9 daqiqada öqiladi

175 marta körilgan

Yozmasdan yaşab bölmaydi

Abdujalol Rahimov

Ijodxonam judayam oddiy: oq kaptardek pokiza raflarda kitoblarim, qomuslar, luğatlar, bir yonda kompyuter. Eski stolimda yozişga örganib qolganman.

Odatda, ijodiy işlarimni qölda yozaman, keyin kompyuterga tuşiraman. Hozir ham şunday. Bardoşim yetganiça – beş, baʼzan ön marta işlayveraman. Azbaroyi öquvçiniyam, muharrirniyam qiynamaslikning yagona yöli şu deb hisoblaganimdan. Işlaganing sari matn ham oynadek sayqallanib, ravonlaşaveradi.

Keyingi yillarda Abu Ali ibn Sinoning tabobatga doir asarlari bilan birga, adabiy, falsafiy asarlarini köp öqidim. Şular taʼsirida insonning ruhiy olami  haqidagi tasavvurlarim kengaydi. Yoş bolalarni kuzating-a, ularning feʼl-atvorlari bir-biriga sirayam öxşamaydi. Birovi töpolonçi, yiğloqi, boşqasi kattalarday jiddiy. Ular tanlagan öyinçoqlar, ermaklar ham turliça. Bolaligimdagi bir voqea xotiramga qörğoşindek quyilib qolgan: hali maktabga bormagan paytlarim edi, buvim meni qişloqdagi qarindoşimiznikiga olib borgan. Zerikmasin debmi, javondan suratli kitoblarni olib  berişdi. Men kitoblarni şunçalar yaxşi kördimki, qaytarib olişganda alam qilib, qattiq ökindim. Bola könglimga yetgan ozor sira esimdan çiqmadi. Öşa voqeani “Jiyda guli” qissamda, jurnalist Hasan Alining köngil keçinmalarini ifodalab, şunday tasvirlaganman:

“…Öşanda u beş-olti yoşlardagi bola edi. Rahmatli buvisi qarindoş-uruğçilikni qattiq uşlardi. Hasanni yetaklab Oqçaşmadagi amakisining uyiga tez-tez borib turardi. Bir safar qişloqqa kelganlarida maktabning bitiruvçi sinfida öqiyotgan ammasining kitoblariga bolalarça öjarlik bilan yopişib oldi. Köhna javonning qutisidagi ğaroyib kitoblar öz-öziniki bölişini şunday xohladiki, uni kitoblardan, kitoblarni undan ajratib olişolmadi. “Mayli, şu kitoblar senga bölaqolsin”, deyişdi bolani ovutib. Hasan tunda kitoblarini quçoqlab uxlab qoldi. Uyğonganida quçoğidagi suratli kitoblari yöq edi. U öksib-öksib yiğladi. Xörlik jajji yuragini tilka-pora qildi. Ammo kitoblarni qaytarib berişmadi. Şundan keyin ğaroyib suratli kitoblarini sira-sira unutolmadi. Hatto tuşlaridayam öşa suratli kitoblarni körardi”.

Kitoblar, adabiyot taqdirimdir-da, öquvçilik yillarimda eng sevgan maşğulotim badiiy kitob öqiş edi. Yozuvçi yo şoir bölişni xayolimgayam keltirmaganman. Sakkizinçi sinfni mahallamizdagi töliqsiz örta maktabda bitirdim. Şundan keyin sinfimizni Çinozdagi yagona ön yillik maktabga ötkazib yuborişdi. Ikki oşyonli, körkam bu maktab judayam boşqaça edi, öquvçilariyam bizga qaraganda puxta-pişiq. Qöşni sinfdagi Kamoliddin Şaropov bilan döstlaşib qoldim. U “Yangiyöl” gazetasi tahririyatidagi adabiy tögarakka qatnar, şeʼrlar yozarkan. Bir kuni, birga boraylik, deb qoldi. Qiziqib, jöramga ergaşdim. Tögarakka gazetaning boş muharriri, qrim-tatar şoiri va yozuvçi Zokir Qurtnezirov rahbar edi. Şoirlar Yusufjon Huzuriy, Obid Rasulov, Anora Pardaboyeva, Abdurahmon Akbar, yozuvçi Uluğbek Mustafoqulovlar ham  şu tögarakka qatnaşişgan. Men şeʼrlar maşq qila boşlaganman. “Yangiyöl” gazetasida 1970-yil birtalay şeʼrlarim, keyinroq xabar va maqolalarim ham çop etilgan.

Ha, hammasi havasdan boşlangan. Maktabni bitirib, kasb-hunar bilim yurtida öqidim, Toşkent töqimaçilik kombinatida işladim. 1972-yilda Toşkent davlat universiteti jurnalistika fakultetining keçki bölimiga öqişga kirdim. Şu yili kuzda harbiy xizmatga çaqirildim. Ikki yillik askarlikdan qaytib, “Sirdaryo” gazetasida adabiy xodim bölib işlaganman. Universitetdagi saboğimni sirtqi bölimda yakunladim.

Ilk hikoyalarim öşa paytda çop etilayotgan “Muxbir” jurnalida çiqqan. 1983-yil şu jurnalning 12-sonida “Yiroqdagi aziz döst”  hikoyam berildi. Keyinroq hikoyani taniqli yozuvçi Jonrid Abdullaxonov tahrir qilib bergan. Qölyozmadagi yaltiroq sözlar oddiy, xalqona muqobillariga almaştirilgandi. Öqib, hayron qolganman. Matn çinnidek yaraqlab, jonlanib ketibdi. Şundan özimni tahrir qilişni örgandim. 1984 – 85-yillarda taniqli adib Tohir Malik Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Toşkent viloyat bölimiga rahbar böldi. Tohir aka ilk “Lomakon” ilmiy-fantastik qissamni muhokamaga qöygan. Ustozning juda köp maslahatlarini olganman. “Yoşlik” jurnali qoşida fantast ijodkorlar klubi taşkil etilgan edi. Ozod Möminov, Muhabbat Yöldoşeva, Sohiba Abdullayeva, Mavluda Ibrohimovalar bilan şu yönalişda qalam tebratdik.

Аdabiyotga havasim va ilk qadamim erta boşlandi-yu, keyin katta tanaffus bölgan…

Töğrimi, notöğrimi – bilmadim, menda bir tuşunça bor edi: ijodga butunlay özini bağişlaş kerak, yöl-yölakay yozib bölmaydi deb öylardim. Balki maromiga yetkazib yozolmaganim, özimdan könglim tölmagani ham bunga sabab bölgandir. Lekin şu tanaffus menga kerak ekan. Ğalati tuyilişi mumkin-u, lekin xayolimda hikoyalar yoza boşladim. Ammo qoğozga tuşirişga qörqardim… Közimda jarrohlik amaliyoti ötkazilganda ikki oy uyda ötirib qoldim. Şunda “Lomakon”ni qayta yozdim. Ijodimda yozuvçi Soyim Isʼhoqning örni beqiyos. U kişi bilan qurgan adabiy suhbatlarimiz menga katta taʼsir qilgan. Soyim akaning yoşi mendan katta bölsayam, biz hamkor va döst edik. Ijodkorning ana şunday yaqin, maslahatlaşa oladigan hammaslagi, albatta, bölişi kerak.

Şunday, uzoq yölni bosib ötib, vaqtni boy berib, 2012-yilda “Yoşlik” jurnali tahririyatiga kirib keldim. Bu paytda  taniqli yozuvçi Sobir Önar jurnalning boş muharriri edi. Sobirjon: “Abdujalol aka, körinmay ketdingiz?” – deb kutib oldi. “Yoşlik”, “Şarq yulduzi”, “Ijod olami” jurnallari, gazetalarda hikoya, qissalarim eʼlon qilina boşladi. “Lomakon”, “Mugat folbin”, “Yölda ketayotgan odam”, “Toğ gözali” kitoblarim çop etildi. Ularning hammasidan ham könglim tölgan deb aytolmayman. Qayta işlaydigan örinlar bor…

Menga şu katta tanaffus kerak ekan-da. Afsuslangandan nima foyda, yillarni ortga qaytarib bölmaydi-ku. Balki hayotning aççiq-çuçugini totib, yaxşi-yomonni, şu asnoda, bitiklarimda töğri talqin qila boşlagandirman, jöyali gap ayta olayotgandirman…

Endi men yozmasdan tura olmasdim. Soyim aka aytganidek, yozmasdan yaşaşning nima qiziği bor? Uluğ tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sino haqida asar yoziş öyiga tuşib qoldim. Bu fikr qanday paydo bölganini aytişim qiyin. Lekin bolaligimda otam uyimiz devoriga Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alişer Navoiy, Uluğbeklarning katta portretlarini qator qilib ilib qöygan edi. Şu qiyofalar yillar ötib ham sira köz oldimdan ketmadi. Men Ibn Sino haqidagi asarlarni berilib öqirdim. Endi adabiy asarlari, “Tib qonunlari”, falsafiy asarlarini mutolaa qilişga kirişib ketdim. Şunda yana avvalgi fikrimga qaytdim: Ibn Sino haqida asar yoziş uçun butunlay erkin bölişim, fikrim çalğimasligi kerak. Qatʼiy qarorga kelib, gazeta tahririyatidagi işimdan nafaqaga çiqdim. Asarni Husayn ibn Abdullohning Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolaşidan boşladim. Ammo menga nimadir yetişmasdi. Buning nimaligini ham bilmasdim. Qoğoz-qalamni bir çetga qöyib, Buxoroga, Husayn tuğilgan Afşona qişloğiga jönadim. Ibn Sino muzeyidagi, tabib va allomaning ramziy (Hamadondagi qabridan tuproq olib kelib qöyilgan) qabrini ziyorat qilib, bu marmar koşonadagi tarixiy aşyolarni örgandim. Buxoro arkini kezib, şu joylarda Abu Alining yurganlarini tasavvur qildim. Afşonada qariyalar Ibn Sino haqida juda köp rivoyatlarni aytib berişdi. Bularning bari tabib va allomaning qiyofasini xayolimda jonlantirdi. Trilogiyaning birinçi kitobini yoziş ança maşaqqatli böldi. Yozişdan töxtab, tarixiy asarlarni örganişga tuşib ketardim. Yana Buxoroga, Afşonaga bordim…

Roman-trilogiyaning ikkinçi kitobi Ibn Sinoning Xorazm “Dorul hikma”sidagi yetti yillik faoliyatiga bağişlangan. Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toirning kömagi bilan Xorazmga safar qildim. Xorazmlik ijodkor döstlarim Qadamboy Salayev, Şuhrat Matkarimlar Xivadagi zamonaviy Maʼmun akademiyasiga boşlab borişdi. Bu ilmiy dargohda qadimşunos Maşarib Abdullayev bilan tanişdim. Tadqiqotlari bilan yonib yaşayotgan olim Xorazmning ötmişi haqida hali kitoblarda yozilmagan hikoyalarni aytib berdi. Tarixiy asarlar, turli davlatlarning olimlari tomonidan yozilgan monografiyalarni örgandim. Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti olimi Faxriddin Ibragimov bilan doim muloqotda böldik. “Abu Ali ibn Sino” roman-trilogiyasi ustida işlaganim olti yil davomida boşqa birorta asar yozmaganman. Asar ruhiyatidan çiqib keta olmadim.

Ustozlar haqida söz borganda, adabiyotşunos olim Qozoqboy Yöldoşevning nomini alohida hurmat bilan tilga olaman. Men doim Qozoqboy akaning maslahatlariga tayanganman. Men adabiyotşunosni sportçining murabbiysiga mengzayman. Zakiy adabiyotşunos yozuvçi uçun juda kerak. Qozoqboy Yöldoşev “Abu Ali ibn Sino”  asarini yozişim davomida eng yaqin maslahatçi bölgan, uçta kitobini ham sinçiklab öqib taqriz qilgan. Har bir adabiyotşunos olim ham ijodkorga ana şunday beminnat kömak berişini istar edim…

Jamiyat bu – ijtimoiy munosabatlar: moddiy va maʼnaviy hayotimizning majmuyi. Adabiyot esa mana şu kişilik jamiyatida yaralgan söz sanʼatidir. Odamlarda ehtiyoj bölgan ekanki, adabiyot yaralgan. Bugungi kunga kelib esa adabiyot insoniyatning makon va zamondagi faoliyatini butunlay qamrab oldi. Axir, biz hayotimizni badiiy kitob, kino va teatr tomoşalarisiz tasavvur qila olarmidik. Hissiyotga taʼsir qiladigan badiiy asar odamlarni tarbiyalaydi. Sayyoramizdagi mamlakatlarda har yili minglab, millionlab badiiy kitoblar çop etiladi. Odamlarning tafakkuri va maʼnaviyati bolalikdan badiiy asarlar taʼsirida şakllanadi.

Adabiyotning jamiyatda tutgan örni ana şunday beqiyos. Lekin bu qudratning darajasi yozuvçining mahoratiga boğliq. Yozuvçi yoki şoir yaratgan asar öquvçini rom qila olmasa, bunday asar yaralmagani maʼqul. Bu ezgulik, insoniylik ğoyalari asos bölgan asarlar haqida, albatta. Men öquvçi deganda keng kitobxonlar ommasini közda tutyapman. Ular oddiy dehqon, işçi, tadbirkor, kirakaş yoki usta bölişi mumkin. Kitoblarimizni ana şu yurtdoşlarimiz qiziqib, izlab öqimasalar, yozilganidan ne foyda?

Adabiyot jamiyatning muammolaridan çetda turolmaydi. Adabiyot bu muammolarni hal etiş uçun odamlarning ongini uyğotadi. Har bir ijodkor ana şunday adabiyotga özining munosib hissasini qöşişga, uni asrab-avaylaşga burçli. Ustoz  Abdulla Qahhor aytganidek: “Yozuvçining vazifasi yaxşi asarlar yoziş, xalq dilining tarjimoni böliş bilangina çeklanmaydi, uning vazifasiga adabiyotni har qanday balo-qazodan qöriqlaş, adabiyotning sergak, jasur posboni böliş ham kiradi”. 

Bolaligimda otamning moy çiroq şuʼlasida ovoz çiqarib kitob öqiyotgani, onam diqqat bilan tinglab ötirganini köp körganman. Öşa paytlarda otam nima öqiyotganini tuşunmaganman. Keyinçalik onam sandiqdan Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon” romanlari, “Obid ketmon” qissasini olib menga bergan. Uluğ adibning 1953-yilda çop etilgan uçta asari hanuzgaça kitob javonimda saqlanadi. Odamlar doim kitob öqişgan. “Odam böliş qiyin”, “Şaytanat” qölma-qöl bölib öqildi. Bunday kitoblar köp. Bu asarlarni tarğib qiliş zarur! Televizorda özbek adiblarining kitoblari haqida körsatuvlar tayyorlaş lozim. 

Adabiyotimizning ildizlari baquvvat. Xalq oğzaki ijodi dostonlaridan  zamonamiz şoir, yozuvçilarining asarlarigaça bölgan katta xazina bor. Albatta, nazmda Alişer Navoiyning barkamol şeʼriyati, nasrda Abdulla Qodiriy yaratgan milliylikning gözal badiiy jozibasi davom etişi kerak deb öylayman.

Gap nasr haqida borganda, men juda köp adiblarimizga havas qilaman. Odil Yoqubovning “Köhna dunyo” romani syujetidagi donolik bilan topilgan talqin va yuksak badiiylikdan hayratlanaman. Ötkir Hoşimovdagi ravonlik, Soyim Isʼhoqda tasvirdagi mufassallik, Nazar Eşonquldagi jozibali matn har qanday öquvçini zavqlantiradi. Bu bebaho xazinaning eşigi kattaroq oçilişi kerak. Yana öşa gap: tarğibot yetişmaydi, çet tillarga tarjima qiliş oqsayotir. Sobir Önarning “Bibisora”, Luqmon Börixonning “Quyoş hali botmagan” qissalari kinoçilarimizning eʼtiboridan çetda qolayotganidan  ajablanaman. Yoki bu asarlarni öqişmaganmi?..

Naşriyotlar jahon adabiyoti namunalarini juda köp çop etişyapti. Ular, asosan, ötgan asrlarda yaratilgan. Köpi durdona asarlar. Şuning bilan birga, bu asarlarning tarğiboti ham kuçli. Adabiyotga endi kirib kelayotgan ijodkorlarning bu mualliflarni bilişlari anʼana-urfga aylangan. Men bunga qarşi emasman, binobarin, özbek adabiyoti durdonalarini köproq öqiş va uqiş tarafdoriman. Abdulla Qodiriy, Çölpon, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Said Ahmad, Ölmas Umarbekov, Ötkir Hoşimovlarning asarlari ijodkor uçun bebaho darslik, ilhom manbayi bölişi bilan birga, bugungi öquvçiga juda-juda zarur. Ijodkorlarimiz jahon mumtoz adabiyoti bilan tenglaşa oladigan asarlar yaratişmoqda. Ularning qadr topişi esa adabiyotşunos olimlarga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham boğliq.

Özbek adabiyoti – katta adabiyot. Bu jöşqin ummonda eşkak eşmoq oson emas. Uning poygagidan menga ham ozgina örin nasib etgan bölsa, özimni nihoyatda baxtiyor hisoblayman.


Abdujalol RAHIM

 1953-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universitetining (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Hikoyalar”, “Lomakon”, “Mugat folbin”, “Yölda ketayotgan odam”, “Toğ gözali”, “Sensan sevarim” nomli qissa va hikoyalardan iborat kitoblari, “Abu Ali ibn Sino” romani naşr etilgan.

 

2023/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)