17 daqiqada öqiladi

163 marta körilgan

ŞEʼRIYATDA SÖZNI QADRLAŞ SANʼATI

Şeʼriyatda sözni qadrlaş sanʼati

Alişer Navoiy, avvalo, badiiy söz daholariga buyuk ehtirom saqlab, qolaversa, anʼanaga rioya qilib, özining şoh asari “Xamsa” muqaddimasida “Söz taʼrifida” nomida maxsus bob ajratar ekan, unda badiiy sözning kuçiga ilohiy maʼno beradi, çunonçi: “Balki başar xaylini pok örtagay” deydi şoir. Bu birgina misraning muxtasar şarhi şuki, badiiy söz özining möjizakor sehri – joziba öti bilan inson taffakuri va hissiy-ruhiy dunyosidagi barça ğayriinsoniy, soxta – notabiiy, ğuborli, zararli unsurlarni kuydirişi –  “örtaşi”, şu tariqa “başar xayli” – toifasi poklanib, öz mohiyatini – çinakam maʼnaviy siymosini, aʼmoli nimaligini anglaşi mumkin… To hanuz, xususan, şeʼriyatda sözga munosabat şoirning ijodiy taqdirini belgilovçi mezon – haqiqat va nafosat ölçovi bölib keladi. Şoir sözining badiiy kuçiga, teranligi va salmoğiga qarab uning ijodiga munosabat bildiramiz, şoir söziga qarab uning şaxsini, adabiyotdagi örnini belgilaymiz.

Badiiy sözning qudrati – davomli, yozgan bilan ahamiyati kamaymaydigan mavzu. Biz bu muhim muammoning fakat bir jihati – şeʼriyatda badiiy mantik yaratiş, uning hayot haqiqati bilan öziga xos nozik, ruhiy aloqasi haqida, şuningdek, bu badiiyat qonunining ayrim buziliş hollari, ularning sabablari ustida bahs yuritamiz. Tekşiriş obʼektivimiz, asosan, yoşlarning keyingi beş-olti oy mobaynida matbuot sahifalarida eʼlon etilgan şeʼrlari. Bularning içida publitsistik hozirjavobligi, muşohada ufqining kengligi, falsafiy tahlilga moyilligi va muhimi, badiiy-mantiqiy butunligi bilan Jamol Kamolning “Uçar tarelkalar” şeʼri ajralib turadi. Beixtiyor şoirning ilk kitobi “Olam kirar yuragimga” (unga ustoz Mirtemir nazari tuşgan, adabiy jamoatçilik kamoli eʼtibor bilan munosabat bildirgan edi) xayolimdan ötib, qaysi bir şeʼrdagi: “Qalbingdagi otaş muqaddas, kölingdagi ötdan qörqaman” misralari yangidan yangraganday böldi. Men “Uçar tarelkalar”da ğoyatda tahlikali öşa başariy muammoning bugungi talablar masştabi bilan ölçasa arzirli yangi talqinini kuzatdim. Klassik şeʼriyati- mizning sanʼat sirlaridan voqif (buni ayniqsa aruzdagi şeʼrlari ayon körsatib turadi), Şarq va Ğarb şeʼriyati anʼanalari, turli badiiy taʼsirlar bugun universal-kompleks xarakter kasb etganini yaxşi tuşungan, hofizasi keng, maʼrifati solim şoir, tabiiy, muşohada avvalini insoniyatning uzoq tarixidan belgilaydi.

Dunyoga kelganda ojiz eding sen,

Köz oçgan çoğingda yolğiz eding sen…

Dunyoga boqdingu savolga tuşding,

Körding şu jahonni qörqinç va xoli,

Öşa kun bir ajib xayolga tuşding,

Yuragingga tuşdi tangri xayoli…

Tangrini tanigani bilan tinç turmagan, unga şakkoklik qilib isyon kötarişdan toymagan öşa antik zamonlardan buyon inson özligi, qismati, borliqqa munosabati töğrisida boş qotiradi, najot axtaradi: goh orom bilmay izlanadi, kaşfiyotlar qiladi, savob işlarga, fazl-u kamolga intiladi, goh qonli jinoyatlarga qöl uradi, oğir gunohlar yöliga kiradi, buning kasoratidan kulfatlarga, fojialarga duçor böladi

Ulğayib tangrini tark etding, başar,

Seni ham göyoki tark etdi olloh…

Bilmadim, dunyoni buzdingmi, tuzding,

Bu kun irodangda ne zohir, odam?!

Endilikda barçaga ayondirki, başariyat öz tarixiy yölining turli murakkab manzillarida heç qaçon bugungidek tahlika – yuz berişi mumkin bölgan yadro qirğini kabi dahşatli vaziyatga tuşmagan. Bu jahoniy falokatning oldini oliş imkoni topilarmikin?_ “Şunçalar maʼrifat, bilim, mafkura – Nahot, çekolmasa yöllaringga ğov?” – şoirni şunday söroqlar qiynaydi. Lekin u yuritgan falsafiy muşohada mantiqi şuni taqozo etadiki, başariyat özi kaşf qilgan mislsiz kirğin quroli – atom vahşatini daf etişga ojiz ekan, bu hududsiz, demak, qudrat va imkoniyatlari ham çeksiz olam gung-u lol qolmasligi kerak. Yöq, “samoviy birodarlar” afsona emas! Ulardan najot kutiş mumkin. Öz zahovati bilan “kök toqiga narvon qöygan” (E. Vohidov) insoniyat endi yolğiz emas… Şu tariqa çinmi, afsonami (ilmiy faraz haqiqatga aylanişi ham mumkin-ku), “uçar tarelkalar” atrofidagi şov- şuvlar göyo möjizakor kuçga aylanadi: şoir şeʼr sanʼatining “çiroyli yolğon” – ijodiy xayoldan badiiy haqiqat yaratiş, imkonsiz köringan joyda imkon qidirib topişdek sehrli usullaridan biri sifatida “samoviy birodarlar” timsoliga murojaat qiladi.

Mening oğalarim, ayting qaydasiz?

Başar yolğiz, degan gaplar – afsona.

Qaysi yulduzdasiz, qaysi oydasiz,

Qaysi qiyofada, kim bölmang yana –

Falak elçilari, hakamlar, keling,

Taşviş, talvasalar topsinlar abas…

Bu çinakam başariy dard va poetik ehtiros bilan bitilgan satrlardan ayon körinadiki, “Uçar tarelkalar”, şak-şubhasiz, ğoyaviy yuksakligi bilan, yaʼni davrimizning birinçi muammosi – yadro uruşi xatarini daf kiliş, insoniyat tinçligini saqlab qolişdek birdan-bir hayotiy, muqaddas işga daxldorligi, demak, salmokdor mazmuni, yorqin lirik-publitsistik obrazlari bilan hozirgi şeʼriyatimizning namunalari qatorida turadi. Şoirning yutuği şundaki, mazkur şeʼrda hayotning goyat murakkab, yeçimi muşkul bölgan muammolaridan biriga kutilmaganda poetik javob topilgan…

Zakiy, talabçan jurnalxon: “Xöş, Jamol Kamolning yangi şeʼrlarida kamçiliklar ham bormi?” deb söraşi mumkin. Albatta, kamçiliklar yöq emas. Men bu borada avvalroq «Javobgarmiz bu dunyoga…» sarlavhali gazeta maqolasida yozganman ham. Bu gal bir maslahat tariqasida, şoir öz taassurotlarini mumkin qadar muxtasar şaklda ifodalaşini, sözni “poetik iqtisod qiliş” (M. Svetlov)ga alohida ahamiyat berişini xolisanlillo aytar edim. Uluğ Gyote F. Shiller haqidagi xotiranomasida şunday deydi: “Men bir gal uning yigirma ikki bandli tugallangan manzumani yetti bandga keltirganiga şaxsan şohid böldim. Bu dahşatli operatsiyadan şeʼrga ziyon-zahmat yetmadi. Sababi, bu yetti bandda avvalgi yigirma ikki banddagi eng kuçli fikrlar, obrazlar saralab berilgan edi” (“Gyote ob iskusstve” kitobidan, 235 b.). “Poetik iqtisod mahorati şundaki, – deydi Mixail Svetlov, – faqat zaifroq satrlarni emas, badiiy butunlikka erişiş uçun baʼzan yaxşi satrlarni ham ayamasdan qisqartirişga töğri keladi” (M. Svetlov. “Beseda”, 355 b.) U yana: bitta yaxşi va bitta yomon – ikkita şeʼrga ega bölgandan köra, birgina yaxşi şeʼrni qoldirgan maqbul emasmi, deydiki, şeʼriyatimizning sifatini, salmoğini, haqiqiy kamolini öylaganda bu ibratli gap. Ayni çoğda öziga va köplab şogirdlariga juda talabçan bölgan Svetlov hajmi katta, tom maʼnoda mazmundor, badiiy yetuk asarga heç qanday eʼtiroz bildirmagan. U yozadi: “Menga, masalan, “Yevgeniy Onegin” hozirgi maşhur iyuirlarning eng yaxşi şeʼrlaridan muxtasarroq tuyuladi” (“Beseda”, 356 b.). Agar Gyote, Svetlov talabçanligi bilan qaraydigan bölsak, Jamol Kamolning jurnaldagi yaxşi şeʼrlaridan, bir jihatdan “Uçar tarelkalar” bilan hamohang, publitsistik hozirjavob ruhdagi “Tuşuntiriş xati”ni maʼlum darajada qisqartiriş ziyon qilmas edi… Şeʼriyatda sözni iqtisod qilişga oid tanqidiy mulohazalarimiz hozirgi şeʼriyatimizning turli avlodiga, ayniqsa isteʼdod darajasi, ijodiy imkoniyatlari bilan “yaxşi va har xil şoirlar” (V. Mayakovskiy) toifasiga mansub ijodkorlarga ham daxldordir, albatta.

Ayrim şoirlar tezroq matbuotda köriniş istagi, ayniqsa birinçi kitobini (söngra, keyingi kitoblarini ham) qanday bölmasin naşr ettiriş istagiga batamom asir bölib şoşadilar-da, oqibatda şeʼriy mantiqning nozik meʼyoridan çiqiş hollari, poetik muşohadaning hali “xom va notamom” (Navoiy) mahsulotidan, öz istagiga qarşi, kitobxonga taqdim etiş hollari sodir böladi. Lekin haqiqiy isteʼdodning marğub, kuçli xislati şundaki, u tinimsiz izlanişlar, kuzatişlar jarayonida hayotdagi turli narsalar, hodisalar mohiyatini, özaro munosabatlardagi nozik holatlar, ularning murakkab qatlamlarini tobora çuqurroq idrok etiş, öziga tobora talabçanlik hissi bilan yozişi natijasida avval yuz bergan baʼzi bir xomliklar, notamomliklar takrorlanişiga yöl qöymaydi. Yorqin isteʼdodi bilan yoş şoiralar içida ajralib turgan Faroğat Kamolova vaqtli matbuot sahifalarida ança yillardan beri körinib kelayotgan bölsa-da, ilk kitobini 1985-yili çop ettirdi. Kitobga uning matbuotda şu yil eʼlon qilingan yangi şeʼrlari ham kirgan. Dastlab, şoiraning birinçi izlaniş mevalaridan misol olib köraylik.

Nogoh yulduzlarga termulib qoldim,

Ajib bir tuyğudan entikdim şu dam.

Hislar quçoğida bir dunyo topdim,

Bu sen – osmon qadar bepoyon Vatan.

Bu satrlarda aks etgan tabiiy, jöşqin keçinmalarning ança «xom»ligi şundaki, ular hali aniq, betakror obrazli qiyofa kasb etib ulgurmagan (söngra, masalan, “osmon qadar bepoyon Vatan” tutilmagan obraz emas); töğri, biz şoira hislarining samimiyligiga işonamiz, lekin ular hali “notamom”-umumiylikdan xalos bölib, öziga xoslik, butunlik va yorqinlikka erişmagan, şuning uçun tasavvurimizda örnaşib qolişga ojizlik qiladi. Boşqa bir şeʼrda şoira tuyğulari, öylari ança tiniqlaşganini, konkretlaşganini kuzatamiz:

Bolalik abadiy tark etgan kuni,

Hayot, mehnat bölib çorlagin meni!

Menga kam körinsa yaşaş mazmuni,

Hayot, ustoz bölib çorlagin meni!

Albatta, yoşlikning gard-u ğuborlardan, turli tamalardan xoli, samimiy dil izhori tarzida şakllangan bu misralarda hamon betakror öziga xoslik körinmaydi, olam original keçinma-obrazlarda suvratlanmaydi. Lekin Faroğat tinimsiz izlanadi, tuyğulariga, öy-xayollariga konkret hayotiy nisbatlar qidiradi, bundan muşohada aniqligi ortadi, obrazli lavhalar tuğiladi:

Gödak tortqilaydi yopiq eşikni,

Butun kuçi bilan urinar gödak.

Gödak kim? U mening beboş öylarim…

Urinib tortqilar dunyo eşigin.

Izlanişlar davom etgani uçun ham şoira qahramoniga “dunyo eşik oçadi”, uning gözalliklari, avvallari sir bölib tuyulgan möjizalari bir-bir inkişof etila boradi. Mana, kitobda “Şukrona” deb nomlangan şeʼrning badiiyat eʼtibori bilan dastlabki komil, betakror-obrazli misralari:

U bilan yonma-yon yurgan paytlarim,

Yöllar, boringizga qilaman şukur.

Sira tugamasa unga aytarim,

Sözlar, borligingiz uçun taşakkur…

Boşlarimni egay yerga tekkunça,

 Quvonç, yaşirding-ku bizni bağringga.

Uning közlarida yongan muhabbat,

Ayniqsa, taşakkur sening boringga…

Şoiraning yutuği şundaki, u hayotning muhabbat ismli noyob haqiqatini jöşqin keçinmalar tarzida, mumkin qadar aniq va yorqin ifodalaşda, öşa keçinma zamirida yotgan fikr bilan sözning badiiy qudrati – lutf örtasidagi nozik aloqadorlik – içki tanosibni, şeʼriyatni yuksak sanʼatga aylantiruvçi badiiy mantiqni his qiladi. Busiz mazkur parçadagi “yöllar”, “sözlar”, “quvonç”, “muhabbat” taşbihlarining har biri kutilmaganda jonlanib “insoniylaş”mas, individual keçinma-obrazga aylana olmas edi.

Kuz haqida, xazon yaproqlari haqida şoirlar aksariyat hazin şeʼrlar yozadilar. Faroğat esa öşa zaʼfarrang yaproqlarga çinakam oşiqona nazar taşlaydi, natijada öquvçiga xuşhol kayfiyat beruvçi yangi obraz-lavha yaratiladi:

Bu sarğiş yaproqlar ğam emas sira,

Quyoşning Zaminga diydor xatlari,

Har yili yöllarda öqilmay yotgan

Boqiy muhabbatning oçiq daftari…

Isteʼdodli şoira original izlanişlar zaminida turib, şeʼrlarida sözga hamişa yuqori qimmat berib, mumkin qadar kattaroq umumlaşmalarni közlasa, mumkin qadar teran, salmoqdor lirik obrazlar yaratsa, ajoyib zamondoşimizning yorqin şeʼriy portretlarini çizib muxlislarni xuşnud etsa heç ajab emas.

“Yoşlik”ning 12-sonidan örin olgan Oygul Suyundiqovaning şeʼriy guldastasida yoş şoiraning öz tuyğularini tabiiy jöşqinligi bilan, erkin ifodalay olişi, könglidagi mahram sirlarini kitobxonga işonib aytişga jurʼat qilişi – butun samimiyati sezilib turadi. Muhimi, u taassurotlarini, ezgu xotiralari va bezovta xayollarini konkret lirik lavhalarda, manzara-obrazlarda ifodalaşga intiladi: “Çaman-çaman oçilgan yulduz. Oy samoda olmos kamonday”, “Bolalik yulduzga tuşadi asir. Jilmaya boşlaydi nomozşomgullar yellarning beozor öpiçlaridan”, “Suvratga tuşirar meni sukunat”, “Faqat olislarda qizaradi ufq, Uyğonib ketganday körib şirin tuş”, “Entikmokda saodatli tong, Quyoş çiqar qöşiq aytgali”. Şunisi quvonarliki, bu şeʼriy parçalarning har biri azaliy hodisalar, jarayonlar, daqiqalarning faqat Oygul nazari, uquvi, didi bilan ilğab, saralab olingan yangi, özgaça obrazli qirralari tarzida şakllangani sezilib turadi, ularning har biri özining hayotiy mantiqiga mutanosib badiiy butunlik va yorqinlikka ega. Isteʼdodli şoira nozik nigoh yordamida gavdalantirilgan real manzara lavhalarinigina emas, ança ziddiyatli, murakkab olam-ruhiyat obrazlarini ham mumkin qadar jonli çizişga intiladi:

Men-la yaşaş istab bir umr

Xotiralar bağrin oçadi.

Istasam ham, istamasam ham

Yaşar istra aççiq alamlar.

Ular – tinçim buzguvçi olam,

Tunday oğir-oğir qadamlar.

Hazin öyçanligi-yu yorkin musiqiyligi bilan öziga tortuvçi bunday misralar Oygulning izlanişlariga qiziqişimizni oşiradi.

Isteʼdod nişonalari ayon sezilib turgan bolalar şoiri Rustam Nazarning yangi şeʼrlarini çinakam şavq bilan öqidim va bolalar haqidagi şeʼrning tuğilişi uçun uç narsa zarur ekan, degan fikrga keldim (bu asli şoir isteʼdodining qirralaridir): bolalik dunyosining ajoyibot va ğaroyibotlarini (Navoiyning “Ğaroyib-us-siğar”ini eslang) yaxşi biliş, sinçkovlik bilan kuzatib boriş; bolaning navnihol, maʼsum tabiatiga, uçqur, erka xayollariga, mubolağa va loflarga moyil tasavvuriga, erkin, dadil fantaziyasiga monand hayotning mumkin qadar şöx-quvnoq, nurli-qanotli, uluğvor, sirli-sehrli jihatlari töğrisida yoziş; nihoyat, şoir taʼbining ravonligi-uslubining quyma soddaligi, musiqiyligi, iloji boriça bola tasavvuriga siğadigan kiziq turmuş detallari, taşbih-muqoyasalar orkali obrazli ifoda yaratiş… Mana Rustamning şunday şeʼrlaridan – “Sumalak”. Navröz kunlarining birida: «Yayrab qanot qoqqanday Gulzor uzra kapalak – Qizça jöşib kuylardi: “Sumalak, ey Sumalak!” Şu payt onasi qişloqdan” sumalak olib qaytadi. Qizaloqning qayoqdandir paydo bölgan şumtaka akalari örtaga qöyilgan kosani bir-biridan kizğonib, talaşib, böşatadilar. Qizça bu manzarani körib “toş qotadi”, yiğlaguday böladi. Şoir yozadi:

Bilmasdi ne deyişni –

Istamasdi qöşiqqa

Non botirib yeyişni!!

Bu hayotning bola tasavvuridagi xaqiqatidan öziga xos şeʼriy mantiq yaratiş namunasidir.

Andijonlik Halima Qoraboeva qator kitoblarning muallifi, demak, köp yillardan beri qalamini taraşlab keladi, lekin uning yangi şeʼrlarida ança puxta bitilgan, maʼlum izlanişlar mahsuli bölgan yaxşi satrlar bilan yonma-yon. Ozmi-köpmi sayqaltalab, hali özining boşqa bir söz-taşbih bilan özgartirib, almaştirib bölmas xos örnini topmagan, hatto parokanda sözlar, zöraki misralar ham uçraydi. Mana “Sizning emas bu – mening hayotim” sarlavhali şeʼridan bir band:

Har xil qoliplarga siğmaydi umr,

His ila fikratdan etilgan taʼmir.

Gohida qiynaydi behuda sabr.

Bir kuni sinar, deb bölmang sovuqqon

Sohib irodaga etmangiz jabr.

Maʼlum davolarim yaxlit va izçil dalillansin uçun keyingi banddan yana ikki satr köçiraman.

Oçiq köngil ila olqişlang har on,

Men ham insonligim sezib yurayin.

Avvalo, kursiv bilan qayd etilgan “taʼmir”, “sinar”, “sovuqqon”, “sohib iroda”, “olqişlang”, “har on” sözlari kontekstda biri öxşovsiz, ğalizlanib, boşqasi ögaylanib turişini, xullas, şeʼr satrlarida odatda özgaça nazokat kasb etadigan maʼno – mantiqqa ançagina şikast yetganini aytib ötiş kerak. Qolaversa, asosiy mantiqiy saktalik boşqa yoqda: sarlavhadan, ayrim risoladagi misralardan anglaşiladiki (“Balandlardan kelib bermangiz farmon, Hayotning özidan çiqqan savodim” kabi), şeʼr polemik xarakterda, agar yanglişmasam, lirik qahramon uni heç qaçon tuşunib yetmaydigan, nosamimiy, quruq rasmiyatçi, xudpisand, bir şaxs bilan munozaraga kirişadi, özining erk-ixtiyorini, eʼtiqodini, mustaqil hayotiy yölini, mustaqil fikrini, şaʼnini himoya qiladi. Bas, şunday ekan, qahramon öşa özi xuş körmagan muxolifiga: “Siz mening irodamni oxiri sindiraman, degan umiddasiz, bu bilan menga jabr qilmaysizmi?” deyişi ançayin çuçmal bölsa ham, keyingi mantiqsiz, qöpolroq qilib aytganda, tussiz gaplar oldida bunisi halvo deysiz: “Siz har on(?) olqişlasangiz “men ham insonligimni sezib yuraman”.

Halimaning “Yerga yot emasman…” şeʼrida ham sözning kontekstdagi örniga turliça – marğub va nomarğub munosabatni kuzatamiz. Mana undan bir band:

Şu aziz tuprokda ötsin xar onim,

Undan quvvat olar qalbim, imonim.

Kök işqi, xayoli olsa-da jonim,

Otaş sevgim bilan yerga panohman.

Töğri, dastlabki ikki satr eʼtirozga emas, eʼtiborga arzigulik. Lekin keyingi misralarda kursiv bilan qayd etilgan sözlar faqat qofiya uçun qurbon bölgan deyiş mumkin. Men şeʼriyatni sözma-söz talqin qilişdan yiroqman. Şunday bölsa-da, menga koronği: nega “kök işqi” şoira qahramonining “jonini olişi” kerak? Bordi-yu bunday fidoyilik zarurati bor ekan, uni badiiy-mantiqiy asoslab berilsin edi. “Yerga panohman”ga kelsak, garçi şoir zoti butun başariyat nomidan sözlaşga haqli bölsa-da, har qalay, bu Halima qahramoni uçun birmunça nokamtarlik bölur edi. Qolaversa, “yerga panoh” degan yuksak tuşunça, balandparvoz yangraydigan ibora uçun, yuqorida qayd etilganiday, munosib mantiqiy zamin hozirlaş haqida qayğuriş kerak böladi…

Şoiraning “Qaytmas daqiqalar” sarlavhali şeʼri ham ança ziddiyatli: ikki bandi jonli, hayotiy çiqqan bölsa, ikki bandi qiyin-qistov bilan yozilgani sezilib turadi. Çunonçi, “sahardan xoniş qilgan “bir quş” haqidagi band şunday tabiiy, işonarli tamomlanadi: “Balki u quş kuylamoqda qaytmas daqiqalardan”. Oxirgi band ham bizda qoniqiş tuğdiradi, mana uning ikki satri: “Beparvo egasini huşyor qiladi yurak, Ogoh etib hamişa qaytmas daqiqalardan”. Lekin qolgan bandlarning zörakiligi, öylab topilganligi sezilib turadi. Çunonçi, qurigan daraxt şoxi şamolda ğiçirlab… kelayotgan bahordan umid qilayotganday(?) böladi, demak, u ham bizga hayot haqida yuqoridagi falsafani aytayotganday tuyular emiş… Ölgan jism qanday qilib yana hayot haqida biron-bir maʼno ifodalay olsin? Yana mayli, qalovini topsa, qor ham yonadi, deganlariday, balkim, qurigan şox ham “qaytmas daqiqalar” haqida biror sirli nido berişi mumkindir, lekin bunga şoira erişa olmagan. Keyingi bandda “yozda çopqillab ötgan” irmoqlarning qişga kelib muzlagan holatidan yana öşanday “ğoya” çiqariladi. Bunda, avvalo, tasvir obʼekti – tabiatga xos azaliy haqiqat buzib talqin qilinadi: nahotki muzlagan irmoqlar kelasi bahor yana avvalgi şöxligi bilan oqmasa, “daqiqalar qaytarilmasa?”. Şoiraning maqsadi, albatta, boşqa: u bizni huşyor torttiriş, oylarni, yillarni qadrlaş xaqida öylaşga majbur qiliş. Lekin uning “muzlagan irmoqlari” his qilinmagani, içki maʼnosi, mohiyati oçib berilmagani uçun ozgina bölsin öziga jalb etolmaydi – “qaytmas daqiqalar” bu gal sunʼiy, zöraki sözlar bölib qolaveradi. Demak, şeʼriyatga xos badiiy mantiqni emotsionalliksiz tasavvur qiliş qiyin.

Oxunjon Hakimovning yangi şeʼrlari, xususan, “Alla aytavering…” xalqçil-sodda samimiyati bilan ança öziga tortadi: “çiqib kelaverar har bir xonadondan salkam bir eskadron “suvoriy”çalar!.. Qança dunyolarni qadim-qadimdan Gödaklar boşidan soçib kelganmiz!.. Tinçlik qöşiğidek qutluğ allangiz Borliqqa taralsin, kelinoyilar!..”. “Yer haqida qöşiq” şeʼrida ham, har holda, şoirning öz nazari – individual muşohada mevasi bölgan misralar bor: “Hattoki oyni ham etsa-da makon, Ammo dil mehrini oşkor etib Senga egilgani-egilgan inson.” Töğri, bu parçada faqat bitta söz ustida eʼtiroz bildirsa böladi: odamzotning oyoği Oyga yetdi, uni ilmiy maqsadlarda yana özlaştiriş mumkin. Lekin inson “oyni makon etdi” deyiş uçun kamida şeʼrda maʼlum badiiy-mantiqiy zamin hozirlaş lozim bölur edi. Demak, «makon» sözi qofiya uçungina xizmat qilganday bölib qoladi… Men hayot mantiqi ham, şuningdek, u bilan badiiy mantiq örtasidagi tanosib ham buzilganiga şubha qoldirmaydigan «Senga adovat-la boqqan köp ekan…» satri bilan boşlanadigan sarlavhasiz nkʼr ustida maxsus mubohasa yuritmoqçiman.

Agar ğanimlaring bor ekan, demak,

Sen böyin egmabsan aslo xörlikka.

Aslo badkorlardan yurmagil çöçib,

Zorlana körmagil bor deb duşmanim.

Bilkim, yaltoqlanib umr körguvçi

Şörliklardagina bölmas heç ganim…

Bu qol poeziyaga xos mantiq tabiati goyatda nozik, murakkab ekanidan, buning uçun hayotiy va badiiy haqiqatlarni takror-takror kuzatiş, örganiş, tahlil qiliş jarayoni to kitobxonda biror şubha qoldirmaydigan komil, butun, raso darajagaça davom etişi zarurligidan dalolat beradi. Bu asli isteʼdod tarbiyasi, keng, çuqur maʼrifatiga borib taqaladigan masaladir. Zotan, badiiy mantiq tuyğusi haqiqiy isteʼdodning qirralaridan biridir.

Bu parçaning obrazli muşohada eʼtibori bilan jozibasizligini qöyib turaylik. Mazkur satrlardan kuzatilgan fikrni, ehtimol, baʼzi bir jurnalxon maʼqullar ham. Lekin şaxsan men bunga sira qöşila olmayman. Naqotki, tajribali bir şoir bizga: özimiz bilan yonma-yon “badkor”, “duşman”, “ğanim” kimsalar yaşaydi, ular mavjudgina emas, hayotning qonuniy, mantiqiy taqozosi, ularsiz umr “yaltoqlik”, “şörlik”, “xörlik”, deb tavsiya qilsa?! Turli toifa odamlar örtasidagi munosabatlar qançalik ziddiyatli, oradagi tafovutlar qançalik kuçli bölmasin, ayniqsa yoş, nisbatan tajribasiz kitobxonga qarata: agar sening şaxsiy duşmaning bölmasa, u bilan kuraşib yaşamasang, prinsipsiz, notayin, muteʼ, ayanç bir holga tuşib qolişing mumkin, degan mutlaqo xato, bemaʼni gap naqotki biror salbiy personajdan emas, balki şoir oğzidan çiqsa?!

Ismoil Tölakovning şeʼrlaridan biri (“Raya Pavlovna”)da ham “yaxşi-yomon” tuşunçalari nisbatini belgilaşda mantiqiy saktalik sodir böladi. Adolat yuzasidan avval mazkur şeʼrning marğub jihatlari – risoladagi, ehtiros bilan bitilgan misralaridan misol keltirib ötaylik.

«Raya Pavlovna, Olamning qalbini bir kitob misol oçib berdingiz,

Gulga termilmakni örgatdingiz Siz.

Sizning qalbingiz-la, közlaringiz-la boqdik borliqqa.

Olam közingizdek moviy, yuzingizdek oppoq, qalbingizdek teran körindi bizga.

Qadrdon internatning beminnat muhitida naziri yöq Raya Pavlovnaning mehr-u zakovatidan bahramand bölgan, olamga uning “qalbi, közlari-la boqqan” ön sakkiz gruppadoşning biri: “Eslaysizmi, “Neçun dunyoda yomonlarning qöli doimo baland?”, deya söragandim” – xotirlaydi şoirning qahramoni öşa bir umr unutilmas yillarni. Lekin bu söroq köp jiqatdan asossiz va mantiqsizligi körinib turibdi: birinçidan, şeʼrda ança tafsiliy körsatib ötilganiday, bu – internat öquvçisining hali bokira va maʼsum bolalik tasavvuriga sira töğri kelmaydi (“U payt kitobiy hayotni izlardik bizlar… Xuş körardik oppoq ranglarni, oppoq tonglarni xuş körardik… Yaşardik nurga, orzularga töla olamda:–”); ikkinçidan, agar bizning voqeligimizda, boringki, ayrim nopok, qallob odamlar muhiti (bola bundan uzoq bölişi kerak) közda tutilgan takdirda ham: “Bu dunyoda yomonlarning qöli doimo baland” degan xulosaga keliş hayotdan, uning dialektik qonunlaridan uzoqlik, maxdudlik bölur edi. Qiziği yana şundaki, şoirning xotiralaridan ayon bölişiça, bu komila, fozila, tabiatan optimist ayol bolada şunday keskin, umidsiz savol tuğilganidan sira taajjublan- maydi, aksinça, uni maʼqullaganday sirli jilmayib qöyadi, yaʼni bu haqiqatni keyin anglab yetasiz, demoqçi böladi. Şu zöraki, yangliş mantiqdan kelib çiqib, ortiq çözilib ketgan (yuz misradan ziyod) manzumaning oxirroğida şoir yozadi: “Biz keçroq angladik yolğonlar, böhtonlar oldida, siyrati balçiğ-u suvrati insonlar oldida… şiddatli vulqondek portlab ketamiz. Aslida bu töğri, röy-rost satrlar – internat öquvçisi avval anglab yetmagan haqiqatni – “dunyoda yomonlarning qöli doimo baland”ligini mutlaqo tasdiqlamaydi-ku, aksinça, hayot özi körsatib turibdiki, yomonlikning köli baribir qisqa! Şu tarzda şoir baʼzan haqqoniy sözlarni aytganda ham, özi sezmagani holda, avvalgi xato tezisiga nisbatan yana mantiqiy nomuvofiqlikka yöl qöyadi, yaxşi niyat bilan yoza turib, birdan çalğib ketadi.

Botirxon AKRAMOV

“Yoşlik”/1986-1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)