3 daqiqada öqiladi

191 marta körilgan

Şoir kim?

Rauf Parfi

Bu savolga yuzlab javoblar bor. Har kim öz anglamidan kelib javob beradi. Şuning uçun ham ular xilma-xil, rang-barang. Bu borada şoir Rauf Parfining ham öz qaraşlari bor. Bu qaraşlar köproq uning “Şoir” şeʼrida öz ifodasini topgan. Abdulla Oripovga bağişlangan bu şeʼrning ilk variantlari 1965-yildan boşlanadi. Şoir bu şeʼr ustida beş yil işlagan va uni 1970-yil sanasi bilan eʼlon qilgan.

Bu şeʼr “O, ona tabiat, maʼyus onajon…” deya, tabiatga murojaat bilan boşlanadi. Rauf Parfi şeʼrda tabiatning mungli tovuşiga quloq osadi va bu mungdan “majnunona xayolga asir” böladi. Bu xayol şoir nigohini varaqlar ustida mixlaydi va ilhomning “yonğin çangaliga” otadi. Bundan keyingi psixologik holat şeʼrda şunday tasvirlanadi:

Bir şeʼr qarşisida turaverdim lol,

Bir şeʼr qarşisida telba, devona.

Munkayib qiroat qilayotgan çol,

Umrini boşqatdan boşladi yana.

Banddan maʼlum böladiki, “bir şeʼr qarşisida telba, devona” bölgan şoir munkaygan va zaif bir çol holatidan kuçga tölgan va navqiron yigit qiyofasiga keladi. Bu esa ilhomning şoir ruhiyatiga bergan bemisl bir quvvati edi.

Rauf Parfi şeʼrning keyingi bandida “Kimni şoir deya tan olar jahon, Biz kimni şoir deb ataymiz bu kun?” degan savol qöyadi. Mana şundan boşlanib, şoir haqidagi ikki tuşunça ilgari suriladi. Birinçisi, jahon kimni şoir deb tan oladi? Ikkinçisi, biz bu kun kimni şoir deb atayapmiz? Rauf Parfi “bu kun”ga alohida urğu beradi. Çunki aynan “bu kun”gi, yaʼni sovet davridagi qaraşga eʼtiborni qaratmoqçi. Sovetça talabdagi şoir mafkuraning maddohiga aylangan bir “şoir” edi. Rauf Parfi jahon tan olgan şoir deganda, öz ijodida insoniy erk, milliy ozodlik, adolat va haqiqat kabi oliy tuşunçalarni baralla kuylagan va bu yölda mustahkam pozitsiyada turib, heç qaçon “maşʼum şaytanat”-u qora saltanatlarga xizmat qilmagan ijodkorni nazarda tutadi.

Quyidagi misralar qöştirnoqdagi “şoir”lar haqida:

Kimdir ul? Ermak deb öylarmi, nahot,

Soxta ehtiroslar çulğarmi uni?

Yöq!.. Yöq, yaralmagan u bilgan hayot,

Hali tuğilmagan şoirning kuni.

Agar şeʼriyatni öziga bir ermak deb bilsa va “soxta ehtiroslar” bilan ijod qilsa, Rauf Parfi nazdida, bunday şoirning kuni tuğilmagan hali. Çunki u haqiqiy hayotni bilmaydi – “yaralmagan u bilgan hayot”. Şeʼr muallifi anglagan haqiqiy hayot esa boşqaça: hali Yer kurrasining qaysidir joylarida yovuz janglar davom etmoqda, maʼsum gödaklarning qoni tökilmoqda. Barça xalqlar uçun muştarak bölgan osmonda, sayraganida dimoğidan xuşböy hid taraladigan Musiqor nomli afsonaviy quş emas, insoniyat ustiga zahar va olov soçuvçi harbiy uçoqlar uçmoqda. “Ne ellar, vatanlar gulxanda yonib” şoir köz oldidan bir-bir ötayotgan bir paytda haqiqiy şoir “barçaning dardini öziga olib, majnun bölib” yurişga mahkum:

Ne ellar, vatanlar gulxanda yonib

Şoir köz öngidan ötadi bir-bir –

Barçaning dardini öziga olib

Majnun bölib yurar şuning-çun şoir.

Rauf Parfi nazdida: “Şoirni kuylatgan tabiat emas, Şoirni kuylatgan Hazrati Inson”. Haqiqiy şoirning diqqat markazida mana şu Hazrati Inson bölgani uçun ham, u heç qaçon zamon bilan çiqişa olmaydi. Şuning uçun ham ularning biri öt bölsa, biri suv: “Yuzma-yuz kelgandek göyo öt va suv, Yuzma-yuz keladir şoir va zamon”. Şunday ekan, şoir öz zamonasida baxtli böla oladimi? Yöq, bu mumkin emas. Buni tabiiy qabul qilgan Rauf Parfi, şuning uçun ham bir şeʼrida: “Sanʼatkor baxtiyor bölgaydir qaçon?” – desa, boşqa bir manzumada: “Faqat şoir haqli baxtsiz bölmoqqa” – deya taskin beradi. Çunki “Şoir – erk öğloni, nomus sarvari”. Bunday öğlonni heç bir jamiyat va heç bir zamon siğdirmaydi. Ular har qanday davrda ham biri öt, ikkinçisi suv­ligiça qolaveradi. Bu – qonuniyat.

Olim OLTINBEK,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

 

1966-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. “Karimbek Kamiy – milliy uyğoniş şoiri”, “Milliy şuur şuʼlasi” nomli monografiyalari çop etilgan.

2023/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)