Uyuşmadan çiqdim-u, ertalab uydan çiqişda rözğorga bozorlik qilib keliş “topşiriği” bölgani yodimga tuşdi. Töğri bozorga yöl oldim. Xalqobod bozori har doimgidek gavjum. Dehqonçilik rastasidan xaridni yakunlab, qandolat rastasi tomonga ötdim. Qandolat va quruq meva rastalari bir-biriga tutaş joylaşganligini bilsangiz kerak. Öşa tomon borar ekanman, quruq mevalar rastasi tarafdan bir bolakayning “Qani, kimga xandonpista? Mana, sara xandonpista!” deya baqirib-çaqirib xaridor çorlayotgani quloğimga çalindi. Şunda bundan ön yilça avval bölib ötgan bir voqea lop etib yodimga tuşdi…
Talabalik yillarim uyimdan ança olisda öqiganligim sabab, uyga tez-tez borolmasdim. Asosan bayram arafalarida yoki taʼtil paytlarida borişimni inobatga olmasa, deyarli yil böyi musofirçilik kun tartibimga aylanib qolgan edi.
Adaşmasam, institutining ikkinçi bosqiçida öqib yurgan kezlarim. Yozgi taʼtilni uyda ötkazdim. Avgust oyining oxirlari, öqiş boşlanişiga ön kunlar vaqt qolgan. Talaba bölganlar bilişadi, bunday paytda saboqdoş döstlaru, tahsil soğinçi talaba xalqini ortiq uyda turolmaydigan qilib qöyadi. Men ham baayni şunday holda edim va hali bir haftalar vaqt bölişiga qaramay yölga tuşiş tadorigini boşlab yubordim. Öşa paytlari oltmiş yoşni qoralab qolgan onam yeru kökka işonmagan kenjatoylari yana olisga ketib qolayotganligidan andak faromuş, narsalarimni tayyorlar, neki tansiq narsa topsalar, yölxaltamga joylaşdan çarçamas edilar.
Yölga çiqar kunim, qöşninikidan nonuştaga qaymoq oliş uçun çiqqan onam quvonib kirib keldilar. Qöllarida bir kaft xandonpista.
– Xandonpistada kö-öp hikmat borakan-da, bolam. Anavi kuni tilbizorda bir katta professor çiqib, olim bölaman degan xandonpista çaqabersin dedi. Natijaga mana man kafilman, dedi. Şundan beri hay suriştiraman, qani bitta Xudoy hay bergur, mana manda bor, xandonpista, desa. Bu çindanam juda-a hikmatli narsadirki, noyobdir-da!
Onam neça kişilardan sörattirib, axiyri topgan “xazina”laridan bolalarça quvonar, bir kaft xandonpistani hali yelimxaltaga joylar, sal ötmay “yölda issiqdan zamburuğlab qoladi” deya yelim xaltadan olib römolçaga tugar edilar. Yöl-yölakay “öğilginalarini professor bölişini naqd qilib beradigan şunday noyob narsani topib bergan” dugonasini alqardilar.
Nihoyat yölga çiqar vaqtim böldi. Dadam va akam meni kuzatib ança joygaça borişdi. Ayam esa ostonada kuzatib qoldilar. Nihoyat yölovçi ulovga çiqdim. Bir qança masofa yöl ortda qolib, manzilga yetib keldim. Yotoqxonada narsalarimni joylaştirar ekanman, menga nimadir yodimdan çiqib, uyda qolib ketgandek tuyulaverar, bot-bot narsalarimni közdan keçirardim. Yöq, hamma narsam joyida. Yuklarimni joylaştirib bölgan ham edimki, qöl telefonim jiringladi. Kötardim, uydan ekan. Telefondan ayamning maʼyus tovuşlari keldi:
– Yaxşi yetvoldingmi, bolam?
– Yaxşi, ayajon. Yetib keldim, narsalarimni joylaştiryapman.
Şunda ayamning ovozlarida ajib siniqlik sezdim.
– Attanga, bolam, xandonpista qolib ketibdi-ya, narsalaringni yonginasiga qöyib edim. Men keksa onangni maʼzur tutasan-da, bolam, ortlaringdan hay-haylab borgunimça ketib qolibsan…
Darhaqiqat, yuklarimni olayotganimda yukxaltamning ustidan bir daströmolçaga tugilgan narsa tap etib yerga tuşgani yodimda. Ammo şoşilinçda eʼtibor bermagan ekanman.
– Nasiba-da, ayajon, nasiba. Nabiralaringiz kelsa berarsiz, dedim u kişini ovutgan bölib.
– Şunaqa-ku-ya, xandonpista aqlni peşlardi-da, tilbizorda aytişgandi…
Onamning tovuşlaridan bolalarça beğuborlik, andak ökinç ufurib turar, u kişiga ayni damda nima deb tasalli berişni bilmasdim. Bu dilgirlik bir neça kungaça yodimdan kötarilmay yurdi. Keyin öqişga şönğib ketdimmi, yodimdan kötarilibdi.
Vaqtni bejiz oqar suvga qiyos qilmaydilar. Öqiş bilan bölib, oradan bir neça oy ötib ketganini bilmay qolibmiz. Yangi yil arafasida gupillab qor taşladi. Hamma yoq oppoq, nafis qorga burkandi. Ana şunday gözal kunlardan birida tağin uyga jönadim. Yöl olis, qolaversa borgunimgaça xavotirlanişmasin deya uyga borişimni avvaldan aytmadim. Kutilmaganda kirib borişim uyda bayramdek bölib ketdi. Ayam oldimdan bir lahzaga uzoqlaşmas, kenja nabiralarining tili çiqib, “buvi” deyotganidan tortib, mahalladagi qaysi tengdoş jöram uylanganligigaça gapirib berardilar. Bir payt nimanidir eslab qoldilar-u, közlari çaqnab ketdi.
– Sen ötiratur, bolam, men hozir, – deya qöşni xonaga kirib ketdilar. Içkaridan taxmondagi körpalarning tuşirilgani, söngra sandiqning qopqoği oçilgani eşitildi. Bir neça daqiqa ötar-ötmas ayam qaytib çiqdilar. Qöllarida… bundan tört oy burun men unutib qoldirgan, daströmolga tugilgan bir kaft xandonpista öşanda qanday tugilgan bölsa – şundayligiça turardi…
… Yillarça olisda qolgan öşa talabalik vaqtlarim, har gal kelişimni bir bayramdek kutib olib, ketar vaqtim munğayib kuzatib qoladigan onaizorim, sandiqlarining qatida oylab saqlangan öşa bir kaft xandonpista birma-bir köz öngimdan ötar ekan, xandonpista sotilayotgan joyni hatlab ötolmadim.
Orifjon Odilov – 1992-yilda Namangan şahrida tuğilgan.
Hozirda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti özbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi.
Qissa va hikoyalari respublika matbuotida eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

