Xudoyberdi Töxtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning öziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy keçinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yösinda mahorat bilan tasvirlanişi jihatidan ajralib turadi. Xudoyberdi Töxtaboyev özbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib çiqqan ijodkorlardan biridir.
Adib 1932-yilda Farğona viloyatining Özbekiston tumanida tuğilgan. Adib ijodining dastlabki davridanoq hajvga, kulgiga moyil hikoya töplamlarini, qissa va romanlarini yaratdi.
Yozuvçining “Sehrli qalpoqça”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning ölimi”, “Beş bolali yigitça”, “Qasoskorning oltin boşi”, “Yillar va yöllar”, “Sehrgarlar jangi yoki şirin qovunlar mamlakatida”, “Mungli közlar”, “Sir oçildi”, “Omonboy va Davronboy sarguzaşti”, “Jannati odamlar”, “Şoşqaloq”, “Söqmoqlar” va boşqa bir qator asarlari çop etilgan.
Adibning asarlari rus, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib, 28 ta mamlakatda naşr etilgan. Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev 2021-yil 21-mart kuni vafot etdi.
Haqiqiy yozuvçining har bir asari izlanişlar samarasidir. Xudoyberdi Töxtaboyev har bir asari bilan öz ijodini nimalar bilandir boyitadi, qandaydir yangiliklarga erişadi. Biroq ijodkor uçun, xususan, öziga talabçan, masʼuliyatini his qiladigan yozuvçi uçun izlanişlarning çeki yöq.
Matyoqub Qöşjonov
Bu yozuvçi ijodida hali bizning tanqidçilar yetarliça qadrlab, ochib bermagan ajoyib fazilatlari bor. Xudoyberdi Töxtaboyev prozasi özbek bolalar adabiyotida yangi bir tölqin yaratdi, öz janrida bu yozuvçi yangi söz aytdi.
Pirimqul Qodirov
Hayotda kulgi bilan köz yoşi köpinça yonma-yon yuradi. Şu boisdan eng kulgili asarda ham jiddiy holatlar, eng jiddiy asarda ham kulgili voqealar tasvirlanişi mumkin. Bunisi isteʼdodga boğliq.
Xudoyberdi Töxtaboyevning qissa va hikoyalarida xuşçaqçaq kulgi zamirida yotgan murakkab qismatlarni, hatto fojiaviy holatlarni payqaş mumkin.
Ötkir Hoşimov
Xudoyberdi Töxtaboyev yumorga moyil yozuvçi, u hayotdagi voqealarning kulgili tomonlarini tez payqaydi, asarda kinoya, qoçiriq, hazil-mutoyiba priyomlaridan keng foydalanadi, örni kelganda esa tasvirga keskin satirik tus beradi.
Ozod Şarafiddinov
Xudoyberdi akaning asl qiyofasi uning içida edi! “Içida” deganda adibimizning ğoyatda sinçkovligini, kuzatuvçanligini, tahlilga moyilligini, kutilmagan xulosalar çiqara bilişini nazarda tutmoqdaman va şu maʼnoda u kişini Ustoz maqomiga loyiq va munosib inson ekanligiga urğu bermoqçiman.
Xurşid Döstmuhammad
Xudoyberdi akaning bolajonligi, gödaklardek qalbi tozaligi, soddadilligi, yaxşi narsani xayol qilişga öçligi uning har bir qissasidan, har bir romanidan rayhon böyidek ufurib, boldek tomib turadi.
Mirpölat Mirzo
Xudoyberdi Töxtaboyevning olami juda keng, öz olami içida yaratgan asarlari koni sir. Yozganlarining hammasi ham baʼzi “jiddiy feʼl” akalar öylaganidek nuqul qiqir-qiqir-u hayuv-hayuvlardan iborat emas. Ziyraklanib kuzatilsa, har ikkita kulgining orasida bitta dard bor. Uni topgan topadi.
Anvar Obidjon
Xudoyberdining kulgisida boşqa xususiyat ham bor: u ayrim kişilarda uçrab turadigan yomon illatlar haqida, oşga tuşgan paşşalarday şirin-şakar turmuşimizga xavf solayotgan narsalar haqida yozganda, uning kulgisi aççiq, qahrli tus oladi.
Hakim Nazir
Xudoyberdi Töxtaboyevning sanʼati, mahorati şundaki, u xayolot olami bilan real hayot voqealarini birlaştira olgan. Kitobxon xulosa çiqara olişi uçun imkoniyat yaratgan. Bolani xayol surişga örgatiş kerak, fantaziya kişiga özini anglaşni ham örgatadi. Juda katta kaşfiyotlar, köpinça, fantastik muşohada asosida tuğiladi.
Omonulla Madayev
Xudoyberdi Töxtaboyevning yozuvçi sifatidagi isteʼdodi, uquvi şundaki, u matn ostiniginamas, matnning kitobxon olamida jilolanadigan qiyofasini, ruhiy hayotini, tusini, turini aks ettira olgan. Mana şu kontekst matnning badiiy inʼikosini oçib beriş yozuvçi mahorati haqida fikr yuritişdir.
Abduğafur Rasulov
Xudoyberdi Töxtaboyevning hayot yöllarining har bir jabhasidan ibrat olsa arziydi. U oqil oila sohibi, mehribon ota, talabçan rahbar, tinib-tinçimas jamoatçi, yaxşi boğbon, bolalar uçun borini ayamaydigan, ularning könglini topiş uçun har qanday qiyinçiliklarni yengib ötadigan jafokaş inson.
Mahmud Toir
Sahifani Sardor Tolliboyev tayyorladi.
2023/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


