8 daqiqada öqiladi

107 marta körilgan

Özimdan çiqib ketişni istamayman

Aziz Said

Kitoblar olamidagi hayotim

Bolalikda öqilgan ilk kitoblar insonning yoşi ulğayganda ham qalbini nurday yoritib turaveradi. Ötgan yillar davomidagi tuyğularini, gözal va oğir lahzalardagi qarorlarini, boringki, iç-içini titkilab qarasa, özi ham öşa kitoblarning parçalaridan iborat böladi.

Men öqigan kitoblarimdagi voqealarga nafaqat işonardim, balki kitobning birinçi sahifasidan boşlab boşqa olamga ötar, boşqa odamlar bilan yaşay boşlardim. U yerdan darrov özimni topib olardim. Goh Göröğli, goh Sindbod, goh Robinzon Kruzo, goh Şum bola, goh Graf Monte Kristo, goh Gulliver, goh Hoşimjon, goh Robert Grant, goh Mirzo Anvarga aylanardim. Aql bovar qilmas, ğaroyib sarguzaştlarga duç kelar, yomonlar va yovuzlar bilan kuraşar va ğalabalarimdan masrur bölardim. Odam oyoği yetmagan orol-u örmonlarda, böron-u töfonlar quturgan ummonlarda payrahaday çirpirak bölayotgan kemalar içida yaşardim, sahro-yu dengiz qaroqçilari, sotqin-u josuslar bilan jang qilardim, negr va hindular sardori bölib bosqinçilar bilan otişar, parilarning bir yumalab kaptarlarga aylanib uçib ketişlaridan hayratga tuşardim… Men yaşayotgan bu olamning – dadam, onam, bobom, bibim, amakilarim, qöşnilarimiz – traktorçi, öqituvçi, doktorlarning bir maromdagi hayotlari men uçun nihoyatda zerikarli edi, ularning kitoblardagi voqealardan bexabar, xotirjam yurişlaridan hayron edim. Va fursat topdim degunça öz olamimga – kitoblar içiga ravona bölardim.

U yerda men qudratli edim, butun dunyo mening izmimda edi. Xohlasam Köhi Qofda dev-u parilar orasida, xohlasam Atlantika ummoni tubidagi suv maxluqlari orasida paydo böla olar, xohlasam boşsiz çavandozga aylana olar, xohlasam sehrli qalpoqçani kiyib közdan yöqolar edim. Va hammani boy-badavlat qilgim, dunyodagi jamiki qullarni, zindonlardagi qahramonlarni ozod qilgim, yovuzlar va odamxörlarni yöq qilgim kelardi, heç kim bir-biri bilan urişolmasligi uçun dunyodagi qurollarni bir sehr bilan qumga aylantirib qöygim, qöl-oyoği, közi yöq odamlarga bir sehr bilan öz qöl-oyoqlari, közlarini qaytargim, bir sehr bilan çumoli-yu ilonlardan tortib hamma jonzotlarni, quşlarni, gullar-u daraxtlardan tortib oy-u yulduzlarni odamlar tilida gapiradigan qilib qöygim kelardi. Va şunday möjizalar qila olişimga, bu istaklarimni Xöjayi Xizr bilib, bir kunmas bir kun yonimga kelib tila tilagingni deyişiga qatʼiy işonar edim. Va bobomning yonlariga oppoq sallali, oppoq soqolli döstlari kelganda ularning orasidan Xöjayi Xizrni izlar edim, yöllarda, maktabga borişimda, kelişimda oldimdan çiqişini kutar edim. Undan söramoqçi bölgan, hammadan sir tutadigan eng muhim savolim ham bor edi – katta bölsam, men kimni yaxşi körib qolişimni, u hozir dunyoning qaysi burçida, yo hali tuğilgani ham yöqmi, bilib olmoqçi edim. Men yaşaydigan kitoblar olamidagi taʼrifiga til ojiz pari-yu malikalarga öxşagan, vafodor, sadoqatli bir qiz, albatta, borligiga, bir kunmas bir kun qarşimda paydo bölişiga işonardim, negadir uning gözal qiyofasini emas, közlarini tasavvur qilardim, şunçalik köp tasavur qilardimki, ming-minglab közlar içidan bir qaraşda topib olişimga işonardim. Va u uçun qahramonliklar qilişni, biror şart qöysa, toğ-u toş, dengiz-u çöllarga yöl olişni, asir olingan bölsa, yalmoğizlar, qaroqçilar, yovuz şohlar-u raqiblar bilan jang qilib uni ozod qilişni yoxud vaqti kelib nogahon uçratib qolişni xayol qilardim…

Mening bu xayollarim kitoblar olamimdagi hayotimdan ham totliroq tuyilardi.

Mening kitob içidagi hayotimdagi voqealarni, xayollarim va tasavvurlarimni atrofimdagilar, ayniqsa, birga öynaydigan, birga daryolarda çömiladigan, daştlarda birga mol boqadigan jöralarim bilmasligidan baʼzan hayron bölar, baʼzan ranjir, baʼzan ğururlanar edim. Ularga öqigan kitoblarimdagi voqealarni, Alpomiş, Gekilberi Fin, Robin Gudning qahramonliklarini xuddi özim körganday soatlab aytib berardim. Kitobdagi sarguzaştlar tugab qolsa, ular “keyin-çi, keyin-çi” deb söraşar, men töxtamasdan şunday voqealar töqib taşlardimki, özim ham maza qilardim. Ularning hayrat bilan tinglayotganlarini, işonişayotganini, bir çeti, mening şunça narsa bilişimdan qoyil qolayotganini his qilar va bu menga kuç, ilhom bağişlardi, ularni öz olamimga olib kira olganimdan xursand bölardim.

Töğrisi, öşa 12-13 yoşlarimda asarlarning mualliflari bilan, ularning ğoya va maqsadlari bilan, badiiy mahoratlari bilan deyarli qiziqmagandim, ular haqida öylamasdim ham.

Kitoblar olamimdagi yaxşilar va yomonlar, duşmanlar va döstlar, muhabbat va nafrat, sadoqat va xiyonat, jasorat va­ qörqoqlik, rostgöylik va yolğonçilik, kuçlilardan kuçsizlarni himoya qiliş, oçközlik va saxiylik, döst uçun, yor uçun, inson ozodligi, yurt ozodligi uçun fidoyilik kabi oq-qora tuşunçalar, tuyğular, hissiyotlargina menga jon bağişlar, hayajon va hayratga solar, yuragim köksimdan çiqib ketayotganday bölardi.

Çegara yöqolib qolardi

Kitoblardagi hodisalar – u afsonami, tarixiy voqeami, sarguzaştmi – u paytda ajratmasdim, hozir şu tobda qayerdadir yuz berayotganday tuyulardi, mavjud hayot va kitob olamimdagi çegara yöqolib qolardi.

V.Yanning “Çingizxon”, “Botu”, “Jöji” romanlarini birvarakayiga öqib çiqqan ön uç yaşar bola holimga talvasaga tuşib qolganman. Sönggi varoqni yopib derazadan qarasam hamma yoq oppoq tuman – tungi soat uç. Axir Çingizxonning uruş uslubi şu-ku – quyuq tuman tuşgan çoğlari tun yarmidan oğganda qöqqisdan bostirib keladi. Hozir möğullar kelayotgan bölsa-çi, nega hamma uyquda, deb tumanga xavotir bilan tikilgança qölimdan heç narsa kelmasligi iztirobi bilan tong ottirganman. Köçaga çiqib, uyğoninglar, duşman kelib qolsa nima böladi, deb baqirmoqçi ham bölganman. Bugun kelmadi, erta yoki ön kundan keyin kelsa-çi, deb öylardim. Ertasi mendan ham battar yana bir kitobxon döstim Faxriddin bilan maslahatlaşib, uylarimiz ortidagi kattagina zahkaş yoqasiga okoplar qazişni, qurollar tayyorlaşni, tunlari navbatçilik qilişni kelişib olganimiz hamon yodimda. Söng qadimiy qurollar haqidagi bir kitobni topib pilta miltiqlar yasaş usullarini örganib çiqdik. Miltiqlarni qişloqdan uzoqda yangi qurilayotgan uylar orasida heç kim yöq payti otib sinab kördik.

Bu orada zahkaş böyida keçqurunlari qazgan beş-olti okoplarimiz ham bitdi. Biz özimizni mamlakatimizning, eng kamida qişloğimizning xaloskorlariday his qilardik. Tumanli köp kunlarimizni okoplarimizda mijja qoqmay ötkazdik. Möğullar esa bostirib kelmadi…

Bu kitoblar içidagi hayotimizning davomi edi.

Işq bahorining şabadasi

Men mağlubiyatlar, umidsizliklar, fojialar bilan tugaydigan kitoblarni köpam yoqtirmasdim. Öqib çiqqaç, birov kaltaklaganday, ruhim tuşkun bölib qolardi. Şu bois ham menga Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar”idan köra “Mehrobdan çayon”i qadrli edi.

Faqat şumi, meni maftun etgan, qayta-qayta öqib, şu olamda qayta-qayta yaşaşga majbur qilgan fazilati faqat şumidi – Xon jallodi Anvarning böyniga piçoq tortar mahal akasi Qobil döstlari bilan kelib jallod va sarbozlarni kunfayakun qilib ukasini qutqarib ketgani va tunda Anvar va Raʼnoning qalʼa devoridan oşib qoçib ketganimi… Ha, adolatsizlikka qarşi bu isyon içida özim ham bor edim, bu ğalaba mening ham ğalabam edi, ha, quvonçim osmon edi, kimga aytişimni bilmasdim. Kitobdagi yana bir voqea bor ediki, u ham ruhimni osmonlarga kötarar, ğururlantirar edi – dösti Sultonalini qutqariş uçun kelgan Anvarning Xudoyorxon bilan tikma-tik aytişuvi:

“– Sen bizga xiyonat qilding, it uvli!

Anvar boş irğatdi.

– Iqrorman.

– Tuzimni unutding!

– Tonmayman.

– Iqrorsen, tonmaysen, öbdan iş! – dedi zaharxanda qilib xon.

– Öluvdan ham qaytmaysen!

– Men sizdan marhamat sörab kelgan emasman, – dedi iljayib Anvar. – Özimni ölimga berib, bir gunohsizni qutqaziş uçun kelganman”.

O, bu suhbatni tuşlarimda neça bor kördim. Yovuzlarni yengiş, mardlik, jasorat, ölimdan qörqmaslik, mana, qanday böladi, deb yuragimga muhrlangan.

Eng, eng, eng asosiysi – bu kitobda ilk bora haqiqiy sevgini his qilganim, tasavvur qilganim. U yoşimda “sevgi” sözini tilimga ham çiqarolmas, “yaxşi köriş” degan sözning içiga hammasini jo qilgan holda ayta olardim, xolos. Anvar va Raʼno örtasidagi sadoqat, vafo, hayo pardasiga öralgan nazokatli muloqotlar faqat meni emas, ming-minglab tengqurlarimni entiktirgani, orzularga çulğagani, şubhasiz.

“Agar Farhodning Şirin, bölsa Majnunlarning Laylosi,

Nasib ölmiş menga gulşan aro gullarning – Raʼnosi”

 

“Agar or etsa, Layli haqlidur Qaysning jununidin,

Ne baxt Raʼno xaridoring talab ahlining – Mirzosi”.

Millionlab ösmirlarning esdalik daftarlariga muhrlangan Anvar va Raʼnoning bu aytişuvi işq bahorining şabadasiday esib kitobdan çiqib ketişga qöymas edi…

Boşqa odam bölib qoldim

“Göröğlining tuğilişi”dan “Göröğlining ölimi”gaça bölgan dostonlar esa mening butunlay özga olamim edi. Hatto yaşayotgan dunyomdagi jamiki narsalarni, jamiki mavjudotni, odamlarni sehr-u sinoatga ğarq qildi. Qöşnimiz Soqibulbulga, uning oti Ğirkökka aylandi, bobomning beda öradigan çalğisi Göröğlining qinidan çiqarsa, qirq gaz böladigan qiliçiga, kabutarlar parilarga, bulutlar devlarga aylandi, onamning dugonalari Yunus pari, Misqol pari, köçada ortimdan kelayotgan jöralarim qirq çiltanlarga, Navröz köpkarilari Çambilbel ur-ho janglariga aylandi.

Yetti yoşida Bakirning öğli Gösfand Töraning qölidan bir siltab yağrini bilan yulib olgan, ön beş yoşida Rayhon Arabdan qasdini olib qizi Zaydinoyni Ahmadbekka keltirib bergan Göröğli bilan Göröğli bölib oxirigaça nafas oldim. Oxirida özim ham boşqa odam bölib qoldim…

Hali aytganimday, garçi menga bolaligimda öqigan bu kitoblarning ğoyalari, tuzilişi, mualliflarning obrazlar va satrlar orasiga yaşirgan ijtimoiy-maʼrifiy, tarixiy tagsözlari, siyosiy-falsafiy maqsadlari ahamiyatli bölmasa-da, har bir kitobdan ruhimga nimadir oqib kirar, ulardagi maqol-u matallar, qiyos-u mubolağalar, ohanglardan mast bölib yurardim. Albatta, bugun ijodkor sifatida özgaça nazar bilan qarab uşbu kitoblarni badiiy-ilmiy-maʼrifiy fazilatlarini taʼriflay olarman. Lekin xohlamayman. Mening parçalarimdan iborat öz olamimdan, özimdan çiqib ketişni istamayman.

Aziz SAID

 1961-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Çiltor”, “Dili qani Bedilning”, “Ğoyibdan döst bilan suhbatlar”, “Fursat darvozasi” nomli şeʼriy kitoblar muallifi. Şuningdek, U. Uitmenning “Maysa yaproqlari”, N. Hikmatning “Yusuf va Zulayho”, B. Brextning “Teatr va realizm”,

Koeloning “Alkimyogar” asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.

 

2023/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)