Yozuvçi, dramaturg, davlat va jamoat arbobi Sarvar Azimov 1923-yilning 20-mayida Jizzax şahrida tavallud topgan. Toşkent pedagogika bilim yurti, Örta Osiyo davlat universitetida tahsil olgan.
Adibning “Kamalak”, “Ikki dil – ikki olam” hikoyalari; “Közlari çölpon”, “Kamalak” nomli qissalari va “Zamon dramasi”, “Yulduzlar jamoli”, “Qonli sarob” kabi dramalari çop etilgan.
Sarvar Azimov tarjimon sifatida Lev Tolstoyning “Tirik murda” asarini özbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
Adib 1994-yil 3-noyabrda Toşkent şahrida vafot etgan.
Sarvar Azimovni onasi tengqurlarining sarvari bölmoği uçun tuqqan bölsa kerak. Uning butun vujudidan salobat yoğilib turardi. Abdulla Qahhorning bir hazil iborasi bilan aytsak, yuzining yarmi közdan iborat. Bu közlar nafaqat çiroyli, tim qora, şahlo közlar edi, ayni çoğda ulardan şunday şijoat va iroda yoğilib turardiki, agar Sarvar aka astoydil tikilib qarasa, bu nigoh qarşisida har qanday odam ham dovdirab qolişi heç gap emasdi.
Ozod Şarafuddinov
Isteʼdodli yozuvçimiz Sarvar Azimov qalamiga mansub badiiy asarlar, ulardagi ajoyib obrazlar katta saxovat va mahorat ila yaratilib, adabiyotimizga, u orqali keng öquvçilar ommasiga tuhfa qilingan yangiliklardir.
Vohid Zohidov
Soddadillik muayyan örinlarda buyuklik belgisi. Ayniqsa, mansab va martaba nuqtayi nazaridan katta mavqega kötarilgan odam soddadil bölsa. Sarvar Azimov ana şunday KATTA SODDADIL odam edi. Uning badiiy va publitsistik ijodi hamda taşkilotçilik faoliyati bunga yaqqol misol.
Suvon Meli
Sarvar Azimov şunday ulkan şaxs, isteʼdodli taşkilotçi, qayerda xizmat qilgan bölsa, öşa joyni gullatgan fidoyi rahbar ediki, bunday kişilar ahyon-ahyondagina biz – nodonlar yaşayotgan zamon va makonga kelib ketadilar.
Naim Karimov
Sarvar Azimov asarlarining öziga xos şirali, jonli, xalq tiliga yaqin tili, uslubi menga nihoyatda maqbul. U pok qalbli ijodkor sifatida ham meni maftun qilgan.
Uyğun
Sarvar aka mard va tanti, adolatparvar inson edi. Iloji boriça barçaga yaxşilik qilişga , imkoni boriça boşiga iş tuşgan yoki ehtiyojmand insonni himoya qilardi. Sarvar Azimov ana şunday Buyuk Şaxs, Buyuk Inson edi.
Aziz Törayev
Oppoq tong qöynida yaltirab ziyo,
Yulduz jamoliga bölib mahliyo.
Zamon dramasin yozadi adib,
Çölpon közlaridan taratib ziyo.
Hasan Normurodov
Sarvar Azimov öz davrining odami edi. Lekin u kişining mafkuralarga siğmaydigan ulkan taşkilotçilik isteʼdodi bor edi. Bu adib va arbob zotning özbek xalqi va özbek vatani, özbek adiblari uçun qilgan xizmatlarini eslaş insofdandir.
Mirzo Kenjabek
Sarvar Azimov… Adabiyot darsliklarida adibning hayoti va ijodi böyiça alohida dars soatlari ajratilmagan, tarjimayi holi va faoliyati xususida maʼlumot berilmagan edi. Bor-yöq bilganimiz muallimimizdan eşitgan ikki oğiz eʼtirof: “Sarvar Azimovning “Qonli sarob”, “Zamon dramasi” asarlari…”. Öşa paytlarda Sarvar Azimov – nomaʼlum va notaniş bu zalvorli nomning mening yaqin kelajakdagi taqdirimga neçoğli daxldor ekanini – ijodiy qismatimning röyobga çiqişida qançalar madadkor bölişini men hali bilmasdim.
Sirojiddin Sayyid
Farzand otasi töğrisida yozişi va hikoya qilişi oson emas. Otam, avvalo, mehribon ota, salohiyatli davlat, siyosat, jamoat arbobi, benazir şaxs, nazokatli diplomat, lutfi gözal yozuvçi edi.
Anvar Azimov
2023/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


