3 daqiqada öqiladi

192 marta körilgan

“Yoşlik”da yozuvçi böldim!

Isajon Sulton

Ötgan asrning saksoninçi yillarida yurtimizda adabiy-badiiy naşrlar sanoği oz bölgan. Bizning Avazboy qişloğimizga “Şarq yulduzi”, “Guliston” jurnallari va onda-sonda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi kelib turardi. Ular dala şiyponlarida, qişloq kutubxonalarida qölma-qöl öqilardi.

Men töqqizinçi sinf öquvçisi ekanimda, dadam uyga “Yoşlik” jurnalini olib keldi. Muqovasidan tortib, hajmigaça öziga xos edi. Yangi jurnal sahifalaridan allaqança kişilarning tabrik sözlari örin olgani esimda.

Öşa mahallar yilda bir çiqadigan “Yoşlik” degan töplam va şu nomdagi bir bayoz ham bölardi, yoş ijodkorlarning ilk maşqlari şunda bosilardi. Menimça, keyinroq jurnalga aylandi çoği, xullas, “Yoşlik” çiqa boşlagaç, u töplam körinmay qoldi.

“Yoşlik”ning birinçi sonini yuzlab kişilar navbat kutib öqişgan. Öta jiddiy asarlar bosiladigan “Şarq yulduzi”dan farq qilib, bu jurnal hayotga, ösib-ulğayib kelayotgan yoşlar qalbiga yaqinroqday, unda bosilgan asarlar gurkirab turgan hayotdan olinganday tasavvur uyğotardi. Jurnal darhol kişilar qalbidan joy oldi. Uni barça intiq kutadigan böldi.

U davrlarning şukuhini taʼriflaş qiyin, çunki yetilib kelayotgan onglarga yopirilgan hayot zavq va quvonçlari bilan birga edi u. “Yoşlik” sahifalari oçilgan paxta isi kelib turgan paykallar orasida, şoşa-pişa yeyilgan behi taʼmi, ğarq pişgan anorlar, uyib qöyilgan pillalar, quruqşoq tuproq, qalin ösgan yovvoyi ötlar va dala şabadalari bilan birga xotiraga muhrlanib qolgan.

Universitet taʼlimi yillarida ham “Yoşlik” doimiy hamrohimiz böldi. “Katta” adabiyot maydonida “Şarq yulduzi” toğday viqor tökib turgan bölsa, “Yoşlik” yoşlarni öziga çorlardi. Biroq to ayrim yoşlarning asarlari bosilmagunça, bizday havaskor talabalar u jurnalga yaqin yölaşga tortinganmiz. Yoşlar asarlarining çop etilişi boşqa havaskorlarga yöl oçib berdi. Universitet tahsili davomida mening ham “Avazboylik tantilar” va “Yoğiy farzandi” nomli hikoyalarim bosilib çiqdi.

Keyin esa, mustaqillikning ilk yillarida kişilar boşiga kelgan kunlar “Yoşlik” boşiga ham tuşdi. Mablağ va eʼtibor tobora muammo böla boşladi. Hozirgi Mustaqillik maydoniga yondoş yuz yillik binoning zax xonalarida, varaqlasangiz kukuni qölingizga yopişib qoladigan sifatsiz qoğozlarga bölsa-da naşr qilindi. Xalq dasturxonida qora non bölgaç, jurnal ham qoramtir sahifalarga bosiladi-da. Avvalgiday sara asarlarni çop etişga urinsa-da, boşqa muammo köndalang böldi: unday asarlar ozayib ketdi.

Yoşgina “Yoşligimiz” şunday kunlarni boşdan keçirib, öşa yillarda tuğilgan bolalar hayotida röy bergan barça voqea-hodisalarni boşidan keçira-keçira, mana, qirq yoşga kirib qoldi, qirçillama böldi.

U yillarning zayli bilan öqişdan hafsalasi pir bölgan bolalariga “Yoşlik” doim “Öqi” deb taʼkidlab keldi.

Bugungi kunda ham “Yoşlik” şu xayrli vazifasini uddalab kelmoqda. Bu – özlikni, milliy şuurni aks ettirgan sara asarlarni yangi avlodga taqdim etişdan iborat. Özbekiston yoşlari madaniyati va maʼnaviyatining minbari bölişday uluğvor vazifasi bor. Şu kunlarda jurnal tiraji oşib, sifati ham ançagina yaxşilandi, minglab farzandlarimiz örgangan lotin alifbosiga asoslangan özbek yozuvida çop etilmoqda.

Şu bilan birga, jurnal çiqa boşlaganidan buyon ötgan qirq yil davomida unda mehnat qilgan, hayot qiyinçiliklariga qaramasdan, xalqimizning sevimli şoirlari Erkin Vohidov va Omon Matjon boşlab bergan bu muazzam sulolaning fidoyilariga, umrini şu işga bağişlaganlarga minnatdorçilik bildirişning ayni fursati.

Yurtimizda yoşi yuzga yetib qolgan naşrlar ham bor. Qadrdon “Yoşligimiz”ga ham şunday uluğ yoşlarni köriş, davralar töridan joy oliş nasib qilsin. Yangi Özbekiston avlodlarining izzat-ardoğida, yangi nasllar bilan doimo hamnafas bölaversin.

 

Isajon SULTON,

Özbekiston xalq yozuvçisi

 

2023/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)