxa kapalagining ketidan quvlab, taqdir taqazosi bilan şu yerga kelib qoladi. Aslida olim, noyob haşorat ustida ilmiy iş qilayotgan va taşkilot jurnaliga murojaat qilgan edi. Lekin ming afsuski, bu yerda ötirganlar uçun uning ilmi-yu nazariy qaraşlarining bir pullik ham qiymati yöq. Çunki Savdoyi olimdan heç qanday manfaat çiqmaydi-da. Şunda ham beçora çolni ranjitib, Maskovdan vakillar kelib, kapalakni olib ketgani va uning egasini taklif qilib, bilet taşlab ketganlarini rökaç qilişadi. Bu bir beçora olimni masxaralaşdan boşqa narsa emas edi.
Asarni öqiş jarayonida kulişni ham, yiğlaşni bilmay qoladigan vaziyatlar tasviri juda köp. Masalan, taşkilotga ixtiyoriy ravişda qöşilgan aʼzo bir örinda qilmişini aytib:
Köçamizda bir lektor bor, Xudoyqul oti,
Yozğuvçi deb tegar edi ğaşimga nuqul.
Sen – dindor deb eʼlon qildim öşa zahoti,
Çunki dedim, sening isming aynan Xudoyqul.
Bunday munosabatni kutmagan beçora odam nima qilarini bilmay, bu ismni qöygan yetti avlodini böralab sökişgaça boradi, töğriroği, şunga majbur qilişadi. Köça-köyda maʼruza öqib, hammani oğziga qaratib yurgan beçora voiz bir zumda beburd bölib, ranjkomçining oyoğiga yotib yalinadi:
Dedi: – Könglim tölmas edi, asli ismimdan,
Öz vaqtida tanqid qilding dardingni olay.
Ixtiyoriy voz keçaman “Xudoy” qismimdan,
Mayli ismim yarim bölsin, “Qul” bölib qolay.
Bir beçora bir kunda ismidan ham voz keçişga tayyor! Keça ötgan tariximizda afsuski, şunga yaqin holatlar bölgani haqida gapiriladi. Beçora Xudoyqul qul bölişga tayyor bölganida, “ranjkom”çining tili yana baland keladi. Bu dorilamon zamonlarda qulu quldorlik yöq bölib ketganini pisanda qiladi. Şunday qilib, bir beçora öz ixtiyori bilan kuppa kunduzi ismidan ayrilib qoladi. Rais uning bu qilmişini alqagani ikkinçi aʼzoga yoqmaydi va özi qilgan undan ham battar işni gapirib beradi. Tabiatan ovçilikka qiziqqan ikkinçi aʼzo safidagi boşqa bir ovçini körolmagani bois, hasad ötida yonib, ataylab anjuman taşkil qiladi. Tabiatda ötgan bu anjumanning boş masalasi haligi ovçini badnom qiliş edi. Ölkada yöq bölib ketgan barça noyob jonzodlar xunini undan talab qilişadi. Beçora odam ötirgan joyida vafot etadi. Beçora odam bu razil kimsalardan ölib qutiladi.
Agar “Ranjkom” çilarni bir jamiyat deb qabul qiladigan bölsak, öşa uzoq yil davom etgan monomafkuraçilarning oddiy odamlar ustidan “qilib qöygan nomaqbul iş”lari yaqqol ayon böladi. Buni şoirning rais nomidan aytgan izohi ham isbotlaydi:
Şu sababdan oçiq-oydin bir gapni aytay,
Fidoyilik degan narsa havoyi bir gap.
Özing uçun har yumuşga böla olgin şay,
Seni aldab ketişmasdan ulgurgin aldab.
Yoki bir örinda “uni yölga solgay faqat qiliç yo firib” degan fikrni aytib ötadi. Xalqimiz ötgan davrda bu holatlarning har ikkisini ham boşdan keçirdi.
Bu taşkilotçilar ertadan keçgaça yaqin kelajakda qiladigan noxuş işlarning rejasini tuziş bilan ovora bölib turgan bir vaqtda xonaga farroş kampir kirib keladi. Farroş kampir obrazi Abdulla Oripov asarlarida köp uçraydi. Şoir bu obrazga murojaat qilişining ikki sababi bor. Birinçidan bu kasb egalari yölu yölakni, xonalarni har qanday çangu ğubor va iflosliklardan tozalaydi. Ikkinçidan, ulardagi samimiyat, töğrisözlik va biroz dağallik xislatlaridan şoir unumli foydalanadi.
Adiba Davlatova – 1979-yilda tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. “Özbek adabiyotşunosligi va adabiy aloqalar” kafedrasi dotsenti.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

