4 daqiqada öqiladi

269 marta körilgan

Mutallib Hazratqulov. Oq kabutarlar (hikoya)

Ertalabki beş daqiqalik yiğinda boş vraçimiz şifoxonamiz yutuqlari haqida gapirib barçamizni tabrikladi. Demak, bugun ziyofat uyuştirişga arzigulik bahona tayyor. Hamkasblarimning çehrasiga boqaman: barçasining yuzida öz işidan mamnunlik tuyğusi ufurib turibdi. Ha, biz odamlar hayotini asrab qolyapmiz. Harneçuk, arzigulik iş qilyapmiz. Bunday fikr hozir har bir hamkasbim xayolida çarx urayotgan bölsa, ajabmas. Lekin bu maqtovlarni Xurşida opa loqayd qarşi olgani meni bir oz ajablantirdi.

Majlisdan çiqarkanmiz Xurşida opaning yuz-köziga qaytadan razm soldim, qaroqlari mahzun.

– Arziyevna, negadir xafa körinasiz…

U menga qarab bir oz jilmayişga harakat qildi.

– Uni keça bizning bölimga ötkazişdi, – dedi horğin ovozda, – hali ön yoşga ham kirmagan.

Men hammasiga tuşungandim. Jonlantiriş bö­limidagi aksariyat hamkasblarim uçun odatiy bö­lib ketgan bu hol meni ham qançalik qiynaşini aytişning özi oğir. Eng sönggi nafas oldidan sizga umidvor tikilib turgan, bu dunyoni taşlab ketişni xohlamayotgan közlarga qarab turib heç narsa qila olmaysan, loaqal, bir oğiz umidvor söz topolmaysan. Şunday paytlarda oq xalat kiyganingga puşaymonlar bölasan. Keyin… keyin yana hayot davom etaveradi.

Keçga yaqin öz işlarimni bitkazib olgaç, öşa xonaga kirdim. Öng tarafdagi karavotda ön yoşlardagi qizça uxlab yotibdi. Yonida ötirgan navbatçi hamşira meni körib örnidan turdi-da, qizçani uyğotib yubormaslik uçun sekingina izoh berdi.

– Uxlatuvçi dori berganimga ança böldi, uy­ğo­nişini kutib turibman.

Hamşiraning ham ança toliqqanini körib, ör­niga özim ötirdim.

– Siz ozroq dam ola qoling, özim qarab turaman.

– Uyğonganda ikkinçi dorisini berişim kerak…

– Siz boravering, özim ukol qilaman.

Hamşira qiz oğriqsizlantiruvçi dorini şp­ritsga quyib tayyorladi-da, tezda çiqib ketdi. Bir ozdan söng qizça sekin közini oçdi.

– Salom, qizaloq, – dedim özimni quvnoq kör­satişga urinib, – mazza qilib uxladingmi?

– Uxlaganim yöq, – dedi qizça dumaloq, katta-katta közlarini pirpiratganiça.

– Unda ozgina mizğiding, deb hisoblay qolay­lik.

– Mizğiganim ham yöq, – dedi u menga tikilib, – kuni bilan xonalarni aylanib yurdim. Hozir sizning kirib kelganingizni, hamşira opaning çiqib ketganini ham körib turgandim.

Qizçaning ajabtovur javobidan taajjublandim. Töğri, tibbiyotda şunday xayoliy holatlar ham bölib turadi. Biroq qizçaning haqiqatdan şunday bölayotganday işonç bilan gapirişiga qiziqib, suh­batni yana bir oz davom ettirmoqçi böldim.

– Körgan tuşingga köp eʼtibor berma. Bu şunçaki ötib ketadigan holat.

– Mening ölişim-çi, bu ham ötib ketadigan ho­latmi?

Kutilmagan savoldan bir lahza qotib qoldim. U şiftga qarab yana öziga gapirayotgandek ohista gapirina boşladi.

– Hammasini bilib turibman. Bugun ertalab ham pardek osmonga kötarilib taşqariga çiqdim. Dadam, oyim, opalarim şifoxona eşigi oldida köz yoş qilib ötirişgan edi. Ularga yiğlaş befoydaligini tuşuntirmoqçi böldim, biroq ular meni körişmasdi, eşitişmasdi ham. Keyin… Keyin os­­­­mondan bir qança oq kabutarlar uçib kelişdi. Ular oppoq edi. Ha, men öylaganimdan ham oppoq edi. Ular meni samoga olib çiqib öynatişdi. Ke­yin…

– Keyin-çi?

– Keyin közimni oçib sizni kördim.

Qizçaning gaplariga şunçalar berilib ketib­manki, göyoki birga osmonga kötarilgandek edim. Uning ançagina holdan toyib qolgan du­ma­­loq közlariga, darddan sarğaya boşlagan yuzi, qön­ğiroqçalardek tovlanib turgan soçlariga qay­ta­dan razm soldim. Gapirayotgandagi lab­la­rining tit­­rab-titrab ketişi voqealarning ha­qiqat­ligiga şohidlik berayotgandek edi.

Unga yanada yaqinroq ötirib ovutmoqçi böldim.

– Nima bölganda ham… inson…

– Siz kabutarlarga işonasizmi, dedi u lablari yana pirpirab.

– Ha, albatta işonaman.

Qizçaning beholgina çehrasiga bir lahzagina tabassum yugurdi. Söng közi yumilib qaltiray boşladi. Tezda şprisdagi dorini tomiriga yubora boşladim. U yana uyquga ketdi. Navbatçi hamşira kelganida karavot yonida haykaldek qotib qolgança bir savolga javob izlardim: “Qaysi gunohlari evaziga bunça jabr çekyapti ekan-a?”

Keçqurun uyga qaytarkanman havo sovib qor uçqunlay boşlagandi. Uyga kelganimda ham köz oldimdan uning maʼnoli nigohlarini, dum-dumaloq közlarini ketkazolmadim. Negadir özimni keçirolmasdim: “Vraç bölib unga nima yordam qila oldim? Aqalli bir şirin söz ayta oldimmikan”.

Tezda kiyindim-da, şifoxonaga qaytdim. Ni­ma maqsadda borayotganimni özim ham bilmasdim. Nima bölganda ham qizçaning yonida bir oz öti­rişni, uyğonganda u bilan yana suhbatlaşişni istayotgandim.

Şifoxona eşigi oldiga yetganim zahoti qotib qoldim. Eşik oldida turgan maşina menga ğalati tuyuldi. Keyin içkaridan hamşiralar ğildirakli karavotni yetaklab çiqişdi. Undagi oppoq matoga öralgan jajji vujudni avaylab maşinada ötirgan kişilarga berişdi. Nima bölganda ham bu öşa emasligiga özimni işontirmoqçi böldim. Biroq taniş hamşiraning yuz-közlari hammasini oşkor qilib turardi. Maşina közdan ğoyib bölgunça orqasidan qarab turdim.

Bitta-bitta qadam taşlab ortga qaytarkanman bir zum töxtadim-da, samoga tikildim. Osmonni töldirib yoğayotgan oppoq, yirik qor parçalari xuddi oq kabutarlardek uçib kelib yuz-közlarimga urila boşladi. Sekingina şivirlab qöydim: “Salom, oq kabutarlar!”

Mutallib Hazratqulov – 1975-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan. SamDUning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Öqituvçi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…