* * *
Nogoh yuragimni qurşaganda ğam,
Keçalar falakka termulganim rost.
Qalbimga bir najot izlagan bölsam,
Faqat közlaringni izladim, xolos.
Na qilay, dardlarim daryodek uzun,
Armonim yulduzlar qaʼriga tutaş.
Özing ayt, osonmi yolğon olamda
Çinakam sevgini kötarib yaşaş…
* * *
Men yiğlab qolmadim bölib jonsarak,
Keng ham bölolmadim ummonlarga xos.
Diydori qalbimga öt yoqqan malak,
Özing etolarsan dardlardan xalos.
Falakni yoritgan oy kabi töliş,
Yulduzlar poyingda çaqnasin nurli.
Sening yöllaringga köz tikib turiş,
Qadr keçasidek muqaddas, sirli…
* * *
Men qaysi hislarga tobeman hamon,
Qaysi tuyğularning quvdim ortidan.
Xayolim – sargardon, közlarim – komron,
Köçib ketayapman şoir yurtidan.
Endi daraxtlarning barglari maʼyus,
Yulduzlar öz sirin soçar qaʼriga.
Entikib, şodumon aytilmaydi söz,
Köngilning huzurbaxş malaklariga.
Qismat bitib borar öz qissasini,
Yongandim sevgida xas yangliğ kuyib.
Maʼsum tuşlarimning hikoyasini
Sabuhiy yomğirlar ketdilar yuvib.
Endi men maktublar töqiyman kimga,
Kimning xatlarida ismim yaşirin?..
Taqdirdan çöçigan muhabbatimga
Xudoni peş qilib yiğlaşim tayin…
Bobomurod Saʼdullayev
2004-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi.
2023/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida